Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
1.Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 24-martdagi 10/1-son qarori (roʻyxat raqami 2364, 2012-yil 15-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 223-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
1.
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Kafolat berish masalasi bank (filial)ning kredit qoʻmitasi tomonidan bank kredit siyosatida koʻrsatilgan kafolat berishning limitlari doirasida koʻrib chiqiladi.
Berilgan kafolatlarning hisobi Bosh bankda yuritiladi va uning toʻgʻri yuritilishi bank boshqaruvi raisi zimmasiga yuklatiladi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. Bank tomonidan kafolat berish qatʼiy hisobda turuvchi blankda rasmiylashtiriladi. Kafolat blanklari hisobi alohida daftarda qayd etib boriladi. Kafolat blanklari shakli bankning ichki tartiblarida yagona shaklda belgilanadi.
Kafolat blanklari Bosh bank va “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida yagona shakldagi maxsus himoya belgilari bilan taʼminlangan qogʻozda tayyorlanib, Bosh bank tomonidan bankning barcha filiallariga yetkaziladi.”.
3.
14-banddagi “Bosh bank” degan soʻzlar “bank (filial)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.