Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Oʻzbekiston Respublikasining “
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/15-son qarori (roʻyxat raqami 2706, 2015-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 31-son, 418-modda) bilan tasdiqlangan Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
beshinchi xatboshi “hamda kredit beruvchi bankdagi depozitlar bilan taʼminlangan kreditlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3.
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Bankka aloqador shaxsga yoki uning nomidan faoliyat koʻrsatuvchi shaxsga beriladigan har qanday kredit, taʼminot sifatida:
kredit beruvchi bankka milliy valyutada kiritilgan depozitlar qoʻyilganda kreditning kamida 100 foizi;
kredit beruvchi bankka chet el valyutasida kiritilgan depozitlar qoʻyilganda kreditning kamida 105 foizi;
davlat qimmatli qogʻozlari qoʻyilganda kreditning kamida 125 foizi;
boshqa taʼminot vositasi qoʻyilganda kreditning kamida 130 foizi miqdorida bozor bahosidagi taʼminot bilan taʼminlanishi shart.”.