1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar;
3.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi PQ-3639-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 29-martdagi PQ-3639-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-avgust,
663-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 663-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 28-son, 344-modda) ilova 1.2-bandining “Ishlar narxi” ustunidagi “baravari” soʻzi “foizi” soʻzi bilan almashtirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2022-y., 09/22/658/1019-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 09/21/66/0113-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/663/1765-son; 13.02.2021-y., 09/21/66/0113-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2022-y., 09/22/658/1019-son)