Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-apreldagi 278-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-apreldagi 278-son
qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 15-son, 311-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi D.B. Axmedov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-apreldagi 278-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
a)
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi”;
b) 9-bandning
ikkinchi xatboshidagi “va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v)
15-banddagi “oʻttiz” soʻzi “yigirma” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmagan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan ushbu muddat tamom boʻlgandan keyin litsenziya talabgori, bu haqda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasini xabardor qilgan holda, arizada koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi. Bunda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan keyin besh ish kuni mobaynida litsenziya talabgoriga litsenziya berishga majbur”;
e) 5-bobning
nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish”;
yo)
27-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
i) 38-bandning
birinchi xatboshidagi “va ularning amal qilish muddati uzaytirilgani” soʻzlari chiqarib tashlansin;
y) Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash
sxemasining (Nizomga 1-ilova) “Bajarish muddatlari” ustunida:
2-bosqichdagi “20” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
3-bosqichdagi “10” va “5” raqamlari tegishli ravishda “5” va “3” raqamlari bilan almashtirilsin;
k)
2-ilovaning toʻrtinchi bandidagi “va koʻrsatilgan faoliyat turini amalga oshirish muddati” soʻzlari chiqarib tashlansin.