1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.03.00 Maʼmuriy-hududiy boʻlinish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Maʼmuriy-hududiy tuzilish]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 28-avgustdagi OʻRQ-635-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ushbu Qonun viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini oʻzgartirish, maʼmuriy markazlarni koʻchirish hamda aholi punktlarini shahar, shaharchalari turkumiga oʻtkazish, maʼmuriy-hududiy birliklar, aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlariga, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizik-joʻgʻrofiy, geologik va boshqa obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibini belgilaydi.
I. VILOYATLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNI TUZISh VA TUGATISh
1-modda.
Viloyatlarni tuzish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
2-modda.
Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 69-moddasi, 78-moddasining 11-bandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasi.)
3-modda.
Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
II. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNING ChEGARALARINI OʻZGARTIRISh
4-modda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Joʻqorgʻi Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
5-modda.
Viloyatlar va tumanlarning chegaralarini oʻzgartirish tegishli viloyatlar, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlarning chegaralarini oʻzgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
6-modda.
Qishloqlar va ovullar chegarasini oʻzgartirish, aholi punktlarini birlashtirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
III. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNING MAʼMURIY MARKAZLARINI BELGILASh VA KOʻChIRISh
7-modda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxtini belgilash va koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
8-modda.
Viloyatlarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
9-modda.
Tumanlar, qishloqlar, ovullarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
IV. ShAHARLAR BOʻYSUNUVINI OʻZGARTIRISh VA AHOLI PUNKTLARINI ShAHAR, ShAHARChALAR TURKUMIGA KIRITISh
10-modda.
Respublika (Qoraqalpogʻiston Respublikasida), viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida oʻttiz ming aholisi boʻlgan, muhim maʼmuriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin.
Shaharlarni viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustdagi 304-I-son “Jizzax viloyatining Dashtobod shahrini viloyatga boʻysunuvchi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi Qarori.
Shaharlarni respublika (Qoraqalpogʻiston Respublikasida) boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
11-modda.
Tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida yetti ming aholisi boʻlgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud shaharchalar, aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Shaharchalarni, aholi punktlarini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 4-dekabrdagi 135-II-son “Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlarini birlashtirish hamda Asaka shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi Qarori va boshqalar.
12-modda.
Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yoʻl stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda qoida tariqasida kamida ikki ming aholisi boʻlgan aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Aholi punktlarini shaharchalar turkumiga kiritish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyuldagi PQ-120-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarining maʼmuriy-hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-martdagi 68-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarining maʼmuriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
V. ShAHARLAR, ShAHARChALARNING ChEGARALARINI BELGILASh VA KENGAYTIRISh
13-modda.
Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 53-II-son “Shahrisabz shahrining chegarasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2009-yil 20-avgustdagi 1061-I-son “Zarafshon shahrining chegarasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
14-modda.
Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
VI. MAʼMURIY-HUDUDIY BIRLIKLAR, AHOLI PUNKTLARIGA NOM BERISh VA ULARNING NOMINI OʻZGARTIRISh
15-modda.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
16-modda.
Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
17-modda.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida mavjud boʻlgan nomlarni berishga, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoki ushbu viloyatda mavjud boʻlgan nomlarni berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
18-modda.
Viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar, ovullar, shaharchalar, aholi punktlariga odamlarning nomini berishga, shuningdek ularni tarixiy voqealar sharafiga nomlashga qoida tariqasida yoʻl qoʻyilmaydi.
VII. AHOLI PUNKTLARINING TARKIBIY QISMLARIGA NOM BERISh VA ULARNING NOMINI OʻZGARTIRISh
19-modda.
Mahallalar, koʻchalar, maydonlar, hiyobonlar, bogʻlar, aholi punktlarining boshqa tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining taqdimnomasiga muvofiq xalq deputatlari tegishli tuman, shahar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
20-modda.
Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga ushbu aholi punktida mavjud nomlarni berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
VIII. KORXONALAR, MUASSASALAR, TAShKILOTLARGA NOM BERISh VA ULARNING NOMINI OʻZGARTIRISh
21-modda.
Respublika boʻysunuvidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish ushbu obyekt joylashgan mahalliy hokimiyat organining roziligi boʻlgan holda tegishli vazirlik, idoraning taqdimnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Mahalliy boʻysunuvdagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati, viloyat, Toshkent shahri hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.
22-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari, idoralari tizimiga kiruvchi mahalliy boʻysunuvidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati, viloyat, Toshkent shahar hokimlari tomonidan berilayotgan nomlar, ular bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
23-modda.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, ushbu viloyat, Toshkent shahri hududida joylashgan boshqa obyektlarga berib boʻlingan nomlarni berish, shuningdek tegishli vazirlik, idoraning boshqa tashkilotlariga berib boʻlingan nomlarni berishga ruxsat etilmaydi.
IX. FIZIK-JOʻGʻROFIY, GEOLOGIK, TABIATI MUHOFAZA ETILADIGAN OBYEKTLARGA NOM BERISh VA ULARNING NOMINI OʻZGARTIRISh. MONUMENTAL SANʼAT ASARLARIGA NOM BERISh
Fizik-joʻgʻrofiy obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining taqdimnomasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Geologik obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasining taqdimnomasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tabiati muhofaza etiladigan obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining taqdimnomasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Monumental sanʼat asarlariga nom berish, ularga oid tagsoʻz matnlarini tasdiqlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
X. AHOLI PUNKTLARINING TARKIBIY QISMLARIGA, KORXONALAR, MUASSASALAR, TAShKILOTLAR, FIZIK-JOʻGʻROFIY, GEOLOGIK VA BOShQA OBYEKTLARGA ODAMLARNING NOMINI BERISh
28-modda.
Mahallalar, koʻchalar, maydonlar, xiyobonlar, bogʻlar va aholi punktlarining boshqa tarkibiy qismlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, fizik-joʻgʻrofiy, geologik, tabiati muhofaza etiladigan va boshqa obyektlarga davlat, jamoat arboblarining, siyosiy arboblarining, Vatan himoyachilari, mehnat qahramonlari, fan, madaniyat arboblari va boshqa xizmat koʻrsatgan odamlarning nomini berish faqat ularning vafotidan soʻng amalga oshirilishi mumkin.
29-modda.
Odamlarning nomini berish toʻgʻrisidagi davlat hokimiyati organlarining qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda qabul qilinadi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, chegaralarini oʻzgartirish, maʼmuriy markazlarni koʻchirish, aholi punktlarini shahar, shaharchalar turkumiga oʻtkazish, maʼmuriy-hududiy birliklar va aholi punktlariga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish haqidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasida eʼlon qilinishi shart.
Mavjud aholi punktlari hisobining yuritilishini hamda yangi paydo boʻlganlari roʻyxatdan oʻtkazilishini tegishli ravishda Joʻqorgʻi Kenges, viloyat hokimliklari taʼminlaydilar.
31-modda.
Maʼmuriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, boshqa toponimik obyektlar nomining yozilishiga aniqlik kiritishni, tegishli obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish huquqi berilgan organlar amalga oshiradilar.