|
T/r |
Tadbirning nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Ijro uchun masʼullar |
|
I. Axborotlashgan jamiyatni jadal shakllantirish | ||||
|
1. |
Virtual makonda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi kitob fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari zaxiralaridan ommaviy foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2018-yil |
Matbuot va axborot agentligi, |
|
2. |
“Vikipediya” internet-ensiklopediyasini Oʻzbekiston toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldirish, shuningdek, “Vikipediya”ning oʻzbek tilidagi versiyasi mundarijasini boyitish boʻyicha koʻngillilarni jalb etish mexanizmlarini ishlab chiqish. |
Ijrochilarning qoʻshma rejasi |
2018-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
3. |
usport.uz loyihasi doirasida doimiy ravishda yangilanib turadigan sportchilar va Oʻzbekistonda mavjud yangi sport turlari haqida maʼlumotlar bazasini yaratish. |
Ijrochilarning qoʻshma rejasi |
2019-yil mart |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |
|
4. |
“Safar kompasi” axborot tizimini maʼlumotlar bilan toʻldirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish va loyihani Internetda yanada ommalashtirish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
Doimiy |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, |
|
5. |
Butunjahon Internet axborot tarmogʻi, ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatning boy madaniy va tarixiy merosi haqida maʼlumot berishga qaratilgan “Virtual dunyoda Oʻzbekiston muzeylari” loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2018-yil avgust |
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, |
|
6. |
Virtual makonda Oʻzbekistonning investitsion va iqtisodiy salohiyatini namoyish etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, maxsus portallarni mahalliy va xorijiy investorlarni Oʻzbekiston iqtisodiyoti va ijtimoiy-gumanitar sohalariga investitsiya kiritishga jalb etishga qaratilgan axborotlar bilan toʻldirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori |
2018-yil noyabr |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, |
|
7. |
Jahonga taniqli diniy arboblarning radikalizm, ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlarini ochib beruvchi fikrlarini toʻplash, tarjima qilish va diniy-maʼrifiy veb-saytlarga joylashtirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni |
2018 — 2021 yillar mobaynida |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, |
|
8. |
Butunjahon Internet axborot tarmogʻida mualliflik huquqiga amal qilgan holda badiiy, hujjatli, madaniy-maʼrifiy filmlarni joylashtirib bori�. |
Ijrochilarning chora-tadbirlar rejasi |
Doimo |
“Oʻzbekkino” milliy agentligi, |
|
9. |
Oʻzbekistonning global virtual makondagi turistik salohiyatini taʼminlash, turizm sohasida faol reklama va axborot siyosatini olib borish, boy tarixiy-madaniy merosni keng targʻib qilish, mamlakatning turistik imijini rivojlantirish, milliy turistik mahsulotlar va brendlarni xalqaro turistik bozorlarga jalb etishga qaratilgan “Visit Uzbekistan” (“Uzbekistan — your dreams”, “Oʻzbekiston — orzuingizdagi mamlakat”, “Wonderful Uzbekistan”, “Gʻaroyib Oʻzbekiston” va hokazo) loyihalarini amalga oshirish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2019-yil yanvar |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, |
|
10. |
Global virtual makonda Oʻzbekistonning kitob mahsuloti, xususan, jahon adabiyotining durdona asarlarini tarjima qilish va chop etish, oʻzbek adabiyotining mumtoz va zamonaviy namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish, mamlakat hududlarida va chet ellarda kitob doʻkonlari tarmogʻini yanada rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Ijrochilarning qoʻshma ish rejasi |
2018-yil sentyabr |
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, |
|
11. |
Oʻzbekiston arboblari (arboblar.uz) loyihasi kontentini maʼlumotlar bilan toʻldirish. Ijtimoiy tarmoqlarda arboblar haqidagi maʼlumotlarni ommalashtirish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Har yili |
“Oʻzbekkino” MA, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, |
|
12. |
Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va qoʻllab-quvvatlash, mamlakatning jahon reytinglarida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar rivojlanishdagi oʻrnini izchillik bilan oshirib borish, jahon va mintaqa bozorlarida milliy brendlarni targʻib etish sohasida ijtimoiy va davlat-xususiy hamkorligini tashkil qilish boʻyicha kompaleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
Ijrochilarning qoʻshma chora-tadbirlar dasturi |
Doimo |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
II. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan barqaror, tizimli muloqotini taʼminlash va axborot-kommunikativ aloqalarini kuchaytirish | ||||
|
13. |
Milliy va xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rasmiy sahifalarini yanada faollashtirish va rivojlantirish, Internet jahon axborot tarmogʻida ularning faoliyatini keng yoritishga axborot xizmatlarini jalb qilish. |
Idoraviy dasturlarni qabul qilish |
2018-yil |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari |
|
14. |
Ijtimoiy, ilovali texnologiyalar, maʼlumotlar tahlili texnologiyalari, Buyumlar internetini davlat boshqaruvi tizimiga keng joriy qilishga qaratilgan davlat sektorining unumli faoliyatini taʼminlash, shu jumladan, davlat xaridlari sohasida raqamli texnologiyalarni qoʻllash, egalik huquqlarini roʻyxatdan oʻtkazish. |
Idoralararo rejalarni qabul qilish |
2018-yil |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari |
|
15. |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini raqamlashtirish, davlat xizmatchisining raqamli ish joyini tashkil qilishning tegishli texnologik konsepsiyasi boʻyicha rejalarni ishlab chiqish va joriy qilish. |
Idoraviy dasturlarni qabul qilish |
2018-yil |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari |
|
16. |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, aholi bilan, eng avvalo, joylarda muhim masalalarni hal qilishda samarali qaror qabul qilish, ularning ochiqligi va shaffofligiga innovatsion yondashuvni joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Qonun hujjatlari loyihalarining ijtimoiy muhokamasi va jamoatchilik ekspertizasi tizimini keng qoʻllash, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ularning masʼul mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilinayotgan fuqarolarning huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga taalluqli qarorlarini aholiga tushuntirish. |
Idoraviy dasturlarni qabul qilish |
2018-yil |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari |
|
17. |
Nodavlat notijorat tashkilotlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari bilan Internet va raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalangan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning amal qilishi boʻyicha aholi bilan amaliy va samarador aloqani tashkil qilish, jamoatchilik fikrini oʻrganish va monitoring olib borish. |
Idoraviy hujjatlar |
2018-yil |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari |
|
18. |
Jamoatchilik bilan aloqalarni zamonaviy koʻrinishda rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va ularning monitoringini amalga oshirish, aholi bilan ochiq muloqotning yangi taʼsirchan mexanizm va usullarini joriy qilish. |
Chora-tadbirlar dasturlari |
2018-yil |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari |
|
III. Davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, aholining kundalik hayotiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish | ||||
|
19. |
Telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiyalash, “oxirgi mil” tamoyili asosida Internetga kirishni kengaytirish, mobil aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, logistika va pochta aloqasi xizmatlarini k?rsatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
20. |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari axborot tizimlari va resurslari, idoralararo elektron aloqa, yagona elektron roʻyxatga olish va maