1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-oktabr,
845-son
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi oʻrinlarda fuqarolar deb ataladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda (keyingi oʻrinlarda viloyatlar deb ataladi) (Toshkent viloyatidan tashqari) doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi alohida normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadi.
2. Fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq doimiy yashash joylarida propiskadan oʻtishlari va/yoki turgan joylarida hisobda turishlari shart.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, turgan joyi boʻyicha hisobga olinmaganligi yoki doimiy propiskada turmaganligi fuqaroga xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos deb hisoblanishi mumkin emas.
Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kunlaridan boshlab besh kun mobaynida doimiy propiskada turish yoki hisobga qoʻyish uchun hujjatlarni taqdim etishlari shart.
16 yoshga toʻlmagan shaxslarni doimiy propiska qilish va hisobga olish ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning xohishiga qarab ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
3. Fuqarolarni doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning viloyat hududining muayyan joyida yashashi yoki vaqtinchalik boʻlishi faktini aniqlashni nazarda tutadi.
Doimiy propiskaga ega boʻlish va turgan joylari boʻyicha hisobda turish uchun fuqarolar davlat xizmatlari koʻrsatishning soddalashtirilgan tartibini taʼminlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkin.
4. Fuqaro viloyatlarda doimiy propiskaga ega boʻlish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) (keyingi oʻrinlarda TSHIIBB deb ataladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda MvaFRB deb ataladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (keyingi oʻrinlarda pasport deb ataladi);
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) yoxud agar shaxsan oʻzi berish imkoni mavjud boʻlmasa notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
nikoh tuzilganligi yoki bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
propiska uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.
5. Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek, qariyalar uylaridagi shaxslar koʻrsatib oʻtilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joy maydoniga doimiy propiska qilinadi.
8. Harbiy xizmatga majbur shaxslarni propiska qilish ular mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda harbiy hisobga qoʻyilganlaridan keyin amalga oshiriladi. 16 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan fuqarolar harbiy hisobga qoʻyilishlari kerak.
9. TSHIIBB MvaFRB uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini va haqiqiyligini tekshiradi hamda fuqaroga belgilangan tartibda doimiy propiskani rasmiylashtiradi.
10. Fuqaro roʻyxatdan chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar TSHIIBB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
pasport yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
mudofaa ishlari boʻlimidan hisobdan oʻchirilganligi haqida belgisi mavjud hisob-harbiy hujjatlar;
uy daftari yoki qayd etish kartochkasi va kvartiralar boʻyicha kartochka (ushbu Nizomga 3 — 5-ilovalar);
roʻyxatdan chiqarganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.
11. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni roʻyxatdan chiqarish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yoʻqotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Vafot etganlar oʻlim qayd etilganidan keyin roʻyxatdan chiqarilishi lozim.
Oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma shakli Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
13. Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va haqiqatga muvofiq boʻlmagan maʼlumotlar aniqlangan, shuningdek, viloyatlarda doimiy propiskaga ega boʻlish uchun asos boʻlgan hujjatlar qalbakilashtirilganligi aniqlangan taqdirda doimiy propiska TSHIIBB MvaFRB tomonidan bekor qilinadi, keyinchalik materiallar tergov organlariga yuboriladi.
14. Propiskani bekor qilish yoki roʻyxatdan chiqarish sud qaroriga koʻra, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham amalga oshirilishi mumkin.
15. Roʻyxatdan chiqarilganda yoki propiska bekor qilinganda MvaFRB inspektori uch kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV hamda viloyatlar IIB manzil-maʼlumotlar byurosiga ketish varaqlarini (ushbu Nizomga 6-ilova) yuboradi.
16. Fuqaroni viloyatda turgan joyi boʻyicha hisobga olish (keyingi oʻrinlarda hisobga olish deb ataladi) fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan bir yil muddatga amalga oshiriladi. Doimiy propiskaning yoʻqligi turgan joyi boʻyicha hisobga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Viloyatlarga besh kundan ortiq boʻlmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi.
17. Viloyatlardagi mehmonxonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga oʻxshash boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni hisobga olish ushbu muassasalarning maʼmuriyati tomonidan, ular kelganlaridan keyin ularning bu yerda boʻlish muddatidan va kelishining davriyligidan qatʼi nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
18. Viloyatda hisobga turish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda oʻzi vaqtincha turgan joydagi MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va 35 x 45 mm oʻlchamdagi ikkita rasm — 16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun;
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi);
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
hisobga olinganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.
19. MvaFRB inspektori ariza roʻyxatdan oʻtkazilgandan, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqilgandan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin oʻsha kunning oʻzida ariza beruvchiga ushbu Nizomga 8 va 9-ilovalarga muvofiq turgan joyida hisobga olish toʻgʻrisida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga qayd varagʻi (keyingi oʻrinlarda hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi deb ataladi) yoki BARE-CODE* bilan himoyalangan qayd varagʻini beradi.
Hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi. Hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi hamda BARE-CODE* bilan himoyalangan qayd varagʻi fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
Hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida yagona namuna boʻyicha tayyorlanadi;
* BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻi 2019-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritiladi.
22. Taʼlim muassasalariga oʻqishga kelgan fuqarolarni MvaFRB inspektori tomonidan hisobga olish turar joyi (uy-joy maydoni) boʻyicha amalga oshiriladi.
Oʻqish viloyatdan tashqarida joylashgan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilgan, fuqaro akademik taʼtil olgan yoki taʼlim muassasasidan oʻqishdan chetlatilgan taqdirda ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaroni vaqtincha turgan joyida hisobga olishni rasmiylashtirgan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimini xabardor qiladi.
Taʼlim muassasasi rahbariyatining bildirishnomasi asosida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi hisobga olishni bekor qiladi.
viloyatda hisobga olish joyi boʻyicha turgan vaqtida muntazam ravishda huquqbuzarliklar sodir etilishi;
shaxsning viloyatda bundan buyon boʻlishi jamoat tartibi buzilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi hisobga olishni rasmiylashtirish rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Fuqarolarning hisobda turishi rad etilgan taqdirda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi inspektori tomonidan xulosa tuziladi, ushbu xulosa migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hisobda turishni rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
25. Hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda fuqaro tegishli MvaFRBga oʻz shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda qayd varagʻi yoʻqolishi yoki yaroqsiz holga kelishi holatlarini koʻrsatib, hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻining dublikati rasmiylashtirilishi toʻgʻrisidagi arizani taqdim etadi.
MvaFRB inspektori koʻrsatilgan turgan joyda ushbu fuqaroning hisobga olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjudligini tekshiradi. Ular tasdiqlangan taqdirda ariza beruvchiga oʻsha kunning oʻzida hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻining dublikati rasmiylashtiriladi.
26. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi inspektori ariza beruvchiga hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi bergandan keyin hisobga qoʻyilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MvaFRBBning kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritadi.
MvaFRB inspektori fuqaroning hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi kelish varaqasini (ushbu Nizomga 10-ilova) toʻldiradi va bir sutka mobaynida ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV yoki viloyatlar IIBning manzil-maʼlumotnomalar byurosiga yuboradi.
Viloyatlardagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga oʻxshash boshqa tashkilotlarning masʼul shaxslari 12 soat mobaynida ushbu tashkilotlarga kelgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Internet tarmogʻi orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) kiritib qoʻyadilar.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi fuqarolarni hisobga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida maʼlumotlarni uzatishning idoraviy tarmogʻi boʻyicha Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (MvaFRBB) markaziy maʼlumotlar bazasiga yuboradi.
27. Ichki ishlar organi tayanch punktining profilaktika inspektorlari oʻzlari xizmat koʻrsatadigan hududda pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
28. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish ichki ishlar organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
30. Viloyatlarda doimiy propiskaga ega boʻlmagan yoki hisobga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) turar joy maydoni berilgan kundan boshlab besh kun mobaynida ushbu shaxslar toʻgʻrisida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
31. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy propiskaga ega boʻlish va turgan joyi boʻyicha hisobda turish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
32. Fuqaroni propiska qilish, roʻyxatdan chiqarish va hisobga olish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
Familiyasi _____________________________________ Ismi __________________________________________ Otasining ismi____________________________________ Tugʻilgan sanasi ________________________________ Tugʻilgan joyi ______________________________________ Qayerdan keldi ___________________________________
(mintaqa nomi)
Kelish maqsadi ___________________________________________________________________________________
(oʻz uy-joyiga, qarindoshlarga, vasiy (homiy)ga, ishga, oʻqishga va boshqa sabablar)
Quyidagi manzil boʻyicha meni doimiy propiskaga qoʻyishni soʻrayman _______________________________________ ________________________________________________________________________________________________. Turar joy ______________________________________________________________________ tomonidan berildi.
(oldi-sotdi shartnomasi, order, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan, uy-joy mulkdori F.I.O. (qarindoshlik darajasi) yoki uy-joy bergan tashkilot nomi)
Bir vaqtning oʻzida men bilan quyidagi qarindoshlarimni propiskaga qoʻyishni soʻrayman:
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Tugʻilgan yili va joyi
Qayerdan keldi
Ariza beruvchi yoki ishonchli shaxsning F.I.O. ___________________________________________________________
Imzo _________________
20__ yil “___” _________________________
Izoh. Voyaga yetmagan ariza beruvchilar uchun ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchilar ishonchli shaxslar hisoblanadi.
Doimiy yashash manzilidan propiskadan chiqarish toʻgʻrisida ARIZA
Familiyasi _____________________________________ Ismi __________________________________________ Otasining ismi____________________________________ Tugʻilgan sanasi ________________________________ Tugʻilgan joyi ______________________________________ Propiska qilingan joy_________________________________
(mintaqa nomi)
Ketishdan maqsadi _________________________________________________________________________________
(doimiy yashashga, ishga, oʻqishga yoki boshqa sabablar)
Moʻljallanayotgan yashash joyi manzili _________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________. Bir vaqtning oʻzida men bilan quyidagi voyaga yetmagan bolalarni (vasiyligimdagilarni) propiskadan chiqarishingizni soʻrayman:
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Tugʻilgan yili va joyi
Qayerga ketdi
Ariza beruvchi yoki ishonchli shaxsning F.I.O. ___________________________________________________________
Imzo _________________
20__ yil “___” _________________________
Izoh. Voyaga yetmagan ariza beruvchilar uchun ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchilar ishonchli shaxslar hisoblanadi.
______-uyda yashovchi fuqarolarni propiska qilish uchun UY DAFTARI _________________________________________________________________________________________________________________________________ Ichki ishlar organi nomi _________________________________________________________________________________________________________________________________
1-bet
1-boʻlim. Daftarni yuritish va uyda propiska qilish boʻyicha masʼul shaxslar haqidagi maʼlumotlar
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Qachondan boshlab
Izoh
2-boʻlim. Uyga propiska qilish va daftarlarni yuritish holati boʻyicha mansabdor shaxslarning qaydlari
T/r
Tekshirishni kim oʻtkazdi
Tekshirish natijalari haqida qaydlar
lavozimi
imzo
3-boʻlim. Propiska
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi (respublika, oʻlka, shahar, qishloq), oilaviy ahvoli (bunda u bilan birga kelgan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar ham koʻrsatiladi)
Tugʻilgan sanasi
Qachon va qayerdan (respublika, oʻlka, viloyat, tuman, shahar (shahar tipidagi posyolka), qishloq) kelgan. Agar aholi yashash punkti doirasida (bir koʻchadan boshqasiga) koʻchib oʻtgan boʻlsa, koʻcha nomi, uy, korpus, kvartira raqamlari koʻrsatiladi
Kelishdan maqsadi va muddati
Millati va fuqaroligi
Pasport seriyasi va raqami, kim tomonidan va qachon berilgan
Harbiy xizmat-ga munosabati, kim tomonidan va qachon hisobga olingan
Qayerda va qaysi vazifada ishlaydi. Agar ishlamayotgan boʻlsa, pensioner, oʻquvchiligi koʻrsatilsin
Kvartira raqami
Ichki ishlar organining propiska qilinganligi haqidagi belgisi (kiritilgan maʼlumotlarni taqqoslash). Sana va imzo
9. Yashash joyi manzili __________________________________________________________________shahar (tuman) _______________________________ koʻchasi _______________ uy ______________ korpus _________________ kv. 10. Qayerda va qaysi vazifada ishlaydi _________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
11. 16 yoshgacha boʻlgan bolalar (familiyasi, ______________________________________________________________________________________ ismi, otasining ismi tugʻilgan yili) ____________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
12. Harbiy xizmatga munosabati (kim __________________________________________________________________________________ tomonidan va qachon hisobga olingan va hisobdan chiqarilgan) ______________________________________________________________________________
13. Propiska toʻgʻrisida belgi
14. Qayerga (viloyat, oʻlka, respublika, tuman, shahar, qishloq) joʻnab ketdi va qayddan chiqqanlik haqida belgi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
KVARTIRALAR BOʻYICHA KARTOCHKA
__________________________________________ koʻchasi ________ uy _____________ korpus _______________ kv. Telefon ________________________________________ Turar joy maydoni _________________________kv. metr Uy egasi ________________________________________ (ijaraga beruvchi) (F.I.O.)
_______________________________________________ ____________________________ viloyati (respublikasi) _________________________________________ tumani __________________________________________ shahar XUJMSH _______________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
KETISH MANZIL VARAQASI
1. Familiyasi ________________________________________________________________________ 2. Ismi _____________________________________________________________________________ 3. Otasining ismi ____________________________________________________________________
4. Tugʻilgan sanasi: 20 ___ yil “___”______________________________________________________
5. Tugʻilgan joyi
__________________________________________________ davlati (viloyati, respublikasi) _______________________________________________________________ tumani (shahar) _____________________________________________________________________ qishlogʻi
6. Jinsi __________
7. Millati ______________________
erkak, ayol
8. Qachon, qayerdan keldi
__________________________________________________ viloyati (oʻlkasi, respublikasi) _______________________________________________________________ tumani (shahar) _____________________________________________________________________ qishlogʻi
9. Propiskada turgan manzili
__________________________________________________ viloyati (oʻlkasi, respublikasi) _______________________________________________________________ tumani (shahar) _____________________________________________________________________ qishlogʻi _________________________________________ koʻchasi _____ uy ______ korpus ______ kv.
