1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.09.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan nazorat]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 28-martdagi PQ-3626-son qarorini ijro etish yuzasidan, oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish va ularning keyinchalik faoliyat koʻrsatishi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.14.00 Oʻsimliklar karantini]
1. Oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
bir oy muddatda va har yili 1-fevralgacha davlat-xususiy sheriklik shartlarida oʻsimliklar klinikalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun ajratilishi kerak boʻlgan yer uchastkalarini belgilasinlar, shuningdek, tasdiqlangan yer uchastkalari maʼlumotlari roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) taqdim etsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) bilan birgalikda bir oy muddatda foydalanilmayotgan boʻsh turgan binolar va xonalar roʻyxatlarini aniqlasinlar va Inspeksiyaga taqdim etsinlar;
foydalanilmayotgan boʻsh turgan binolar va xonalar Inspeksiya bilan tuzilgan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar asosida oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish uchun “nol” sotish qiymati boʻyicha sotilishini yoxud uzoq muddatga bepul foydalanish uchun berilishini taʼminlasinlar.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-sentabr,
734-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-sentabrdagi 734-son qaroriga ILOVA
Oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
1. Ushbu Nizom oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
davlat-xususiy sheriklik — oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish maqsadida davlat va xususiy sheriklarning muayyan muddatga yuridik rasmiylashtirilgan oʻzaro manfaatli hamkorligi;
davlat tomonidan sherik — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi);
oʻsimliklar klinikasi — oʻsimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi hamda oʻsimliklarga ishlov berish va oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish uchun aholini va qishloq xoʻjaligi korxonalarini biokimyoviy, kimyoviy, biologik, mexanik vositalar va uskunalar (inventar) bilan taʼminlaydigan tijorat tashkiloti;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining Davlat-xususiy sheriklikka nomzodlarni tanlash boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi huzuridagi Ilmiy markazning vakillaridan iborat tarkibda, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda xususiy sheriklarga nomzodlarni tanlab olish uchun tuziladigan organ;
davlat va xususiy sherik toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda bitim deb ataladi) — tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha loyihani amalga oshirishning boshqa shartlarini belgilaydigan davlat bilan xususiy sheriklar oʻrtasida tuziladigan yozma shartnoma;
xususiy sherik — oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etishda asosiy talablarga javob beradigan, davlat va xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzgan yoxud tuzish xohishini bildirgan tijorat tashkiloti.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
3. Oʻsimliklar klinikasi yuridik shaxs tarzida yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi (filiali) shaklida, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
4. Oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
davlat mulkining foydalanilmayotgan boʻsh turgan obyektlarini “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
davlat mulki obyektlarining foydalanilmayotgan binolarini uzoq muddatga bepul foydalanishga berish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
bitimda koʻrsatilgan shartlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun yer uchastkasi ajratish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
5. Quyidagilar oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etishda asosiy talablar hisoblanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
a) shu jumladan, zararsizlantirish boʻyicha kamida toʻrt nafar kishidan iborat otryadlar tashkil etish hisobiga oʻsimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish xizmatlari koʻrsatish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
b) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va aholini oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalari, oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish boʻyicha vositalar, shu jumladan:
feromon tutgichlar;
zararkunandalarga qarshi kurashish uchun biomahsulotlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]
gerbitsidlar, fungitsidlar, instektitsidlar, insektoakaritsidlar, nematotsidlar va biopreparatlar bilan taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo]
v) uzluksiz sotishni taʼminlash uchun kimyoviy, biokimyoviy, biologik, mexanik vositalar, priborlar va preparatlarning minimal assortimenti majburiy mavjud boʻlishi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
g) binolar va xonalarga qoʻyiladigan ekologik talablar, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
d) zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarni aniqlash uchun tegishli laboratoriya uskunasi, inventar mavjud boʻlishi, shuningdek, oʻsimliklarga ishlov berish uchun kimyoviy, biokimyoviy va biologik vositalarni tayyorlash va qadoqlash.
