Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.N. Umarov zimmasiga yuklansin.
“2. Turizm faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hududiy boshqarmalari, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri turizmni rivojlantirish departamentlari (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”.
3. 9-bandning
“b” kichik bandidagi “b”, “g” — “e” kichik bandlariga” soʻzlari “b”, “d” va “e” kichik bandlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4.
14-banddagi “oʻn besh” soʻzlari “oʻn” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. Nizomga
ilovaning “Bajarish muddati” blokidagi “15 ish kuni” soʻzlari “10 ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin.