toggle_night_mode
Hujjat 29.09.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalarining namunaviy ustavini tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-iyuldagi PF-3856-son qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalarining namunaviy ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-avgust,
23-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2018-yil 20-avgustdagi 23-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalarining
NAMUNAVIY USTAVI
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Namunaviy ustav Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalarning (bundan buyon matnda Hududiy jamgʻarmalar deb yuritiladi) faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Hududiy jamgʻarmalar yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasi shaklida tashkil etilib, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, tamgʻa va blankalarga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida (bundan buyon matnda hisobvaraq deb yuritiladi) jamlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq quyidagilar Hududiy jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
qishloq joylarda doimiy ish oʻrinlari tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlarini kreditlar bilan qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklarida kredit liniyalari ochish;
ishchi kuchi koʻp boʻlgan hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, ayniqsa aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun yangi ish oʻrinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi korxonalarni tashkil etish, bunda Hududiy jamgʻarmalarning tashkil etilgan korxonalardagi ulushini xususiy sheriklarga keyinchalik realizatsiya qilish shartini nazarda tutish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari boʻyicha ish oʻrinlari tashkil etishga hamda aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Hududiy jamgʻarmalar daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan quyidagilar hududiy jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantiruvchi manbalar etib belgilansin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlarining prognoz parametrlarini oshirib bajarishdan har oyda tushadigan 40 foizgacha boʻlgan miqdordagi daromadlar;
mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari hamda begʻaraz yordami;
xayriya qiluvchilar — jismoniy va yuridik shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan mablagʻlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari daromadlarining prognoz parametrlarini oshirib bajarishdan tushumlar hajmi moliya organlari tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari daromadlarining prognoz parametrlarini oshirib bajarishdan 40 foizgacha boʻlgan miqdordagi daromadlar moliya organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimlari farmoyishida nazarda tutilgan miqdorlarda tegishli Hududiy jamgʻarmalarning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda Hududiy jamgʻarmalarning hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan yuqoridagi mablagʻlar tegishli hisobot choragidan keyingi oyning 15 sanasigacha bir yoʻla oʻtkaziladi.
7. Hududiy jamgʻarmalarning mablagʻlari:
hududiy mehnat bozorida faol tadbirlarni (mehnat yarmarkalarini oʻtkazish, kasbga oʻqitish va qayta tayyorlash) moliyalashtirish;
qishloq joylarda doimiy ish oʻrinlari tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlarini kreditlar bilan qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklarida kredit liniyasi ochish;
ishchi kuchi koʻp boʻlgan hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, ayniqsa aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun yangi ish oʻrinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi korxonalarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar;
hududiy jamgʻarmalarning Ijro etuvchi direksiyalarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan qabul qilingan qarorlarida yangi ish oʻrinlarini yaratishni nazarda tutadigan loyihalarni, shuningdek yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha hududiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklarida kredit liniyalari ochish orqali loyihalarni moliyalashtirish uchun sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan tijorat banklarida ochilgan kredit liniyasi boʻyicha imtiyozli kreditlar berish Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2527, 2013-yil 19-noyabr) talablari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Hududiy jamgʻarmalar faoliyatini boshqarish
9. Hududiy jamgʻarmalarning Kuzatuv kengashi (keyingi oʻrinlarda Kuzatuv kengashi deb ataladi) Hududiy jamgʻarmalarni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Hududiy jamgʻarmalar faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash Hududiy jamgʻarmalarning Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari tegishli Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.
Hududiy jamgʻarmalarning Kuzatuv kengashi tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Kuzatuv kengashi tarkibiga tegishli hududiy mehnat organlari, moliya organlari, davlat soliq xizmati organlari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatining, savdo-sanoat palatasi, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining boʻlimlari vakillari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kuzatuv kengashi majlisi har chorakda kamida bir marotaba, zarur boʻlganda navbatdan tashqari chaqiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Kuzatuv kengashi:
har yili 25-dekabrgacha Hududiy jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari smetalarini tasdiqlaydi;
ushbu Namunaviy ustavning 7-bandida nazarda tutilgan tadbirlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilishini belgilaydi;
zarur hollarda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi;
Hududiy jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Hududiy jamgʻarmaning chorak yakuni boʻyicha daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Hududiy jamgʻarmaga xorijiy kreditlar va grantlar jalb etilishiga koʻmaklashadi;
Hududiy jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Hududiy jamgʻarmalarning Ijro etuvchi direksiyalari faoliyatini tashkil etish
Keyingi tahrirga qarang.
11. Hududiy jamgʻarmalarning mablagʻlarini tasarruf etish Ijro etuvchi direksiyalar (bundan buyon matnda Ijro etuvchi direksiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ijro etuvchi direksiyalarning namunaviy tarkibiy tuzilmasi mazkur Namunaviy ustavning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ijro etuvchi direksiyalar:
Hududiy jamgʻarmalarning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi;
Hududiy jamgʻarmalarning daromadlar va xarajatlar smetalarini tayyorlaydi hamda tasdiqlash uchun Kuzatuv kengashiga taqdim qiladi;
