Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 5-iyundagi 215-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari boʻyicha boʻlinishi ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika oʻrmonlarini oʻrmonlarning birinchi guruhiga kiritish va ularning qoʻriqlanish toifalari boʻyicha boʻlinishi toʻgʻrisida” 1980-yil 18-iyundagi 429-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.