1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.03.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining faoliyatini tashkil etish;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI, VILOYATLAR HOKIMLIKLARI HUZURIDAGI MAXSUS KOMISSIYALAR TOʻGʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA*
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pasport tizimi qoidalarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 22-sentabrdagi PF-4364-son Farmoni bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tugatilgan.
(qaror nomi va iqtibos Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnomalar berish hamda ularni doimiy roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha maxsus komissiyalar toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari oʻz komissiyalari ishini Namunaviy nizom talablariga qatʼiy muvofiq ravishda tashkil etsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnomalar berish boʻyicha masalalarga doir materiallarning sifatli va oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi hamda koʻrib chiqilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Adliya vazirligi va Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son va 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflar kiritsinlar,
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 16-aprel,
178-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-son qaroriga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi xorijiy fuqarolarga hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek, ularni doimiy roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha maxsus komissiyalar toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi xorijiy fuqarolarga hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek, ularni doimiy roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha maxsus komissiyalar (bundan keyin Komissiya deb ataladi) toʻgʻrisidagi ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
2. Komissiya tarkibiga quyidagilar kiradi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, Viloyatlar hokimlari — komissiya rahbarlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari — komissiya rahbarlarining oʻrinbosarlari;
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Davlat xavfsizlik xizmati, adliya, ijtimoiy taʼminot boshqarmalari, hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari boshliqlari — komissiya aʼzolari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolik boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi — komissiya kotibi.
Komissiya tarkibiga, shuningdek, respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi boʻlinmalarining rahbarlari ham kirishlari mumkin.
3. Komissiyaning vakolatlari:
taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish hamda xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnomalar berish yoki berishni rad etish, shuningdek, ularni roʻyxatdan oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
vakolatli davlat organlaridan yashash uchun ruxsatnoma berish va doimiy roʻyxatdan oʻtkazish yoxud ularni rad etish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etishni soʻrash. Vakolatli davlat organlari uch kun muddatda barcha zarur materiallarni taqdim etishga majburdirlar;
ichki ishlar organlarining tegishli xizmatlari tomonidan qabul qilingan yashash uchun ruxsatnomalar berish va doimiy roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlarning oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
Davlat organlarini xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashashi uchun ruxsatnomalar berish hamda doimiy roʻyxatdan oʻtkazish masalalari boʻyicha yilning har choragida kamida bir marta tekshirish va eshitish.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Doimiy yashash uchun qoldirish va yashash uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi masalani hal etishda maxsus komissiyalar kelgan fuqarolarni uy-joy, ish va ijtimoiy kafolatlar bilan taʼminlash imkoniyatlarini hisobga oladilar.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
II. YaShASh UChUN RUXSATNOMA OLISh VA DOIMIY ROʻYXATDAN OʻTKAZISh UChUN MATERIALLAR TAQDIM QILISh TARTIBI
4. Yashash uchun ruxsatnoma olish va doimiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza beruvchi tuman (shahar) ichki ishlar boʻlinmasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
belgilangan namunadagi ariza-anketadan ikki nusxa;
uyida ariza beruvchi yashamoqchi boʻlayotgan qarindoshlar yoki tanishlarning turar joy maydoni berishi toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan arizalari;
agar jarayon oilalarning qaytadan qoʻshilishi bilan bogʻliq boʻlsa, nikoh toʻgʻrisidagi hujjatlar hamda bolalarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari (nusxalari olinib, asli qaytariladi).
(4-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyalar;
qora-oq rangli tasvirdagi 35 x 45 mm hajmli ikkita fotosurat.
5. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi (boshqarmasi) hujjatlar paketini uch kun muddatda rasmiylashtiradi va oʻzining yuqori boʻlinmasiga joʻnatadi.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hujjatlar paketini olgach, ikki kun muddatda tegishli vakolatli davlat organlariga soʻrovnomalar joʻnatadi, mazkur organlar ariza boruvchining ishonchliligi darajasi toʻgʻrisidagi oʻz fikrini oʻn kun muddatda maʼlum qilishi kerak.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari vakolatli davlat organlaridan javob olgandan keyin hujjatlarning toʻliq paketini koʻrib chiqish uchun ikki kun muddatda Komissiyaga taqdim etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
8. Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni bir hafta muddatda koʻrib chiqadi hamda 1 va 2-ilovalarga muvofiq belgilangan shakl boʻyicha tegishli xulosa chiqaradi.
Xulosa ijobiy boʻlganda rasmiylashtirilgan hujjatlar paketi uzil-kesil qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga joʻnatiladi.
Xulosa salbiy boʻlganda hujjatlar tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi (boshqarmasi)ga qaytariladi. U uch kun muddatda ushbu qarorni arizachiga yetkazishi va belgilangan tartibga muvofiq, ushbu faktdan kelib chiquvchi chora-tadbirlar koʻrishi kerak.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi masalani arizachi kelib chiqqan mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari bilan kelishib olish zarurati boʻlganda, bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga soʻrovnoma joʻnatadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taqdim etilgan barcha materiallar asosida yashash uchun ruxsatnoma berish yoki berishni rad qilish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qiladi va bir hafta muddatda hujjatlar paketini qaror bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, Viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga, keyinchalik Komissiyani xabardor qilish va tegishli tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi (boshqarmasiga) berish uchun joʻnatadi,
11. Qaror ijobiy boʻlganda tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi (boshqarmasi) uch kun muddatda arizachiga yashash uchun ruxsatnoma beradi, uni doimiy roʻyxatdan oʻtkazishni rasmiylashtiradi, qaror salbiy boʻlganda — ushbu qarorni arizachiga yetkazadi va belgilangan tartibga muvofiq, mazkur faktdan kelib chiquvchi chora-tadbirlar koʻradi.