Oʻsimliklar klinikalarida mavjud boʻlishi majburiy boʻlgan kimyoviy, biokimyoviy, biologik, mexanik vositalar, priborlar va preparatlarning minimal assortimenti roʻyxati Inspeksiya tomonidan tasdiqlanadi va (yoki) bitimda nazarda tutiladi.
2-bob. Oʻsimliklar klinikalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
6. Oʻsimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va aholini kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalar bilan taʼminlash oʻsimliklar klinikalarining asosiy vazifalari hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
7. Oʻsimliklar klinikalari quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
keyinchalik sotish uchun belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalarini xarid qiladilar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
belgilangan tartibda oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalarini saqlashni, yoʻq qilishni taʼminlaydilar;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 115-sonli “Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish hamda roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
tegishli hududda oʻsimliklar karantini obyektlari aniqlanishi hamda oʻsimlik dunyosi kasalliklari va zararkunandalari tarqalishi holatlari toʻgʻrisida Inspeksiyani xabardor qiladilar, Inspeksiyaning murojaati boʻyicha amaliyotda uchraydigan oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklari toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar;
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy, biokimyoviy, biologik vositalari va mexanik vositalarini qoʻllash va saqlash boʻyicha aholiga bepul maslahatlar beradilar va axborot yordami koʻrsatadilar;
oʻsimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish boʻyicha zarur xizmatlarni koʻrsatish uchun oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklar turlarini aniqlaydilar.
Oʻsimliklar klinikalarining faoliyatini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlaridagi klinikalar faoliyati monitoringini olib borish Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi. Oʻsimliklar klinikalari faoliyati monitoringini olib borish tartibi Inspeksiya tomonidan tasdiqlanadi va (yoki) bitimda nazarda tutiladi.
3-bob. Davlat-xususiy sheriklik shartlarida oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
8. Davlat-xususiy sheriklik Komissiya tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
9. Tarkibiga Inspeksiya, Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi huzuridagi Ilmiy markaz vakillari kiradigan Komissiya kamida ikkita ishtirokchidan arizalar tushganda tanlov oʻtkazadi.
Komissiya aʼzolarining soni toq boʻlishi va kamida besh nafar kishini tashkil etishi kerak. Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosari Komissiyaning raisi hisoblanadi.
Komissiya ishi reglamenti Komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
10. Davlat tomonidan sherik tanlov boshlanishidan 30 kun oldin tanlov savdolari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni oʻzining rasmiy veb-saytining maxsus boʻlimida, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa manbalarda majburiy tartibda joylashtiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
11. Tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
davlat tomonidan sherikning nomi va pochta manzili, uning aloqa qilinadigan telefoni va elektron pochta manzili;
obyektning nomi, joylashgan joyi, soni, tavsifi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari;
davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish shakliga bogʻliq ravishda talab etiladigan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning minimal hajmi;
tanlov oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi;
tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
12. Xususiy sheriklikka nomzod davlat tomonidan sherikning rasmiy veb-saytida arizani joylashtiradi, unda:
a) yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli;
b) yuridik shaxs joylashgan joy;
v) bank rekvizitlari;
g) moddiy-texnik baza toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi, u:
oʻsimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun tovar zaxirasi va aylanma mablagʻlar mavjudligi, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va aholini oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalari bilan taʼminlash;
zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarni aniqlash, shuningdek, oʻsimliklarga ishlov berish uchun kimyoviy, biokimyoviy, biologik vositalarni tayyorlash va qadoqlash uchun tegishli laboratoriya uskunalari, inventar mavjudligi;
zararsizlantirish boʻyicha otryad va yakka tartibda himoya qilish vositalari mavjudligi;
zararkunandalarga qarshi kurashish uchun biomahsulotlarni yetishtirish boʻyicha shart-sharoitlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
13. Taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi Inspeksiya tomonidan elektron idoralararo oʻzaro hamkorlik yoʻli bilan aniqlanadi.
