1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.07.00 Boshqa toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI HAMDA BOSh BUXGALTERLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QOʻYISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA 3-SON OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALARNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 2-aprelda 1204-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 29-yanvardagi 1/7-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida Nizomni yangi tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1455, 10.03.2005-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan .
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga 3-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 22-yanvarda 1204-son bilan Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga 3-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F. M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 13-mart,
6/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi 6/7-sonli qarori bilan “TASDIQLANGAN” 521-3-son
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga
3-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 8-bandda “Komissiya suhbatidan” soʻzlaridan soʻng “va (yoki) test sinovidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
“20. Xodimning lavozimiga muvofiqligi Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan suhbat va (yoki) test sinovi orqali aniqlanadi. Suhbat va (yoki) test natijalariga koʻra nomzodning tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Mazkur qaror tijorat banklariga hamda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga yetkaziladi.”
4. 23-bandda “Komissiyaga qayta suhbatga” soʻzlaridan soʻng “va (yoki) test sinoviga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 13-son, 167-modda)