1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.05.00 Mehmonxona xo‘jaligi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-sonli “Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish, ushbu sohada davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Turizm faoliyati subyektlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, mintaqalarning turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, turizm xizmatlari ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholining bandligi va farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
oilaviy mehmon uylari ushbu mehmon uylarida uy egasining oila a’zolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchiga 3 m2 hisobidan to‘g‘ri keladigan zaruriy turarjoy maydoniga ega bo‘lgan xususiy uy-joy hisoblanadi;
oilaviy mehmon uylari xizmatlari oilaviy mehmon uyi tashkil etish uchun yaroqli turarjoy binosiga ega bo‘lgan va unda yashovchi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatiladi;
oilaviy mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, oilaviy mehmon uylarini o‘rganish dalolatnomasi asosida ularni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritish va Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan tegishli ko‘chirma berish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi oilaviy mehmon uylarini ro‘yxatga olish va Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestrini yuritishni amalga oshiradi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
oilaviy mehmon uylari, oilaviy korxona tomonidan tashkil etilgan xizmatlar uchun kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti) haqi to‘lash aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/477/0801-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlari orqali oilaviy mehmon uylarini sertifikatlashtirishni tashkil qilish bo‘yicha uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tijorat banklariga Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritilgan xususiy tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlarining buyurtmalariga binoan bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobarigacha miqdorda, besh yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan stavka bo‘yicha imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya qilinsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Bunda tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga milliy valyutada ajratiladigan, umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlar bo‘yicha ularning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-iyuldagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 09/22/407/0679-son)
2021-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan bozor stavkalarida, foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda oilaviy mehmon uylari xizmati ko‘rsatuvchi xususiy tadbirkorlar uchun ularning joylashish mintaqasi va toifasiga qarab, belgilangan soliqning alohida stavkasini belgilash to‘g‘risida uch oy muddatda taklif kiritsin.
6. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, belgilangan tartibda, ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda ushbu qarorning maqsadlari va vazifalarini keng tushuntirish ishlarini tashkil qilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.N. Umarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-avgust,
631-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-son qaroriga 1-ILOVA
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom oilaviy mehmon uylari (keyingi o‘rinlarda mehmon uylari deb ataladi) faoliyatini tashkil etish va ular tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
oilaviy mehmon uyi (keyingi o‘rinlarda mehmon uyi deb ataladi) — mazkur mehmon uyida uy egasining oila a’zolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 m2 hisobidan to‘g‘ri keladigan turarjoy maydoniga ega bo‘lgan xususiy uy-joy hisoblanadi;
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) — yuritilishi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bazasi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-iyuldagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 09/22/407/0679-son)
vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari;
arizachi — mehmon uyini tashkil etish uchun yaroqli turarjoy binosiga ega bo‘lgan va unda yashayotgan yoki uning xotini (eri), ota-onasi, farzandi, shu jumladan farzandlikka olinganlar va nabiralari, uni Reyestrga kiritish uchun belgilangan tartibda ariza topshirgan xususiy yoki oilaviy tadbirkorlik subyekti;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/477/0801-son)
mehmon uyining egasi — Reyestrga kiritilgan xususiy yoki oilaviy tadbirkorlik subyekti.
3. Mehmon uylari egalari, faqat ular Reyestrga kiritilgandan so‘ng xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.
4. Mehmon uylari xizmatlari ko‘rsatish mazkur turarjoyda uning egasi o‘z oila a’zolari hamda tashrif buyuruvchilar (turistlar) bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha tashkil etiladi.
5. Mehmon uylari faoliyatini tashkil etish tartibi mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Mehmon uylari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga doir talablar
6. Mehmon uylari ko‘rsatadigan xizmatlariga doir talablar quyidagi maqsadlarda belgilanadi:
mehmon uyining vaqtinchalik yashash bo‘yicha xizmat (keyingi o‘rinlarda xizmatlar deb ataladi) ko‘rsatish sohasiga muvofiqligini tasdiqlash;
mehmon uylarida uning egasi tomonidan qayd etilgan ko‘rsatiladigan xizmatlar va zarur moddiy-texnik bazaning mavjudligini tasdiqlash;
xizmat ko‘rsatishning zarur darajadagi sifatini va tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) xavfsizligini ta’minlash.
7. Mehmon uylari tashkil etishda mazkur Nizomning 2-ilovasiga binoan ro‘yxat bo‘yicha majburiy shart-sharoitlarga muvofiq bo‘lishi shart.
Mehmon uyi tomonidan xizmatlar ko‘rsatish vaqtida uni jihozlash va unda iste’mol buyumlarining bo‘lishi, shuningdek,mazkur Nizomning 2a va 2b-ilovalariga binoan ro‘yxat bo‘yicha qo‘shimcha xizmat turlarini ko‘rsatishi tavsiya etiladi.
3-bob. Mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi
8. Mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, mehmon uylarni o‘rganish dalolatnomasi asosida ularni Reyestrga kiritish va Reyestrdan tegishli ko‘chirma berish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
9. Reyestrni yuritish vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
10. Reyestrni yuritish quyidagilarni nazarda tutadi:
mehmon uyiga individual reyestr raqamini bergan holda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq mehmon uylari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritish;
ma’lumotlar bazasini butun jahon Internet axborot tarmog‘ida onlayn rejimida yangilab turish.
11. Reyestr elektron shaklda yuritiladi va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi lozim.
12. Arizachi uni Reyestrga kiritish uchun vakolatli davlat organiga mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza beradi.
13. Arizaga bino va inshootga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi ilova qilinadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
14. Arizachidan mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Haqqoniy bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgani uchun arizachi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
16. Arizachi tomonidan ariza mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga vakolatli davlat organiga bevosita, pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda, uni olganligi to‘g‘risidagi bildirish xati bilan taqdim etiladi.
17. Vakolatli davlat organi hujjatlarni olgan kunidan boshlab ularni uch ish kuni davomida ko‘rib chiqadi, mehmon uyini mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan majburiy shart-sharoitlarga muvofiqligi bo‘yicha o‘rganib chiqadi.
18. O‘rganib chiqish natijalari yuzasidan vakolatli davlat organi mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiradi.
19. Mehmon uyi mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan majburiy shart-sharoitlarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, vakolatli davlat organi dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida arizachiga mehmon uyini Reyestrga kiritish rad etilganligi to‘g‘risida aniq nomuvofiqliklar va uning davomida arizachi rad etish sabablarini bartaraf qilish va qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan muddat (uch oygacha) ko‘rsatilgan holda yozma shaklda bildirish xati yuboradi.
20. Arizachi tomonidan mehmon uyini Reyestrga kiritish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, ikki ish kuni davomida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish amalga oshiriladi.
Qayta ko‘rib chiqishda vakolatli davlat organi tomonidan muqaddam arizachiga yozma bildirish xatida bayon etilmagan rad etish sabablari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
21. Arizachi tomonidan mehmon uyini Reyestrga kiritish rad etilganligi to‘g‘risidagi yozma bildirish xatida ko‘rsatilgan muddat o‘tib ketgandan keyin topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli davlat organi tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
22. Mehmon uyi mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan majburiy shart-sharoitlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda, vakolatli davlat organi bir ish kuni mobaynida mehmon uyiga individual reyestr raqami bergan holda, mehmon uyini Reyestrga kiritadi va arizachiga mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi Oilaviy mehmon uylari yagona reyestridan ko‘chirma beradi.
Arizachining xohishiga ko‘ra ko‘chirma QR-kod sanoqli tizimidan foydalangan holda elektron shaklda jo‘natilishi mumkin.
23. Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish va ko‘chirma berish uchun to‘lov undirilmaydi.
24. Reyestrga avval kiritilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, mehmon uylari egalari bunday o‘zgarish yuzaga kelgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida, tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, vakolatli davlat organiga ma’lum qilishlari shart.
Mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar mehmon uylari egalari tomonidan vakolatli davlat organiga bevosita, pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda uni olganligi to‘g‘risidagi bildirish xati bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
25. Reyestrdan ko‘chirmani qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli davlat organ tomonidan mehmon uyi egasining hujjatlarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizasi va unga ilova qilingan hujjatlarni olgan kunidan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
26. Mehmon uyini Reyestrdan chiqarish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
mehmon uyi egasi tomonidan Reyestrdan ixtiyoriy ravishda chiqarish to‘g‘risida ariza berilsa;
xususiy tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoxud oilaviy tadbirkorlik subyekti belgilangan tartibda tugatilsa;
vakolatli davlat organi tomonidan o‘rganish va mehmon uylarida yashayotgan shaxslarni anketalashtirish davomida mazkur Nizom talablarining surunkali ravishda buzilishi aniqlansa.
O‘rganish vaqtida aniqlangan buzilishlar mehmon uyi egasi tomonidan bartaraf etilgandan so‘ng u Reyestrga kiritish to‘g‘risida takroran ariza topshirishi mumkin.
27. Ko‘chirma yo‘qolgan yoki shikastlangan taqdirda, mehmon uyi egasining yozma murojaatiga ko‘ra uning dublikati beriladi.
28. Vakolatli davlat organi arizani olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida ko‘chirma dublikatini, shuningdek, u shikastlangan taqdirda esa — ko‘chirmaning aslini berishi (yuborishi) shart.
29. Ko‘chirmani qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.
30. Vakolatli davlat organi Reyestrdan berilgan va qayta rasmiylashtirilgan ko‘chirmalar, shuningdek, Reyestrdan chiqarilgan mehmon uylari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning dolzarb holatda elektron ko‘rinishda saqlanishini va o‘zining butun jahon Internet axborot tarmog‘idagi veb-saytida onlayn rejimda e’lon qilinishini ta’minlaydi.
4-bob. Mehmon uylari tomonidan belgilangan talablarga rioya etilishi monitoringi
31. Vakolatli davlat organi mehmon uylari faoliyati va ular tomonidan mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan talablar bajarilishining monitoringini:
mehmon uylari tomonidan mazkur Nizom talablari (shu jumladan mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘zda tutilgan majburiy shartlar) buzilishi holatlarini aniqlash va ularning oldini olish;
mehmon uylari egalari va xodimlarining ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan insofsiz ahloqi va nohaq harakatlarini aniqlash va ularning oldini olish;
Reyestrga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash maqsadida amalga oshiradi.
32. Monitoring:
mehmon uylari va ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish;
mehmon uyi tashrif buyuruvchilarini (turistlarni) vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan shaklda anketalashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
5-bob. Mehmon uyi egasining va vakolatli davlat organining huquq va majburiyatlari
33. Mehmon uylari egalari quyidagi huquqlarga ega:
turar joy binosini o‘z ixtiyoriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining turarjoylar to‘g‘risidagi qonunchiligi va mazkur Nizomda belgilangan me’yorlar doirasida tasarruf etish;
ijarada turuvchilarni (turistlarni) mehmon uyiga ularni butunjahon Internet axborot tarmog‘i va axborot-turistik markazlari orqali, ular mavjud bo‘lmagan hollarda esa, bildirish tartibida hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilish yo‘li bilan ro‘yxatga qo‘yish orqali ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan joylashtirish;
tashrif buyuruvchilar (turistlar) tomonidan jamoat tartibi me’yorlari buzilgan hollarda joylardagi huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro bog‘lanib harakat qilish;
turizm faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish.
Mehmon uylarining egalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Mavsumiy bo‘lmagan davrda mehmon uylarining egalari ro‘yxatga olish va soliq organlariga mehmon uyi faoliyati vaqtincha to‘xtatish va ular o‘z faoliyatini vaqtincha amalga oshirmaydigan qayd etilgan davrga soliq hisoblanishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ariza berish yo‘li bilan vaqtincha o‘z faoliyatlarini to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladilar.
34. Vakolatli davlat organi mehmon uylari faoliyati monitoringini amalga oshirish, ular tomonidan mazkur Nizom talablarining o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarilishi maqsadida:
mehmon uylari faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan talablar buzilishi holatlari aniqlangan holatlarda mehmon uyi manziliga aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish uchun aniq muddatlar ko‘rsatilgan holda bajarilishi majburiy bo‘lgan ogohlantirish yuborish huquqiga ega.
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
35. Mehmon uylarining egalari:
faoliyatini qat’iy ravishda mazkur Nizom va turizm to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi;
sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlari, shuningdek, epidemiyaga qarshi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlashi;
Mehmon uylari reyestriga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgarganligi, shuningdek, o‘z faoliyatini tugatganligi to‘g‘risida uch ish kuni mobaynida vakolatli davlat organini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishlari shart.
