toggle_night_mode
Hujjat 11.10.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashining faoliyati samarali va sifatli tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-oktabr,
817-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktabrdagi 817-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 87-modda) 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashi
TARKIBI

Sh.M. Sadikov

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Jamgʻarma Kengashi raisi

M.M. Mirzayev

Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari

A.Y. Xaydarov

Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

B.A. Musayev

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

K.N. Irisbekova

AT “Aloqabank” boshqaruvi raisi

Izoh. Jamgʻarma Kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2018-yil 21-maydagi 380-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 118-modda) ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 09/18/817/2033-son)