1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5418-son Farmonini ijro etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 06/19/5708/2962-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 06/19/5708/2962-son)
3. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi barcha huquq, majburiyat va shartnomalarining qishloq xoʻjaligi qismi boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek, korxona va muassasalar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari uchun masʼul boʻlgan tegishli oʻrinbosarlari Vazirlik va Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hududiy boʻlinmalarining hamkorlikdagi faoliyatini taʼminlaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
5. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi davlat siyosati ustuvor yoʻnalishlarining muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
a) Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligi vaziri quyidagilar uchun shaxsan javobgardir:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;
Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish, Vazirlik faoliyatini rejalashtirish, shuningdek, uning faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz taʼminlash;
qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va qishloq xoʻjaligi sohasidagi muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.05.00 Boshqa masalalar;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, Vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasi oshirilishini tashkil etish, ular samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mehnat intizomini va qonun hujjatlari talablarini qoʻpol ravishda buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy va boshqa turdagi javobgarlik choralarini koʻrish;
xorijiy mamlakatlarning qishloq xoʻjaligi idoralari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ilgʻor tajribani tizimli oʻrganish va joriy qilish;
qishloq xoʻjaligi tashkilotlari va muassasalari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, fuqarolar shaxsiy qabulini tizimli ravishda oʻtkazib borish;
b) qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari quyidagilar uchun shaxsan javobgardir:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.11.00 Texnik va em-xashak ekinlari]
paxta va texnik ekinlarni yetishtirishga doir agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash, shuningdek, boshoqli, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirish;
Vazirlik hamda Suv xoʻjaligi vazirligining suvdan foydalanish sohasida oʻzaro hamkorlikda ishlashini taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, shuningdek, agrokimyoviy tadbirlarni amalga oshirish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning ilgʻor agrotexnologiyalari, resurs hamda suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va ijro qilinishi ustidan monitoring yuritilishini tashkil etish va qishloq xoʻjaligida davlat xaridlarini shakllantirish;
v) qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosarlari quyidagilar uchun shaxsan javobgardir:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
barqaror narxlarda aholini yil davomida va uzluksiz taʼminlash uchun zarur boʻlgan hajmdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi shakllantirilishini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining chuqur qayta ishlanishi va saqlanishini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining iqtisodiy tahlilini, shuningdek, narx va meʼyorlar shakllantirilishini amalga oshirish;
agrar sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish, agrar tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozori konyunkturasini oʻrganish boʻyicha chuqur marketing tadqiqotlarini olib borish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish, agrar sohaning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qishloq xoʻjaligiga investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish ustidan monitoring olib borish;
qishloq xoʻjaligiga innovatsiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish, tarmoq moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5418-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari]
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Vazirlik tarkibiga kiruvchi oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan tashkilotlar sof foydasining oʻz ixtiyorida qoldiriladigan qismidan tuzilgan shartnomalar asosidagi ajratmalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga tushumlarning 0,2 foizi miqdoridagi ajratmalar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
xalqaro grantlar va texnik koʻmak mablagʻlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
7. Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari, Andijon qishloq xoʻjaligi instituti hamda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti Vazirlik tarkibidan chiqarilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Vazirlik tarkibidan chiqarilayotgan taʼlim muassasalari, shuningdek, Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
8. Kasb-hunar taʼlimi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi (A.A. Abduxakimov) kasb-hunar kollejlarini tegishli vazirlik va idoralarning tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha takliflar tayyorlashda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi kasb-hunar kollejlarini qishloq xoʻjaligi sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha ixtisoslashtirish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
qayd etib oʻtilgan kasb-hunar kollejlarini Vazirlik tasarrufiga ularning balansida boʻlgan binolar, imoratlar, laboratoriyalar, jihozlar, boshqa obyektlar va moddiy boyliklar bilan birgalikda oʻtkazish masalalarini koʻrib chiqsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
9. Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti balansidagi bino belgilangan tartibda Vazirlik balansiga oʻtkazilib, kelgusida Vazirlik markaziy apparati mazkur binoda joylashtirilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Vazirlik binosini kapital taʼmirlash, unga tutash hududni obodonlashtirish, xizmat xonalarini mebel, kompyuter, tashkiliy texnika va inventar bilan jihozlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirlikni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
11. Vazirlik:
bir oy muddatda “Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati” DUK ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 07/18/3671/1085-son, 18.09.2018-y., 06/20/5541/0978-son; 18.04.2019-y., 06/19/5708/2962-son; 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)