Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PF-5484-son
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3870-son
qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PF-5484-son
Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzatom” agentligi deb ataladi) Ilmiy-texnik va ekspert kengashi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3870-son
qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Ilmiy-texnik va ekspert kengashi tarkibi 1-ilovaga
* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Ilmiy-texnik va ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga
* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
3. “Oʻzatom” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va “Oʻzatom” agentligi bosh direktori J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.