1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.08.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.06.00.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish (shuningdek, 03.02.08.00ga qarang);
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.06.00.00 FHDY organlari;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-sentabr,
767-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizom 4-bandining toʻqqizinchi xatboshisidagi “notarial arxivlar mudirlariga; FHDY organlari arxivlari mudirlariga” soʻzlari “idoraviy notarial arxivlar mudirlariga; FHDY organlari idoraviy arxivlari mudirlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yigʻimi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2012-yil 25-apreldagi 119-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 29-modda) 6-bandida:
“51 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi va gerbli guvohnomalar va fuqarolik holati yozuvlari blankalarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga, shuningdek adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga”;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“34 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus tashkil qilinadigan gʻaznachilik shaxsiy hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi va faqat FHDY boʻlimlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha tadbirlar, ularning xodimlarini uzoq muddat xizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq toʻlash va martaba darajalari uchun qoʻshimchalariga, shuningdek, ularni moddiy ragʻbatlantirish (lavozim maoshining va mukofotlarning 100 foizi miqdorigacha shaxsiy ustamalar) tadbirlariga sarflanadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 27-apreldagi 123-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 29-modda):
6-bandga quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“tuman (shahar) hokimliklarining fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari va nikoh uylari faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirish, oilani mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, tugʻilish va nikohni qayd etish hamda targʻibot va maʼrifat choralarini koʻrish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish”;
16-bandning “e” kichik bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“oilani mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, tugʻilish va nikohni oʻz vaqtida qayd etish, targʻibot va maʼrifat boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda nazoratini olib borish”;
6-bandga quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi qoʻshilsin:
“fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari va nikoh uylari (keyingi oʻrinlarda FHDY boʻlimlari deb ataladi) faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirish, oilalarni mustahkamlash, tugʻilish va nikohni qayd etish, targʻibot ishlarini olib borish”;
6-bandga quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi qoʻshilsin:
“fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari va nikoh uylari (keyingi oʻrinlarda FHDY boʻlimlari deb ataladi) faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirish, oilalarni mustahkamlash, tugʻilish va nikohni qayd etish, targʻibot ishlarini olib borish”;
oʻn birinchi xatboshidagi “boshqaruv kadrlari” soʻzlaridan keyin “FHDY boʻlimlari xodimlari” soʻzlari qoʻshilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 11-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarida:
“205. Tumanlar (shaharlar) dagi FHDY boʻlimlari va nikoh uylari idoraviy arxivlari (keyingi oʻrinlarda FHDY boʻlimlari va nikoh uylari idoraviy arxivlari deb ataladi) hamda Agentlik boshqarmalari idoraviy FHDY arxivlari FHDY organlarining idoraviy arxivi hisoblanadi.
FHDY boʻlimlari va nikoh uylari idoraviy arxivlari tegishli tuman (shahar) hududida tuzilgan dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalaridan iborat boʻlgan daftarlardan tashkil topadi”;
g) 207-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “uylari arxivlarida” va “uylari arxivlari” soʻzlari tegishlicha “uylari idoraviy arxivlarida” va “uylari idoraviy arxivlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“220. FHDY organi idoraviy arxivlarida dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari ularning tuzilgan kunidan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi. Bu muddat tugagach, dalolatnoma yozuvlari daftarlari Agentlik boshqarmalarining idoraviy FHDY arxivlariga topshiriladi.
221. Agentlik boshqarmalarining idoraviy FHDY arxivlari dalolatnoma yozuvlarining har ikkala nusxalarini bir-biri bilan solishtirib, zaruriy oʻzgartirishlar, tuzatishlar, qoʻshimchalar va belgilar kiritadilar, foydalanishga yaroqsiz holdagi dalolatnoma yozuvlarini almashtiradilar, belgilangan tartibda rasmiylashtiradilar va ularni doimiy saqlash uchun davlat arxiviga topshiradilar”.
“223. Dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu yozuvning ikkinchi nusxasi saqlanayotgan Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxivi tomonidan tegishli FHDY boʻlimiga yoki nikoh uyiga dalolatnoma yozuvining nusxasi yoki undan koʻchirma yuboriladi.
Zaruriyat boʻlganda, Agentlik boshqarmasining ushbu idoraviy FHDY arxivi mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda ushbu dalolatnoma yozuviga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritadi hamda bu haqda tegishli FHDY boʻlimi yoki nikoh uyi idoraviy arxiviga xabarnoma yuboradi”.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son; 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)