Noaniqliklar yuzaga kelgan taqdirda taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi Inspeksiyaning topshirigʻiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakillari jalb etilgan holda Oʻsimliklar karantini boʻyicha hududiy inspeksiya mutaxassislari tomonidan joyning oʻzida oʻrganilishi mumkin.
14. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida tushgan ariza, u tushgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida davlat tomonidan sherik tarafidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
15. Tushgan ariza koʻrib chiqilgandan va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat raqobat qoʻmitasining ijobiy xulosalari olingandan keyin davlat tomonidan sherik tanlov eʼlon qiladi.
16. Inspeksiya ijobiy xulosa olingandan keyin besh ish kuni mobaynida nomzodni Komissiya majlisini oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzishga talabgorlik qiluvchi nomzod oʻz nomzodini koʻrib chiqishda Komissiya majlisida ishtirok etish huquqiga egadir.
17. Xususiy sherikning arizasi Komissiya tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi va u davlat tomonidan sherikning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
18. Nomzodni, xususiy sherikni tanlab olish Komissiya tomonidan quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
oʻsimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va aholini oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalari, oʻsimliklarga toʻliq hajmda ishlov berish uchun preparatlar bilan taʼminlash imkonini beruvchi tegishli moddiy-texnik baza, tovar zaxirasi va aylanma mablagʻlar mavjudligi;
zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarni aniqlash, shuningdek, oʻsimliklarga ishlov berish uchun kimyoviy, biokimyoviy, biologik vositalarni qadoqlash uchun tegishli laboratoriya uskunalari, inventarning mavjudligi;
zararsizlantirish boʻyicha otryad va yakka tartibdagi himoya vositalarining mavjudligi;
zararkunandalarga qarshi kurashish uchun biomahsulotlar yetishtirish uchun shart-sharoitlarning mavjudligi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
19. Tanlov taklifi, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun eng maqbul deb eʼtirof etilgan ishtirokchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Tanlov yakunlari boʻyicha uning takliflari parametrlari tanlov shartlariga muvofiq boʻlgan, biroq tanlov hujjatlariga muvofiq gʻolib tomonidan taklif etilgan parametrlar darajasidan past boʻlgan zaxira gʻolib ham aniqlanadi.
Tanlov gʻolibi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzolashni rad etgan yoki undan bosh tortgan taqdirda, zaxira gʻolib bilan tegishli bitimni imzolashga yoʻl qoʻyiladi. Tanlovning zaxira gʻolibi bilan bitim tuzish tanlovning gʻolibi bilan bitim tuzish tartibiga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
20. Faqat bir nafar ishtirokchidan ariza tushgan taqdirda tanlov oʻtkazilmaydi, qaror esa Komissiya tomonidan ishtirokchining arizasini va arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni oʻrganib chiqish yakunlari boʻyicha tanlov toʻgʻrisida eʼlon berilgan paytdan boshlab oʻttiz kunlik muddat tamom boʻlgandan keyin besh ish kuni mobaynida qabul qilinadi. Komissiya xususiy sherikning taklifi tanlov talablariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qiladi.
Davlat tomonidan sherik tanlov yakunlari toʻgʻrisida Komissiya qarori qabul qilingan kunda oʻzining rasmiy veb-saytida maʼlumotni joylashtirish yoʻli bilan tanlov ishtirokchilarini uning natijalari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.08.00.00 Maʼmuriy sud ish yurituvi]
21. Komissiyaning davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzilishini rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
22. Davlat tomonidan sherik qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda nomzodga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim loyihasini yuboradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
23. Bitim uni amalga oshirish shakliga bogʻliq ravishda:
bitim mavzusini;
bitimning amal qilish muddati va shartlarini;
oʻsimliklar klinikalari faoliyati boshlanishi muddatlarini;
bitim tomonlarining huquq va majburiyatlarini;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish monitoringini amalga oshirish va darajasini baholash tartibini;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqariladigan va (yoki) taqdim etiladigan infrastruktura obyektlari, xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablarni;
xususiy sherik tomonidan uning majburiyatlari ijrosi toʻgʻrisida axborot taqdim etilishi tartibi va muddatlarini;
davlat tomonidan sherik va xususiy sherik oʻrtasidagi bitim ijrosi bilan bogʻliq xavf-xatarlarni taqsimlash tartibi va shartlarini;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun davlat tomonidan sherik tomonidan xususiy sherikka beriladigan infratuzilma obyektlariga egalik qilish va ulardan foydalanish tartibini;
oʻsimliklar klinikalaridan foydalanish, texnik xizmat koʻrsatish, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, modernizatsiya qilish tartibini;
bitimni ijro etish jarayonida tashkil etilgan obyektga va boshqa mol-mulkka huquqlarni bitimning amal qilishi toʻxtatilgandan keyin taqsimlash tartibini;
bitim shartlariga rioya qilinmaganligi uchun tomonlarning javobgarligini;
bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibini;
bitimni bekor qilish tartibini;
xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun sanksiyalarni;
bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal etish tartibini oʻz ichiga olishi kerak.
