toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini taʼminlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatiladigan axborot-kutubxona xizmati sifatini yaxshilash, ularning axborotga boʻlgan talabini qondirish va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtishini taʼminlash borasida asosiy vazifalar etib belgilansin:
nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun zamonaviy, yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning muntazam va mustaqil ravishda bilimini oshirishga koʻmaklashish;
nogironligi boʻlgan shaxslarga xizmat koʻrsatadigan axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning axborot-kutubxona fondini milliy va chet el nashrlari bilan tizimli ravishda boyitib borish;
axborot-kutubxona muassasalariga kelishga imkoniyati yoʻq foydalanuvchilar uchun Internet jahon axborot tarmogʻi orqali audio kitoblardan foydalanish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda koʻchma kutubxonalar tashkil etish;
nogironligi boʻlgan shaxslarga xizmat koʻrsatadigan axborot-kutubxona muassasalari uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning aniq tizim hamda mexanizmlarini yaratish va amalga oshirish.
2. Nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda koʻzi ojizlar kutubxonalari faoliyatini rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida yangi quriladigan koʻzi ojizlar kutubxonalari loyihalarining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqsin;
2018-yil 1-oktabrgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida yangi quriladigan koʻzi ojizlar kutubxonalari loyihalarining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasiga kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
2018-yil 1-noyabrgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida yangi quriladigan koʻzi ojizlar kutubxonalari loyihalari belgilangan tartibda 2019-yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish dasturi loyihasi rejasiga kiritilishini taʼminlasin;
2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining sohaviy rivojlanish konsepsiyasini va loyihalar portfelini ishlab chiqsin, bunda respublikadagi koʻzi ojizlar kutubxonalarini rivojlantirishni nazarda tutsin va 2019-yil 1-aprelgacha tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
loyiha portfelini ishlab chiqishda Respublika Markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida yangi quriladigan koʻzi ojizlar kutubxonalarini qurish hamda Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari koʻzi ojizlar kutubxonalari binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlashni nazarda tutsin.
5. Quyidagilar Nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda koʻzi ojizlar kutubxonalari faoliyatini rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi koʻzi ojizlar kutubxonalari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari boʻyicha kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari doirasida ajratiladigan markazlashtirilgan kapital qoʻyilma mablagʻlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)laridagi koʻzi ojizlar kutubxonalari filiallari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)laridagi koʻzi ojizlar kutubxonalari filiallari binolarini jihozlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari;
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xorijiy kreditlar va grantlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Koʻzi ojizlar kutubxonalarini joriy saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi obyektlarda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-sentabr,
739-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-sentabrdagi 739-son qaroriga
ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda koʻzi ojizlar kutubxonalari faoliyatini rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks
ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun masʼullar

I. Nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga xizmat koʻrsatadigan axborot-kutubxona muassasalarini (keyingi oʻrinlarda maxsus axborot-kutubxona muassasalari deb ataladi) jihozlash, adabiyotlar va zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlash meʼyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil
noyabr

Madaniyat vazirligi,
Matbuot va axborot agentligi,

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Respublikadagi barcha turdagi axborot-kutubxona muassasalarida, shu jumladan, koʻzi ojizlar kutubxonalarida nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil
dekabr

­­­—

Madaniyat vazirligi,
Matbuot va axborot agentligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Koʻzi ojizlar kutubxonalari toʻgʻrisida yangilangan namunaviy nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil
dekabr

Madaniyat vazirligi,
Matbuot va axborot agentligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Respublikadagi barcha turdagi axborot-kutubxona muassasalari, shu jumladan, koʻzi ojizlar kutubxonalari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash boʻyicha texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bunda, “Insonlarning hayoti va faoliyati muhitini, nogironlar ehtiyojini va aholining kam harakatlanuvchi guruhlarini hisobga olgan holda loyihalash” talablariga rioya etish.

2019-yil
mart

­­­—

Matbuot va axborot agentligi,

Madaniyat vazirligi,
Qurilish vazirligi,
Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

Maxsus axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil
noyabr

­­­—

Madaniyat vazirligi,
Matbuot va axborot agentligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish tizimini takomillashtirish

6.

Respublikadagi barcha turdagi axborot-kutubxona muassasalari tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini taʼminlash.

Bunda, axborot-kutubxona muassasalarida nogironligi boʻlgan shaxslarga zarur sharoitlar va qulayliklar yaratish, ularning axborotga boʻlgan talabini toʻlaqonli qondirish hamda boʻsh vaqtlari mazmunli oʻtishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish.

reja ishlab chiqish — bir
oy muddatda, amalga oshirish — reja asosida

Ijrochilar mablagʻlari

Matbuot va axborot agentligi,

Madaniyat vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

Maxsus axborot-kutubxona muassasalari tomonidan axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish uchun no�ironligi boʻlgan shaxslar toʻliq qamrab olinishini taʼminlash maqsadida respublikadagi 1, 2 va 3-guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish, roʻyxatni har uch yilda yangilab borish.

Shakllantirilgan roʻyxat asosida 250 nafar koʻzi ojiz nogironligi boʻlgan shaxslar yashaydigan tuman (shahar)larda yangi koʻzi ojizlar kutubxonasi filiallarini tashkil etish choralarini koʻrish.

2018-yildan
boshlab har
uch yilda

har yil yakunida

­­­Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Madaniyat vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Madaniyat vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

8.

