Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyimini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son
qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 23-maydagi 310-son
qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimi xodimlari kiyim-boshining yagona namunasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimi xodimlarining formali kiyimi va farqlash belgilari namunalari 1-ilovaga
* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimi xodimlarining formali kiyimi va farqlash belgilari tavsifi 2-ilovaga
* muvofiq tasdiqlasin.
2. Formali kiyim va farqlash belgilari bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimiga kiruvchi idoraviy mansub davlat unitar korxonalari xodimlariga tatbiq etilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimi xodimlarining formali kiyimni kiyib yurishi va farqlash belgilarini taqishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasida formali kiyimni tikishga belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolari oʻtkazsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari formali kiyim va farqlash belgilarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.