Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari hududida joylashgan, bino va inshootlarini (uskunalaridan tashqari) investitsiyalar kiritish hamda 5 yil muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan baholash qiymatida sotish taklif etilayotgan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son
Farmoniga muvofiq hamda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi hududida joylashgan paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari hududida joylashgan, bino va inshootlarini (uskunalaridan tashqari) investitsiyalar kiritish hamda 5 yil muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan baholash qiymatida sotish taklif etilayotgan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining
roʻyxatida:
a) “Paxta tozalash korxonalari” ustunining 1 va 2-pozitsiyalaridagi “–” belgisi “1” raqami bilan almashtirilsin;
b) “Jami” pozitsiyasidagi “13” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va “Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin.