Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 14-martdagi 69-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1921, 2009-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 134-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
2. Quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
“181. Malaka imtihonini topshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar talabgor tomonidan hududiy boshqarmaga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki ularning olingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan elektron shaklda taqdim etiladi.”.
3.
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda masʼul kotib tomonidan qabul qilinadi, roʻyxat nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda talabgorga yuboriladi (topshiriladi).”.
4.
26-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Malaka imtihoni jarayoni Internet tarmogʻida real vaqt rejimida videotranslyatsiya qilinadi.”.
5. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.