Mehmon uylarining egalari qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
36. Vakolatli davlat organi quyidagilarga majbur:
vaqtinchalik yashash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi bilan tanishtirish uchun, shuningdek, rejali asosda mehmon uylari xodimlarining bilimi va malakasini oshirish imkonini beruvchi profilaktika va tushuntirish ishlari, master-klasslar, treninglar va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish;
mehmon uylarining samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkillashtirish va ta’minlashda har tomonlama yordam ko‘rsatish;
manfaatdor davlat organlari bilan hamkorlikda mehmon uylarining egalarini favqulodda vaziyatlardagi harakatlar tartibi bilan tanishtirish;
mehmon uylarining egalarini turizm sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlardagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida xabardor qilib borish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini mehmon uylari bilan o‘zaro munosabatlar sohasiga faol ravishda joriy qilib borish.
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
37. Mehmon uylari faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
38. Mazkur Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish
sxemasi
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Arizachi
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda vakolatli davlat organi deb ataladi) Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) kiritish uchun ariza beradi.
Arizachining xohishiga ko‘ra
↓
2-bosqich
Vakolatli davlat organi
Kelib tushgan arizani ilova qilingan hujjatlari bilan birga ko‘rib chiqadi va oilaviy mehmon uyini (keyingi o‘rinlarda mehmon uyi deb ataladi) talablarga muvofiqligini o‘rganadi, mehmon uyini o‘rganish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
Uch ish kuni davomida
Mehmon uyi belgilangan talablarga muvofiq bo‘lganda unga individual reyestr raqami beradi va arizachiga Mehmon uylari reyestridan ko‘chirma topshiradi.
Bir ish kuni davomida
Mehmon uyi belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda arizachiga muayyan nomuvofiqliklar ko‘rsatib o‘tilgan, mehmon uyini Reyestrga kiritishni rad etish to‘g‘risida yozma shakldagi bildirishnoma yuboradi.
Reyestrga kiritishni rad etish to‘g‘risida bildirishnomani olganda rad etish sabablarini bartaraf etadi va vakolatli davlat organiga qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi va qo‘shimcha dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Ikki ish kuni davomida
↓
5-bosqich
Vakolatli davlat organi
Mehmon uylari faoliyati monitoringini amalga oshiradi.
Doimiy
* Vakolatli davlat organi Reyestrga kiritishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan holatlarda arizachi 3 va 4-bosqichlardan o‘tadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda yaratiladigan majburiy sharoitlar
ro‘yxati
1.
Tashrif buyuruvchilar (turistlar) uchun sanitariya-gigiyena qulayliklarini tashkil etish:
1.1.
Umumiy foydalanish uchun sanitariya-gigiyena uzeli, vanna yoki dush kabinasining mavjudligi.
1.2.
Kanalizatsiya (suv chiqarish) yoki (axlat to‘kiladigan o‘rani tashkillashtirish yo‘li bilan) mahalliy inshootlarning mavjudligi.
1.3.
Yashash va jamoat joylarida tabiiy va sun’iy (shu jumladan fonarlar, shamlar va boshqa yoritish vositalaridan foydalanish hisobiga) yoritishning mavjudligi.
1.4.
Suv ta’minotining mavjudligi (shu jumladan suvni to‘plash uchun idishlar o‘rnatish yo‘li bilan).
2.
Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) xavfsizligini ta’minlash:
2.1.
O‘t o‘chirgichlar va tibbiyot dori qutisining mavjudligi.
2.2.
Shoshilinch yordam xizmatlarini chaqirish imkoniyati.
3.
Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) qulay va yaxshi yashashlari uchun sharoitlar tashkil qilish:
3.1.
Tutash hududning qulay va shinam bo‘lishi, oilaviy mehmon uyiga borish yo‘llari qattiq qoplamaga (shag‘alli, yog‘ochli) ega bo‘lishi kerak.
3.2.
Oilaviy mehmon uyining old tomonida “Oilaviy mehmon uyi”, “Semeyniy gostevoy dom” va “Family guesthouse” so‘zlarini o‘z ichiga olgan, oilaviy mehmon uyining o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi nomi ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar taxtasining (o‘lchami — eng kamida 60 sm x 80 sm) mavjudligi.
3.3.
Oilaviy mehmon uyiga kirishda o‘zbek, rus va ingliz tillarida quyidagi ma’lumotlar yozilgan ma’lumotlar taxtasining mavjudligi:
Oilaviy mehmon uylari yagona reyestridan ko‘chirma nusxasi;
shoshilinch xizmatlarning va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Call-markazining telefon raqamlari;
ko‘rsatiladigan xizmatlar preyskuranti;
ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tabiiy hodisalar, joylardagi xavflar to‘g‘risida ma’lumot.
3.4.
