1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, tez tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajarishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolayotganligi qayd etilsin.
Jumladan, respublikada tez tibbiy yordam xizmatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish yuzasidan qabul qilingan bir nechta qarorlarning natijalari bugungi kunga qadar sezilmayapti. Tez tibbiy yordam chaqiruvlarini qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish eskicha, qo‘l mexanizmlari yordamida bajarilmoqda.
Tez tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida bemorlarning kasalxonaga yetib borgunga qadar vafot etishi ko‘payib bormoqda, Toshkent, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida esa o‘lim soni ikki baravardan to‘rt baravargacha oshgan.
Murojaatlarni saralashning amaldagi tartibi mavjud kuch va vositalarni eng muhim chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish uchun yo‘naltirish imkonini bermaydi, natijada yolg‘on chaqiruvlar soni oshmoqda yoki surunkali kasalliklari avj olgan, biroq hayoti xavf ostida bo‘lmagan bemorlarga xizmat ko‘rsatilmoqda.
Ajratilayotgan budjet mablag‘lari zarur sifatda tez tibbiy yordam ko‘rsatish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash imkonini bermayapti.
Tez tibbiy yordam xizmatini jadal rivojlantirish, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, bu yo‘nalishda tezkor, texnologik va samarali faoliyat ko‘rsatishga erishish maqsadida:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
1. Shoshilinch yordamga muhtoj har bir kishiga yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish tez tibbiy yordam xizmatining ustuvor vazifasi deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
2. Tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko‘maklashish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va ta’minoti]
3. Quyidagilar 2019-yil 1-yanvardan boshlab Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
xalqaro va xorijiy moliya institutlarining, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va texnik ko‘mak mablag‘lari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan tushgan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
Jamg‘armaning mablag‘lari quyidagilarga sarflanishi belgilab qo‘yilsin:
tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransportini xarid qilish va transport parkini o‘z vaqtida yangilash, shuningdek, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallarni xarid qilish;
tez tibbiy yordam xizmatining xodimlarini o‘qitish, malakasini oshirish va amaliyot o‘tashini, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish;
tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga ustamalar, mukofot pullari va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni to‘lash;
tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Tez tibbiy yordam xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan moliyalashtirishning amaldagi tartibi va hajmlari saqlab qolinsin.
Jamg‘armaning mablag‘larini boshqarish va taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) hay’ati qarori asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital ta’mirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
4. Vazirlik belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha maxsus avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari, tibbiyot uskunalari va sarflanadigan materiallar, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, texnik o‘qitish vositalari, adabiyotlar va tez tibbiy yordam xizmati uchun zarur boshqa moddiy-texnika resurslar uchun 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod etilsin (bojxona yig‘imlari bundan mustasno).
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va ta’minoti]
5. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizomni hamda Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish va mablag‘larini sarflash tartibini;
Jamg‘armaning 2019-yilga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini, shu jumladan, ushbu qarorni ijro etish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutgan holda, tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
6. Quyidagilar:
2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki:
tez tibbiy yordam xizmati faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanishi va Vazirlikning veb-saytida e’lon qilib borilishi lozim;
baholash natijalari tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun asos bo‘ladi, shuningdek, xizmat muassasalarini rahbar kadrlar bilan to‘ldirishda hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
7. Vazirlik:
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy palata) bilan birgalikda ikki oy muddatda Tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlarini hisobga olgan holda tez tibbiy yordam xizmati faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasini tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan birgalikda tez tibbiy yordam xizmatini 2020-yildan boshlab aviatsiya texnikasi bilan jihozlash va (yoki) aviatsiya xizmatlarini xarid qilish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida xarid qilish bo‘yicha takliflarni 2019-yil 1-martga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
chaqiruvlar tuzilmasidan, tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan ko‘rsatiladigan yordam hajmi va xususiyatidan kelib chiqib, feldsherlik brigadalari ulushini oshirgan holda tez tibbiy yordam xizmatini 2019-yil yakuniga qadar qayta tuzib chiqsin;
ikki oy muddatda respublikaning ayrim hududlardagi tez tibbiy yordam xizmatini boshqarish huquqini davlat-xususiy sherikchiligi asosida investorlarga o‘tkazish bo‘yicha aniq takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar]
8. Vazirlikning Shoshilinch tibbiy yordam o‘quv markazini Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv-mashg‘ulot markazi etib (keyingi o‘rinlarda — Markaz) qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, Markaz tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida kadrlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy metodik muassasa hisoblanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
9. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
avariya-qutqaruv xizmatlari, davlat organlari va tashkilotlari, boshqa yuridik shaxslar xodimlarini, shuningdek, fuqarolarni shoshilinch tibbiy va tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga o‘qitish, qayta o‘qitish va ularning malakasini oshirish;
shifoxonagacha tibbiy yordam ko‘rsatish shakllari va metodlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish;
shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha boshqa muassasalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida metodik yordam ko‘rsatish;
shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida seminar-treninglar, master-klasslar, vebinarlar va teleko‘priklar tashkil etish, shu jumladan yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etish;
shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida xorijiy ilmiy-tadqiqot va o‘quv markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda grantlar va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar]
10. Yuklatilgan vazifalar doirasida Markazga quyidagi huquqlar berilsin:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, davlat tibbiyot tashkilotlaridan Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur axborotni, statistik va arxiv ma’lumotlarini belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida filiallarni tashkil etish;
davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, boshqa ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni ta’lim jarayoniga shartnoma asosida jalb qilish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
11. Shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari o‘qitiladigan kurslardan o‘tish uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv-mashg‘ulot markaziga yuboriladigan davlat organlari va davlat ulushiga ega bo‘lgan tashkilotlar xodimlarining kontingenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlab turiladigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar o‘z xodimlarini Markazda o‘qitish uchun har yilgi budjetdan mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekneftegaz” AJ va “Toshshahartransxizmat” AJ o‘z xodimlari va instruktorlarini o‘z mablag‘lari hisobidan har yili o‘qishga yuborsin.
Tez tibbiy yordam xizmati brigadalarining haydovchilari Markazda shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari o‘qitiladigan kurslardan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan o‘tishi belgilab qo‘yilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyati]
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Vazirlik bilan birgalikda Markazdagi ta’lim jarayoni, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifati ustidan muntazam nazorat va monitoring o‘rnatsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
14. Vazirlik Toshkent viloyati hokimligi va “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar “Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida tez tibbiy yordam xizmati paramediklari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutgan sinov loyihasini amalga oshirsin:
paramediklar tomonidan fuqarolarga kecha-kunduz uzluksiz yuqori malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatish;
tez tibbiy yordam xizmatining aholiga imkon qadar yaqinlashtirilishini hisobga olib, paramediklar kuchlarini muvofiqlashtirilgan holda joylashtirish va boshqarishning samarali mexanizmini joriy etish;
fuqarolarning yoki ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar organlarining tegishli xizmatlari, davlat organlari va tashkilotlari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning chaqiruvlari bo‘yicha voqea joyiga tez yetib kelishni ta’minlash;
tez tibbiy yordam xizmatining boshqa brigadalari bilan operativ hamkorlik qilish mexanizmini joriy etgan holda fuqarolar va turistlar to‘planadigan joylarda paramediklar patrullik qatnovlarni yo‘lga qo‘yish.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar]
15. Vazirlik:
2019-yil 1-fevralga qadar paramediklar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2019-yil 1-aprelga qadar Markazda zarur miqdordagi feldsherlarni paramediklar ixtisosligiga o‘qitishni, shu jumladan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sohasidagi yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘qitishni ta’minlasin;
2019-yil yakuni bo‘yicha tez tibbiy yordam xizmatida paramediklar faoliyatini kengaytirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.16.00 Boshqa masalalar]
16. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda:
a) 2019-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahrida, 2019-yil 1-oktabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida tez tibbiy yordam boshqarmasining quyidagi imkoniyatlarga ega avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi o‘rinlarda — avtomatlashtirilgan tizim) yaratsin va foydalanishga topshirsin:
aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ro‘yxatga olish, ustunlik tartibida xizmat ko‘rsatish lozim bo‘lgan chaqiruvlarni avtomatik belgilash;
maxsus avtotransport harakatini boshqarish, shu jumladan GPS-navigatsiyadan foydalangan holda, keyinchalik bosqichma-bosqich raqamli radioaloqaga o‘tish orqali avtotransport harakatini monitoring qilish;
tez tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslar joylashgan joyni telefon (mobil) aloqasi orqali avtomatik aniqlash;
tez tibbiy yordam yordam brigadalarini mobil ilovalar yordamida, shu jumladan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun chaqirish;
foydalaniladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini hisobga olish;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarni shoshilinch xizmatlarining axborot tizimlari bilan birlashtirish;
fuqarolar tomonidan tez tibbiy yordam stansiyalari faoliyati samaradorligini baholash va ularning reytingini yuritish.
b) Tez tibbiy yordam xizmati stansiyalarining Sall-markazlarini normativlarga muvofiq to‘liq jihozlash uchun 2018-yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar budjetlari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha telefon liniyalari (raqamlari) ajratilishini ta’minlasin.
Belgilab qo‘yilsinki:
avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqish va unga xizmat ko‘rsatish, texnik qo‘llab-quvvatlash va keyinchalik modernizatsiyalash bo‘yicha buyurtmachining funksiyalari Vazirlikka yuklatiladi;
avtomatlashtirilgan tizimning texnik va loyihaoldi hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tayyorlanadi;
ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-martdagi PQ-2838-son qarorida belgilangan hajmlar va manbalarda moliyalashtiriladi.
Vazirlik Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan avtomatlashtirilgan tizimni foydalanishga topshirish nazarda tutilgan muddatlarda ichki lokal-hisoblash tarmoqlari yaratilishini hamda tez tibbiy yordam xizmati bo‘linmalarini zarur uskunalar va anjomlar, shu jumladan GPS-navigatorlar va aloqa vositalari bilan jihozlanishini ta’minlasin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda (yoki) uning hududiy bo‘linmalari buyurtmanomalari bo‘yicha tez tibbiy yordam xizmati stansiyalarining Sall-markazlarini telefon liniyalari (raqamlari) bilan ta’minlash uchun mahalliy budjetdan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital ta’mirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
17. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov — tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini samarali tashkil etish, maxsus avtotransport xarid qilish va transport parkini o‘z vaqtida yangilash, shuningdek zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun;
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov — avtomatlashtirilgan tizimning texnik va loyihaoldi hujjatlarini sifatli va o‘z vaqtida tayyorlash, ushbu tizimni yaratish va foydalanishga topshirish, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmati ehtiyojlari uchun telefon liniyalari (raqamlari) ajratish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.A. Abduhakimov — vazirlik va idoralarni ular zimmasiga yuklangan vazifalarni lozim darajada bajarishi uchun samarali muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu qarorni amalga oshirish jarayonini muntazam ravishda ko‘rib borish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
18. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ikki oy muddatda:
tez tibbiy yordam brigadalari uchun feldsherlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlarini;
tez tibbiy yordam chaqiruvlarining shoshilinchliligiga qarab joylashtirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
b) 2019-yil 1-yanvarga qadar:
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab respublikaning tibbiy kasb-hunar kollejlarida tez tibbiy yordam brigadalari uchun feldsherlarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlarini joriy etish choralarini ko‘rsin;
sanitar aviatsiya shaklida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini tasdiqlasin;
v) qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-oktabr,
PQ-3973-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3973-son qaroriga 1-ILOVA
2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirishga oid
I. Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etish tizimini takomillashtirish
1.
Tez tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va qoidalarini quyidagilar orqali takomillashtirish:
tez tibbiy yordam brigadalarini oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida joylashtirish;
aholi gavjum tumanlarda va tez tibbiy yordam mobil brigadalari zimmasiga ish ko‘p yuklangan soatlarda patrullikni tashkil etish;
sanitar aviatsiya shaklida tibbiy yordam ko‘rsatish;
sanitar aviatsiya shaklida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun havo transportidan (vertolyot, samolyotdan) foydalanish;
qabul qilinayotgan chaqiruvlarni shoshilinchliligiga qarab joylashtirish;
IIV va FVVning tegishli bo‘linmalari, shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zbekenergo” AJ shoshilinch yordam ko‘rsatish xizmatlari bilan hamkorlik qilish.
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i
—
—
2019-yil
1-yanvargacha
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
IIV (P. Bobojonov),
FVV (A. Kuldashev),
“O‘zbekneftgaz” AJ (B. Ashrafxanov),
“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev)
2.
Tez tibbiy yordam ko‘rsatish standartlari va bayonnomalarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, shu jumladan:
yurakni va o‘pkani reanimatsiya qilishni;
kattalar va bolalarda nafas siqishi yuz berganda shoshilinch yordam ko‘rsatishni;
kattalar va bolalarda yurak-qon tomir faoliyati jiddiy buzilganda intensiv terapiya algoritmlarini bajarish;
jarohat olganda kasalxonagacha shoshilinch yordam ko‘rsatishni;
neonatal reanimatsiyani nazarda tutadi.
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i
—
—
2019-yil
1-aprelgacha
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
(A. Shadmanov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov)
3.
Tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlarini hisobga olgan holda tez tibbiy yordam xizmati faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi hamda uslubiyatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i
—
—
2019-yil
1-yanvargacha
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
(A. Shadmanov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov)
4.
Chaqiruvlar xususiyatlarini, tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan ko‘rsatiladigan yordam hajmi va xarakterini hisobga olgan holda feldsherlik brigadalari ulushini ko‘paytirib, tez tibbiy yordam xizmatlarini qayta tuzib chiqish.
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i
—
—
2019-yil
1-dekabrgacha
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
(A. Shadmanov),
Moliya vazirligi (D. Sultanov)
5.
Yoritish-ovoz berish signalizatsiyasi yoqilganda tez tibbiy yordam avtotransporti o‘tib ketishi uchun to‘sqinlik qilganlik va xalaqit berganlik uchun xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda yo‘l harakati ishtirokchilari javobgarligini kuchaytirish.
Qonun loyihasi
—
—
2019-yil
1-avgustgacha
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Adliya vazirligi (R. Davletov),
Oliy sud (K. Kamilov)
II. Tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish
6.
Tez tibbiy yordam xizmati uchun maxsus avtotransport xarid qilish, shu jumladan:
Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar
Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov)
a) 2019-yilda:
25 ta “S” klassga mansub avtomobil;
harakatlanishi qiyin bo‘lgan yo‘llardan yura oladigan 50 ta avtomobil;
25 000,0
7 500,0
2019-yil
1-iyulgacha
50 ta “S” klassga mansub avtomobil;
50 000,0
2019
1-oktabrgacha
b) 2020-yilda:
50 ta “V” klassga mansub avtomobil
25 000,0
2020-yil
1-martgacha
100 ta “V” klassga mansub avtomobil
50 000,0
2020-yil
1-oktabrgacha
v) 2021-yilda:
200 ta “V” klassga mansub avtomobil
100 000,0
2021-yil
1-sentabrgacha
7.
Tez tibbiy yordam xizmati paramediklari brigadalari uchun 5 dona skuter (elektrskuter) xarid qilish.
Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar
55,0
Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
2019-yil
1-martgacha
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov)
8.
Tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositalarini zarur ehtiyot qismlar (moy, filtrlar, avtoshinalar, akkumulyatorlar va hokazolar) bilan ta’minlash.
Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar
24 948,0
Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
2019 — 2021-yillar davomida
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov)
9.
Tez tibbiy yordam xizmati avtomobillarini to‘liq jihozlash uchun 2144 ta tovushli sirena va 2500 ta videoregistrator xarid qilish.
Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar
6 000,0
Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
2019-yil
1-sentabrgacha
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov)
10.
Tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositalarini tibbiyot uskunalari komplektlari (EKG, transportda o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish vositasi, elektr so‘rgich, defibrillyator va hokazolar) bilan jihozlash (to‘liq jihozlash).
Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar
47 250,0
Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
2019 — 2021-yillar davomida
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov)
11.
Tez tibbiy yordam xizmatining brigadalarini 1600 ta GPS-treker va 2500 ta planshet bilan jihozlash (to‘liq jihozlash).
Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar
11 500,0
Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
2019-yil
1-aprelgacha
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov)
12.
Tez tibbiy yordam xizmatining avtotransporti ustidan monitoring olib boruvchi GPS tizimini joriy etish. Bu tizim:
tez tibbiy yordam xizmatining avtotransporti joylashgan joyni;
yoqilg‘i darajasi datchigidan foydalangan holda yoqilg‘i sarfini;
transport vositasi yurgan masofani;
belgilangan geozonalarga borganini;
tezlik rejimiga amal qilganini;
haydovchilar faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi.
Xizmatlar yetkazib beruvchilari bilan kontraktlar tuzish
Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida
2019-yil
1-aprelgacha
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov)
III. Tez tibbiy yordam xizmati tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimini takomillashtirish
13.
Tez tibbiy yordam xizmati tibbiyot xodimlarining mehnatiga ushbu xizmat faoliyati samaradorligini baholash indikatorlariga asoslangan tabaqalashgan tarzda haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish.
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i
70 000,0
Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
2019-yil davomida
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov),
Moliya vazirligi (D. Sultanov)
90 000,0
2020-yil davomida
90 000,0
2021-yil davomida
14.
Tez tibbiy yordam xizmati vrachlari va o‘rta tibbiyot xodimlarini muntazam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, ularni tez yordam ko‘rsatish xalqaro standartlariga (ACLS, PALS, PNTLS) o‘qitishni, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashgan o‘quv yurtlari negizida o‘qitishni tashkil etish.
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i
7 000,0
Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
2019 — 2021-yillar davomida
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov)
15.
Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining malakasini oshirish uchun hududlarga safarlarni tashkil etish.
Jadval rejasi
Ijro etuvchilar va tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
2019 — 2021-yillar davomida
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
(A. Shadmanov), Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv-mashg‘ulot markazi (V. Avakov)
16.
Tez tibbiy yordamni rivojlantirishni takomillashtirish muammolari bo‘yicha yillik ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, mahorat-darslari va teleko‘priklar o‘tkazish.
Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar
Ijro etuvchilar va tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
2019 — 2021-yillar davomida
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (A. Xadjibayev) va uning hududiy filiallari
Izohlar:
* ushbu dasturda nazarda tutilgan tadbirlar ijrosining yakuniy summasi 604,2 mlrd. so‘mni tashkil etadi;
** asbob-uskunalarning va ushbu dasturda nazarda tutilgan boshqa xarajatlarning yakuniy summasi (qiymati) davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartib-taomillar yakunlari bo‘yicha aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3973-son qaroriga 2-ILOVA
Tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning
Kadrlar bilan to‘ldirilganlik (tasdiqlangan shtat normativlariga muvofiq)
Vrachlar
Feldsherlar
2.
Tez tibbiy yordam ko‘rsatish operativligi
Tez tibbiy yordam mashinasi jo‘naydigan o‘rtacha vaqt
Bemorning oldiga yetib kelishga ketadigan o‘rtacha vaqt
Tez tibbiy yordam brigadasiga bir sutkada tushadigan o‘rtacha yuklama
Asossiz chaqiruvlar
3.
Oxirgi natija bo‘yicha tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifati
Tez tibbiy yordam kelguniga qadar o‘lim
Tez tibbiy yordam brigadasi borligida o‘lim
Takroriy chaqiruvlar (tez tibbiy yordam brigadasi aybi bilan)
Davolash-profilaktika muassasalarining da’volari va fuqarolar shikoyatlari
Indikatorlar tez tibbiy yordam xizmatining ish hajmlaridan va rivojlanish sur’atlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan to‘ldirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3973-son qaroriga 3-ILOVA
Shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari o‘rgatiladigan kurslardan o‘tish uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv-mashg‘ulot markaziga yuboriladigan davlat organlari va davlat ulushiga ega bo‘lgan tashkilotlar xodimlarining
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
50
50
50
7.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
100
100
100
8.
Davlat bojxona qo‘mitasi
50
60
70
9.
Davlat soliq qo‘mitasi
160
160
160
10.
Transport vazirligi
50
60
70
11.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK
150
160
170
12.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
200
210
220
13.
“O‘zbekneftgaz” AJ
50
60
70
14.
“Toshshahartransxizmat” AJ
100
110
120
15.
Tez tibbiy yordam brigadalari haydovchilari
2000
2000
2000
Jami:
3360
3455
3550
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 07/18/3973/2064-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)