Bitimda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
24. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat tomonidan sherik xususiy sherikka bitim loyihasi matnini taqdim etadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
25. Zarurat boʻlganda bitim qoidalarini kelishish maqsadida davlat tomonidan sherik bilan xususiy sherik oʻrtasida muzokaralar oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
26. Bitim davlat tomonidan sherik va xususiy sherik oʻrtasida 2 nusxada (xar bir taraf uchun bir nusxadan) imzolanadi.
27. Tuzilgan bitimlarning yagona reyestri Inspeksiya tomonidan yuritiladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
28. Bitim tomonlar uni imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va uning muddati tamom boʻlguniga yoki u bekor qilinguniga qadar amal qiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
29. Quyidagi hollarda bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin:
har ikki tomonning roziligi bilan;
davlat tomonidan sherik bilan xususiy sherikning shartnomaviy munosabatlari yuzasidan oʻsimliklar karantinini tartibga solish sohasida qonun hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan — davlat tomonidan sherikning talabi boʻyicha;
sudning qaroriga koʻra.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
30. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
har ikki tomonning roziligi bilan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Toʻlovga qobiliyatsizlik va sanatsiya / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
xususiy sherik bankrot boʻlgan va tugatilgan taqdirda;
xususiy sherik tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda — davlat tomonidan sherikning talabi boʻyicha;
davlat tomonidan sherik tarafidan oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda — xususiy sherikning talabi boʻyicha.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy sud ish yurituvi / 17.06.02.00 Iqtisodiy sudida birinchi instansiyada ish yuritish]
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.00 Majburiyatlarning bekor boʻlishi]
31. Bitim uning amal qilish muddati tamom boʻlgandan keyin toʻxtatiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
Bitimning amal qilish muddati tamom boʻlishi tomonlarni uning buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
32. Xususiy sherik:
davlat-xususiy sheriklik loyihasi tashabbusi toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish uchun davlat tomonidan sherikka taqdim etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
bitimning amal qilish muddatiga yer uchastkalari, boʻsh turgan obyektlar, shu jumladan, faoliyat koʻrsatmagan davlat muassasalarini hamda foydalanilmayotgan xonalar yoki korpuslarni olish va ulardan foydalanish;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda metodik taʼminlanish;
bitim shartlari davlat tomonidan sherik tarafidan buzilgan taqdirda bitimni sud tartibida bekor qilishni talab qilish huquqiga egadir.
Xususiy sherik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
33. Xususiy sherik:
bitim va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilishi;
bitim amal qilishining butun muddati mobaynida obyekt faoliyati ixtisosliligini saqlab qolishi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
sanitariya qoidalariga, normalarga va gigiyenik normativlarga rioya qilishi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
qonun hujjatlariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻsimliklar klinikalari faoliyat koʻrsatishi uchun yuqori malakali kadrlar va boshqa kadrlar bilan butlashi, zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini koʻrishi;
oʻsimliklar klinikalari faoliyati doirasida koʻrsatiladigan xizmatlarning yuqori sifatini taʼminlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratishi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
obyektni toʻliq yoki qisman moliyalashtirishni, undan foydalanishni, texnik xizmat koʻrsatishni, shuningdek, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, modernizatsiya qilishni taʼminlashi shart.