________________________________________________________________________________________________ propiska qilingan MvaFRB
10. Qayerga ketdi
__________________________________________________ viloyati (oʻlkasi, respublikasi) _______________________________________________________________ tumani (shahar) _____________________________________________________________________ qishlogʻi
____________________________________________________________________________ ishga, oʻqishga yoki doimiy yashashga va shu kabilar va qancha muddatga
12. Qayerda va qaysi lavozimda ishlaydi
________________________________________________________ agar ishlamayotgan boʻlsa,
________________________________________________________________________________________________ pensioner, oʻquvchi, birovning qaramogʻida ekanligi va shu kabilar koʻrsatilsin
13. Pasport seriyasi ________ raqami _____________________________
________________________________________________________________________________________________ ichki ishlar organi nomi
20 ___ yil “___”_____________________ da ___________________tomonidan berilgan. 14. Fuqaro bilan birga 16 yoshga toʻlmagan qoʻyidagi farzandlari ham ketgan:
F.I.O.
Jinsi
Tugʻilgan yili, oyi
Izoh. Farzandlar ota-onalaridan faqat bittasining ketish varaqasiga yoziladi.
15. Varaqa 20 ___ yil “____” _________________________da toʻldirildi. Hisobga olgan masʼul xodim F.I.O.___________________________________________________________________ 16. Maʼlumotlarni tekshirdim va hisobdan chiqarishni rasmiylashtirdim:
Turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisida ARIZA
Familiyasi ________________________________________ Ismi _________________________________________ Otasining ismi____________________________________ Tugʻilgan sanasi ______________________ Tugʻilgan joyi ________________________________________________ Qayerdan keldi ____________________________________________________________________________________
(mintaqa nomi)
Kelish maqsadi ___________________________________________________________________________________
(ishga, oʻqishga yoki boshqa sabab koʻrsatiladi)
Quyidagi manzil boʻyicha hisobga olishingizni soʻrayman: ________________tumani (shahar) _______________________koʻchasi ___ (kvartal)____uy ___korpus ____kvartira. Turar joy ______________________________________________________________________ tomonidan berildi.
(uy-joy mulkdori F.I.O. (qarindoshlik darajasi) yoki uy-joy bergan tashkilot nomi)
Bir vaqtning oʻzida men bilan quyidagi qarindoshlarimni turgan joyi boʻyicha hisobga olishingizni soʻrayman:
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Tugʻilgan yili va joyi
Qayerdan keldi
Menga turgan joyi boʻyicha hisobga qoʻyish tartibi va muddati tushuntirildi. ________________-son qayd varagʻini oldim. Ariza beruvchi yoki ishonchli shaxsning F.I.O. ___________________________________________________________
Imzo _______________
20__ yil “___” _______________
Izoh. Voyaga yetmagan ariza beruvchilar uchun ota-onalar, vasiy (homiy)lar ishonchli shaxslar hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan, turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi hujjatga _____-son QAYD VARAGʻI
1. Familiyasi _____________________________________________________________________________________ 2. Ismi __________________________________________________________________________________________ 3. Otasining ismi _________________________________________________________________________________ 4. Tugʻilgan sanasi ____________________ 5. Tugʻilgan joyi ______________________________________________ 6. Qachon va qayerdan kelgan ___________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
(seriyasi, tartib raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
8. Yashash manzili __________________________________________________________________________________ 9. Kelishdan maqsad ________________________________________________________________________________ 10. 20___ yil “____”________________________________________ gacha turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati 11. Qayd varagʻini bergan organ _______________________________________________________________________ 12. . Qayd varagʻini bergan mansabdor shaxsning imzosi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisida QAYD VARAGʻI
JSSHIR ______________________________ Fuqaro: ______________________________ Hujjat ________ Berilgan vaqti __________ Seriya № __________________
Raqam __________________________ Tugʻilgan vaqti ___________________ Amal qilish muddati ______________
Vaqtincha yashash manzili
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Kadastr № ____________________________ _______________________________ viloyati _________________________ tumani (shahar) Manzil _______________________________ Uy №________ kvartira №_______________
Kelishdan maqsad _____________________________________ Turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati ____________dan ______________gacha “_____” oyga Qayerdan keldi _______________________________________ Maʼlumotlar _______________________________________
Qayd varagʻini bergan organ _________________________________________________________________________
Hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
KELISH MANZIL VARAQASI
1. Familiyasi ________________________________________________________________________ 2. Ismi _____________________________________________________________________________ 3. Otasining ismi ____________________________________________________________________
4. Tugʻilgan sanasi:___ yil “___”________________________________________________________
5. Tugʻilgan joyi
____________________________________________________ davlat, viloyat (respublikasi) _______________________________________________________________ tumani (shahar) _____________________________________________________________________ qishlogʻi
6. Jinsi __________
7. Millati ______________________
erkak, ayol
8. Quyidagi manzilga propiska qilinadi
___________________________________________________________ viloyati(respublika) _______________________________________________________________ tumani (shahar) _____________________________________________________________________ qishlogʻi ______________________________________________________________________ koʻchasi ______________________ uy ____________________ bino ___________________ kvartira
________________________________________________________________________________________________ propiskani rasmiylashtirgan ichki ishlar organi koʻrsatilsin
9. Qachon va qayerdan keldi
_________ davlatdan, viloyat (oʻlka, respublikasi)dan viloyat (respublika, shahar)____________ _________________________________________________________________ tuman (shahar) ___________________________________________________________________ qishlogʻidan 20___ yil “___”_________________
Orqa tomoni
10. Kelishdan maqsad va muddati ______________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ishga, oʻqishga yoki doimiy yashashga va shu kabilar va qancha muddatga
11. Qayerda va qaysi lavozimda ishlaydi ________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ agar ishlamayotgan boʻlsa, pensioner, oʻquvchi, birovning qaramogʻida ekanligi koʻrsatilsin
12. Pasport seriyasi ________ raqami _____________________________
________________________________________________________________________________________________ ichki ishlar organi nomi
20 ___ yil “___”_____________________ da ___________________tomonidan berilgan. 13. Fuqaro bilan birga 16 yoshga toʻlmagan qoʻyidagi farzandlari ham kelgan:
F.I.O.
Jinsi
Tugʻilgan yili va joyi
Izoh. Farzandlar ota-onalaridan faqat bittasining ketish varaqasiga yoziladi.
14. Varaqa 20 ___ yil “____” _________________________da toʻldirildi. Propiskaolgan masʼul xodim F.I.O.__________________________________________________________________ 15. Maʼlumotlarni tekshirdim va propiskanirasmiylashtirdim:
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda (keyingi oʻrinlarda viloyatlar deb ataladi) (Toshkent viloyati bundan mustasno) doimiy va vaqtincha propiska qilish, boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning doimiy yashash uchun ruxsatnoma olishi tartibini, shuningdek, yashash guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish, shuningdek, boshqa davlatlardan kelayotgan fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning doimiy yashash uchun ruxsatnoma olishi tartibi alohida normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy va vaqtinchalik propiskadan oʻtishni rasmiylashtirish uchun davlat xizmatlari koʻrsatishning soddalashtirilgan tartibini taʼminlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkin.
2. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida qonun hujjatlariga muvofiq doimiy yashashlari yoki vaqtincha boʻlishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyi, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oʻzlari yashab turgan joy toʻgʻrisida xabar berishi tartibi, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar hamda tashkilotlarning majburiyati va javobgarligi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalarida belgilanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya etishlari shart.
4. Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, shuningdek, boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish ichki ishlar organlari (keyingi oʻrinlarda IIO deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, aholi migratsiyasi hisobini yuritish maqsadida shaxsning viloyatdagi muayyan joyda doimiy yashayotganligi yoki vaqtincha boʻlib turganligi faktini belgilashni nazarda tutadi.
5. Viloyatda doimiy propiskadan oʻtish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqiga, viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari Roʻyxatiga muvofiq (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb ataladi) ega boʻladilar.
2-bob. Viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olishi tartibi
6. Agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnomaga va yashash guvohnomasiga ega boʻlsalar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashlari mumkin.
7. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vaqtincha propiskadan oʻtgan joylari boʻyicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) (keyingi oʻrinlarda TSHIIBB deb ataladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda MvaFRB deb ataladi) murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda 2 nusxada ariza-anketa;
chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati;
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻgʻrisidagi arizasi;
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
nikoh tuzilganligi, bola tugʻilganligi, ota-onalar vafot etganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi (Roʻyxatning 6-bandi boʻyicha propiskadan oʻtish chogʻida);
hujjatlarni koʻrib chiqqanlik va rasmiylashtirganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda yigʻim toʻlanganligi haqidagi kvitansiya;
71. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun viloyatga boshqa davlatlardan kelgan “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vaqtincha propiskadan oʻtgan joylari boʻyicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) (keyingi oʻrinlarda TSHIIBB deb ataladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda MvaFRB deb ataladi) murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha 2 nusxada ariza-anketa;
chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati;
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻgʻrisidagi arizasi;
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
nikoh tuzilganligi, bola tugʻilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
“Faxriy fuqaro” maqomini berish toʻgʻrisidagi guvohnoma;
35 x 45 mm oʻlchamdagi ikkita fotosurat.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 09/19/648/3627-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuni kuchga kirganidan keyin (1992-yil 28-iyul) kelgan hamda viloyatda uzoq vaqtdan beri sobiq SSSR pasportlari bilan yashayotgan yoki ularni yoʻqotib qoʻygan, shuningdek, hujjatlarga ega boʻlmagan (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma bundan mustasno) va Roʻyxatga kirgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun TSHIIBB MvaFRBga ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadilar, chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati (fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi) bundan mustasno.
Yuqorida koʻrsatilgan, Roʻyxatga kirmagan shaxslar tegishli hujjat (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash guvohnomasi yoki harakatlanish hujjati) bilan hujjatlashtiriladilar.
9. TSHIIBB MvaFRB hujjatlar qabul qilib olinganidan keyin ikki hafta muddatda ularni rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaxsini tekshiradi hamda hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda QR IIV MvaFRB deb ataladi) yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmasining MvaFRBga (keyingi oʻrinlarda IIB MvaFRB deb ataladi) yuboradi, bular taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni mobaynida tekshiradilar va materiallarni tegishli vakolatli organga yuboradilar.
Zarur hollarda QR IIV MvaFRB yoki IIB MvaFRB ariza beruvchining shaxsini hamda boshqa davlat fuqaroligiga mansubligini aniqlash haqida xorijiy davlatning vakolatli organiga belgilangan tartibda soʻrovnoma yuborishi mumkin.
10. Tegishli vakolatli organdan, shuningdek, xorijiy davlatdan soʻrovnomaga ijobiy javob olingan taqdirda QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB oʻn kun muddatda xulosa tayyorlaydi va materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda IIV MvaFRBB deb ataladi) yakuniy qaror qabul qilish uchun yuboradi. Soʻrovnomaga uch oy ichida xorijiy davlatning javobi kelmaganligi QR IIV MvaFRB yoki IIB MvaFRBning xulosasini tayyorlash hamda materiallarni IIV MvaFRBBga yuborish uchun asos boʻladi.
IIV MvaFRBB ushbu masalani hal qilish chogʻida tegishli vakolatli organning fikrini, zarur holda esa Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xulosasini soʻraydi va bir oy muddatda qaror chiqaradi, bu qaror Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
11. IIVning ijobiy qarori viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga belgilangan tartibda chet ellikning yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida yashashi uchun ruxsat beruvchi guvohnomani (keyingi oʻrinlarda yashash guvohnomasi deb ataladi) rasmiylashtirish hamda berishga asos boʻladi.
Viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyat IIB yoki Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat berish rad etilgan taqdirda hujjatlar uch ish kunida TSHIIBB MvaFRBga qaytariladi, u bir sutka ichida ushbu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi.
12. Viloyatga propiska qilish va propiskadan chiqarish instituti mavjud boʻlgan boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olganlaridan keyin propiskadan chiqqanligi holatini tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni (joʻnab ketish varaqasini) taqdim etadilar.
13. Chet elliklar uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 5 yilga muddatga, ammo milliy pasportning amal qilish sanasidan oshmagan muddatga beriladi. Shaxs 60 yoshga toʻlganidan keyin chet elliklarga yashash guvohnomasi milliy pasportning amal qilish muddatiga beriladi.
14. Fuqaroligi boʻlmagan shaxsga yashash guvohnomasi 5 yil muddatga, u 60 yoshga toʻlganidan keyin esa muddatsiz beriladi.
15. Yashash guvohnomasining amal qilish muddatlarini uzaytirish 5-martagacha ushbu Nizomning 13 va 14-bandlarida belgilangan muddatlarga amalga oshiriladi, shundan keyin u almashtiriladi.
3-bob. Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda viloyatga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga doimiy propiskani rasmiylashtirish tartibi
16. Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan viloyatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar viloyatda doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun TSHIIBB MvaFRBga murojaat qiladilar hamda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
uy-joy hujjatining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni boʻlmaganida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
nikoh tuzilganligi, bola tugʻilganligi, ota-onalar vafot etganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek, vasiylik va homiylikni tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
tegishli davlat hokimiyati organining, davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organining, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotining iltimosnomasi (Roʻyxatning 6-bandi boʻyicha propiskadan oʻtish chogʻida);
doimiy propiskadan oʻtkazganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya;
17. TSHIIBB MvaFRB hujjatlar qabul qilib olinganidan keyin bir sutka ichida ularni rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaxsini tekshiradi va hujjatlarni QR IIV MvaFRBga yoki IIB MvaFRBga yuboradi, ular uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradilar hamda materiallarni tegishli vakolatli organga yuboradilar.
18. Tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda QR IIV MvaFRB yoki IIB MvaFRB oʻn kun muddatda qaror chiqaradi, ushbu qaror QR IIV yoki IIB rahbarining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
19. QR IIV yoki IIBning ijobiy qarori yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda viloyatga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga viloyatda doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda viloyatga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viloyatda doimiy propiskadan oʻtishini rasmiylashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror TSHIIBB MvaFRB yoki QR IIV MvaFRB, IIB MvaFRB tomonidan qabul qilinishi mumkin.
20. Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda viloyatga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viloyatda doimiy propiskadan oʻtishini rasmiylashtirish rad etilgan taqdirda, hujjatlar uch ish kuni mobaynida TSHIIBB MvaFRBga qaytariladi, u bir sutka ichida bu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi. Ariza beruvchi bundan buyon turish uchun asoslar boʻlmasa, xabardor qilinganidan keyin uch sutka ichida viloyat hududidan chiqib ketishi shart.
Doimiy propiskadan oʻtkazish rad etilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs quyidagi hollarda belgilangan tartibda viloyatda vaqtincha yashab turishi mumkin:
qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan uy-joyi boʻlsa;
yaqin qarindoshlari boʻlsa;
vasiylari (homiylari) boʻlsa;
mehnat faoliyati bilan shugʻullansa, taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan boʻlsa;
davolash muassasalarida davolanayotgan boʻlsa.