Hududiy jamgʻarma tushumlarini koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hududiy jamgʻarmaning moliyaviy ahvolini tizimli ravishda tahlil qilish va prognozlash hamda uning moliyaviy barqarorligini taʼminlash uchun oldini oluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
tadbirkorlik subyektlarini kreditlar bilan qoʻllab-quvvatlash uchun kredit liniyasi ochish uchun tijorat banklari bilan bosh kelishuvlar tuzadi hamda belgilangan tartibda tijorat banklariga kredit mablagʻlarini ajratadi;
ishchi kuchi koʻp boʻlgan hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, ayniqsa aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun yangi ish oʻrinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi korxonalarni tashkil etadi;
Hududiy jamgʻarmaning tushumlar manbalari hamda asosiy xarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha daromadlari hisobini yuritadi;
Hududiy jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish yuzasidan texnik va moliyaviy nazoratni olib boradi;
har chorakda kamida bir marta Hududiy jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi va Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
Hududiy jamgʻarma mablagʻlarining shakllanishi va sarflanishi yuzasidan mazkur Namunaviy ustavning 2, 3 va 4-ilovalariga muvofiq shaklda oylik hisobotlarni Kuzatuv kengashi aʼzolariga hamda hududiy mehnat organlariga hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasigacha taqdim etadi. Bunda taqdim etilgan hisobotlar hududiy mehnat organi tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 7 sanasigacha Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hududiy jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka axborot beradi;
Kuzatuv kengashi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalariga Hududiy jamgʻarmalar faoliyati yuzasidan hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Ijro etuvchi direksiyalar oʻzlariga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tijorat banklariga ochilgan kredit liniyalari mablagʻlarini loyihalar kesimida moliyalashtirilishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni soʻrash va olish;
yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlarni moliyalashtirishni samarali tashkil etish yuzasidan takliflarni Kuzatuv kengashiga kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Ijro etuvchi direksiyani ijrochi direktor boshqaradi va u oʻz navbatida Kuzatuv kengashi kotibi hisoblanadi.
Ijro etuvchi direksiyaning ijrochi direktori Kuzatuv kengashining taqdimnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Ijrochi direktor:
Hududiy jamgʻarma faoliyati yuzasidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Hududiy jamgʻarmaga xodimlarni qabul qiladi va mehnat shartnomalarini tugatadi, ularning lavozim majburiyatlarini va vakolatlarini taqsimlaydi;
vakolatlari doirasida yuridik shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
Hududiy jamgʻarma pul mablagʻlari va moddiy boyliklarining buxgalteriya hisobi yuritilishini, moliyaviy va statistik hisobotlarning belgilangan tartibda tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar va vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Ijro etuvchi direksiya xodimlariga Yagona tarif setkasi boʻyicha mazkur Namunaviy ustavning 5-ilovasiga muvofiq razryadlarda mehnatiga haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Ijro etuvchi direksiyalar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ularni ijtimoiy himoyalash
18. Ijro etuvchi direksiyalar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
19. Ijro etuvchi direksiyalar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
xodimlarga lavozim maoshlarining 100 foizigacha miqdorda oylik shaxsiy ustamalar oʻrnatish. Bunda Ijro etuvchi direksiyalar xodimlariga shaxsiy ustamalar tegishli Kuzatuv kengashi raisi tomonidan belgilanadi;
bayram sanalarida xodimlarni oylik lavozim maoshining bir baravari miqdorigacha miqdorda mukofotlash;
xodimlar oylik lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha moliya yilida bir marta xodim mehnat taʼtiliga chiqayotganda moddiy yordam koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Hududiy jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat
20. Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar qonunchilikda belgilangan tartibda Ijro etuvchi direksiyalar tomonidan yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Hududiy jamgʻarmalarning daromadlari va xarajatlari smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi (choraklar, daromadlar manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha) va Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Hududiy jamgʻarmalarning daromadlari va xarajatlari smetalarining bajarilishi boʻyicha yillik hisobot Kuzatuv kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va har yili 15-martgacha Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Hududiy jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga ochilgan kredit liniyasi boʻyicha ajratilgan kreditlar va unga hisoblangan foizlar koʻrinishidagi daromadlar haqqoniyligi tegishli tijorat banklari bilan oʻzaro hisoblashuv dalolatnomalari asosida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Hududiy jamgʻarmaga Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlarining prognoz parametrlarini oshirib bajarishdan tushadigan 40 foizgacha boʻlgan miqdordagi daromadlar boʻyicha hududiy moliya, davlat soliq xizmati organlari hamda Ijro etuvchi direksiyasi oʻrtasida solishtirma dalolatnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Hududiy jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. Yakuniy qoidalar
26. Hududiy jamgʻarmalarning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi moliya yiliga oʻtkaziladi va Davlat budjeti daromadlariga olib qoʻyilmaydi.
27. Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlaridan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Ijro etuvchi direksiyalar Hududiy jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan javobgardirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Mazkur Namunaviy ustav talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Hududiy jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Mazkur Namunaviy ustav Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
2018-yil 20-avgust,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalarining namunaviy ustaviga
1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalari Ijro etuvchi direksiyalarining
Namunaviy tarkibiy tuzilmasi
Xodimlarning cheklangan soni — 4 ta
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalarining namunaviy ustaviga
2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklariga ochilgan kredit liniyasi hisobidan tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar toʻgʻrisida
H I S O B O T

