Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Xususiy tadbirkorlikni yanada ragʻbatlantirish, ichki bozorni neft mahsulotlari bilan toʻldirish, bozor munosabatlarini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aholiga naqd pulga avtomobil yonilgʻisi sotuvchi ishlab turgan 436 ta avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchasini ilovaga
* muvofiq 1996-yilda Xususiylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga daromad manbalari toʻgʻrisida deklaratsiya tuzishni talab qilmasdan yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga bergan holda hamda ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda kimoshdi savdolari va tanlov asosida mulk qilib sotsinlar (ilovaga muvofiq).
3. Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini sotishdan olingan mablagʻlar sotish narxining butun summasini toʻlash uchun bir oy muddat belgilangan holda Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-iyuldagi 273-f-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan Davlat mulki davlat tasarrufidan chiqarilganda va xususiylashtirilganda, obyektlar kimoshdi savdolarida, tanlovlar va birja savdolarida sotilganda haq toʻlashning, tushgan mablagʻlarni taqsimlash va hisobga olishning, ushbu mablagʻlarning tushishi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilishning Yagona tartibiga muvofiq taqsimlansin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, 1996-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining roʻyxatlari boʻyicha urush nogironlari va qatnashchilari, mehnat nogironlariga sotiladigan avtomobil yonilgʻisining imtiyozli hajmi oyiga 300 soʻm miqdorida belgilanadi.
6. Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzdavstandart” agentligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalari tomonidan neft mahsulotlari sotib olinishi, qabul qilinishi, saqlanishi, sotilishi va hisobga olinishi qoidalariga, texnika va yongʻin havfsizligi, atrof muhit muhofazasi, sotiladigan neft mahsulotlari sifati qoidalariga rioya qilinishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari V. A. Chjen va Q. J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.