Koʻzi ojizlar kutubxonalarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kompyuter savodxonligi boʻyicha maxsus toʻgaraklar tashkil etish va ularning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

2018 — 2022-yillar mobaynida

Ijrochilar mablagʻlari, grantlar,
homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

9.

Nogironligi boʻlgan kitobxonlar oʻrtasida “Eng faol kitobxon”, “Brayl yozuvida tez va ifodali oʻquvchi kitobxon”, “Eng yaxshi kitobxon oila” kabi koʻrik-tanlovlarni tashkil etish uchun tanlov nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Mazkur koʻrik-tanlovlarni tasdiqlangan nizom asosida muntazam va bosqichma-bosqich oʻtkazib borish.

2019-yil

mart

belgilangan muddatlarda

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

III. Maxsus axborot-kutubxona muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, moddiy-texnika bazasini yaxshilash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, kitob fondlarini boyitish va yangilab borish

10.

Koʻzi ojizlar kutubxonalari va ularning filiallari fondining saqlanishi, ularni harorat, namlik va yorugʻlikning taʼsirini muntazam nazorat qilib boradigan jihozlar bilan taʼminlash.

Koʻzi ojizlar kutubxonalari va ularning filiallarida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida videokuzatuv moslamalari, signalizatsiya tizimlarini oʻrnatish.

2018 — 2022-yillar

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Axborot-kutubxona muassasalariga kelishga imkoniyati boʻlmagan foydalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentidagi elektron kutubxona veb-resurslarini tashkil etish.

2018 — 2022-yillarda reja asosida

Ijrochilar mablagʻlari, grantlar,
xayriya mablagʻlari

Matbuot va axborot agentligi,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Madaniyat vazirligi,
manfaatdor vazirliklarva idoralar

12.

Markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasida Brayl yozuvida adabiyotlar chop etish uchun tipografiya hamda audio kitoblar yaratish maqsadida ovoz yozish studiyasini tashkil etish.

2019-yil
mart

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Matbuot va axborot agentligi

13.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar koʻzi ojizlar kutubxonalari tomonidan tuman (shahar) kutubxonalarini kitoblar bilan oʻz vaqtida taʼminlash hamda koʻchma kutubxonalar tashkil etish maqsadida ulardagi mavjud avtotransport vositalarini belgilangan tartibda sotish va sotishdan tushgan tushumning yetmagan qismini qoplash hisobiga ularni15 ta yangi “Damas” avtomashinasi bilan taʼminlash.

2019-yil iyul

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Matbuot va axborot agentligi,

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Madaniyat vazirligi

14.

Koʻzi ojizlar kutubxonalari fondining maxsus elektron katalogini yaratish va muntazam ravishda yangilab borish uchun zamonaviy kompyuter texnikasi, yuqori aniqlikdagi maxsus skaner va boshqa texnik jihozlar bilan taʼminlash.

2020-yil iyul

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Matbuot va axborot agentligi,

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi,

Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

15.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻzi ojizlar kutubxonasida qoraqalpoq tiliga ixtisoslashtirilgan Brayl yozuvida adabiyotlar chop etish uchun mini tipografiya hamda audio kitoblar yaratish maqsadida ovoz yozish studiyasini tashkil etish.

2020-yil
sentyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Matbuot va axborot agentligi

IV. Maxsus axborot-kutubxona muassasalarining kadrlar va kasbiy salohiyatini mustahkamlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ragʻbatlantirish

16.

Maxsus axborot-kutubxona muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda yosh mutaxassislarni qoʻllab- quvvatlash, ularning shart-sharoitlarini yaxshilash maqsadida joylarda imtiyozli ipoteka kreditlari hisobiga uy-joylar ajratish.

2018 — 2022-yillar mobaynida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Matbuot va axborot agentligi,

Madaniyat vazirligi

17.

Maxsus axborot-kutubxona muassasalarining kadrlar bilan taʼminlanganligi holatini chuqur oʻrganish, shuningdek, ularning istiqbolli talab-ehtiyojidan kelib chiqib tegishli oliy taʼlim va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va oliy taʼlim muassasalarida kutubxonachilik sohasi boʻyicha sirtqi boʻlim ochish yuzasidan taklif kiritish.

2019-2020 oʻquv yilidan boshlab har yili

Madaniyat vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

manfaatdor vaz�rliklar va idoralar

18.

Maxsus axborot-kutubxona muassasalari xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish. Shu jumladan, xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish, ularning malaka va bilimini baholash.

2019-yil
iyul

Madaniyat vazirligi,
Matbuot va axborot agentligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

19.

Maxsus axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini zamonaviy fan yutuqlaridan, xorijiy tajribadan xabardor qilib borish maqsadida:

jahondagi mavjud nogironligi boʻlgan shaxslarga xizmat koʻrsatuvchi kutubxonalar bilan hamkorlikda respublikada xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar va �ahorat darslarini oʻtkazish;

xorijda tajriba almashish va malaka oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish, xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalarda sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokini taʼminlash;

xalqaro aloqalarni kuchaytirish.

muntazam ravishda

Ijrochilar mablagʻlari, grantlar,
homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Matbuot va axborot agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

20.

Maxsus axborot-kutubxona muassasalari xodimlari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi kutubxonachisi” respublika koʻrik-tanlovlarini tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazish hamda gʻoliblarni munosib taqdirlash.

har yili

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Matbuot va axborot agentligi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2018-y., 09/18/739/1890-son)