1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.02.00 Jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.11.02.06 Pullarni qalbakilashtirishga va boshqa iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha idoralararo komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5446-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublikaning moliyaviy tizimini yanada mustahkamlash va takomillashtirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining umumqabul qilingan xalqaro normalar va andozalarga muvofiqliligini taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevroosiyo guruhiga aʼzo davlatlarning oʻzaro baholashning ikkinchi bosqichini oʻtkazish rejasiga muvofiq 2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini oʻzaro baholash rejalashtirilgan;
oʻzaro baholashning ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli oʻtishi va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (keyingi oʻrinlarda FATF deb yuritiladi) tavsiyalari ijrosini taʼminlash maqsadida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar ishtirokida xavflarni milliy darajada baholash oʻtkazilmoqda.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyani (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xavflarni baholash markazi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
4. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq xavflarni baholash boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar koʻrish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.02.00 Jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.11.02.02 Jinoyatlarning alohida turlariga qarshi kurash boʻyicha hamkorlik]
FATF tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilishni taʼminlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
5. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Quyidagi vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq xavflarni milliy darajada baholashni samarali tashkil etish va oʻtkazish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari]
a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki — tijorat banklari, nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari va elektron pullar tizimi operatorlari xavflari boʻyicha;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
b) Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari A.Ya. Xaydarovga — lizing xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar, auditorlik tashkilotlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xavflari boʻyicha;
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabrdagi PF-200-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati]
v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzishda vositachilik xizmatlarini koʻrsatuvchi rieltor va rieltorlik tashkilotlari xavflari boʻyicha;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari]
g) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi — tovar-xom ashyo birjalari va uning aʼzolari xavflari boʻyicha;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
d) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi — notarial idoralar va notariuslar, advokatlik tuzilmalari va advokatlar, nodavlat notijorat tashkilotlar xavflari boʻyicha;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
e) Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi — pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini amalga oshiruvchi pochta aloqasining milliy operatori xavflari boʻyicha;
j) Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari V.Yu. Pakka — Agentlik tomonidan tartibga solinadigan sohalardagi xavflar boʻyicha.
(6-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabrdagi PF-200-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son)
7. Komissiya raisi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholashni har 3 yilda bir marotaba tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul etib belgilansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
8. Departament manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish faoliyatiga jalb qilingan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning xodimlarini oʻqitish hamda ularning malakasini oshirish choralarini koʻrsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi PQ-3947-son qaroriga 1-ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya
TARKIBI
1.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari-Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi, Komissiya raisi
2.
A.B. Isayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturam huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari
3.
Kelishuv asosida
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati masʼul xodimi
4.
V.Yu. Pak
—
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari
5.
A.A. Turdaliyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari
6.
Sh.N. Raxmonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
7.
A.Ya. Haydarov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari
8.
X.A. Karshiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosari
9.
M.A. Madraximov
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari
10.
M.M. Ikramov
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari
11.
X.N. Alibayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari
12.
D.T. Rustamov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining Rejim va kadrlar boʻyicha maslahatchisi
13.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari
14.
N.M. Mirzaalimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisining oʻrinbosari
15.
Kelishuv asosida
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimi
16.
I.M. Muxtorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
17.
A.E. Fayziboyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
18.
A.A. Ikramov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari
19.
N.J. Xusanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari
20.
F.E. Karabayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
21.
B.V. Gulyamov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
22.
Gʻ.A. Haydarov
—
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xavflarni baholash markazi boshligʻi, Komissiya ishchi organi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi PQ-3947-son qaroriga 2-ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining faoliyat olib borishini muvofiqlashtirish maqsadida, shuningdek, Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (keyingi oʻrinlarda – FATF) 2-Tavsiyalarini implementatsiya qilish maqsadida tashkil etiladi.
2. Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar barcha vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va pul mablagʻlari yoki boshqa mulk bilan operatsiyalar oʻtkazadigan tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, mazkur Nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga amal qiladi.
2-BOB. KOMISSIYANING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
4. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni baholash boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar koʻrish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
FATF Tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi halqaro-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligiga implementatsiya qilishni taʼminlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
5. Komissiya yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni baholash boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish choralar koʻrish sohasida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholashni tashkil etishga oid choralar koʻradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholash natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha kompleks tashkiliy choralar ishlab chiqadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar koʻrishni tashkillashtiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini kamaytirishga doir choralar koʻradi;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqishni tashkillashtiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqishni taʼminlaydi;
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
v) FATF tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilishni taʼminlash sohasida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini oʻzaro baholashga tayyorlanish boʻyicha tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
(5-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni taʼminlaydi;
FATF tavsiyalarini va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga oid xalqaro-huquqiy hujjatlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkillashtiradi va oʻtkazadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganishni tashkillashtiradi;
g) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish sohasida:
(5-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi holatini tahlil hamda monitoring qilishni tashkillashtiradi;
(5-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning oldini olish va toʻxtatishda huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi va boshqa vakolatli organlarning oʻzaro hamkorligini yaxshilash, shuningdek, ushbu jinoyatlarni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
(5-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni tahlil qiladi.
