Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi D.B. Ahmedov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 692-son
qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 36-son, 957-modda)bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. “Davavianazorat” inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish:
“Davavianazorat” inspeksiyasining joriy yilga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlari smetasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-noyabrdagi 948-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomning
48-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“48. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek, temir yoʻl transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqqanlik uchun undiriladigan yigʻimlar boʻyicha tushumlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi”.