1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli “Bojxona sohasidagi ayrim tartib-taomillarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2026-yil 8-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, bojxona organlariga yuklangan ularga xos boʻlmagan vazifa va funksiyalarni bekor qilish orqali ularning faoliyatini yanada optimallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-avgust,
672-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 672-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
oʻn yettinchi xatboshidagi “davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yigirma birinchi xatboshidagi “, shuningdek davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislarini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo doʻkonlari, bojxona tashuvchilari, tovarlarga bojxona hududidan tashqarida, bojxona hududida ishlov berish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo doʻkonlari, bojxona tashuvchilari faoliyatini amalga oshirish huquqiga ruxsatnoma beradi”.
“bojxona va erkin omborlarni, bojsiz savdo doʻkonlarini ochish, bojxona tashuvchilari sifatidagi faoliyatni amalga oshirish huquqiga ruxsatnomalar berish”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/672/1773-son)