Xususiy sherik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.02.00 Muomaladan olingan va muomalada cheklangan mol-mulk]
Bitimning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar xususiy sherikning mulkida boʻlgan obyekt xususiy sherik tomonidan oʻzgaga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq xususiy sherik almashtirilishi bundan mustasno.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
34. Davlat tomonidan sherik:
bitim shartlari bajarilishi toʻgʻrisida xususiy sherikdan har choraklik asosida maʼlumot olish;
bitim shartlari bajarilishi monitoringini olib borish va davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishini baholash;
qonun hujjatlariga va bitim shartlariga rioya qilish monitoringini olib borish doirasida aniqlangan qoida buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
obyekt boʻyicha xususiy sherikning aybi bilan yuzaga kelgan zararlar qoplanishini talab qilish;
bitim shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda bitimni sud tartibida bekor qilishni talab qilish huquqiga egadir.
Davlat tomonidan sherik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
35. Davlat tomonidan sherik:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
obyektni bitimda belgilangan muddatlarda, tartibda va shartlarda bepul asosda xususiy sherikka berishga;
xususiy sherikning xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishiga aralashmaslikka majburdir.
Davlat tomonidan sherik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻladi.
4-bob. Boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan, faoliyat koʻrsatmayotgan davlat muassasalarining binolarini “nol” sotish qiymati boʻyicha sotish tartibi
36. Davlat tomonidan sherik bitim tuzilgan paytdan boshlab bir kun mobaynida tanlov gʻolibi toʻgʻrisidagi maʼlumotni va bitimning nusxasini boʻsh turgan davlat mulki obyektini “nol” xarid qiymati boʻyicha berish jarayonini tashkil etish uchun Davlat raqobat qoʻmitasiga yuboradi.
37. Davlat raqobat qoʻmitasining topshirigʻi boʻyicha uning hududiy organi maʼlumot olingan paytdan boshlab uch kun mobaynida boʻsh turgan davlat mulkini, shu jumladan, binolarni balansda saqlovchiga (keyingi oʻrinlarda balansda saqlovchi deb ataladi) Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq mol-mulkni xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma talabni yuboradi.
xatlov komissiyasi tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasini;
xatlov komissiyasi majlislari bayonnomalarini;
xatlov komissiyasining aʼzolari va rahbari tomonidan imzolangan mol-mulkni xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalarini;
kadastr hujjatlarini, shu jumladan, kadastr xaritasini (rejani) va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlarni (ular mavjud boʻlganda);
yer uchastkasiga, yer qaʼriga va boshqa tabiiy resurslarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni;
roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha soliq organi tomonidan tasdiqlangan balansda saqlovchining balansini;
Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha foto suratlarni (kamida toʻrt dona) ilova qilgan holda davlat mulki obyektlari pasportlarini taqdim etadi.
39. Xatlov balansda saqlovchi tomonidan oraliq balansi tuzilgan sanada balansda saqlovchi tomonidan oʻtkaziladi, bunda balansning har bir satri tegishli inventar roʻyxatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
40. Obyektni topshirish-qabul dalolatnomasi imzolangandan va xususiy sherik tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgandan keyin besh ish kuni mobaynida Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi xususiy sherikka “Tasarruf etish huquqisiz” belgisi qoʻyilgan holda mulk huquqiga davlat orderini beradi.
41. Bitimning amal qilish muddati tamom boʻlgach, xususiy sherik tomonidan oʻz majburiyatlari va davlat tomonidan sherik tarafidan taqdim etilgan axborot boʻyicha bitim shartlari bajarilishi sharti bilan Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi xususiy sherik tomonidan mulk huquqiga davlat orderining asl nusxasi taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi, shuningdek, auditning xulosasi asosida “Tasarruf etish huquqi bilan” belgisini kiritadi.
