toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2021
Hujjat 28.07.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 20-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3056]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2021-yil 14-sentabrdagi 1/8-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida ”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3056-1, 17.09.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3778-son “Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli metallardan oʻlchovli yombilar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda qimmatli metallar bozori faoliyatini reglamentga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-iyul,
24/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 14-iyuldagi 24/5-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3778-son “Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli metallardan oʻlchovli yombilar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda qimmatli metallar bozori faoliyatini reglamentga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini (bundan buyon matnda Markaziy bank tangalari deb yuritiladi) sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealariga bagʻishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga chiqariladi.
2. Markaziy bank tangalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida nominal qiymati boʻyicha naqd pul shaklidagi qonuniy toʻlov vositasi, shuningdek nominal qiymatidan yuqori baholanuvchi kolleksiya, investitsiya va jamgʻarish obyektlari sifatida muomalada boʻlishi mumkin.
3. Markaziy bank tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari (bundan buyon matnda bank shoxobchasi deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi.
Markaziy bankning rasmiy veb-saytida Markaziy bank tangalarini sotadigan va qaytarib xarid qilib oladigan bank shoxobchalarining manzili haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilinib boriladi.
4. Tijorat banklari tomonidan Markaziy bank tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish Markaziy bank va tijorat banklari oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Markaziy bank tangalarini sotish
5. Markaziy bank tangalarini sotish jismoniy shaxslarga naqd va naqd pulsiz hisob-kitob shaklida, yuridik shaxslarga toʻlovni pul mablagʻlari oʻtkazilishi yoʻli bilan amalga oshiriladi.
6. Qimmatbaho metall bahosi ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasining ertalabki fiksing (belgilangan) narxi va soʻmning AQSh dollariga nisbatan Markaziy bank kursiga muvofiq hisob-kitoblar asosida belgilanadi hamda Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
7. Markaziy bank tangalarining sotish narxi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta, milliy valyutada, qimmatbaho metall narxi va Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan marjaga asosan belgilanadi hamda Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
3-bob. Markaziy bank tangalarini qaytarib xarid qilib olish
8. Markaziy bank tangalarini qaytarib xarid qilib olish bank shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
Bank shoxobchalari tomonidan qaytarib xarid qilib olingan Markaziy bank tangalari ularning asillik darajasini aniqlash maqsadida Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (bundan buyon matnda Asillik palatasi deb yuritiladi) tomonidan texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.
Markaziy bank tangalarining asillik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan texnik ekspertiza uchun toʻlov Markaziy bank tangalarining egalaridan undirilmaydi.
9. Markaziy bank tangasini qaytarib xarid qilib olish narxi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Markaziy bank tangasi topshirilgan kundagi qimmatbaho metall narxidan va ushbu narxga qoʻllaniladigan Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlagan chegirmaga asosan Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
10. Markaziy bank tangalarini qaytarib xarid qilib olishda jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Markaziy bank tangasini qaytarib xarid qilib olish toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Bunda yuridik shaxsning vakili Markaziy bank tangasini tasarruf etish huquqi borligi toʻgʻrisidagi ishonchnomani taqdim etishi kerak.
11. Dalolatnoma uch nusxada tuziladi va ulardan bir nusxasi bank shoxobchasida, ikkinchi nusxasi Markaziy bank tangasi egasida hamda uchinchi nusxasi texnik ekspertiza oʻtkazilishi uchun Markaziy bank tangasi bilan birga Asillik palatasiga taqdim etiladi.
12. Markaziy bank tangalari bank shoxobchalari tomonidan 10 kun davomida texnik ekspertiza oʻtkazish uchun Asillik palatasiga yuborilishi kerak.
13. Asillik palatasi tomonidan 10 kun davomida texnik ekspertiza oʻtkazilib, uning natijalari haqida tuzilgan dalolatnoma Markaziy bankka taqdim etiladi.
14. Markaziy bank Asillik palatasining texnik ekspertiza oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomasini olganidan soʻng, Markaziy bank tangasini qaytarib xarid qilib olgan bank shoxobchasi orqali mazkur tanga egasi bilan hisob-kitoblarni 10 kun davomida amalga oshiradi.
4-bob. Markaziy bank tangasining asillik sertifikati
15. Markaziy bank tangasi uning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikati bilan birga muomalaga chiqariladi. Asillik sertifikati identifikatsiya seriya raqamiga ega boʻladi.
16. Asillik sertifikati yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda Markaziy bank tangasining egasi bank shoxobchasiga toʻlov asosida yangi asillik sertifikatini olish uchun murojaat qilishi mumkin.
Markaziy bank tangasi sertifikatining yangisi berilishi 30 kun davomida Markaziy bank tangasini Asillik palatasida texnik ekspertizasidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
5-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Qimmatbaho metall qiymatining hisob-kitobi
1 gramm qimmatbaho metallning bahosi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
PG/UZS = ((P W / Y) * ECB) verguldan soʻng ikki xonaga qadar yaxlitlanadi, bunda:
PG/UZS — bir gramm qimmatbaho metall uchun soʻmdagi narx;
PW — London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasi ertalabki fiksing narxi (doll./tr.uns.);
Y — bir troy unsiyasining metrik grammdagi ekvivalenti (1 troy unsiyasi = 31,1035 gramm);
E CB — 1 AQSh dollari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning soʻmga nisbatan oʻrnatilgan kursi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalari qiymatining hisob-kitobi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish narxi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
∑ — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalari uchun soʻmda toʻlanadigan qiymat;
V — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarining grammdagi ogʻirligi;
PG/UZS — bir gramm qimmatbaho metall uchun soʻmdagi narx;
M — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan marja miqdori (foizda).
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini qaytarib xarid qilib olish qiymatining hisob-kitobi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarining qaytarib xarid qilib olish narxi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
∑ — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalari uchun soʻmda toʻlanadigan qiymat;
V — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarining grammdagi ogʻirligi;
PG/UZS — bir gramm uchun soʻmdagi narx
D — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan chegirma miqdori (foizda).
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan
‎tayyorlangan tangalarini qaytarib xarid qilib olish toʻgʻrisidagi
‎DALOLATNOMA

______________ (tuman) shahar ‎‎20___ yil “___” ________________‎‎

Ushbu dalolatnoma ________________________________________________________________________________
‎(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy Bosh boshqarmasi yoki tijorat bankining nomi)

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(xodimning F.I.O.)

tomonidan rasmiylashtirildi va_____________________________________________________________________
‎(turar joy yoki roʻyxatdan oʻtgan manzili)

________________________________________________________________________________________________
‎______________________________________________________________________________________________dan
‎(jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining F.I.O.)

quyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalari qaytarib xarid qilib olish uchun qabul qilindi:

T/r

Tanganing nomi

‎‎Nominal qiymati

Metall va asillik darajasi‎‎‎

Vazni
‎(grammda) ‎‎

Soni (raqamlar va soʻzlar bilan)‎‎

1

2‎‎

3‎

4

5‎

‎‎ ‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

Men,____________________________________________________________________________________________
‎(jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining F.I.O.)

yuqorida koʻrsatilgan roʻyxatni tasdiqlayman va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan texnik ekspertiza oʻtkazishga rozilik beraman.

__________‎‎__________‎‎(sana)

‎‎_________________________
‎(imzo)

‎‎Qabul qilib olgan xodim __________________

‎‎_______________________

‎‎(sana)

‎‎‎(imzo)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/3056/1782-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)