(5-band “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
Komissiya qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-BOB. KOMISSIYANING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA MASʼULIYATI
6. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida vazirliklar va idoralar, shuningdek, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va takomillashtirish uchun zarur boʻlgan qarorlar qabul qilish;
qonunchilik va Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlarni bajarmaganligi uchun tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xodimlari va mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ularga takliflar kiritish;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tegishli vazirlik va idoralardan oʻrnatilgan tartibda axborotlarni rasmiy ravishda soʻrash va olish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish samaradorligini monitoring qilish maqsadida axborot-tahliliy, metodik materiallar va pronozglarni toʻplash va tayyorlashni tashkillashtirish;
zarur hollarda vakillari Komissiya tarkibiga kiritilmagan boshqa ixtisoslashtirilgan organlar va tashkilotlar ishtirokida kengaytirilgan majlislar oʻtkazish, tajriba va zarur maʼlumotlar almashish maqsadida maxsus idoralararo seminarlar va majlislar tashkillashtirish;
Komissiyaga yuklatilgan vazifalar bilan bogʻliq masalalar boʻyicha takliflarni oʻz vaqtida tayyorlash uchun vaqtinchalik va doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhlar tashkil etish;
tegishli masalalarni ishlab chiqish va hal qilish maqsadida sohaga daxldor mutaxassislar, ekspertlar hamda ilmiy va boshqa muassasalarni Komiiya faoliyatida ishtirok etish uchun jalb qilish;
oʻz majlislarida mazkur sohaga jalb etilgan vazirliklar va idoralar rahbarlari (yoki ularning oʻrinbosarlari)ning Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish.
Komissiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
7. Komissiya:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkillashtirishga oid qarorlarini bajarishga;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni oʻz vaqtida ijro etishni nazorat va monitoring qilishga;
bank siri, tijorat siri, notarial harakatlar va qonun tomonidan muhofaza qilinadigan boshqa sirdan iborat oshkor boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligi va saqlanishini taʼminlashga majbur.
Komissiya qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
8. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarni samarali bajarishga masʼul hisoblanadi.
4 - BOB. KOMISSIYA ISHINI TASHKILLASHTIRISH
9. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
10. Komissiya oʻz faoliyatini Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalariga muvofiq amalga oshiradi va oʻz majlislarini zarurat yuzasidan, lekin har olti oyda kamida bir marta oʻtkazadi.
11. Komissiyani rais boshqaradi va u:
Komissiya faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Komissiya majlislarini chaqiradi va ularda rahbarlik qiladi;
Komissiya majlislarining kun tartibini tasdiqlaydi;
Komissiya ish rejalarini tasdiqlaydi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashish departamenti Komissiyaning ishchi organi vazifasini bajaradi.
Ishchi organ:
Komissiyaning ish rejalarini ishlab chiqadi, uning ijrosini nazorat qiladi, shuningdek, tasdiqlangan ish rejaga muvofiq Komissiyaning joriy ishlarini tashkillashtiradi;
Komissiya majlisining kun tartibiga kiritiladigan masalalar boʻyicha materiallar tayyorlashni tashkillashtiradi;
Komissiya sohasiga tegishli masalalar boʻyicha qarorlar va boshqa hujjatlarning loyihasini tayyorlaydi;
respublika vazirliklari va idoralari bilan birgalikda Komissiya qabul qilgan qarorlar ijrosini nazorat qiladi va monitoringini olib boradi, Komissiya raisiga tegishli maʼlumotlar va takliflarni kiritadi;
kelib tushayotgan yozishmalarni koʻrib chiqishni taʼminlaydi, Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlarni tayyorlaydi;
Komissiya faoliyatining tashkiliy-texnik taʼminotini amalga oshiradi.
Ishchi guruh qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirish mumkin.
13. Yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish maqsadida Komissiya aʼzolari:
Komissiya majlisida ishtirok etadi va qarorlarni qabul qilishda ovoz beradi;
Komissiya qarorlari ijrosi yuzasidan Komissiya ishchi organiga belgilangan muddatlarda axborot taqdim etib boradi;
Komissiya majlisining kun tartibidagi masalalar yuzasidan takliflar kiritadi;
Komissiyaning majlislariga materiallarni tayyorlashda bevosita ishtirok etadi;
tavakkalchiliklarni milliy va sektoral darajada baholashga doir faoliyat natijalari toʻgʻrisida hisobotlarni taqdim etib boradi.
Komissiya aʼzolari Komissiyaning oʻz vaqtida va samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
14. Komissiyaning qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozlari orqali qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi kuchga ega boʻladi.
Komissiyaning majlislarida koʻrib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
15. Komissiya qarorlari Komissiya aʼzolariga hamda manfaatdor davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, boshqa tashkilotlarga yuboriladi.
Komissiya aʼzolari, manfaatdor davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar rahbarlari Komissiya qarorlarini oʻz vaqtida va toʻliq ijro etish uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
16. Komissiya har yili ishining yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga hisobotlar yuboradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 07/18/3947/1947-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son; 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)