1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TOʻLASHNING YAGONA TARIF SETKASINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitlarida ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini oshirish, mehnatga haq toʻlashning mehnatning murakkabligiga va xodimlarning malakasiga bogʻliqligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Boshlangʻich razryadning 550 soʻm miqdoridagi tarif stavkasi Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
2. Qoʻshimcha haq va ustamalarning amaldagi tizimi, shuningdek xodimlar ish haqiga qoʻshiladigan rayon koeffitsiyentlari saqlab qolinsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasini qoʻllash budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan barcha muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
Xodimlarning tarif-malaka razryadlarini mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi asosida belgilash oʻz moliyaviy faoliyatini xoʻjalik hisobi asosida amalga oshiruvchi barcha davlat va davlat-aksionerlik korxonalari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblansin.
Mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga xodimlarning tarif-malaka razryadlarini Yagona tarif setkasi asosida belgilash tavsiya etilsin.
4. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, birlashmalar Mehnat vazirligi bilan kelishgan holda, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlar esa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan ham kelishgan holda ikki hafta muddatda rahbar xodimlar, mutaxassislar va xizmatchilarning amaldagi tarifikatsiya tizimini qayta koʻrib chiqsinlar hamda uni mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi talablariga muvofiqlashtirsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi bir hafta muddatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlarining amaldagi tarifikatsiya tizimini qayta koʻrib chiqsinlar va mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi talablariga muvofiq yangi tarif setkasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
5. Mehnat vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tarif-malaka maʼlumotnomalarida oʻz aksini topmagan ishlar va kasblar (lavozimlar)ni Yagona tarif setkasining tegishli kasblar (lavozimlar) razryadlariga tenglashtirish huquqi berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari budjet tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarining Yagona tarif setkasiga muvofiqligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi oʻn kun muddatda mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasini qoʻllash boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Vazirliklar va idoralarning tegishli xodimlari bilan mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasini qoʻllash bilan bogʻliq tushuntirish, tashkiliy va metodologik ishlarni olib borsin.
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 589, 590-son va 1995-yil 23-fevraldagi 65-son qarorlari 1996-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 18-mart,
103-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-martdagi 103-son qaroriga ILOVA