5-bob. Foydalanilmayotgan xonalarni xususiy sheriklarga uzoq muddatga bepul foydalanish uchun berish tartibi
42. Davlat tomonidan sherik xususiy sherik bilan amal qilish muddati 30 yil boʻlgan bitim tuzilgan paytdan boshlab bir kun mobaynida uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mol-mulki ijarasi markaziga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun, shuningdek, obyekt balansida boʻlgan balansda saqlovchiga yuboradi.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
43. Balansda saqlovchi tuzilgan bitim shartlariga muvofiq oʻn kun muddatda obyektni xususiy sherikka beradi, xususiy sherik esa bitimning amal qilish muddati tamom boʻlgach yoki bitim muddatidan oldin bekor qilinganda obyektni bitim shartlariga muvofiq holatda balansda saqlovchiga qaytarishga majburdir.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
44. Obyekt uning barcha anjomlari va unga tegishli boʻlgan texnik hujjatlar bilan birgalikda xususiy hamkorga beriladi va u tomonidan qaytariladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
45. Obyektni topshirish va qaytarish ikki tomonlama topshirish dalolatnomasi tuzilgan holda tomonlarning vakolatli vakillari ishtirokida amalga oshiriladi, ikki tomonlama topshirish dalolatnomasida:
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
bitimning rekvizitlari (tuzilgan sana, raqami);
davlat mol-mulkining texnik holati koʻrsatiladi.
Topshirish dalolatnomasi tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va tomonlarning muhrlari bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
46. Topshirish dalolatnomasi imzolanganidan keyin balansda saqlovchi va xususiy sherik oʻrtasida yetti kun mobaynida kommunal va foydalanish xizmatlari koʻrsatuvchilar tomonidan belgilangan tariflar hisobga olingan holda kommunal va foydalanish xizmatlari boʻyicha toʻlovlar miqdori, toʻlash tartibi va muddatlarini tartibga soluvchi bitim tuziladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni elektr energiyasi bilan taʼminlash]
Elektr energiyasi, suv va gaz taʼminotini hisobga olishning zarur priborlarini oʻrnatish bitim shartlariga muvofiq balansda saqlovchi yoki xususiy sherik tomonidan amalga oshiriladi.
6-bob. Oʻsimliklar klinikalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun yer uchastkalarini bepul asosda berish tartibi
47. Davlat tomonidan sherik 30 yil muddatga bitim tuzilgan kundan boshlab bir kun mobaynida xususiy sherikning — tanlov gʻolibining arizasini bitimda koʻrsatilgan shartlarda yer uchastkasi berish boʻyicha qaror qabul qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuboradi.
48. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari xususiy sherikning arizasini va Komissiyaning qarorini obyektni qurish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha materiallarni tayyorlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda Qurilish vazirligining hududiy organi deb ataladi) yuboradi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Yer tuzilishi. Yer tuzish jarayoni. Yer uchastkalari chegarasini oʻrnatish]
49. Qurilish vazirligining hududiy organi yigirma ish kuni mobaynida yer uchastkasi berish boʻyicha materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishadi hamda yer uchastkasini tanlash va berish boʻyicha materiallarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuboradi.
50. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari uch kun mobaynida:
yer uchastkasini oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish uchun xususiy sherikka doimiy foydalanish uchun berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar;
yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi qarorni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filialiga yuboradilar, bu haqda davlat tomonidan sherikni xabardor qiladilar.
51. Yer uchastkasini berish boʻyicha materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bogʻliq xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin u tomonidan qoplanadi.
52. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlari bilan belgilangan yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari berishni koʻrib chiqish va berish tartibi ushbu Nizomda nazarda tutilgan oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish uchun xususiy sheriklarga yer uchastkalari berish tartibiga tatbiq etilmaydi.
53. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 89-moddasi.
54. Oʻsimliklar klinikalari faoliyati va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha oʻsimliklar klinikalarida ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish oʻsimliklar karantini boʻyicha tegishli hududiy inspeksiyalarga yuklanadi.