Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oliy Majlisning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqidagi qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonunini amalga oshirishni taʼminlash yuzasidan yangi tahrirdagi Davlat dasturi ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar Davlat dasturini amalga oshirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Dasturning amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida har yili dekabr oyida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish Respublika davlat komissiyasiga axborot taqdim etib borilsin.