ming soʻmda

T/r

Tijorat
bankining nomi

Faoliyat turi

Kredit olganlar soni

Ajratilgan kredit

Yaratilishi rejalashtirilayotgan yangi ish oʻrinlari soni

Amalda yaratilgan yangi ish oʻrinlari soni

Soliq organlari orqali oʻz tasdigʻini topgan yangi ish oʻrni

Umumiy miqdori

Foizi

1.

2.

3.

...

Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalarining namunaviy ustaviga
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalari tomonidan tijorat banklariga ochilgan kredit liniyasi hisobidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, jismoniy shaxslarga, oilaviy tadbirkorlik va shaxsiy dehqon xoʻjaliklariga ajratilgan mikrokreditlar toʻgʻrisida
H I S O B O T

ming soʻmda

T/r

Tijorat banki
nomi

Faoliyat turi

Kredit olganlar
soni

Ajratilgan kredit

Yaratilishi rejalashtirilayotgan yangi ish oʻrinlari soni

Amalda yaratilgan yangi ish oʻrinlari soni

Soliq organlari orqali oʻz tasdigʻini topgan yangi ish oʻrni

Umumiy miqdori

Foizi

1.

2.

3.

...

Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalarining namunaviy ustaviga
4-ILOVA
20___ yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlari prognoz koʻrsatkichlari ijrosi hamda hududiy jamgʻarmaga tushumlar boʻyicha
H I S O B O T*

ming soʻmda

T/r

Hisobot
davri

Mahalliy budjet daromadlarining prognoz koʻrsatkichi

Haqiqatda mahalliy budjet daromadlari bajarilishi

Mahalliy budjet daromadlarining prognoz koʻrsatkichini oshirib bajarilgan qismi

Hududiy jamgʻarmaga

ajratma miqdori
(40 foizgacha),
mln.soʻmda

Haqiqatda oʻtkazib berilgan mablagʻlar

Farqi

summa

foiz

1.

I-chorak

2.

1 yarim yillik

3.

9 oylik

...

yillik

Jami


Hududiy moliya
organi rahbari

_____________
(imzo)
20___ yil ____________


Hududiy soliq xizmati
organi rahbari

_____________
(imzo)
20___ yil ____________


Hududiy jamgʻarmaning
Ijro etuvchi direksiyasi direktori

_____________
(imzo)
20___ yil ____________

* Jadval oʻsib borish tartibida toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalarining namunaviy ustaviga
5-ILOVA
Hududiy jamgʻarmalarning Ijro etuvchi direksiyalari xodimlariga mehnatga haq toʻlash
razryadlari

T/r

Lavozimning nomi

Razryad

1.

Ijrochi direktor

15

2.

Bosh hisobchi

13

3.

Mehnat bozorida faol tadbirlarni moliyalashtirish boʻyicha bosh mutaxassis

10

4.

Yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida tijorat banklariga kredit liniyasi ochish va hisob-kitobini yuritish boʻyicha bosh mutaxassis

10

Keyingi tahrirga qarang.