21. Yashash guvohnomasi boʻlgan hamda viloyatda doimiy propiskadan oʻtgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar viloyatdagi boshqa manzilda doimiy propiskadan oʻtish masalasida murojaat qilgan taqdirda materiallar TSHIIBB MvaFRB tomonidan vakolatli organlar bilan kelishmasdan koʻrib chiqiladi.
4-bob. Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda viloyatga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning vaqtincha propiskadan oʻtishini rasmiylashtirish tartibi
22. Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda viloyatga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning vaqtincha propiskadan oʻtishi doimiy yashash joyidan chiqarilmagan holda turar joyi boʻyicha uch kundan to olti oygacha muddatga amalga oshiriladi.
23. Respublikaning boshqa mintaqalaridan viloyatdagi mehmonxonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylarga, dam olish uylariga va boshqa shunga oʻxshash tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda joylashtirish vositalari deb ataladi) kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni hisobga olish ular kelib joylashganidan keyin ushbu muassasalarning maʼmuriyati tomonidan shaxsni tasdiqlaydigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
24. Vaqtincha propiskadan oʻtish uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar viloyatga kelgan kunlaridan boshlab uch kun muddatda TSHIIBB MvaFRBga murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma — 16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun;
uy-joy hujjatining asl nusxasi (nusxasi olinadi, asli qaytarib beriladi);
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni boʻlmaganida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
propiskadan oʻtkazganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya.
25. TSHIIBB MvaFRB hujjatlarni oʻrganganidan va rasmiylashtirganidan keyin bir sutka ichida viloyatda vaqtincha propiskani rasmiylashtirib, yashash guvohnomasiga tegishli belgi qoʻyadi yoki ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq BARE-CODE* bilan himoyalangan viloyatda vaqtincha propiskadan oʻtkazilganlik haqida qayd varagʻi beradi.
* BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varaq 2019-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritiladi.
26. Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan viloyatning taʼlim muassasalariga oʻqishga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish TSHIIBB MvaFRB tomonidan bir oʻquv yili davriga amalga oshiriladi. Ular viloyatdan tashqarida joylashgan boshqa taʼlim muassasasiga oʻqishga oʻtgan, akademik taʼtil olgan yoki taʼlim muassasasidan boʻshatilgan hollarda ushbu muassasalarning rahbarlari tegishli qaror qabul qilingan kunda vaqtincha turar joy boʻyicha vaqtincha propiskaga olishni rasmiylashtirgan TSHIIBB MvaFRBni bundan xabardor qiladilar.
Taʼlim muassasasi rahbarlarining bildirishi asosida TSHIIBB MvaFRB vaqtincha propiskani bekor qiladi.
27. Vaqtincha propiskani takroran rasmiylashtirish masalalari TSHIIBB MvaFRB tomonidan koʻrib chiqiladi. Buning uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vaqtincha propiska muddati tugashidan uch kun oldin TSHIIBB MvaFRBga ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
TSHIIBB MvaFRB arizani qayd etgach, shuningdek, hujjatlarni belgilangan tartibda oʻrgangach va rasmiylashtirgach, bir sutka ichida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga vaqtincha propiskani rasmiylashtiradi.
28. TSHIIBB MvaFRB ariza beruvchining vaqtincha propiskasini rasmiylashtirganidan keyin oʻsha kunning oʻzida QR IIVga yoki IIB Manzil-maʼlumotlar byurosiga viloyatda vaqtincha propiskadan oʻtkazilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kelish varaqlarini yuboradi, shuningdek, ularning roʻyxatini (elektron koʻrinishda) tegishli TSHIIBBning huquqbuzarliklarning oldini olish boʻlimiga yuboradi.
Joylashtirish vositalarining masʼul shaxslari kelganlar haqidagi axborotni 12 soat ichida Internet tarmogʻi orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) kiritadilar.
29. TSHIIBB huquqbuzarliklarning oldini olish boʻlimi olingan roʻyxatlarni IIB tegishli profilaktika inspektorlariga ichki ishlar organlari tayanch punktlarining kompyuter maʼlumotlar bazasiga tegishli axborotni kiritib qoʻyish hamda oʻzlari xizmat koʻrsatayotgan hududda pasport rejimiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun topshiradi.
30. TSHIIBB MvaFRB vaqtincha propiskadan oʻtkazilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritib qoʻyadi, bu maʼlumotlar idoraviy maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali real vaqt rejimida IIV MvaFRBBning markaziy maʼlumotlar bazasiga uzatiladi.
31. IIV MvaFRBB har oyda idoraviy maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali (elektron shaklda) viloyatda vaqtincha propiskadan oʻtkazilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxatini ularning doimiy yashash joylari boʻyicha huquqbuzarliklarning oldini olish hududiy boʻlinmalariga uzatish uchun tegishli QR IIV MvaFRBga va IIB MvaFRBga yuboradi.
32. IIO profilaktika inspektorlari oʻzlari xizmat koʻrsatadigan hududda pasport-viza rejimi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilib boradilar.
5-bob. Viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning vaqtincha propiskadan oʻtishini rasmiylashtirish tartibi
33. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida milliy pasportlar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning harakatlanish hujjatlari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning guvohnomalari boʻyicha vaqtincha propiska asosida yashaydilar. Vaqtincha propiska belgilangan punktga kelgach, uch sutka ichida amalga oshiriladi, bayram va dam olish (yakshanba) kunlari bundan mustasno.
Vaqtincha propiska qilishning uch sutkalik muddati kelish (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar nazorat-oʻtkazish punkti orqali Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtgan) sanasidan keyingi kunning 00:01 soatidan hisoblanadi.
34. Quyidagilar vaqtincha propiskadan ozod qilinadi:
a) respublikaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga muvofiq kelgan chet mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlari, parlament va hukumat delegatsiyalarining aʼzolari, ushbu delegatsiyalarning texnik xodimlari, sanab oʻtilgan shaxslarning oila aʼzolari;
b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan berilgan pasportlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari;
g) 16 yoshga toʻlmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
d) Oʻzbekiston Respublikasiga bayram va dam olish kunlarida yoki oddiy kunlarda uch sutkagacha boʻlgan muddatga keladigan hamda shu kunlar davomida respublikadan chiqib ketadigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
e) sayohat qilayotgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar ularning respublikaning har bir aniq aholi punktida turish muddati uch sutkadan oshmasa, turish faktini tasdiqlaydigan hujjatlar (xizmatlardan foydalanilganligini yoki tovarlar xarid qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlar) mavjud boʻlganida. Bunda bitta aholi punktida uzluksiz roʻyxatdan oʻtish talabi qoʻyilmaydi;
j) Oʻzbekiston Respublikasiga belgilangan tartibda kelgan chet el harbiy samolyotlari (kemalari) ekipajlarining aʼzolari.
Harbiy samolyotlar (kemalarning) ekipajlari aʼzolarining qirgʻoqqa tushishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishiga harbiy samolyotlar (kemalar) qabul qilish rejasiga muvofiq katta (harbiy) boshliq tomonidan ruxsat etiladi;
z) xalqaro yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi xorijiy avtotransport vositalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, tashishlarni amalga oshirayotgan yoʻnalishlardagi shaharlarda va aholi yashash joylarida, shu jumladan, boradigan joylarida boʻlgan chogʻlarida;
i) harbiy boʻlmagan chet el kemalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar garnizonlarda va chegara shaharlarida boʻlgan chogʻlarida, bu shaxslar uyushgan holda sayohatga chiqqan vaqtlarida esa Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida ham.
Chet el fuqarolari koʻrsatib oʻtilgan toifalarining obyektlardan chiqishlariga portlarda amalda boʻlgan qoidalar va yoʻriqnomalarga muvofiq chegara qoʻshinlari vakillari tomonidan ruxsat etiladi;
k) xalqaro aviatsiya yoʻllarining fuqaro havo kemalari ekipajlari, xalqaro temir yoʻl poyezdlari brigadalari tarkibiga kiruvchi shaxslar, qatnovning amaldagi jadvalida koʻrsatilgan aeroportlarda yoki stansiyalarda boʻlgan chogʻlarida.
35. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
a) joylashtirish vositalari va davolash muassasalari maʼmuriyatlarini ular kelib joylashgan vaqtda Dastur yordamida, qancha turishlaridan qatʼi nazar, taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslarning, shu jumladan, turizm operatorlarining tur boshlanguncha xabardor qilishi;
b) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni shaxsiy ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga notijorat maqsadlarda taklif qilgan (qabul qilayotgan) va ularga turar joy bergan jismoniy shaxslarning:
ular kelib joylashgan paytda Dastur yordamida xabardor qilishi yoki chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar kelganidan keyin, agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning turish muddati toʻliq 30 sutkadan oshmasa, bayram va dam olish (yakshanba) kunlaridan tashqari uch sutka ichida hududiy ichki ishlar organlariga yozma ravishda murojaat qilishi;
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar kelganidan keyin, agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning turish muddati 30 sutkadan oshsa, bayram va dam olish (yakshanba) kunlaridan tashqari uch sutka ichida hududiy ichki ishlar organlariga yozma ravishda murojaat qilishi;
v) mustaqil ravishda sayohat qilayotgan, chodirli lagerlarda va tunash uchun joylashtirish vositasiga aylantirilgan yer transportida yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kelganlaridan keyin uch sutka ichida turistik-axborot markazlariga yoki yaqin oradagi joylashtirish vositalariga murojaat qilishi, maxsus Dastur moduli ishga tushirilganidan keyin esa safar yoʻnalishidagi aholi punktlarini koʻrsatib maʼlumotlarni mustaqil ravishda toʻldirgan holda xabardor qilishi yoʻli bilan.
Turistik-axborot markazlari va joylashtirish vositalarining maʼmuriyatlari mustaqil ravishda sayohat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning murojaatlari asosida ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldirilgan bildirishnomani Dastur yordamida hududiy ichki ishlar organlariga yuborishlari shart.
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining masʼul shaxslari tomonidan joylashgan shaxslarning hisobi yuritiladi.
Ichki ishlar organi har haftada joylashgan shaxslar toʻgʻrisidagi axborotni hudud boʻyicha manzil-maʼlumotlar byurosiga yuborishi shart. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining masʼul shaxslari yashovchilar joylashtirilgan paytda hududiy ichki ishlar organlarini joylashgan va propiskadan oʻtishlari kerak boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida Dastur yordamida xabardor qilishlari shart.
Joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi xususiy uylarga (kvartiralarga) keluvchilarni hisobga olish joylashtirish vositalarining masʼul shaxslari tomonidan joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi yozma kelishuv (shartnoma) asosida yoki belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan ushbu uylarning (kvartiralarning) egalari tomonidan mustaqil ravishda Dastur yordamida amalga oshiriladi.
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining masʼul shaxslari tomonidan ushbu talabning buzilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
36. Ushbu Nizomning 34 va 37-bandlarida koʻrsatilmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hududda boʻlish muddati 30 kundan ortiq boʻlmasa, Dastur yordamida yoki hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat qilish yordamida bildirish asosida hamda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hududda boʻlish muddati 30 kundan ortiq boʻlsa, taklif qiluvchi (qabul qiluvchi) shaxslar, tashkilotlarning yozma murojaati asosida Oʻzbekiston Respublikasining hududiy ichki ishlar organlarida propiskadan oʻtkazilishi kerak. Bildirishnomalar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar joylashgan paytda, ichki ishlar organlariga murojaat esa bayram va dam olish (yakshanba) kunlarini istisno qilganda kechi bilan uch sutkada berilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasida shaxsiy ishlar bilan, fuqarolarning takliflari bilan turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga notijorat maqsadlarda taklif qilayotgan (qabul qilayotgan) va ularga uy-joy maydonini bergan jismoniy shaxslar tomonidan quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hududda turish muddati toʻliq 30 kundan ortiq boʻlmasa, hududiy ichki ishlar organlarini Dastur yordamida yoki hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat etish yoʻli bilan xabardor qilish;
agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hududda boʻlish muddati 30 kundan ortiq boʻlsa, hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilish yoʻli bilan.
30 kungacha vaqtincha propiska qilish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar Dasturda qayd etiladi va ushbu Dastur yordamida turist (mehmonxona) yigʻimini toʻlaydilar hamda hududiy ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda yuboradilar:
keluvchining milliy pasportidan yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun hujjatdan koʻchirma nusxa;
uy-joy mulkdorining vaqtincha propiska qilishga yozma roziligidan va uy-joyning huquqni belgilovchi hujjatlaridan nusxa.
Hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat qilish yoʻli bilan 30 kungacha vaqtincha propiska qilish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlarni hamda turist (mehmonxona) yigʻimini toʻlaganlik haqidagi kvitansiyani taqdim etadilar.
30 kundan ortiq muddatga vaqtincha propiska qilish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar oʻzlari turgan joydagi hududiy ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
belgilangan shakldagi ariza;
qabul qiluvchi tashkilotning belgilangan shakldagi iltimosnomasi;
milliy pasport yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati;
uy-joy mulkdorining vaqtincha propiska qilishga yozma roziligi va uy-joyning huquqini belgilovchi hujjatlari;
davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha propiska muddatini uzaytirish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar vaqtincha propiska muddati tugashidan uch ish kuni oldin hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari kerak.
37. Joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida quyidagilar hisobga olinishi kerak:
a) Oʻzbekiston Respublikasiga xizmat, savdo yoki jamoat ishlari bilan, davolanish yoki dam olish uchun, turistlar sifatida, alohida hollarda esa ichki ishlar organlarining ruxsati bilan fuqarolarning taklifiga muvofiq kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, ushbu Nizomning 34-bandida koʻrsatilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bundan mustasno;
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga shaxsiy ishlar bilan kelgan milliy pasportlarning (diplomatik yoki xizmat pasportlarining) egalari, xorijiy mamlakatlar tashqi ishlar idoralarining xizmatchilari hamda ularning oila aʼzolari.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning amalda hisobga olinganligini tekshirish ichki ishlar organlari tomonidan ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dastur yordamida amalga oshiriladi.
38. Ushbu Nizomning 37-bandida koʻrsatilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni hisobga olish vaqtincha propiska qilishga tenglashtiriladi va joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalari maʼmuriyati tomonidan qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda, Dastur yordamida amalga oshiriladi.
39. Ichki ishlar organlariga turistlarning pasportga oid maʼlumotlar, harakatlanish yoʻnalishlarining sxemalari, safarni amalga oshirish vaqtida toʻxtash (tunash) joylari koʻrsatilgan propiskalarini ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dastur yordamida elektron shaklda taqdim etish vaqtincha propiska qilishga tenglashtiriladi:
Safar tur operatori tomonidan aholi punktlaridan tashqarida tashkil etiladigan tur doirasida ekskursiya rahbari, gid va/yoki yoʻriqchi-boshlovchi hamrohligida amalga oshirilganida, agar bunday tur yoki uning bir qismi 10 sutkadan oshmasa, tur operatorlari tomonidan;
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan tur operatorining avtoturini sotib olgan holda shaxsiy avtomobilda, mototsiklda, velosipedda, yayov yoki guruh tarkibida avtobusda amalga oshirilganida.
40. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik propiskadan oʻtmasdan ushbu Nizomning 33-bandida koʻrsatilgan muddatdan ortiq vaqt davomida boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hujjatlarini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatisiz rasmiylashtirish hamda ularning joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida yashashi taqiqlanadi.
41. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisida joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining maʼmuriyati, boshqa uy-joy maydonlarining egalari hududiylik boʻyicha ichki ishlar organlariga darhol xabar berishlari shart.
Bunday shaxslar joylashtirish vositalari va davolash muassasasida boʻlishini rasmiylashtirish faqat ichki ishlar organlarining ruxsati olinganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
42. Joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida, shuningdek, boshqa uy-joy maydonlarida yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning boʻlish muddatlarini uzaytirish qabul qiluvchi tashkilotlarning yozma iltimosnomalari yoxud taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlarning yozma murojaatlari yoki viza rejimi qoʻllanilmaydigan, yo boʻlmasa viza berishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladigan, uchinchi shaxslarning taklifisiz yoki turistlar sifatida taklif qilinmasdan, ammo vizaning amal qilish muddati doirasida (turistlar uchun — turning amal qilish muddatiga) kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oʻz yozma arizalari asosida amalga oshiriladi.
43. Oʻzbekiston Respublikasida yashash huquqini beruvchi hujjatlarni qayd etishni rasmiylashtirish chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs joylashtirish vositasiga, davolash muassasasiga va boshqa uy-joy maydoniga kelgan paytdan boshlab 12 soat ichida amalga oshiriladi.
44. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yashash guvohnomalari boʻyicha joylashtirish vositalariga va davolash muassasalariga umumiy asoslarda joylashadilar va hisobga olinadilar.
45. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boʻlinmalarida akkreditatsiya qilinmagan chet el fuqarolarining diplomatik pasportlari joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida ushbu Nizomga muvofiq hisobga olinishi lozim.
Belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, milliy pasport yoki akkreditatsiya kartochkasi asosida joylashtirish vositasida yashayotgan va davolash muassasasida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik korpus aʼzolari joylashtirish vositalarining va davolash muassasalarining hisobga olish daftarlari va kartochkalari boʻyicha pasportlarga va akkreditatsiya kartochkalariga biron-bir belgi qoʻymasdan hisobga olinadilar.
46. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalari maʼmuriyati, shuningdek, boshqa uy-joy maydonlarining egalari tomonidan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni hisobga olish talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni ichki ishlar organlari amalga oshiradi.
47. Ushbu Nizomning 36 va 37-bandlarida koʻrsatilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish muddatini uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida, joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida vizalarning amal qilish muddatiga, ular belgilangan tartibda uzaytirilganidan keyin amalga oshiriladi.
471. Ichki ishlar organlari tomonidan “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chel el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shuningdek, ularning oila aʼzolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar)ga davlat boji toʻlanmasdan uch yil muddatgacha vaqtinchalik propiska rasmiylashtiriladi va uzaytiriladi.
(471-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 09/19/648/3627-son)
48. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat joylardagi IIO va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
49. Viloyatda yashash guvohnomasiga ega boʻlmagan va doimiy yoki vaqtinchalik propiskadan oʻtmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga uch kundan kam boʻlmagan muddatga uy-joy maydonini bergan uy-joy mulkdori uy-joy maydoni berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida ushbu shaxslar haqida IIOni xabardor qilishi shart.
Menga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsat berishingizni soʻrayman ____________________________ ________________________________________________________________________________________________
(sababi koʻrsatilsin)
Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman: 1. Tugʻilgan kuni, oyi va yili ________________________________________________________________________ 2. Tugʻilgan joyi __________________________________________________________________________________ 3. Millati _______________________________________________________________________________________ 4. Muqaddam boshqa davlat fuqarosi boʻlganmisiz? Qachon, qayerda va qaysi davlat fuqarosi boʻlgansiz, nima sababdan uni yoʻqotgansiz, batafsil koʻrsating _________________________________________________________________ 5. Ilgari qachon va nima sababdan OʻzRga kelgansiz (kelish va ketish sanasi, viza raqami va kim tomonidan berilgan) ________________________________________________________________________________________________ 6. Nikohda turaman, turmayman (keraksizi oʻchirilsin) 7. Doimiy yashashga ruxsat olish uchun men bilan birga kelayotgan farzandlarimning (16 yoshgacha) familiyasi, ismi, tugʻilgan yili va fuqaroligi: a) ______________________________________________________________________________________________ b) ______________________________________________________________________________________________ v) ______________________________________________________________________________________________ g) ______________________________________________________________________________________________ d) ______________________________________________________________________________________________
a
b
v
g
d
8. Mehnat faoliyati, shu jumladan, taʼlim va harbiy xizmat:
Oy va yili
Korxona, tashkilot va muassasa nomi, lavozimi
Muassasa, tashkilot va korxona joylashgan manzil
kirish
ketish
Izoh: Mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslar uchun maʼlumotlar ariza beruvchining ish joyi boʻyicha mansabdor shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi va muhr bosiladi (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi). 9. Xorijda istiqomat qiladigan qarindoshlarim:
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Qarindoshlik darajasi
Tugʻilgan yili va fuqaroligi
Ish joyi va lavozimi
Yashash manzili
10. Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiladigan qarindoshlarim (shu jumladan, er, xotinning qarindoshlari):
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Qarindoshlik darajasi
Tugʻilgan yili va fuqaroligi
Ish joyi va lavozimi
Yashash manzili
11. Qoʻshimcha ravishda quyidagilarni maʼlum qilaman: a) __________________________________________________________________________________yilda berilgan __________________________________________amal qilish muddati 20___ yil “____”__________________gacha b) viza (kelishdan maqsadi) _____№__________________________ _____________________________20___yil kuni ________________________________________________________________________________tomonidan berilgan
(kim va qachon, berilish asoslari)
__________________________________________amal qilish muddati 20___ yil “____”___________________gacha
20___ yil “___”___________________
______________________ (arizachi imzosi)
12. Hujjatlarni solishtirib, arizani qabul qildim:
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
______________________________________ ______________________________________ ______________________________________ manzilda doimiy yashovchi
____________________________________(fuqaroligi /fuqaroligi boʻlmagan shaxs) ___________________________________dan (familiyasi, ismi, otasining ismi.) tel: _____________________________
ARIZA-ANKETA
Menga quyidagi manzil boʻyicha doimiy propiskani rasmiylashtirib berishingizni soʻrayman ___________________ ________________________________________________________________________________________________
Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman: 1. Tugʻilgan kun, oy va yili __________________________________________________________________________ 2. Tugʻilgan joyi __________________________________________________________________________________ 3. Millati _______________________________________________________________________________________ 4. Nikohda turadi, turmaydi (keraksizi oʻchirilsin) 5. Doimiy yashashga ruxsat olish uchun men bilan birga kelayotgan farzandlarimning (16 yoshgacha) familiyasi, ismi, tugʻilgan yili va fuqaroligi: a) ______________________________________________________________________________________________ b) ______________________________________________________________________________________________ v) ______________________________________________________________________________________________ g) ______________________________________________________________________________________________ d) ______________________________________________________________________________________________
a
b
v
g
d
6. Mehnat faoliyati, shu jumladan taʼlim va harbiy xizmat:
Oy, yil
Muassasa, tashkilot, korxona nomi va lavozimi
Muassasa, tashkilot, korxona joylashgan manzil
kirish
ketish
Izoh: Mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslar uchun maʼlumotlar ariza beruvchining ish joyi boʻyicha mansabdor shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi va muhr bosiladi (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi). 7. Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi qarindoshlarim, shu jumladan, er, xotinning qarindoshlari:
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Qarindoshlik darajasi
Tugʻilgan yili va fuqaroligi
Ish joyi va lavozimi
Yashash manzili
8. Qoʻshimcha ravishda quyidagilarni maʼlum qilaman: yashash guvohnomasi seriyasi_______________, raqami ___________________________________________________, _______________________________________________________________________________________tomonidan ______________ yilda berilgan, muddati 20__ yil “____” ________________________ga qadar. Anketada koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar toʻgʻri. Oʻzim, oila aʼzolarim va yaqin qarindoshlarim haqida notoʻgʻri maʼlumotlar berilgan taqdirda doimiy propiska rad etilishi haqida ogohlantirildim.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish toʻgʻrisida ARIZA
Familiyasi ________________________________________ Ismi _________________________________________ Otasining ismi____________________________________ Fuqaroligi _____________________________________ Fuqaroligi boʻlmagan shaxs___________________________ Tugʻilgan yili _________ tugʻilgan sanasi “_____” ______________________ tugʻilgan joyi ____________________ Qayerdan keldi ____________________________________________________________________________________
(nomi)
Kelishdan maqsadi _________________________________________________________________________________
(oʻz uyiga, qarindoshlarinikiga, vasiysiga (homiysiga) , ishga, oʻqishga yoki boshqa sabablar)
Quyidagi manzil boʻyicha vaqtincha propiska qilishni soʻrayman: _____________________________________ tumani, ______________________ koʻchasi, ____________ mavzesi, __________ uy, _____ korpus, _______________ kvartira Uy-joy maydoni berildi ___________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
(mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (qarindoshlik darajasi) yoki yashash maydoni bergan tashkilot nomi)
Men bilan birga quyidagi qarindoshlarimni propiska qilishni soʻrayman:
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Chet el fuqarosi (fuqaroligi boʻlmagan shaxs)ni vaqtincha propiska qilish toʻgʻrisida QAYD VARAGʻI
Fuqaroligi___________________________ Chet el fuqarosi (fuqaroligi boʻlmagan shaxs)________________________________ Hujjat ________ Berilgan sana__________ Seriya № __________________
Raqam __________________________ Tugʻilgan sanasi__________________ Amal qilish muddati ______________
Vaqtincha yashash manzili
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Kadastr № ____________________________
_______________________________ viloyati _________________________ tumani (shahar) Manzil _______________________________ _______ uy, ___________________ kvartira
Kelishdan maqsadi____________________________________ Qabul qiluvchi tomon__________________________________ Vaqtincha propiska qilish muddati ____________________dan ________________________________ gacha “_________” oyga Qayerdan keldi _______________________________________ Maʼlumotlar _______________________________________
Qayd varagʻini bergan organ _________________________________________________________________________
Qayd varagʻi unda koʻrsatilgan muddatgacha pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat koʻrsatilganda haqiqiydir
_____________________________ Sizdan fuqaroni vaqtincha propiska qilish va vaqtincha propiska muddatini uzaytirishni soʻraydi (keraksizi oʻchirilsin): 1. F.I.O. _________________________________________________________________________________________
(chet el fuqarosining familiyasi, ismi, otasining ismi kirillchada yoziladi)
(16 yoshgacha boʻlgan farzandlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili)
3. Fuqaroligi _________________________________ 4. Jinsi ___________________________________________ 5. Tugʻilgan joyi va sanasi___________________________________________________________________________ 6. Milliy pasporti________________________ 7. Viza turi va raqami______________________________________ 8.Viza kim tomonidan berilgan va uning muddati_________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ 9. Oʻzbekistonga kelish sanasi (NOʻP): __________________________________________________________________ 10.Ish joyi va lavozimi: ____________________________________________________________________________ 11. Yashash manzili: _________________________________________________________________________________ 12. Uy-joy maydoni bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi______________________________________ ______________________ ______________________________________ uy. tel.______________________________ 13. Hujjatlarni rasmiylashtirish va taqdim etishga masʼul boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ________________________________________________________________________________________________ Pasport seriyasi ____________ №___________________________ xiz. tel.___________________________________
____________________________ (Qabul qiluvchi tashkilot rahbarining lavozimi)
Yuridik shaxslar uchun taqdimnoma korxona blankasida yoki toza oq qogʻozda rasmiylashtirilib, yuqori chap burchakda qabul qiluvchi tashkilotning hujjatning chiqish raqami va sanasi koʻrsatilgan burchakli shtampi qoʻyiladi.
Taqdimnomaga uy-joy maydoni bergan shaxsning rozilik arizasi ilova qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat bojlari stavkalari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y. 11-son, 49-modda) 4-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “kamida eng kam oylik ish haqining kamida 2500 baravari miqdoriga teng qiymatdagi shartnomadan — shartnoma summasining 5 foizi miqdorida” soʻzlari “— shartnoma summasining 5 foizi, ammo eng kam oylik ish haqining kamida 10 baravari miqdorida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalari
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda chet el fuqarolari deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashlari yoki vaqtincha boʻlishlari mumkin.
2. Ushbu Qoidalar:
a) chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanishi;
b) chet el fuqarolarini akkreditatsiya qilish;
v) Oʻzbekiston Respublikasiga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolarining avtotransport vositalarini hisobga qoʻyish;
g) qonun hujjatlarini va ushbu Qoidalarni buzganlik uchun chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatlarini qisqartirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish tartibini belgilaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari joylashtirish vositalarida (mehmonxonalarda, mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari koʻrsatiladigan turistik bazalarda va majmualarda, dam olish uylari va zonalarida, pansionatlarda, kempinglarda, motellarda, oilaviy mehmon uylarida, oʻtov va chodirli lagerlarda, sanatoriylarda va boshqa obyektlarda, shuningdek, tunash uchun joylashish vositalariga aylantirilgan yer transportida), oʻzlari tanlagan boshqa uy-joy maydonida, shuningdek, davolash muassasalarida qabul qiluvchi tashkilotlarni (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shaklidan hamda faoliyat turidan qatʼi nazar korxonalar va tashkilotlarni, chet davlatlarning doimiy vakolatxonalarini, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalarini va chet davlatlarning hukumat tashkilotlarini, xalqaro va chet el nodavlat (nohukumat) notijorat tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) vakolatxonalarini), shuningdek, ularni shaxsiy ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda yashaydilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari yonida pasport yoki pasport oʻrnini bosuvchi hujjatlar (keyingi oʻrinlarda milliy pasportlar deb ataladi) boʻlishi hamda ular bu hujjatlarni vakolatli organlar vakillarining talabiga muvofiq taqdim etishlari shart.
Chet el fuqarolari milliy pasport yoʻqolganligi haqida darhol qabul qiluvchi tashkilotga va ichki ishlar organlariga xabar qilishlari shart.
