Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/8-son qarori (roʻyxat raqami 3002, 2018-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 17-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2018-yil 1-oktabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
oltinchi va
yettinchi xatboshilardan “milliy valyutadagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Majburiy rezervlar tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada jalb qilingan majburiyatlar boʻyicha Markaziy bankdagi rezident banklarning majburiy rezerv hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoki Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻida oʻrtachalashtirilgan miqdorini ushlab turish orqali faqat milliy valyutada shakllantiriladi va saqlanadi.”.
3.
7 va
8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4.
1-ilovaning 42-pozitsiyasidagi “Investitsiya dasturlarini” degan soʻzlar “Rivojlanish davlat dasturlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
2-ilovadagi jadvalning “Z” ustuni chiqarib tashlansin.
“(J) Ustun = (V) Ustun x (D) Ustun + (G) Ustun x (E) Ustun”;
qirq uchinchi xatboshidan “jami hamda (Z) ustunida esa 1 — 27 satrlarning (Z) ustunidagi mablagʻlarning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;