1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OʻZBEKISTONNING TARAQQIYOT ISTIQBOLINI BELGILASh QOʻMITASINING FAOLIYATI MASALALARI
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi (“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 7-avgustdagi 367-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 13-fevraldagi Farmoniga muvofiq hamda respublikaning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlashning milliy dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish hamda bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini belgilashning rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlar berilsin:
respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish taraqqiyot istiqbollarini belgilash va parametrlarini aniqlash sohasida respublika iqtisodiy organlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, konsernlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun respublikaning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtishi dasturlari, yirik iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy muammolarni hal qilish loyihalarini, aholining turmush darajasi va ijtimoiy muhofazasini oshirishga oid davlat siyosatini shakllantirish, investitsiya, pul muomalasini tartibga solish va moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish, xalq xoʻjaligi tuzilmalarini qayta qurish borasidagi takliflarni kiritish;
xorijiy investorlar ishtirokida yirik investitsiya dasturlari prognozlari ekspertizasini oʻtkazish va ularni Vazirlar Mahkamasining tasdigʻiga kiritish, xorijiy investitsiyalardan belgilangan maqsadda va samarali foydalanishni nazorat qilish;
statistika organlari, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy boshqaruv organlaridan, shuningdek, idoraviy boʻysunishlaridan qatʼi nazar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan oʻz vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan statistik maʼlumotlar va materiallarni olish;
muhim xalq xoʻjaligi muammolarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;
respublikaning istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarini, parametrlarini ishlab chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini, ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, oliy oʻquv yurtlari va boshqa muassasalarni, shuningdek, ayrim olimlar va yirik mutaxassislarni jalb etish;
oʻziga berilgan vakolatlar doirasida meʼyoriy va metodik hujjatlarni tasdiqlash, noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarining 180 nafardan iborat (xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni hisobga olmagan holda), tegishli ish haqi fondiga ega boʻlgan cheklangan miqdori belgilansin.
Qoʻmitaga Qoʻmita raisining besh nafar oʻrinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga hamda shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 9 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishga ruxsat berilsin.
Xizmat maqomi, moddiy-maishiy taʼminot, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlariga koʻra Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari vazirlarga, Raisning oʻrinbosarlari — vazirning birinchi oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
4. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi Raisiga:
Qoʻmita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartishlar kiritish;
Qoʻmita markaziy apparati faoliyatining yoʻnalishi va tuzilmasi oʻzgarishi munosabati bilan markaziy apparatdan boʻshatiladigan xodimlar uchun ishga joylashish davrida, lekin uch oydan koʻp emas, ularning avvalgi ish joyida olgan lavozim maoshlarini saqlab qolish huquqi berilsin.
5. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi tashkil etilganligi munosabati bilan:
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida mavjud viloyatlar va Toshkent shahar reja komissiyalari negizida 20—30 kishidan iborat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishni prognozlash va iqtisodiyotni muvofiqlashtirish boʻyicha boshqarma tashkil etilsin. Belgilab qoʻyilsinki, aytib oʻtilgan hududiy boshqarmalar hokimliklarning va Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi boʻysunishida boʻladi hamda ularga hisob berib turadi;
nohiyalar, shaharlardagi nohiyalar va shaharlar hokimlari huzurida mavjud nohiya va shahar reja komissiyalari xodimlari soni va mablagʻlari hisobidan nohiya, shahar iqtisodiyoti rivojlanishini muvofiqlashtirish boʻyicha 3—8 kishilik boʻlimlar tashkil etilsin. Bu hududiy organlarga metodik rahbarlik qilish Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Qoʻmita faoliyati yoʻnalishini hisobga olgan holda, uning ilmiy va axborot bilan taʼminlanish darajasini oshirish maqsadida unga qarashli ilmiy-tadqiqot tashkilotlari qaytadan tashkil etilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasining hisoblash markazi bor boʻlgan Iqtisodiyot va normativlar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Axborot va texnik-iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasining Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilsin.
7. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi bir oy muddat ichida:
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun, Qoʻmitaning yangi funksiyalari va faoliyati yoʻnalishlarini hisobga olgan holda, Qoʻmita toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini kiritsin;
Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti toʻgʻrisidagi Nizomni, uning xodimlari soni va tuzilmasini tasdiqlasin. Institut faoliyatining ilmiy yoʻnalishi, ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tizimi tubdan qayta koʻrib chiqilsin, rahbarlik qilish darajasi oshirilsin.
8. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasiga bogʻlik “Hayot va iqtisod” (“Jizn i ekonomika”) jurnalini taʼsis etish va nashr qilish huquqi berilgan.
9. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 26-avgustdagi 300-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday amalga oshirilayotganligi 1992-yil may oyida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 17-fevral,
66-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17-fevraldagi 66-son qaroriga ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OʻZBEKISTONNING TARAQQIYOT ISTIQBOLINI BELGILASh QOʻMITASINING MARKAZIY APPARATI
TUZILMASI
Rais
Raisning birinchi oʻrinbosari — ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni va tashqi iqtisodiy aloqalarni prognozlash kompleksi rahbari
Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xalq xoʻjaligi balansi parametrlarini prognozlash yigʻma boʻlimi
Bozor iqtisodiyotini shakllantirishni tahlil etish boʻlimi
Mintaqalar iqtisodiyoti rivojlanishi istiqbollari va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish boʻlimi
Tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishini prognozlash boʻlimi
Eksport imkoniyatlarini prognozlash va eksport-import boʻyicha mahsulot yetkazib berishlarni boshqarib borish boʻlimi
Ikkinchi boʻlim
Rais oʻrinbosari — sanoat, yoqilgʻi-energetika resurslari rivojlanishini va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarishni prognozlash kompleksi rahbari
Sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishini prognozlash yigʻma boʻlimi
Yoqilgʻi-energetika kompleksi rivojlanishini prognozlash boʻlimi