Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashining faoliyati samarali va sifatli tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son
qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 87-modda) 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashi
TARKIBI
2. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2018-yil 21-maydagi 380-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 118-modda) ilovaning
2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.