

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;07.08.1992
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-391955" id="onLBC-391955">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6118"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;</span></div><div id="LBC6163"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek,  07.29.00.00 ga qarang)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-391955" id="onLS-391955">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS3736"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-393673" id="-393673">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-393674" id="-393674">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-393675" id="-393675">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-721288" id="-721288">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi vazirlar mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi (“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 1992-yil 7-avgustdagi 367-sonli <a href="/mact/-484691?ONDATE=07.08.1992 00#-485016">qarori </a>bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-393676" id="-393676"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393677" id="-393677">Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitlarida respublika davlat statistika organlari faoliyatini tubdan qayta qurish, ijtimoiy-siyosiy rivojlanish toʻgʻrisida statistik axborotning yagona tizimini tashkil etish va uning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, milliy schyotlar tizimini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393679" id="-393679">1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika Qoʻmitasining eng muhim vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393680" id="-393680">respublikada yuz berayotgan ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni hamda ularning aholi turmush darajasiga, yaratilgan ishlab chiqarish potensiali samaradorligiga va xalq xoʻjaligining balansliligi darajasiga taʼsirini kompleks oʻrganish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393682" id="-393682">yirik sotsiologik soʻrovlar va tadqiqotlar oʻtkazish asosida iqtisodiy siyosatni va xalq xoʻjaligi tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan direktiv organlarga takliflar tayyorlash va taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393684" id="-393684">mulkchilikning yangi munosabatlari shakllanishi jarayonlarini bozor va uning infrastrukturasi rivojlanishini, xoʻjalikni yuritish shakllari va tadbirkorlik faoliyati turlarini, monopoliyalashuv darajasini va monopoliyaga qarshi olib borilayotgan tadbirlarning samaradorligini oʻrganish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393685" id="-393685">hisobot koʻrsatkichlarining ilmiy asoslangan tizimini, maʼlumotlarni toʻplash va ularni qayta ishlashning progressiv shakllarini joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393688" id="-393688">ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni kompleks ishlab chiqish masalalarida statistika organlarining respublikaning boshqa iqtisodiy organlari bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirish, ularni zarur axborot, tahliliy va prognoz maʼlumotlari bilan taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393689" id="-393689">iqtisodiy-statistika axboroti tizimining barqarorligi va ishonchliligini taʼminlash, narxlar va tariflarni kuzatib borish va roʻyxatga olish boʻyicha statistika ishlarini oʻtkazish, mahsulot (ishlar, xizmatlarga ulgurji, xarid va chakana narxlar (tariflar) indekslarini ishlab chiqish, narxlar dinamikasi intizomi va darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam tahlil qilib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393691" id="-393691">mahsulot va tovarlar yetkazib berish boʻyicha davlatlararo shartnomalarning qanday bajarilayotganini tahlil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393692" id="-393692">butun statistikani respublika manfaatlariga, qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga javob beruvchi milliy schyotlar tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393695" id="-393695">tanlab, lahzali, monografik va boshqa iqtisodiy-sotsiologik kuzatishlardan keng foydalanish asosida ishlab turgan tarmoq statistikasini takomillashtirish, fermer xoʻjaliklari faoliyatini, oʻtkazilayotgan investitsiya siyosati samaradorligini, tashqi iqtisodiy aloqalarni tahlil etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393696" id="-393696">2. Respublika statistika organlari xodimlarining cheklangan soni, tegishli ish haqi fondi bilan birga, 6091 nafardan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari soni 90 nafardan iborat qilib (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) belgilansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393697" id="-393697">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddat ichida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393707" id="-393707">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, viloyat statistika qoʻmitalari boshqarmalari va Toshkent shahar statistika boshqarmasining tuzilmasi, vazifalari va funksiyalarini qayta koʻrib chiqsin hamda apparat xodimlari sonini 20 foiz qisqartirib, ularni mazkur qarordan kelib chiquvchi talablarga muvofiqlashtirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393709" id="-393709">nohiya, shahar statistika organlari va respublika hisoblash markazlarining tuzilmasi, xodimlari soni va funksiyalarini tahlil qilish hamda ularning tuzilmasini yanada takomillashtirish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393712" id="-393712">3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi <a href="/mact/-391955#-393736">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393769" id="-393769">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga Raisning toʻrt nafar oʻrinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosariga, 7 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishga ruxsat berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393713" id="-393713">4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393716" id="-393716">bir oy muddat ichida respublika hududida joylashgan barcha xoʻjalik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393717" id="-393717">uch hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda milliy schyotlar tizimini joriy etish boʻyicha Idoralararo ishchi guruhining tarkibi yuzasidan takliflarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393719" id="-393719">Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda Qoʻmita huzurida narxlar indekslarining ishonchliligini baholash boʻyicha Ekspert kengash tashkil etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393720" id="-393720">5. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga 1992-yil uchun statistika ishlarining tasdiqlangan rejasini amalga oshirish uchun 20,2 mln soʻm hajmida mablagʻ ajratsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393722" id="-393722">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga tijorat faoliyatidan va budjetdan tashqari mablagʻ bilan taʼminlashning boshqa manbalaridan olinadigan daromadlardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanishga ruxsat berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393723" id="-393723">6. SSSR Davlat statistika qoʻmitasining hisobga olish, statistika va nazorat sohasidagi rahbar xodimlar va mutaxassislarning malakasini oshirish tarmoq instituti Oʻzbekiston filiali hamda SSSR Davlat statistika qoʻmitasining statistika axboroti Butunittifoq ilmiy-tadqiqot va loyiha-texnologiya instituti Oʻzbekiston filiali tegishli ravishda Hisobga olish va statistika sohasidagi rahbar xodimlar va mutaxassislarning malakasini oshirish respublika tarmoqlararo institutiga va Oʻzbekiston statistika axboroti ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga boʻysundirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393725" id="-393725">Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining oʻquv va ilmiy boʻlinmalari oʻz faoliyatlarini toʻla xoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash prinsiplari asosida amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393726" id="-393726">7. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining talabnomalari boʻyicha uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun moddiy resurslar ajratsinlar, Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika tizimini zarur zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash uchun xorijiy valyuta mablagʻlari ajratsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393727" id="-393727">8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-393729" id="-393729">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-393730" id="-393730">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-393732" id="-393732">1992-yil 19-fevral,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-393733" id="-393733">70-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-393736" id="-393736"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-393739" id="-393739">Vazirlar Mahkamasining<br />1992-yil 19-fevraldagi 70-son <a href="/mact/-391955#-393673">qaroriga</a> <br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-393741" id="-393741">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI MARKAZIY APPARATINING</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1980074" id="-1980074">TUZILMASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-393742" id="-393742"></div></div><div class="TEXT_BOLD"><div name="-393743" id="-393743">Rais</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393744" id="-393744">Metodologiya masalalari yigʻma ishlari va statistikani takomillashtirish boshqarmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393745" id="-393745">— xalq xoʻjaligi balanslari va milliy schyotlar tizimi boʻlimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393746" id="-393746">— moliya statistikasi boʻlimi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393747" id="-393747">Xususiylashtirish va mulkchilikning yangi shakllari statistikasi boʻlimi.</div></div><div class="TEXT_BOLD"><div name="-393748" id="-393748">Raisning birinchi oʻrinbosari — Kapital qurilish, transport, aloqa, uy-joy-kommunal xoʻjaligi statistikasi va tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393749" id="-393749">Kapital qurilish, transport, aloqa va uy-joy-kommunal xoʻjaligi statistikasi va tahlili boshqarmasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393750" id="-393750">— kapital qurilish va pudrat ishlari statistikasi va tahlili boʻlimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393751" id="-393751">— transport, aloqa va uy-joy-kommunal xoʻjaligi statistikasi va tahlili boʻlimi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393752" id="-393752">Davlatlararo, tashqi iqtisodiy aloqalar va moddiy resurslar statistikasi boʻlimi.</div></div><div class="TEXT_BOLD"><div name="-393753" id="-393753">Rais oʻrinbosari — Sanoat va fan-texnika potensiali statistikasi kompleksi rahbari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393754" id="-393754">Sanoat va fan-texnika potensiali statistikasi va tahlili boshqarmasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393755" id="-393755">— mashinasozlik, ogʻir sanoat tarmoqlari va fan-texnika potensiali boʻlimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393756" id="-393756">— xalq isteʼmoli mollari va yengil sanoat mahsulotlari boʻlimi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1012393" id="-1012393">Ishlar boshqarmasi.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-393757" id="-393757">Rais oʻrinbosari — Ijtimoiy statistika va aholining turmush darajasi kompleksi rahbari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393758" id="-393758">Ijtimoiy statistika boshqarmasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393759" id="-393759">— ijtimoiy statistika va aholining turmush darajasi boʻlimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393760" id="-393760">— savdo, xizmatlar, narxlar va tariflarni kuzatib borish va roʻyxatga olish boʻlimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393761" id="-393761">— demografiya va aholining ish bilan bandligi statistikasi boʻlimi.</div></div><div class="TEXT_BOLD"><div name="-393763" id="-393763">Rais oʻrinbosari — Dehqonchilik sanoati statistikasi kompleksi rahbari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393764" id="-393764">Dehqonchilik sanoati kompleksi statistikasi va tahlili boshqarmasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393766" id="-393766">— dehqonchilik sanoati kompleksi statistikasi boʻlimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-393768" id="-393768">— dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish va tayyorlash statistikasi boʻlimi.</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