Umumiy foydalanish uchun mobil yoki statsionar telefon aloqasining mavjudligi.
3.5.
Yashovchilarni hisobga oluvchi maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturga ulanish. Butunjahon Internet axborot tarmog‘iga ulanmagan holatda yashovchilarni ro‘yxatga olish eng yaqin joylashtirish vositalari yoki turizm-axborot markazlari orqali tegishli hududiy ichki ishlar organlariga murojaat etgan holda amalga oshiriladi.
3.6.
Tashrif buyuruvchilarni (turistlarni) joylashtirish xonalarida karavotlar yoki matraslar, karavotlar / matraslar soni bo‘yicha choyshab-jildlar majmuining mavjudligi.
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga 2a-ILOVA
Oilaviy mehmon uylarini jihozlash va ular tomonidan qo‘shimcha xizmat turlarini ko‘rsatish bo‘yicha
O‘zbek, rus va ingliz tillarida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar taxtasining mavjudligi:
yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorni yoki oilaviy tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (manzil, telefon / faks raqami, elektron pochta manzili);
chaqiruv tez tibbiy yordami va hududiy ichki ishlar organlari xodimlarining kelish vaqti to‘g‘risida ma’lumot.
2.
Tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) beriladigan, diqqatga sazovor joylar bilan tanishish uchun yo‘nalishlar va treking yo‘nalishlar (qishloq, tog‘li joylar, suv havzalari va boshqalar) ko‘rsatib o‘tilgan joy xaritasi.
3.
Har bir xonada ichki saqlagichli qulflar yoki ilgaklari bo‘lgan eshiklarning mavjudligi.
4.
Avariya holatida yoritishning (turg‘un generator va akkumulyatorlar) mavjudligi.
5.
Oshxona yoki mustaqil ovqat tayyorlash uchun sharoitlarning, shuningdek oshxona anjomlari va asboblarining mavjudligi.
6.
Sovutgichning mavjudligi (xonada yoki umumiy foydalanish uchun).
7.
Har kishi boshiga 50 litr suv hisobidan minimal suv zaxirasi bo‘lgan idishning mavjudligi.
8.
Tashrif buyuruvchilarni (turistlarni) joylashtirish uchun mo‘ljallangan xonalarni har kuni tozalash hamda sanitariya-gigiyena uzeli va oshxonaga har kuni ishlov berish (dezinfeksiya).
9.
Bir yilda kamida bir marta deratizatsiya, dezinseksiya va dezodoratsiya yo‘li bilan xonalarga sanitariya ishlovi berish.
10.
Dam olish uchun joy / inshootning (mos bo‘lgan mebelli ayvon, supa, shiyponcha) mavjudligi.
11.
Vanna/dushxonalar uchun zarur jihozlarning (ko‘zgu, yuvinish ashyolari uchun tokcha, kiyimlar uchun ilgaklar, sochiq ilgich, shaxsiy gigiyenaning bir martalik vositalari (sovun yoki suyuq sovun, shampun) hamda hammom sochiqlari to‘plamining (ularni almashtirish imkoniyati bilan) mavjudligi.
12.
Tegishli jihoz va ventilatsiyali sanitariya-gigiyena uzelining mavjudligi (hojatxona kabinalari, qopqoqli unitaz/polga o‘rnatilgan unitaz, hojatxona simcho‘tkasi, hojatxona qog‘ozi, hojatxona qog‘ozini o‘rnatgich, chiqindi uchun savatcha, ko‘zguli bet-qo‘l yuvgich, sovun yoki suyuq sovun, matoli yoki qog‘ozli sochiqlar, kiyim uchun ilgaklar).
13.
Havoning normal sirkulatsiyasini ta’minlaydigan va yashash xonalari va jamoat joylariga yoqimsiz hidlar va hasharotlarning kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan shamollatish yoki havoni konditsiyalash tizimining mavjudligi.
14.
