1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Donni qayta ishlovchi korxonalarni qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy tovarlar eksport qilinishini ragʻbatlantirish va raqobatdoshligini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori ijrosini taʼminlash hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (keyingi oʻrinlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar deb ataladi), ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, oʻzlari import qilgan donni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan unni eksport qilishiga ruxsat berilsin.
Bunda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan eksport qilinadigan un miqdori ular tomonidan import qilingan don miqdorining 75 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
2018-yilning 1-sentabridan boshlab donni qayta ishlovchi korxonalarning mahsulotlari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq solinadigan aylanma tushum hajmidan don qiymatini chiqarib tashlab hisoblash tartibi joriy etilsin;
2019-yilning 1-yanvariga qadar donni qayta ishlovchi korxonalar don, un va nonni sotishda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi;
2020-yilning 1-yanvariga qadar ilovadagi roʻyxatga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan don mahsulotlari bojxona toʻlovlarini (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod etiladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi eksport shartnomalarini hisobga qoʻyishda ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan shartlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi nazorat qilishini taʼminlaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzdonmahsulot”AK bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarni hamda non ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularning rentabelligini taʼminlash maqsadida un va non narxini shakllantirish tartibini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari N.S. Otajonov, Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-avgust,
684-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 684-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod etiladigan don mahsulotlari
roʻyxati
T/r
Mahsulotlar nomi
TIF TN kodi
1.
Qattiq urugʻlik bugʻdoy
1001110000
2.
Urugʻlik bugʻdoy, qattiq bugʻdoydan tashqari
100191
3.
Oziqa yoki nooziqa qattiq bugʻdoy
1001190000
4.
Oziqa yoki nooziqa bugʻdoy, qattiq bugʻdoydan tashqari