1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat;
3.Moliya / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2828-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-sentabrdagi 66, 70, 340-V-son qarori (roʻyxat raqami 2828, 2016-yil 3-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShODMONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-avgust,
48-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-avgust,
120-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-avgust,
340-V-2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-avgustdagi 48, 120, 340-V-2-son qaroriga ILOVA
Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“13. Korxonalarga beriladigan mikronutriyentning qiymati (narxi) quyidagi formula asosida har oyning birinchi sanasiga aniqlanadi va mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi:
MQ — bir kilogramm mikronutriyentning qiymati (narxi) (soʻm);
JAM — joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi (AQSh dollarida);
Dt — tuzni yodlovchi mikronutriyentlar boʻyicha debitor qarzdorlik (AQSh dollarida);
Kt — tuzni yodlovchi mikronutriyentlar boʻyicha kreditor qarzdorlik (AQSh dollarida);
HR — mikronutriyentlar xarid qilish uchun ochilgan maxsus hisob raqamdagi hamda ularni xarid qilish uchun boshqa hisob raqamga koʻchirilgan mablagʻlarning umumiy qiymati (AQSh dollarida);
MBO — Markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning qiymati (AQSh dollarida);
US — Markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning miqdori (kg);
N — yetkazib beruvchi bilan tuzilgan soʻngi shartnomadagi bir kilogramm mikronutriyentning narxi (AQSh dollarida).
BK — belgilangan kurs (soʻm);
Formuladagi koʻrsatkichlar qiymatining AQSh dollaridagi ekvivalenti shu sanaga belgilangan kurs boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.”.
5. Ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 17-avgust
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 6-avgust
“Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
Mikronutriyentlar xarid qilish uchun ochilgan maxsus hisob raqamdagi hamda ularni xarid qilish uchun boshqa hisob raqamga koʻchirilgan mablagʻlarning umumiy qiymati (10 satr + 11 satr + 12 satr + 13 satr+ 14 satr)
09
AQSh doll.
5.1.
22604 — mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli
10
AQSh doll.
5.2.
29801 — mijozlar bilan hisob-kitoblar
11
AQSh doll.
5.3.
22614 — mijozlarning valyuta bozorida konvertatsiya qilingan mablagʻlari
12
AQSh doll.
5.4.
22602 — mijozlarning akkreditivlar boʻyicha depozitlari
13
AQSh doll.
5.5.
mikronutriyentlar xarid qilish uchun boshqa hisob raqamga koʻchirilgan mablagʻlar
14
AQSh doll.
6.
Markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning qiymati (16 satr * 17 satr)
15
AQSh doll.
6.1.
markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning miqdori
16
kg
6.2.
markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning bir kilogrammi narxi
17
AQSh doll.
7.
Etkazib beruvchi bilan tuzilgan soʻngi shartnomadagi bir kilogramm mikronutriyentning narxi
18
AQSh doll.
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan AQSh dollarining soʻmga nisbatan belgilangan kursi
19
soʻm
* Summalarning AQSh dollaridagi ekvivalenti shu sanaga belgilangan kurs boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi