1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmitaning
Qarori
Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3071]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining 2024-yil 3-maydagi 1-sonli ““Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3071-3, 10.05.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 409-son “Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita qaror qiladi:
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais J. AKRAMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-sentabr,
1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2018-yil 26-sentabrdagi 1-son qaroriga ILOVA
Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 409-son “Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, mustaqilligi, yaxlitligi va xavfsizligini buzish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib etish, fuqarolarning sogʻligʻi, maʼnaviyati va axloqiga qasd qilinishini oldini olish maqsadida diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish amalga oshiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) tomonidan diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishidan avval rozilik xati beriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga eʼtiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzgan koʻngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar), shuningdek diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy taʼlim muassasalari diniy tashkilotlar deb eʼtirof etiladi.
2-bob. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish
4. Qoʻmitaga diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi yoki diniy tashkilot tuzish tashabbuskorlari (markaziy boshqaruv organi boʻlmagan hollarda) rozilik xati olish uchun murojaat qiladi.
5. Qoʻmitaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari uchun:
taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi)ning raisi va kotibi hamda diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organini tuzish tashabbuskorlari boʻlgan oʻn sakkiz yoshga yetgan yuz nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi imzolagan mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ariza;
diniy tashkilotni tashkil qilish, ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan taʼsis yigʻilishi bayoni va diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi ustavining nusxalari;
diniy tashkilot taʼsischilari toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq maʼlumot;
diniy tashkilotning rahbar organi aʼzolari toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq maʼlumot;
diniy tashkilot rahbarlarining diniy maʼlumoti haqidagi hujjatlari (diniy maʼlumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning tan olinganligi boʻyicha hujjat nusxasi ham taqdim qilinadi) nusxalari;
(5-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2020-yil 25-maydagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3071-1, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/3071-1/0789-son)
diniy tashkilotning yuridik (pochta) manzili toʻgʻrisida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining tegishli hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari) va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rozilik xatining nusxasi ilova qilingan holda) kafolat xati nusxalari;
(5-bandning “a” kichik bandi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2020-yil 25-maydagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3071-1, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/3071-1/0789-son)
b) diniy taʼlim muassasalari uchun:
diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi rahbari hamda diniy taʼlim muassasasi tuzish tashabbuskorlari boʻlgan oʻn sakkiz yoshga yetgan yuz nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi imzolagan mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ariza;
diniy taʼlim muassasasini tashkil qilish, ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organining vakolatli rahbar organi yigʻilishi bayoni va diniy taʼlim muassasasi ustavining nusxalari;
diniy taʼlim muassasasi taʼsischisi — diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma va ustavining nusxalari;
diniy taʼlim muassasasining rahbar organi aʼzolari toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq maʼlumot;
diniy taʼlim muassasasi rahbarlarining diniy maʼlumoti haqidagi hujjatlari (diniy maʼlumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning tan olinganligi boʻyicha hujjat ham taqdim qilinadi) nusxalari;
(5-bandning “b” kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2020-yil 25-maydagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3071-1, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/3071-1/0789-son)
diniy taʼlim muassasasining yuridik (pochta) manzili toʻgʻrisida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining tegishli hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari) va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rozilik xati nusxasi ilova qilingan holda) kafolat xati nusxalari;
(5-bandning “b” kichik bandi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2020-yil 25-maydagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3071-1, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/3071-1/0789-son)
v) boshqa diniy tashkilotlar uchun:
diniy tashkilot tuzish tashabbuskorlari boʻlgan oʻn sakkiz yoshga yetgan yuz nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari imzolagan mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ariza;
diniy tashkilotni tashkil qilish, ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan taʼsis yigʻilishi bayoni va diniy tashkilot ustavining nusxalari;
diniy tashkilot tashabbuskorlari toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shaklga muvofiq maʼlumot;
diniy tashkilotning rahbar organi aʼzolari toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq maʼlumot;
diniy tashkilot rahbarlarining diniy maʼlumoti haqidagi hujjatlari (diniy maʼlumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning tan olinganligi boʻyicha hujjat ham taqdim qilinadi) nusxasi;
(5-bandning “v” kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2020-yil 25-maydagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3071-1, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/3071-1/0789-son)
diniy tashkilotning yuridik (pochta) manzili toʻgʻrisida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining tegishli hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari) va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rozilik xati nusxasi ilova qilingan holda) kafolat xati nusxalari;
(5-bandning “v” kichik bandi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2020-yil 25-maydagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3071-1, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/3071-1/0789-son)
diniy tashkilot atrofidagi yaqin diniy tashkilotlar bilan oraliq masofa haqida aniq maʼlumot;
diniy tashkilotning faoliyat olib borishi uchun zarur boʻlgan moliyaviy manbalari haqida maʼlumotnoma.
6. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish toʻgʻrisidagi hujjatlar u berilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.
7. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Qoʻmita tomonidan ariza beruvchilarga quyidagi mazmundagi javob xatlaridan biri yuboriladi:
diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish toʻgʻrisida;
diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida.
8. Quyidagi hollarda diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish rad etiladi:
diniy tashkilotning taʼsis hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, mustaqilligi, yaxlitligi va xavfsizligini buzish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib etish, fuqarolarning sogʻligʻi, maʼnaviyati va axloqiga qasd qilish maqsadiga ega boʻlsa;
diniy tashkilot ustavi qoidalari va boshqa hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga yoki boshqa qonun hujjatlariga zid boʻlsa;
diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish uchun hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda yoki ular zarur tartibda rasmiylashtirilmaganda.
9. Qoʻmitaning diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berishni rad etish toʻgʻrisidagi javob xati yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
3-bob. Yakuniy qoida
10. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish haqida muzokaralar olib borishga vakil qilingan shaxslarning F.I.O. manzili, telefoni
Diniy tashkilot roʻyxatdan oʻtgan sanasi va raqami
Diniy tashkilot manzili
Diniy tashkilot rahbarning F.I.O.
Tashabbuskor diniy tashkilot rahbarining imzosi va diniy tashkilot muhri
Diniy tashkilotlarning
markaziy boshqaruv organi rahbari________________________________________________________________________________________________________________________
Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Diniy tashkilotning rahbar organi aʼzolari
ROʻYXATI
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan yili,
oy, kun
Turar joyi
Ish joyi va lavozimi
Telefon raqami
Diniy tashkilotning rahbari_____________________________________________________________________________________________________________________________
Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Diniy tashkilot tashabbuskorlari
ROʻYXATI
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan yili,
oy, kun
Turar joyi
Ish joyi va lavozimi
Telefon raqami
Diniy tashkilotning rahbari_____________________________________________________________________________________________________________________________