(III-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
yashash uchun ruxsatnoma berishga va uni doimiy roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat etilsin.
Materiallar yashash uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga joʻnatilsin.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
I. 1-ilova — “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi”da:
1. 1-band “xorijiy fuqarolar” soʻzlaridan keyin “shu jumladan, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
birinchi xatboshidagi “Mazkur qoidalarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshiga izohdagi va ikkinchi xatboshidagi “chet el pasportlari” va “Chet el pasportini” soʻzlari tegishli ravishda “milliy pasportlar” va “Milliy pasportini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 5-banddagi “oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtishlari” soʻzlari “oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 7-banddagi “oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 9-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlari” soʻzlari “joylardagi hokimiyat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. II boʻlimning nomi va 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“II. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻluvchi xorijiy fuqarolarni roʻyxatdan oʻtkazish
11. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻluvchi fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi hududida milliy pasportlar boʻyicha vaqtincha roʻyxatdan oʻtish asosida yashaydilar. Milliy pasportlar belgilangan joyga kelingandan soʻng uch sutka mobaynida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasno”.
“g) Oʻzbekiston Respublikasiga bayram va dam olish kunlari yoki odatdagi kunlarda uch sutkagacha muddat bilan kelgan va shu kunlar mobaynida respublikadan joʻnab ketuvchi fuqarolar”.
“13. Xorijiy fuqarolarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylarining masʼul shaxslari tomonidan kelib joylashgan shaxslarning hisobi yuritiladi.
Ichki ishlar organi hududiy boʻysunishiga qarab haftasiga ikki marta Manzil-maʼlumotnoma byurosiga ketish va kelish varaqalarini yuborishga majbur. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylarining masʼul shaxslari oʻzlari joylashgan joydagi Manzil-maʼlumotnoma byurosiga hisobga olish uchun roʻyxatdan oʻtkaziladigan, kelib joylashgan shaxslarning anketa-arizalarini bir sutka mobaynida yuborishga majbur.
Xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilinadi”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, uning vakolatxonalari koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga akkreditatsiya kartochkalari beradilar va akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida bevosita ularning milliy pasportlariga yozib qoʻyadilar”.
birinchi xatboshidagi birinchi gap quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Mazkur (Qoidalarning 12, 14, 16-bandlarida koʻrsatib oʻtilmagan xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak”. Ikkinchi gapdagi “chet el pasportlari” soʻzlari “milliy pasportlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“a” kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xorijiy fuqarolar davolanishga yoki dam olishga bevosita davolash muassasalariga, sanatoriylarga yoki dam olish uylariga kelgan hollarda ularning hisobi, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, davolash muassasalari, sanatoriylar va dam olish uylarining masʼul shaxslari tomonidan olib boriladi”.
14. 17-banddagi “roʻyxatdan oʻtkaziladi” soʻzlari “hisobga olinadi va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishga tenglashtiriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“18. Agar fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan, yaʼni nazorat-oʻtkazish punkti tomonidan qoʻyilgan sanadan uch kun oʻtgandan keyin (bayram va dam olish kunlari bundan mustasno) ichki ishlar organlarida vaqtincha roʻyxatdan oʻtmasdan respublika hududida boʻlganlarida hujjatlarni rasmiylashtirish va mehmonxonalarga joylashtirish taqiqlanadi”.
birinchi xatboshidagi “roʻyxatdan oʻtkazilmagan”, “roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak” soʻzlari tegishli ravishda “akkreditatsiya qilinmagan”, “hisobga olinishi kerak” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Milliy pasport yoki akkreditatsiya kartochkasi asosida mehmonxonada yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus aʼzolari pasportlarga va akkreditatsiya kartochkalariga biron-bir belgi qoʻyilmasdan mehmonxonalarning hisobga olish daftarlarida va kartochkalarida hisobga olinishi kerak”.
18. 25-banddagi “fuqarolarning chet el pasportlarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi” soʻzlari “fuqarolarni hisobga olish yuzasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. 26-banddagi “chet el pasportlari roʻyxatga olinganligining amalda boʻlishini” soʻzlari “akkreditatsiyasi yoki ularni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddatini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“29. Xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning bergan ariza-anketalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi”.
“Xorijiy fuqarolar moʻljallangan joyga kelganlaridan soʻng ichki ishlar organlarida vaqtincha roʻyxatdan oʻtishlari yoki mehmonxonalarda hisobga turishlari kerak”.
III. 3-ilova — “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtishlari qoidalari”da:
10-banddagi “roʻyxatdan oʻtishga” soʻzlari “mehmonxonada hisobga turishga yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 4-son, 20-modda; 2010-y., 7-son, 36-modda; 2012-y., 17-son, 191-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)