Turistlarning hujjatlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
5. Taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar, shu jumladan turizm operatorlari chet el fuqarolariga ularning Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan huquqlari va majburiyatlari oʻz vaqtida tushuntirib berilishini, chet el fuqarolari bilan munosabatlarda belgilangan huquqiy meʼyorlar aniq bajarilishini taʼminlaydilar, chet el fuqarolarining tegishli hisobini yuritadilar (Oʻzbekiston Respublikasiga shaxsiy ishlar bilan notijorat maqsadlarda kelayotgan chet el fuqarolarini qabul qiladigan va ularga turar joy beradigan jismoniy shaxslar bundan mustasno), shuningdek, Internet tarmogʻi orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dastur (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) yordamida xabardor qilish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlimlariga murojaat qilish yoʻli bilan ularning vaqtincha propiskadan oʻtkazilishini, respublika hududida harakatlanishini hamda oʻzlariga belgilab berilgan boʻlish muddati tugagach, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishini taʼminlash uchun javobgar boʻladilar.
Chet ellik turistlarni qabul qiladigan turizm operatorlari, shuningdek, ularning xodimlari chet ellik turistlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar, ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan javobgarlik bundan mustasno.
Joylashtirish vositalariga, davolash muassasalariga va boshqa uy-joy maydonlariga joylashtirilgan chet el fuqarolari (mustaqil sayohat qilib, chodirli lagerlarda hamda tunash uchun joylashtirish vositasiga aylantirilgan yer transportida yashaydigan chet el fuqarolari bundan mustasno) vaqtincha propiskadan oʻtish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinib, chet el fuqarolari kelganlaridan keyin uch sutka ichida ichki ishlar organlarini mustaqil ravishda xabardor qilishlari shart boʻlgan joylashtirish vositalari va davolash muassasalari maʼmuriyatining, shuningdek, boshqa uy-joy maydonlari egalarining javobgarligi kuchaytiriladi.
6. Chet ellik fuqaro tashkilotlardan birining taklifiga muvofiq kelgan hollarda boshqa tashkilot ushbu fuqaroga nisbatan majburiyatlarni va ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan javobgarlikni zimmasiga olgan holda, uni oʻz yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilish huquqiga ega.
7. Oʻziga nisbatan viza rejimi qoʻllanilmaydigan yoxud viza berishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladigan, uchinchi shaxslarning taklifisiz yoki taklifsiz turistlar sifatida kelgan chet el fuqarolari pasport nazoratidan oʻtishdan oldin ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan talablar va javobgarlik bilan tanishib chiqadilar. Mazkur fuqarolar zarur hollarda viza muddatini uzaytirish uchun mustaqil ravishda hujjatlar topshirish huquqiga ega.
8. Chet el fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasiga notijorat maqsadlarda shaxsiy ishlar boʻyicha taklif qilgan va ularga uy-joy maydonini bergan shaxslar quyidagilarga majbur:
ularni quyidagi yoʻllar bilan vaqtincha propiska qilish choralarini koʻradilar:
agar chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati 30 kundan ortiq boʻlsa, hududiy ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat etish orqali xabardor qilish;
agar chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati toʻliq 30 kundan oshmasa, Dastur yordamida yoki hududiy ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat etish orqali;
chet el fuqarolari uchun belgilangan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati tugaganidan keyin ularning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga yordam berishlari shart.
Bu shaxslar tomonidan chet el fuqarolariga uy-joy, transport vositalari berish yoxud boshqa xizmatlar koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va ushbu Qoidalar buzilishiga olib kelishi oldindan maʼlum boʻlgan hollarda ushbu shaxslarning chet el fuqarolariga uy-joy, transport vositalari berishiga yoxud boshqa xizmatlar koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ushbu Qoidalarga rioya etishlari shart.
10. Chet el fuqarolari, mansabdor shaxslar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari ushbu Qoidalarning talablariga rioya etishlari yuzasidan nazoratni ichki ishlar organlari hamda Tashqi ishlar vazirligi oʻz vakolatlari doirasida joylardagi hokimiyat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda, shu jumladan Dastur yordamida amalga oshiradilar.
11. Chet el fuqarolarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish va ularga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash hamda uning hududida harakatlanishi uchun ruxsatnomalar berish tartibi Oʻzbekistonning boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlari bilan, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda teng asoslarda oʻzgartirilishi mumkin.
II. Chet el fuqarolarini akkreditatsiya qilish. Chet el fuqarolarining avtotransport vositalarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida chet el fuqarolarining quyidagi toifalari akkreditatsiya qilinadi:
a) chet el diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining rahbarlari, diplomatik personal aʼzolari, konsulliklarning mansabdor shaxslari, harbiy attashelar, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatish personali, shuningdek, ularning oila aʼzolari;
b) ommaviy axborot vositalarining vakillari va ularning oila aʼzolari;
v) xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasiga xizmat ishlari boʻyicha kelgan mansabdor shaxslari, mazkur tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari xodimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida shtab-kvartirasi boʻlgan xalqaro tashkilotlar huzuridagi mamlakatlar vakolatxonalarining mazkur tashkilotlar ustav hujjatlariga yoki tegishli shartnomalarga muvofiq diplomatik imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi xodimlari, shuningdek, ularning oila aʼzolari.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, uning vakolatxonalari tomonidan mazkur shaxslarga akkreditatsiya kartochkalari beriladi hamda bevosita ularning milliy pasportlariga akkreditatsiya haqida yozib qoʻyiladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasiga olti oygacha muddatga kelgan chet el fuqarolarining shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlarida hisobga qoʻyilishi kerak. Chet ellik egalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olti oydan ortiq muddatga olib kirilayotgan transport vositalari Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatga olinib, milliy raqam belgilari almashtiriladi.
Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan xalqaro haydovchilik guvohnomalari va milliy haydovchilik guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiydir. Chet el fuqarolariga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish yoki ushbu fuqarolarning mazkur Konvensiya talablariga javob bermaydigan haydovchilik guvohnomalarini almashtirib berish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Chet ellik egalarining transport vositalarini davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan chet el fuqarolariga qarashli boʻlgan avtomototransportni foydalanish uchun chet el fuqarolariga berish notarial tartibda rasmiylashtirilib, avtomototransportning davlat raqami belgisini chet el fuqarolariga moʻljallangan tegishli toifadagi belgiga almashtirish uchun ichki ishlar organlari xabardor qilinadi. Chet el fuqarolari tomonidan qaytarib olib chiqib ketish majburiyati bilan olib kirilgan avtotransport belgilangan muddat tugaganidan keyin chet elga olib chiqib ketilishi kerak va u Oʻzbekiston Respublikasi hududida olib qoʻyilishi mumkin emas.
III. Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanishi
14. Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining oʻzlariga tashrif uchun ruxsat berilgan hududidagina harakatlanishlari shart.
Chet el fuqarolari vaqtincha boʻlish punktiga yetib kelganlaridan keyin taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar ularni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida Dastur vositasida yoki hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat qilish orqali vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishlari shart.
Joylashtirish vositalarida yoki davolash muassasalarida turgan chet el fuqarolari mazkur muassasalarda hisobdan oʻtadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va yashash guvohnomalariga ega boʻlgan chet el fuqarolarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish ularning muayyan yashash joyida turadigan davri uchun amalga oshiriladi. Uch sutkadan to olti oygacha davrga vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish shaxsni doimiy yashash joyidan oʻchirmagan holda amalga oshiriladi. Xizmat safariga, taʼtilga, dam olish yoki davolanishga joʻnab ketayotganlardan tashqari boshqa shaxslarni olti oydan ortiq muddatga vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish shaxsni doimiy yashash joyidan oʻchirgan holda amalga oshiriladi.
15. Qabul qiluvchi tashkilotlar yoʻnalishi boʻyicha kelgan chet el fuqarolarining chegara zonasiga va tashrif uchun yopiq boʻlgan joylarga kirishi hamda harakatlanishi:
ushbu tashkilotlarning yozma murojaatlari asosida;
shaxsiy ishlar bilan kelgan chet el fuqarolarining chegara zonasiga va tashrif uchun yopiq boʻlgan joylarga kirishi hamda harakatlanishi chet el fuqarolarining shaxsiy yozma arizalari asosida faqat ichki ishlar organlarining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Qabul qiluvchi tashkilotlarning iltimosiga koʻra chet el fuqarolariga koʻp marta kirish va harakatlanish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin.
16. Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish tartibi, agar Oʻzbekiston ishtirokchisi boʻlgan xalqaro kelishuvlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ikki tomonlama shartnomalar bilan va tenglik asosida belgilanadi.
17. Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida tranzit harakatlanishi Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit oʻtishi qoidalariga (3-ilovaga qaralsin) muvofiq amalga oshiriladi.
18. Oʻzbekiston Respublikasidagi turar joyini ushbu Qoidalarni buzgan holda oʻzgartirgan chet el fuqarolari ichki ishlar organlarining talabi bilan oldingi turar joylariga qaytishlari yoki tanlagan borish punktlariga muvofiq yurishlari shart.
IV. Boʻlish muddatini qisqartirish va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish
19. Chet el fuqarolari ushbu Qoidalarni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ushbu Qoidalarning talablariga amal qilishlari shart boʻlgan shaxslarning (shu jumladan respublikaga chet el fuqarolarini shaxsiy ishlar boʻyicha taklif qilgan yoki ularga xizmat koʻrsatadigan shaxslarning) Qoidalar talablarini buzishi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
20. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini yoki ushbu Qoidalarni buzayotgan chet el fuqarosiga Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish uchun unga belgilangan muddat qisqartirilishi mumkin.
Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati uning bundan buyon boʻlishi uchun asoslar yoki mablagʻlar boʻlmaganida ham qisqartirilishi mumkin.
21. Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatini qisqartirish hamda uni chiqarib yuborish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22. Chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan, yaʼni Oʻzbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy boʻlmagan hujjatlar bilan yashagan, vaqtinchalik yoki doimiy roʻyxatdan oʻtish, harakatlanish yoki yashash joyini tanlash boʻyicha belgilangan tartibga rioya qilmagan, boʻlish muddati tugaganidan keyin chiqib ketishdan boʻyin tovlagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit oʻtish qoidalariga rioya etmagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilib, keyinchalik uning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yildan uch yilgacha cheklanishi mumkin.
Chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun sud tomonidan belgilangan jazoni ijro etib boʻlgan yoki oʻtab boʻlganidan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilinganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilib, bundan keyin uning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi:
katta ijtimoiy xavf tugʻdirmaydigan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etganlik uchun — besh yilga;
ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun — oʻn yilga.
oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun — umrbod cheklanadi.
Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqini cheklash muddati u Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilgan (Davlat chegarasini kesib oʻtgan) paytdan boshlab hisoblanadi.
23. Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatini qisqartirish va uni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan qabul qilinadi. Chet el fuqarosi ushbu qarorda koʻrsatilgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishi shart. Bunday hollarda chiqib ketishdan boʻyin tovlaydiganlar qonun hujjatlariga muvofiq majburiy tartibda chiqarib yuborilishi lozim.
Chet el fuqarosiga berilgan viza uni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborish vaqtida bekor qilinadi.
24. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolarini taklif qilgan qabul qiluvchi tashkilotlar va xususiy shaxslar ichki ishlar organlariga chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatlarini qisqartirish hamda ularni chiqarib yuborishni iltimos qilishlari mumkin.
25. Xizmat, shaxsiy, savdo yoki jamoat ishlari boʻyicha, oʻqish, malaka oshirish, ishlash uchun yoki turistlar sifatida kelgan chet el fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilayotgan chet el fuqarolarini taklif qilgan qabul qiluvchi tashkilotlar va xususiy shaxslar zimmasida boʻladi.
Boshqa chet elliklarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarini chiqarib yuborish xarajatlari ichki ishlar organlari zimmasida boʻladi.
26. Chet el fuqarosi oʻzini Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatini qisqartirish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asosda shikoyat qilishi mumkin.
27. Ushbu Qoidalarning 19 — 25-bandlaridagi qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga, shuningdek, xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi shaxslarga tatbiq etilmaydi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasining QT, 2011-y. 7-son, 63-modda):
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs doimiy propiskadan oʻtmagan taqdirda pasport yoki harakatlanish hujjatini olish uchun uning ota-onasi, vasiylari (homiylari) avvalgi propiskadan oʻtgan joydagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat qilishlari mumkin.
Fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs propiskadan oʻtganligi haqida maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda uning ota-onasi, vasiylari (homiylari) pasport yoki harakatlanish hujjatini olish uchun u kelgan joydagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat qilishlari mumkin”;
“Pasport yoki harakatlanish hujjati yoʻqolgan taqdirda fuqaro va fuqaroligi boʻlmagan shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari darhol bu haqda doimiy propiskadan oʻtgan, kelgan yoki konsullik hisobida turgan joydagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga ariza berishlari shart, bu punkt qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-tamoyillarni amalga oshirganidan keyin ularga ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda yangi pasport yoki harakatlanish hujjatini beradi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 32-modda):
“11. Fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq, doimiy yashash joylarida propiskadan oʻtishlari va/yoki turgan joylarida hisobda turishlari shart.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, turgan joyi boʻyicha hisobga olinmaganligi yoki doimiy propiskada turmaganligi fuqaroga xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos deb hisoblanishi mumkin emas.
Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kunlaridan boshlab besh kun ichida doimiy propiskada turish yoki hisobga qoʻyish uchun hujjatlar taqdim etishlari shart.
16 yoshga toʻlmagan shaxslarni doimiy propiska qilish va hisobga olish ularning ota-onalari yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslarning xohishiga koʻra ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi”;
“Doimiy propiskaga ega boʻlish va turgan joylari boʻyicha hisobda turish uchun fuqarolar davlat xizmatlari koʻrsatishning soddalashtirilgan tartibini taʼminlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkin”;
“uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi)”;
92-bandning birinchi xatboshidan “qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam boʻlmagan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 101 — 103-bandlar qoʻshilsin:
“101. Turar joy mulkdori oʻz oila aʼzolarini va boshqa shaxslarni propiskadan oʻtkazish huquqiga ega.
102. Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega boʻlgan mulkdor ulardan faqat bittasigagina doimiy propiskadan oʻtishi mumkin.
103. Harbiy xizmatga majbur shaxslarni propiska qilish ular mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda harbiy hisobga qoʻyilganlaridan keyin amalga oshiriladi. 16 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan fuqarolar harbiy hisobga qoʻyilishlari kerak”;
II boʻlimga quyidagi mazmundagi 111 — 116-bandlar qoʻshilsin:
“111. Fuqaro roʻyxatdan chiqish uchun TSHIIBB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
pasport yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
mudofaa ishlari boʻlimidan hisobdan chiqarilganligi haqida belgi boʻlgan hisob-harbiy hujjatlar;
uy daftari yoki qayd etish kartochkasi va kvartiralar boʻyicha kartochka (ushbu Nizomning 3 — 5-ilovalari);
roʻyxatdan chiqarganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.
112. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni roʻyxatdan chiqarish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yoʻqotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
113. Vafot etganlar oʻlim qayd etilganidan keyin roʻyxatdan chiqarilishi lozim.
Oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma shakli Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
114. Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va haqiqatga muvofiq boʻlmagan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, shuningdek, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlish uchun asos boʻlgan hujjatlar qalbakilashtirilgan taqdirda doimiy propiska IIB tomonidan bekor qilinadi, keyinchalik materiallar tergov organlariga yuboriladi.
115. Propiskadan oʻtish yoki roʻyxatdan chiqarilganlik sud qaroriga koʻra shuningdek, qonunda koʻzda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.
116. Roʻyxatdan chiqarilganda yoki roʻyxatdan oʻtganlik bekor qilinganda MvaFRB inspektori uch kun muddat ichida Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB manzil-maʼlumotlar byurosiga ketish varaqlarini (ushbu Nizomning 6-ilovasi) yuboradi”.
“12. Fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish (keyingi oʻrinlarda hisobga olish deb ataladi) fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan bir yil muddatga amalga oshiriladi hamda bu Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy sotib olish uchun asos hisoblanmaydi. Doimiy propiskadan oʻtmaganlik turgan joyi boʻyicha hisobga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga besh kundan ortiq boʻlmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi”;
“14. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobda turish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda oʻzi vaqtincha turgan joydagi MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
pasport;
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va 35 x 45 mm oʻlchamdagi ikki dona rasm — 16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun;
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi);
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
hisobga olinganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya;
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shugʻullanishga (qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi boʻlsa ushbu bandning oltinchi va yettinchi xatboshidagi hujjatlar talab etilmaydi”;
15-banddagi “turar joy maydoni bergan uy-joy mulkdori (mulkdorlari)” soʻzlari “ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaxs” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“16. MvaFRB inspektori ariza roʻyxatdan oʻtkazilgandan, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqilgandan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin oʻsha kunning oʻzida ariza beruvchiga ushbu Nizomning 8 va 9-ilovalariga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyida hisobga olish toʻgʻrisida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga qayd varagʻi (keyingi oʻrinlarda hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi deb ataladi) yoki BARE-CODE* bilan himoyalangan qayd varagʻini beradi.
Hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi. Hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi hamda BARE-CODE* bilan himoyalangan qayd varagʻi fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir)”;
“18. Taʼlim muassasalariga oʻqishga kelgan fuqarolarni MvaFRB inspektori tomonidan hisobga olish turar joyi (uy-joy maydoni) boʻyicha amalga oshiriladi.
Oʻqish Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida joylashgan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilgan, fuqaro akademik taʼtil olgan yoki taʼlim muassasasidan oʻqishdan chetlatilgan taqdirda ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaroni vaqtincha turgan joyida hisobga olishni rasmiylashtirgan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimini xabardor qiladi.
Taʼlim muassasasi rahbariyatining bildirishnomasi asosida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi hisobga olishni bekor qiladi.”;
“19. Hisobga olishni qayta rasmiylashtirish ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Quyidagilar:
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olish joyi boʻyicha turgan vaqtida muntazam ravishda huquqbuzarliklar sodir etilishi;
shaxsning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bundan buyon boʻlishi jamoat tartibi buzilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi hisobga olishni rasmiylashtirishni rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turishi rad etilgan taqdirda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi inspektori tomonidan xulosa tuziladi, ushbu xulosa migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hisobda turishni rasmiylashtirishning rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin”.
“21. MvaFRB inspektori ariza beruvchiga hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi bergandan keyin hisobga qoʻyilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MvaFRBBning kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritadi.
MvaFRB inspektori fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi kelish varaqasini (ushbu Nizomning 10-ilovasi) toʻldiradi va bir sutka mobaynida ularni Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIBning manzil-maʼlumotnomalar byurosiga yuboradi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga oʻxshash boshqa tashkilotlarning masʼul shaxslari 12 soat mobaynida ushbu tashkilotlarga kelgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Internet tarmogʻi orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) kiritib qoʻyadilar.
MvaFRB fuqarolarni hisobga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida maʼlumotlarni uzatishning idoraviy tarmogʻi boʻyicha Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (MvaFRBB) markaziy maʼlumotlar bazasiga yuboradi.”;
“25. Noturar joy binolarga fuqarolarni doimiy propiska qilish va hisobga olishni rasmiylashtirish taqiqlanadi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shugʻullanishga (qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar istisno tariqasida noturar joy binolarga hisobga olinishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi 261-262-bandlar qoʻshilsin:
“261. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy propiskaga ega boʻlish va turgan joyi boʻyicha hisobda turish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
262. Fuqaroni propiska qilish, propiskadan chiqarish va hisobga olish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin”;
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
________________________________________________ (boshliqning rezolyutsiyasi, imzo va sana)
Familiyasi _____________________________________ Ismi __________________________________________ Otasining ismi____________________________________ Tugʻilgan sanasi ________________________________ Tugʻilgan joyi ______________________________________ Qayerdan keldi ___________________________________
(mintaqa nomi)
Kelish maqsadi ___________________________________________________________________________________
(oʻz uy-joyiga, qarindoshlarga, vasiy (homiy)ga, ishga, oʻqishga va boshqa sabablar)
Quyidagi manzil boʻyicha propiskaga qoʻyishni soʻrayman: _____________________________________tumani (shahar), ____________________________koʻchasi ___________ (kvartal) _______ uy ________korpus ___________ kvartira. Turar joy ______________________________________________________________________ tomonidan berildi.
(oldi-sotdi shartnomasi, order, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan, uy-joy mulkdori F.I.O. yoki uy-joy bergan tashkilot nomi)
Bir vaqtning oʻzida men bilan quyidagi oila aʼzolarimni propiskaga qoʻyishni soʻrayman:
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Tugʻilgan yili va joyi
Qayerdan keldi
Ariza beruvchi yoki ishonchli shaxsning F.I.O. ___________________________________________________________
Imzo _________________
20__ yil “___” _________________________
Izoh: Ariza beruvchi voyaga yetmaganlar uchun ota-onalar, vasiy (homiy)lar ishonchli shaxslar hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
________________________________________________ (boshliqning rezolyutsiyasi, imzo va sana)
Doimiy yashash manzilidan propiskadan chiqarish toʻgʻrisida ARIZA
Familiyasi _____________________________________ Ismi __________________________________________ Otasining ismi____________________________________ Tugʻilgan sanasi ________________________________ Tugʻilgan joyi ______________________________________ Qayerdan keldi_________________________________________
(mintaqa nomi)
Ketishdan maqsadi _________________________________________________________________________________
(doimiy yashashga, ishga, oʻqishga va boshqa sabablar)
Doimiy propiskada turmoqchi boʻlgan manzili__________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________. Bir vaqtning oʻzida men bilan quyidagi oila aʼzolarimni propiskadan chiqarishingizni soʻrayman:
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Tugʻilgan yili va joyi
Qayerga ketdi
Ariza beruvchi yoki ishonchli shaxsning F.I.O. ___________________________________________________________
Imzo _________________
20__ yil “___” _________________________
Izoh: Voyaga yetmagan ariza beruvchilar uchun ota-onalar, vasiy (homiy)lar ishonchli shaxslar hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
______-uyda yashovchi fuqarolarni propiska qilish uchun
UY DAFTARI _________________________________________________________________________________________________________________________________ ichki ishlar organi nomi _________________________________________________________________________________________________________________________________
1-bet
1-boʻlim. Daftarni yuritish va uyga propiska qilishga masʼul shaxslar haqida maʼlumotlar
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Qachondan boshlab
Izoh
2-bet
2-boʻlim. Uyga propiska qilish va daftarni yuritish holati boʻyicha mansabdor shaxslarning qaydlari
T/r
Tekshirishni kim oʻtkazdi
Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi belgi
lavozimi
imzo
3-boʻlim. Propiska
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi (respublika, oʻlka, viloyat, tuman, shahar, qishloq), oilaviy ahvoli ( bunda u bilan birga kelgan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar ham koʻrsatiladi)
Tugʻilgan sanasi
Qachon va qayerdan (respublika, oʻlka, viloyat, tuman, shahar, qishloq) kelgan. Agar aholi yashash punkti doirasida (bir koʻchadan boshqasiga) koʻchib oʻtgan boʻlsa , koʻcha nomi, uy, kvartira raqamlari koʻrsatiladi
Kelishdan maqsadi va muddati
Millati va fuqaroligi
Pasport seriyasi va raqami, kim tomonidan va qachon berilgan.
Harbiy xizmatga munosabati, kim tomonidan va qachon hisobga olingan
Qayerda va qaysi vazifada ishlaydi. Agar ishlamayotgan boʻlsa nafaqada, oʻquvchi va hokazo koʻrsatilsin
Kvartira raqami
Ichki ishlar organining propiska qilinganligi haqidagi belgisi (kiritilgan maʼlumotlarni taqqoslash) Sana va imzo
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
PROPISKA KARTOCHKASI
1. Familiyasi _____________________________________________________________________________________ 2. Ismi __________________________________________________________________________________________ 3. Otasini ismi ___________________________________________________________________________________ 4. Millati _______________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
5. Tugʻilgan sanasi 20____ yil “__”_______________
6. Tugʻilgan joyi
______________________viloyati (oʻlkasi, respublikasi) _________________________________________tumani ___________________________________shahar (qishloq) _______________________________________________
7. Qachon va qayerdan keldi
______________________viloyati (oʻlkasi, respublikasi) _________________________________________tumani ___________________________________shahar (qishloq)
______________________koʻchasi ________uy ____________korpus _________________________kv. 20__ yil “__”________________
8. Pasport seriyasi
Raqami
Kim tomonidan va qachon berilgan
9. Turar joy manzili___________________________________________________________________shahar (tuman) _______________________________ koʻchasi _______________ uy ______________ korpus _________________ kv. 10. Qayerda va kim boʻlib ishlaydi_____________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
11. 16 yoshgacha boʻlgan _______________________________________________________________________________ bolalari ________________________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ___________________________________________________________________________________ ismi tugʻilgan oyi va yili) ______________________________________________________________________________________
12. Harbiy xizmatga munosabati (kim __________________________________________________________________________________ tomonidan va qachon hisobga olingan) va hisobdan chiqarilgan _______________________________________________________________________________
13. Propiska haqida belgi
14. Qayerga (respublika, viloyat, oʻlka, tuman, shahar (qishloq) joʻnab ketdi va propiskadan chiqqanlik haqida belgi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
KVARTIRA KARTOCHKASI
__________________________________________ koʻchasi __________ uy ___________korpus _______________ kv. Telefon ________________________________________ Turar joy maydoni ___________________________kv. m. Uy egasi ________________________________________ (ijaraga_______________(F.I.O.) __________________ beruvchi) ________________________________________
_______________________________________________ ____________________________ viloyati (respublikasi) _________________________________________ tumani __________________________________________ shahri XUJMSH ______________________________________
T/r
Uy egasiga, ijaraga beruvchiga munosabati
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Tugʻilgan kuni, oyi, yili
Pasporti qachongacha haqiqiy
Propiska qilingan vaqti va qancha muddatga
Uy daftaridan oʻchirilgan kun
1
2
3
4
5
6
7
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
______________________________________ (boshliqning rezolyutsiyasi, imzosi va sanasi)
Turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisida ARIZA
Familiyasi ________________________________________ Ismi _________________________________________ Otasining ismi____________________________________ Tugʻilgan sanasi ______________________ Tugʻilgan joyi ________________________________________________ Qayerdan keldi ____________________________________________________________________________________
(mintaqa nomi)
Kelish maqsadi ___________________________________________________________________________________
(ishga, oʻqishga yoki boshqa sabab koʻrsatiladi)
Quyidagi manzil boʻyicha hisobga olishingizni soʻrayman: _________________tuman (shahar) _______________________koʻcha _____ (kvartal)____uy ___korpus ____kvartira. Turar joy _______________________________________________________________________________________
uy-joy mulkdori yoki ijaraga beruvchining F.I.O. (qarindoshlik darajasi)
_______________________________________________________________________________ tomonidan berildi.
va uy-joy bergan tashkilot nomi)
Bir vaqtning oʻzida men bilan quyidagi qarindoshlarimni hisobga olishingizni soʻrayman:
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Tugʻilgan yili va joyi
Qayerdan keldi
Menga turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi va muddati tushuntirildi. ________ seriyali ________________-son hisobga olish qayd varagʻini oldim. Ariza beruvchi yoki ishonchli shaxsning F.I.O. ___________________________________________________________
Imzo _______________
20__ yil “___” _______________
Izoh: Voyaga yetmagan ariza beruvchilar uchun ota-onalar, vasiy (homiy)lar ishonchli shaxslar hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan, turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi hujjatga _____-son QAYD VARAGʻI
1. Familiyasi _____________________________________________________________________________________ 2. Ismi __________________________________________________________________________________________ 3. Otasining ismi _________________________________________________________________________________ 4. Tugʻilgan sanasi ____________________ 5. Tugʻilgan joyi ______________________________________________ 6. Qachon va qayerdan kelgan ___________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
(seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
8. Yashash manzili __________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ 9. Kelishdan maqsad ________________________________________________________________________________ 10. Turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati 20___ yil “___”_______________________gacha 11. Qayd varagʻini bergan organ _______________________________________________________________________ 12. . Qayd varagʻini bergan mansabdor shaxsning imzosi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisida QAYD VARAGʻI
JSSHIR ______________________________ Fuqaro: ______________________________ Hujjat ________ Berilgan vaqti __________ Seriya № __________________
Raqam __________________________ Tugʻilgan vaqti ___________________ Amal qilish muddati ______________
Vaqtincha yashash manzili
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Kadastr № ____________________________ _______________________________ viloyati _________________________ tumani (shahar) Manzil _______________________________ Uy №________ kvartira №_______________
Kelishdan maqsad _____________________________________ Turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati _____________ yil “___”____________________gacha Qayerdan keldi _______________________________________ Maʼlumot __________________________________________
Qayd varagʻini bergan organ _________________________________________________________________________
Hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy hamda vaqtincha propiskadan oʻtish, boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish tartibini, shuningdek, yashash guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
Doimiy hamda vaqtincha propiskadan oʻtishni rasmiylashtirish uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar davlat xizmatlari koʻrsatishning soddalashtirilgan tartibini taʼminlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkin”;
quyidagi mazmundagi 11-12-bandlar qoʻshilsin:
“11. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qonun hujjatlariga muvofiq doimiy yashashlari yoki vaqtincha boʻlishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyi, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oʻzlari yashayotgan joy haqida xabar qilish tartibi, shuningdek, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslarning majburiyatlari va javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrda qabul qilingan 408-son qarori bilan belgilanadi.
12. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar qonun hujjatlariga rioya qilishlari shart”;
21-banddagi “ilovaga” soʻzi “1-ilovaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 22-band qoʻshilsin:
“22. Agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tegishli ruxsatnomaga va yashash guvohnomasiga ega boʻlsalar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashlari mumkin”;
“3. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) (keyingi oʻrinlarda TSHIIBB deb ataladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda MvaFRB deb ataladi) murojaat qiladilar hamda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi 2 nusxada ariza-anketa;
chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati;
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi;
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
nikoh tuzilganligi, bola tugʻilganligi, ota-onaning vafot etganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi, boshqa respublika ahamiyatiga molik davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi (ushbu Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan Roʻyxatning 6-bandi boʻyicha propiska qilish chogʻida);
hujjatlarni koʻrib chiqqanlik va rasmiylashtirganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda yigʻim toʻlanganligi haqidagi kvitansiya;
“31. Oʻzbekiston Respublikasiga “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirganidan keyin (1992-yil 28-iyul) kelgan hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida uzoq vaqtdan beri sobiq SSSR pasportlari namunalari bilan yashayotgan yoki ularni yoʻqotib qoʻygan, shuningdek, hujjatlarga ega boʻlmagan (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma bundan mustasno) va ushbu Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan Roʻyxatga kirgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun TSHIIBB MvaFRBga ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadilar, chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati (fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi) bundan mustasno.
Yuqorida koʻrsatilgan, ushbu Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan Roʻyxatga kirmagan shaxslar tegishli hujjat (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati) bilan hujjatlashtiriladilar, ular keyinchalik poytaxt mintaqasidan tashqariga chiqib ketadilar, bu haqda mazkur shaxslardan belgilangan namunadagi majburiyat olinadi.”;
“Zarur hollarda IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB shaxsni hamda uning boshqa davlat fuqaroligiga mansubligini aniqlash maqsadida chet davlatning vakolatli organlariga belgilangan tartibda soʻrovnoma yuborishi mumkin”;
“Soʻrovnomaga uch oy ichida chet davlatning vakolatli organlaridan javob kelmaganligi IIBB MvaFRB va IIB MvaFRBning xulosasini tayyorlash hamda materiallarni IIV MvaFRBBga yuborish uchun asos boʻladi”;
quyidagi mazmundagi 71 — 73-bandlar qoʻshilsin:
“71. Chet elliklar uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 5 yil muddatga, ammo milliy pasportning amal qilish sanasidan oshmagan muddatga beriladi. Shaxs 60 yoshga toʻlganidan keyin chet elliklarga yashash guvohnomasi milliy pasportning amal qilish muddatiga beriladi.
72. Fuqaroligi boʻlmagan shaxsga yashash guvohnomasi 5 yil muddatga, shaxs 60 yoshga toʻlganidan keyin esa muddatsiz beriladi.
73. Yashash guvohnomasining amal qilish muddatlarini uzaytirish 5-martagacha ushbu Nizomning 71 va 72-bandlarida belgilangan muddatlarga amalga oshiriladi, shundan keyin u almashtiriladi”.
“8. Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskadan oʻtishni rasmiylashtirish uchun TSHIIBB MvaFRBga murojaat qiladilar hamda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
yashash guvohnomasi;
uy-joy hujjatining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni boʻlmaganida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
nikoh tuzilganligi, bola tugʻilganligi, ota-onalar vafot etganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi (ushbu Nizomning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Roʻyxatning 6-bandi boʻyicha propiskadan oʻtish chogʻida);
doimiy propiskadan oʻtkazganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya”;
“124. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan hamda bu mintaqalarda doimiy propiskadan oʻtgan, shuningdek, boshqa davlatlardan kelgan va yashash guvohnomasini olgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan narxi eng kam oylik ish haqining 3300 baravaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulkni bank hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirgan holda sotib olishlari mumkin.
Ushbu Nizomning maqsadlariga koʻra yangi qurilgan koʻchmas mulk toifasiga tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida mulk huquqi vujudga kelgan hamda qabul qilib olinganiga uch yildan koʻp boʻlmagan mol-mulk kiradi”;
13-banddan “uning Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida uy-joy sotib olish, shuningdek, doimiy ish va ijtimoiy kafolatlar olish uchun asos hisoblanmaydi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“16. TSHIIBB MvaFRB hujjatlarni oʻrganib chiqqanidan va rasmiylashtirganidan keyin bir sutka ichida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha propiskani rasmiylashtirib, yashash guvohnomasiga tegishli belgi qoʻyadi yoki viloyatda vaqtincha propiskadan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻi beradi”;
18-bandning birinchi xatboshidagi “oʻn besh kun” soʻzlari “uch kun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va boshqa shunga oʻxshash tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda joylashtirish vositalari deb ataladi) masʼul shaxslari 12 soat ichida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisidagi axborotni Internet tarmogʻi orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) kiritib qoʻyadilar”;
quyidagi mazmundagi IV1 qism qoʻshilsin:
“IV1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga vaqtincha propiskani rasmiylashtirish tartibi
231. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida tegishli ravishda milliy pasportlar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning harakatlanish hujjatlari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning guvohnomalari boʻyicha vaqtincha propiska asosida yashaydilar. Vaqtincha propiska belgilangan punktga kelgandan keyin uch sutka ichida amalga oshiriladi, bayram kunlari va dam olish (yakshanba) kunlari bundan mustasno.
Vaqtincha propiska qilishning uch sutkalik muddati kelish (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi nazorat-oʻtkazish punkti orqali oʻtishi) sanasidan keyingi kunning 00:01 soatidan boshlab hisoblanadi.
232. Quyidagilar vaqtincha propiskadan ozod qilinadilar:
a) respublikaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga muvofiq kelgan chet mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, parlament va hukumat delegatsiyalarining aʼzolari, ushbu delegatsiyalarning texnik personali, sanab oʻtilgan shaxslarning oila aʼzolari;
b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan berilgan pasportlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
g) 16 yoshga toʻlmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
d) Oʻzbekiston Respublikasiga bayram va dam olish kunlarida yoki oddiy kunlarda uch sutkagacha boʻlgan muddatga keladigan hamda shu kunlar davomida respublikadan chiqib ketadigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
e) sayohat qilayotgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar ularning respublikaning har bir aniq aholi punktida boʻlish muddati uch sutkadan oshmasa, ularning boʻlganligini tasdiqlaydigan hujjatlar (xizmatlardan foydalanganligini yoki tovarlar xarid qilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar) mavjud boʻlganida. Bunda bitta aholi punktida uzluksiz roʻyxatdan oʻtish talabi qoʻyilmaydi;
j) Oʻzbekiston Respublikasiga belgilangan tartibda kelgan chet el harbiy samolyotlari (kemalari) ekipajlarining aʼzolari.
Harbiy samolyotlar (kemalarning) ekipajlari aʼzolarining qirgʻoqqa tushishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishiga harbiy samolyotlar (kemalar) qabul qilish rejasiga muvofiq katta (harbiy) boshliq tomonidan ruxsat etiladi;
z) xalqaro yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi xorijiy avtotransport vositalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, tashishlarni amalga oshirayotgan yoʻnalishlaridagi shaharlarda va aholi yashash joylarida, shu jumladan boradigan joylarida boʻlgan chogʻlarida;
i) harbiy boʻlmagan chet el kemalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar garnizonlarda va chegara shaharlarida boʻlgan chogʻlarida, bu shaxslar uyushgan holda sayohatga chiqqan vaqtlarida esa Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida ham.
Chet el fuqarolari koʻrsatib oʻtilgan toifalarning obyektlardan chiqishlariga portlarda amalda boʻlgan qoidalar va yoʻriqnomalarga muvofiq chegara qoʻshinlari vakillari tomonidan ruxsat etiladi;
k) xalqaro aviatsiya yoʻllarining fuqaro havo kemalari ekipajlari, xalqaro temir yoʻl poyezdlari brigadalari tarkibiga kiruvchi shaxslar, qatnovning amaldagi jadvalida koʻrsatilgan aeroportlarda yoki stansiyalarda boʻlgan chogʻlarida.
233. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
a) joylashtirish vositalari va davolash muassasalari maʼmuriyatining ular kelib joylashgan vaqtda Dastur yordamida, qancha boʻlishlaridan qatʼi nazar, taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslarning, shu jumladan turizm operatorlarining esa tur boshlangungacha xabardor qilishi;
b) chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni shaxsiy ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga notijorat maqsadlarda taklif qilgan (qabul qilayotgan) va ularga turar joy bergan jismoniy shaxslarning:
ular kelib joylashgan paytda Dastur yordamida xabardor qilishi yoki chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar kelganidan keyin, agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning boʻlish muddati toʻliq 30 sutkadan oshmasa, bayram va dam olish (yakshanba) kunlaridan tashqari uch sutka ichida hududiy ichki ishlar organlariga yozma ravishda murojaat qilishi;
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar kelganidan keyin, agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning boʻlish muddati 30 sutkadan oshsa, bayram va dam olish (yakshanba) kunlaridan tashqari uch sutka ichida hududiy ichki ishlar organlariga yozma ravishda murojaat qilishi yoʻli bilan;
v) mustaqil ravishda sayohat qilayotgan, chodirli lagerlarda va tunash uchun joylashish vositasiga aylantirilgan yer transportida yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kelganlaridan keyin uch sutka mobaynida turistik-axborot markazlariga yoki yaqin oradagi joylashtirish vositalariga murojaat qilishi yoʻli bilan, maxsus Dastur moduli ishga tushirilganidan keyin esa maʼlumotlarni sayohat yoʻnalishidagi aholi punktlarini koʻrsatgan holda mustaqil ravishda toʻldirish yoʻli bilan xabardor qilishi.
Turistik-axborot markazlarining va joylashtirish vositalarining maʼmuriyatlari Dastur yordamida hududiy ichki ishlar organlariga mustaqil ravishda sayohat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning murojaatlari asosida ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldirilgan bildirishnomani yuborishlari shart.
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining masʼul shaxslari tomonidan joylashgan shaxslarning hisobi yuritiladi.
Ichki ishlar organi joylashgan shaxslar toʻgʻrisidagi axborotni har haftada hudud boʻyicha manzil-maʼlumotlar byurosiga yuborishi shart. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining masʼul shaxslari yashovchilar joylashtirilgan paytda hududiy ichki ishlar organlarini joylashgan, roʻyxatdan oʻtishlari kerak boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida Dastur yordamida xabardor qilishlari shart.
Joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi xususiy uylarga (kvartiralarga) keluvchilarni hisobga olish joylashtirish vositalarining masʼul shaxslari tomonidan joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi yozma kelishuv (shartnoma) asosida yoki belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan ushbu uylarning (kvartiralarning) egalari tomonidan mustaqil ravishda belgilangan tartibda Dastur yordamida amalga oshiriladi.
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining masʼul shaxslari tomonidan ushbu talabning buzilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
234. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning quyidagi toifalari akkreditatsiya qilinadi:
a) chet el diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining boshliqlari, diplomatik personal aʼzolari, konsulxonalarning mansabdor shaxslari, harbiy attashelar, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatish personali, shuningdek, ularning oila aʼzolari;
b) ommaviy axborot vositalarining vakillari va ularning oila aʼzolari;
v) xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasiga xizmat ishlari yuzasidan kelgan mansabdor shaxslari, mazkur tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari xodimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida shtab-kvartirasi boʻlgan xalqaro tashkilotlar huzuridagi mamlakatlar vakolatxonalarining mazkur tashkilotlar ustav hujjatlariga yoki tegishli shartnomalarga muvofiq diplomatik imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi xodimlari, shuningdek, ularning oila aʼzolari.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari tomonidan mazkur shaxslarga akkreditatsiya kartochkalari beriladi hamda bevosita ularning milliy pasportlariga akkreditatsiya haqida yozib qoʻyiladi.
235. Ushbu Nizomning 232, 234 va 236-bandlarida koʻrsatilmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining hududiy ichki ishlar organlarida, agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning boʻlish muddati 30 kundan oshmasa. Dastur yordamida yoki hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat etish yordamida xabardor qilish asosida va agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning boʻlish muddati 30 kundan ortiq boʻlsa, taklif qiluvchi (qabul qiladigan) shaxslarning, tashkilotlarning yozma murojaati asosida roʻyxatdan oʻtkazilishlari kerak. Bildirishnomalar chet el fuqarolari joylashgan paytda, ichki ishlar organlariga murojaat esa bayram va dam olish (yakshanba) kunlarini hisobga olmagan holda uch sutkadan kechiktirmasdan berilishi zarur.
Oʻzbekiston Respublikasida shaxsiy ishlar boʻyicha, fuqarolarning takliflari bilan turgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha propiskadan oʻtkazish chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni notijorat maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilayotgan (qabul qiladigan) va ularga uy-joy maydoni bergan jismoniy shaxslar tomonidan:
agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning boʻlish muddati toʻliq 30 kundan oshmasa, hududiy ichki ishlar organlarini Dastur yordamida yoki hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat etish vositasida xabardor qilish yoʻli bilan;
agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning boʻlish muddati 30 kundan ortiq boʻlsa, hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
30 kungacha vaqtincha propiskadan oʻtkazish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar Dasturda qayd etiladi va uning yordamida turistik yigʻimni (mehmonxona yigʻimini) toʻlaydilar hamda hududiy ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda yuboradilar:
ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
milliy pasportning yoki taklif qilinayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun hujjatning koʻchirma nusxasi;
uy-joy mulkdorining vaqtincha propiskadan oʻtkazishga yozma roziligining koʻchirma nusxasi va uy-joyga huquqni belgilovchi hujjatlar.
Hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat qilish yoʻli bilan 30 kungacha vaqtincha propiskadan oʻtkazish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlarni hamda turistik yigʻim (mehmonxona yigʻimi) toʻlanganligi haqidagi kvitansiyani taqdim etadilar.
30 kundan ortiq muddatga vaqtincha propiskadan oʻtkazish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar oʻzlari turgan joydagi hududiy ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
belgilangan shakldagi ariza;
qabul qiladigan tashkilotning belgilangan shakldagi iltimosnomasi;
milliy pasport yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun hujjat;
uy-joy mulkdorining vaqtincha propiskadan oʻtkazishga yozma roziligi hamda uy-joyga huquqni belgilovchi hujjatlar;
davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning vaqtincha propiska muddatini uzaytirish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar vaqtincha propiska muddati tugashidan uch kun oldin hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari kerak.
236. Joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida quyidagilar hisobga olinishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasiga xizmat, savdo yoki jamoat ishlari boʻyicha, davolanish yoki dam olish uchun, turistlar sifatida, alohida hollarda esa ichki ishlar organlarining ruxsati bilan fuqarolarning taklifiga muvofiq kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, ushbu Nizomning 232 va 234-bandlarida koʻrsatilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bundan mustasno;
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga shaxsiy ishlar bilan kelgan milliy pasportlarning (diplomatik pasportlar yoki xizmat pasportlarining) egalari, chet mamlakatlar tashqi ishlar idoralarining xizmatchilari, ularning oila aʼzolari.
Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning amalda hisobga olinishini tekshirish ichki ishlar organlari tomonidan ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dastur yordamida amalga oshiriladi.
237. Ushbu Nizomning 236-bandida koʻrsatilgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni hisobga olish vaqtincha propiskaga tenglashtiriladi va joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalari maʼmuriyati tomonidan qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda Dastur yordamida amalga oshiriladi.
238. Safarlar turizm operatori tomonidan aholi punktlaridan tashqarida tashkil etiladigan tur doirasida ekskursiya rahbari, gid va/yoki yoʻriqchi-boshlovchi hamrohligida amalga oshirilganida, agar bunday tur yoki uning bir qismi 10 sutkadan oshmasa;
turizm operatorining avtoturini sotib olgan holda shaxsiy avtomobilda, mototsiklda, velosipedda, yayov yoki guruh tarkibida avtobusda amalga oshirilganda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilganida turizm operatorlari tomonidan ichki ishlar organlariga turistlarning pasport maʼlumotlari, harakatlanish yoʻnalishlarining sxemalari, sayohat qilish vaqtida toʻxtash (tunash) joylari koʻrsatilgan roʻyxatlarini ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dastur yordamida elektron shaklda taqdim etish vaqtincha propiskadan oʻtkazishga tenglashtiriladi.
239. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha propiskadan oʻtmasdan ushbu Nizomning 231-bandida koʻrsatilgan muddatdan ortiq vaqt davomida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hujjatlarini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatisiz rasmiylashtirish hamda ularning joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida yashashi taqiqlanadi.
2310. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa tartibbuzarliklarga yoʻl qoʻygan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisida joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining maʼmuriyati, boshqa uy-joy maydonlarining egalari hududdagi ichki ishlar organlariga darhol xabar berishlari shart.
Bunday shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasasida rasmiylashtirish faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olinganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
2311. Joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida, shuningdek, boshqa uy-joy maydonlarida yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning boʻlish muddatini uzaytirish qabul qiluvchi tashkilotlarning yozma iltimosnomalari yoxud taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlarning yozma murojaatlari yoki viza rejimi qoʻllanilmaydigan, yo boʻlmasa viza berishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladigan, uchinchi shaxslarning taklifisiz yoki turistlar sifatida taklif qilinmasdan, ammo vizaning amal qilish muddati doirasida kelgan (turistlar uchun — turning amal qilish muddatiga) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oʻz yozma arizalari asosida amalga oshiriladi.
2312. Oʻzbekiston Respublikasida yashash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs joylashtirish vositasiga, davolash muassasasiga va boshqa uy-joy maydoniga kelgan paytdan boshlab 12 soat ichida amalga oshiriladi.
2313. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida yashashga ruxsat beradigan guvohnomalar boʻyicha joylashtirish vositalariga va davolash muassasalariga umumiy asoslarda joylashadilar hamda ularda hisobga olinadilar.
2314. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida, uning hududiy boʻlinmalarida akkreditatsiya qilinmagan chet el fuqarolarining diplomatik pasportlari joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida ushbu Nizomga muvofiq hisobga olinishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik korpusning belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, milliy pasport yoki akkreditatsiya kartochkasi asosida joylashtirish vositalarida yashayotgan va davolash muassasasida boʻlgan aʼzolari joylashtirish vositalarining va davolash muassasalarining hisobga olish daftarlari va kartochkalari boʻyicha pasportlarga va akkreditatsiya kartochkalariga biron-bir belgi qoʻymasdan hisobga olinishlari lozim.
2315. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalari maʼmuriyati, shuningdek, boshqa uy-joy maydonlarining egalari tomonidan chet el fuqarolarini hisobga olish talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ichki ishlar organlari amalga oshiradi.
2316. Ushbu Nizomning 234, 235 va 236-bandlarida koʻrsatilgan chet el fuqarolarining akkreditatsiya yoki vaqtincha propiskadan oʻtkazish muddatini uzaytirish tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida, joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida vizalarning amal qilish muddatiga ular belgilangan tartibda uzaytirilganidan keyin amalga oshiriladi”;
1-ilovaning 1-bandidan “(keyingi oʻrinlarda chet el fuqarolari va FBSH deb ataladi)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 2 — 6-ilovalar qoʻshilsin:
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Menga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsat berishingizni soʻrayman ____________________________ ________________________________________________________________________________________________
(sababi koʻrsatilsin)
Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman: 1. Tugʻilgan kuni, oyi va yili ________________________________________________________________________ 2. Tugʻilgan joyi __________________________________________________________________________________ 3. Millati _______________________________________________________________________________________ 4. Muqaddam boshqa davlat fuqarosi boʻlganmisiz. Qachon, qayerda va qaysi davlat fuqarosi boʻlgansiz, nima sababdan uni yoʻqotgansiz, batafsil koʻrsating __________________________________________________________________ 5. Ilgari qachon va nima sababdan Oʻzbekiston Respublikasiga kelgansiz (kelish va ketish sanasi, viza raqami va kim tomonidan berilgan)_______________________________________________________________________________ 6. Nikohda turaman, turmayman (keraksizi oʻchirilsin) 7. Doimiy yashashga ruxsat olish uchun men bilan birga kelayotgan (16 yoshgacha) farzandlarimning familiyasi, ismi, tugʻilgan yili va fuqaroligi: a) ______________________________________________________________________________________________ b) ______________________________________________________________________________________________ v) ______________________________________________________________________________________________ g) ______________________________________________________________________________________________ d) ______________________________________________________________________________________________
a
b
v
g
d
8. Mehnat faoliyati, shu jumladan taʼlim va harbiy xizmat:
Oy va yili
Korxona, tashkilot va muassasa nomi, lavozimi
Korxona, tashkilot va muassasa joylashgan manzil
kirish
ketish
Izoh. Mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslar uchun maʼlumotlar ariza beruvchining ish joyi boʻyicha mansabdor shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi va muhr bosiladi. 9. Xorijda istiqomat qiladigan qarindoshlarim:
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Qarindoshlik darajasi
Tugʻilgan yili va fuqaroligi
Ish joyi va lavozimi
Yashash manzili
10. Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiladigan qarindoshlarim (shu jumladan, er-xotinning qarindoshlari):
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Qarindoshlik darajasi
Tugʻilgan yili va fuqaroligi
Ish joyi va lavozimi
Yashash manzili
11. Qoʻshimcha ravishda quyidagilarni maʼlum qilaman: a) __________________________________________________________________________________yilda berilgan __________________________________________amal qilish muddati 20___ yil “____”__________________gacha b) viza (kelishdan maqsadi) 20___yil “____”__________________________ ________________________________№ ________________________________________________________________________________tomonidan berilgan
(kim va qachon, berilish asoslari)
__________________________________________amal qilish muddati 20___ yil “____”___________________gacha
20___ yil “___”___________________
______________________ (arizachi imzosi)
12. Hujjatlarni solishtirib, arizani qabul qildim:
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
______________________________________ ______________________________________ ______________________________________ manzilda doimiy yashovchi
____________________________________,(fuqaroligi /fuqaroligi boʻlmagan shaxs) ___________________________________dan (familiyasi, ismi, otasining ismi) tel: _____________________________
ARIZA-ANKETA
Menga quyidagi manzil boʻyicha doimiy propiska rasmiylashtirib berishingizni soʻrayman ______________________ ________________________________________________________________________________________________
Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman: 1. Tugʻilgan kun, oy va yili __________________________________________________________________________ 2. Tugʻilgan joyi __________________________________________________________________________________ 3. Millati _______________________________________________________________________________________ 4. Nikohda turaman, turmayman (keraksizi oʻchirilsin) 5. Doimiy yashashga ruxsat olish uchun men bilan birga kelayotgan (16 yoshgacha) farzandlarimning familiyasi, ismi, tugʻilgan yili va fuqaroligi: a) ______________________________________________________________________________________________ b) ______________________________________________________________________________________________ v) ______________________________________________________________________________________________ g) ______________________________________________________________________________________________ d) ______________________________________________________________________________________________
a
b
v
g
d
6. Mehnat faoliyati, shu jumladan taʼlim va harbiy xizmat:
Oy, yil
Muassasa, tashkilot va korxona nomi, lavozimi
Muassasa, tashkilot va korxona joylashgan manzil
kirish
ketish
Izoh. Mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslar uchun maʼlumotlar ariza beruvchining ish joyi boʻyicha mansabdor shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi va muhr bosiladi. 7. Xorijda yashovchi qarindoshlarim:
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Qarindoshlik darajasi
Tugʻilgan yili va fuqaroligi
Ish joyi va lavozimi
Yashash manzili
8. Qoʻshimcha ravishda quyidagilarni maʼlum qilaman: yashash guvohnomasi seriyasi_______________, raqami ___________________________________________________, _______________________________________________________________________________________tomonidan 20__ yil “____” ________________________da berilgan, muddati 20__ yil “____” ____________________ga qadar. Anketada koʻrastilgan barcha maʼlumotlar toʻgʻri. Oʻzim, oila aʼzolarim va yaqin qarindoshlarim haqida notoʻgʻri maʼlumotlar berilgan taqdirda doimiy propiska rad etilishi haqida ogohlantirildim.
20___ yil “___”___________________
______________________ (arizachi imzosi)
9. Hujjatlarni solishtirib, arizani qabul qildim:
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
______________________________________ (boshliqning rezolyutsiyasi, imzo va sana)
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish toʻgʻrisida ARIZA
Familiyasi ________________________________________ Ismi _________________________________________ Otasining ismi____________________________________ Fuqaroligi _____________________________________ Fuqaroligi boʻlmagan shaxs___________________________ Tugʻilgan sanasi ______ _____________________ Tugʻilgan joyi __________________________________________ Kelgan joyi______________________________________________________________________________________
(mintaqa nomi)
Kelishdan maqsadi _________________________________________________________________________________
(oʻz uyiga, qarindoshlarinikiga, vasiysiga (homiysiga), ishga, oʻqishga yoki boshqa sabablar)
Quyidagi manzil boʻyicha vaqtincha propiska qilishni soʻrayman: _____________________________________ tuman, koʻcha_____________________, mavze ____________, uy _____, korpus ________________, kvartira_______________ Uy-joy maydoni berildi ___________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
(mulkdor (ijarachi)ning familiyasi, ismi, otasini ismi, qarindoshlik darajasi yoki yashash maydoni bergan tashkilot nomi)
Ayni bir vaqtda quyidagi qarindoshlarimni vaqtincha propiska qilishni soʻrayman:
Qarindoshlik darajasi
Familiya, ismi, otasining ismi
Fuqaroligi
Tugʻilgan joyi va sanasi
Qayerdan keldi
Ariza beruvchining imzosi_______________
20__ yil “___” _______________
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Chet el fuqarosi (fuqaroligi boʻlmagan shaxs)ni vaqtincha propiska qilish toʻgʻrisida QAYD VARAGʻI
Fuqaroligi___________________________ Chet el fuqarosi (fuqaroligi boʻlmagan shaxs)_____________________________________ Hujjat ________ Berilgan sana__________ Seriya № __________________
Raqam __________________________ Tugʻilgan sanasi__________________ Amal qilish muddati ______________
Vaqtincha yashash manzili
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Kadastr № ____________________________
_______________________________ viloyati _________________________ tumani (shahar) Manzil _______________________________ Uy № ________ kvartira №_______________
Kelishdan maqsadi____________________________________ Qabul qiluvchi tomon__________________________________ Vaqtincha propiska muddati _______________________dan _____________________gacha “____” oyga Qayerdan keldi _______________________________________ Maʼlumotlar _______________________________________
Qayd varagʻini bergan organ _________________________________________________________________________
Vaqtincha propiska toʻgʻrisidagi qayd varagʻi unda koʻrsatilgan muddatgacha pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat koʻrsatilganda haqiqiydir
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
______________________________________ (boshliqning rezolyutsiyasi, imzo va sana)
_____________________________ Sizdan fuqaroni vaqtincha propiska qilish va vaqtincha propiska muddatini uzaytirishni soʻraydi (keraksizi oʻchirilsin): 1. F.I.O. _________________________________________________________________________________________
(chet el fuqarosining familiyasi, ismi, otasining ismi kirillchada yoziladi)
(16 yoshgacha boʻlgan farzandlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili)
3. Fuqaroligi _________________________________ 4. Jinsi ___________________________________________ 5. Tugʻilgan joyi va sanasi___________________________________________________________________________ 6. Milliy pasport № ______________________ 7. Viza turi va raqami______________________________________ 8. Viza kim tomonidan berilgan va uning muddati________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ 9. Oʻzbekistonga kelish sanasi (NOʻP): __________________________________________________________________ 10. Ish joyi va lavozimi: ___________________________________________________________________________ 11. Yashash manzili: _________________________________________________________________________________ 12. Uy-joy maydoni bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi______________________________________ ______________________ ______________________________________ uy. tel.______________________________ 13. Hujjatlarni rasmiylashtirish va taqdim etishga masʼul boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ________________________________________________________________________________________________ Pasport seriyasi ____________ № __________________________ xizmat telefoni ___________________________
____________________________ (Qabul qiluvchi tashkilot rahbarining lavozimi)
____________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi, imzo)
M.Oʻ.
Izohlar:
Yuridik shaxslar uchun taqdimnoma korxona blankasida yoki toza oq qogʻozda rasmiylashtirilib, yuqori chap burchakda qabul qiluvchi tashkilotning hujjatni chiqish raqami va sanasi koʻrsatilgan burchakli shtampi qoʻyiladi.
Taqdimnomaga uy-joy maydoni bergan shaxsning rozilik arizasi ilova qilinadi”.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
1. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 16-apreldagi 178-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 20-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”)” 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 4-bandi “b” kichik bandi va 6-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori”)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 292-modda) ilovaning 7-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 126-modda) ilovaning 16-bandi.