1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VILOYATLAR HOKIMLIKLARI APPARATI TUZILMASIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-sonli “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Viloyatlar hokimliklari apparati tuzilmasini yanada takomillashtirish hamda erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitlarida ular faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2000-yil 1-dekabrdan boshlab viloyatlar hokimliklari apparatlari tuzilmasida hokimning industriyani rivojlantirish, qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin, tegishli ravishda industriyani rivojlantirish va isteʼmol bozori masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosari, qurilish, uy-joy va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosari lavozimlari qisqartirilsin.
Viloyatlar hokimliklari apparati tuzilmasida qisqartirilayotgan hokim oʻrinbosarlari kotibiyatlari xodimlari soni hisobiga ilovaga muvofiq tarkibda industriyani rivojlantirish, qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosari kotibiyati tashkil etilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi apparati tuzilmasini mazkur qarorga muvofiqlashtirish tavsiya etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga 1-ilovaga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 24-noyabr,
461-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-noyabrdagi 461-son qaroriga ILOVA
Industriyani rivojlantirish, qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha viloyat hokimining oʻrinbosari kotibiyati
TARKIBI
1. Kotibiyat mudiri
2. Bosh mutaxassis — 2 nafar
3. Yetakchi mutaxassis — 2 nafar
4. Referent — 1 nafar
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 147-modda; 2004-y., 1-2-son, 11-modda)