Qo‘shimcha xizmat turlarini taqdim etish:
manzarali joylar va suratga olish uchun qulay vaqt to‘g‘risida ma’lumot;
madaniy va ko‘ngilochar dam olish joylarining joylashishi, ziyorat joylari, tashrif buyuruvchilar (turistlar) kelgan vaqtda o‘tkaziladigan madaniy tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot;
milliy taomlarni tayyorlash, hunarmandlik buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mahorat darslarini hamda ushbu jarayonda tashrif buyuruvchining (turistning) bevosita ishtirokidagi boshqa tadbirlarni tashkillashtirish va o‘tkazish;
tashrif buyuruvchining (turistning) milliy an’analarda hamda bayramlarda ishtirok etishini tashkillashtirish (“Kelin salom”, “Beshik to‘y”, Navro‘z, xalq sayillari va boshqalar);
kir yuvish xonasi;
taksi chaqirish;
baliq ovi va ov qilish;
ot minish darslari;
hammom, basseyn, sport anjomlarining ijarasi;
avtomobil to‘xtash joyining mavjudligi;
gidlar, yo‘l boshlovchi-instruktor yoki o‘lkashunoslarni jalb qilish.
15.
Oilaviy mehmon uylari egalari va ishchilarini mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish sohasida malaka oshirish va xodimlarni qayta tayyorlash kurslarida davriy ravishda o‘qitish.
* Oilaviy mehmon uylarini jihozlash hamda ular tomonidan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar majburiy emas va Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga 2b-ILOVA
Oilaviy mehmon uylarida mavjud bo‘lishi tavsiya etiladigan buyumlar
So‘zana, qumg‘on (ko‘za), sopol buyumlar va xonalarni bezash uchun milliy hunarmandchilikning boshqa buyumlari.
* Oilaviy mehmon uyini ta’mirlash va obodonlashtirish uchun qurilish materiallari va boshqa zarur materiallar ro‘yxati har bir alohida muayyan holatda bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Oilaviy mehmon uylari yagona reyestriga kiritiladigan
Xususiy yoki oilaviy tadbirkorlik subyekti (arizachi)ning nomi.
2.
Oilaviy mehmon uyining pochta manzili (joylashgan joyi).
3.
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami.
4.
Arizachi to‘g‘risida ma’lumot (F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili).
5.
Individual reyestr raqami va Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritilgan sanasi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
___________________________________ (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining nomi)
_______________________________________________________________________________ shaxs nomidan,
(oilaviy mehmon uyi egasining lavozimi, F.I.O.)
_______________________________________________________________ manzil bo‘yicha taqdim etiladigan,
(viloyat, tuman, shahar, ko‘cha, bino raqami)
_________________________________________________________ oilaviy mehmon uyi xizmatini ko‘rsatish
(xonalar va joylar soni)
xavfsizlik talablariga muvofiq kelishini ma’lum qiladi va uni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritishni so‘raydi. 2. Arizachi qonun hujjatlarida belgilangan barcha shartlarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi. 3. Arizaga hujjat va ma’lumotlar ___ varaqda ilova qilinadi.
___________________________ (arizachining shaxsiy imzosi)
20__ yil “___” __________ (sana)
M.O‘. (mavjud bo‘lganda)
Ariza shaklini olish uchun QR-kod
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Oilaviy mehmon uyini o‘rganish dalolatnomasi №____
20__ yildagi “___” __________
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi _____________________________________________________________________ hududiy bo‘linmasi xodimi
20__ yil “___” __________da __________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________, (arizachining manzili)
oilaviy mehmon uyi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritish maqsadida arizachi _________________________________________________________________________ ishtirokida o‘rgandi.
(F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili)
Tavsiya etiladi: ______________________________________________________________________________ Xulosa: ____________________________________________________________________________________
_______________________________
_________
____________________
(xodim lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Dalolatnoma bilan tanishdim va bitta nusxasini oldim
_____________________________________
__________________
(arizachining F.I.O.)
(imzo)
20__ yil “___” __________
M.O‘. (mavjud bo‘lganda)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan ko‘chirma Oilaviy mehmon uylari yagona reyestriga kiritilgan _______________________________________________ga
beriladi
(arizachining F.I.O.)
20___ yil “____” _____________.
Ro‘yxatga olish raqami:
(sana, oy (so‘z bilan), yil)
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR):
�
Pasport seriyasi
raqami
berilgan
y.
___________________________________________________________________________________________ (pasport bergan organning to‘liq nomi) Oilaviy mehmon uyi manzili: __________________________________________________________________
___________________________________________________________________________ (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining to‘liq nomi)
QR-kod uchun joy
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalarining 3-bandidagi “milliy mehmonxona uylari” so‘zlari “oilaviy mehmon uylari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatida:
III bo‘limga quyidagi mazmundagi 352 -band qo‘shilsin:
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/477/0801-son, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 27.07.2022-y., 09/22/407/0679-son)