toggle_night_mode
Hujjat 13.09.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2828-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-sentabrdagi 66, 70, 340-V-son qarori (roʻyxat raqami 2828, 2016-yil 3-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShODMONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-avgust,
48-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-avgust,
120-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-avgust,
340-V-2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-avgustdagi 48, 120, 340-V-2-son qaroriga
ILOVA
Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikronutriyentlar boʻyicha aylanma mablagʻlar hisobi Markaziy byuro tomonidan AQSh dollarida yuritiladi”.
2. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi 1-yanvar holatiga quyidagi formula orqali aniqlanadi va Markaziy byuro tomonidan xar yili tasdiqlanadi:
JAM = (M x 3) x (MQ/BK) ,
bunda:
JAM — joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi (AQSh dollarida);
M — korxonalarga berilgan mikronutriyentlarning yillik oʻrtacha hajmi (kg);
MQ — bir kilogramm mikronutriyentning amaldagi qiymati (narxi) (soʻm).
BK — belgilangan kurs (soʻm)”.
3. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Korxonalarga beriladigan mikronutriyentning qiymati (narxi) quyidagi formula asosida har oyning birinchi sanasiga aniqlanadi va mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi:


‎MQ = (‎‏

JAM — (Dt — Kt + HR + MBO)
________________________________
US‎


‎+N) x BK‎‏
bunda:
MQ — bir kilogramm mikronutriyentning qiymati (narxi) (soʻm);
JAM — joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi (AQSh dollarida);
Dt — tuzni yodlovchi mikronutriyentlar boʻyicha debitor qarzdorlik (AQSh dollarida);
Kt — tuzni yodlovchi mikronutriyentlar boʻyicha kreditor qarzdorlik (AQSh dollarida);
HR — mikronutriyentlar xarid qilish uchun ochilgan maxsus hisob raqamdagi hamda ularni xarid qilish uchun boshqa hisob raqamga koʻchirilgan mablagʻlarning umumiy qiymati (AQSh dollarida);
MBO — Markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning qiymati (AQSh dollarida);
US — Markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning miqdori (kg);
N — yetkazib beruvchi bilan tuzilgan soʻngi shartnomadagi bir kilogramm mikronutriyentning narxi (AQSh dollarida).
BK — belgilangan kurs (soʻm);
Formuladagi koʻrsatkichlar qiymatining AQSh dollaridagi ekvivalenti shu sanaga belgilangan kurs boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.”.
4. 15-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
5. Ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 17-avgust
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 6-avgust
“Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
“Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA

“TASDIQLAYMAN”

______________________________

(lavozimi, F.I.O., imzo)

20___ yil “___” _______________

Mikronutriyent qiymati (narxi)ni aniqlash

HISOB-KITOBI*

_______________________________________________________

(mikronutriyent nomi)

Sana: 20___ yil “___” _____________________



T/r

Koʻrsatkichlar

Satr

kodi

Oʻlchov

birligi

Summasi

1.

Bir kilogramm mikronutriyentning qiymati (narxi)
(((02 satr — (03 satr — 06 satr + 09 satr + 15 satr)) / 16 satr)+18 satr) x 19 satr

01

soʻm.

2.

Joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi

02

AQSh doll.

3.

Tuzni yodlovchi mikronutriyentlar boʻyicha debitor qarzdorlik
(04 satr + 05 satr)

03

AQSh doll.

3.1.

ishlab chiqaruvchi korxonalardan

04

AQSh doll.

3.2.

mikronutriyent yetkazib beruvchilardan

05

AQSh doll.

4.

Tuzni yodlovchi mikronutriyentlar boʻyicha kreditor qarzdorlik
(07 satr + 08 satr)

06

AQSh doll.

4.1.

ishlab chiqaruvchi korxonalardan

07

AQSh doll.

4.2.

mikronutriyent yetkazib beruvchilardan

08

AQSh doll.

5.

Mikronutriyentlar xarid qilish uchun ochilgan maxsus hisob raqamdagi hamda ularni xarid qilish uchun boshqa hisob raqamga koʻchirilgan mablagʻlarning umumiy qiymati (10 satr + 11 satr + 12 satr + 13 satr+ 14 satr)

09

AQSh doll.

5.1.

22604 — mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli

10

AQSh doll.

5.2.

29801 — mijozlar bilan hisob-kitoblar

11

AQSh doll.

5.3.

22614 — mijozlarning valyuta bozorida konvertatsiya qilingan mablagʻlari

12

AQSh doll.

5.4.

22602 — mijozlarning akkreditivlar boʻyicha depozitlari

13

AQSh doll.

5.5.

mikronutriyentlar xarid qilish uchun boshqa hisob raqamga koʻchirilgan mablagʻlar

14

AQSh doll.

6.

Markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning qiymati (16 satr * 17 satr)

15

AQSh doll.

6.1.

markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning miqdori

16

kg

6.2.

markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning bir kilogrammi narxi

17

AQSh doll.

7.

Etkazib beruvchi bilan tuzilgan soʻngi shartnomadagi bir kilogramm mikronutriyentning narxi

18

AQSh doll.

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan AQSh dollarining soʻmga nisbatan belgilangan kursi

19

soʻm

* Summalarning AQSh dollaridagi ekvivalenti shu sanaga belgilangan kurs boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi

Markaziy byuro rahbari

________________________

(imzo)

_____________________________________________________________

(F.I.O.)

Bosh hisobchi

________________________

(imzo)

_____________________________________________________________

(F.I.O.)

”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2018-y., 10/18/2828-2/1875-son)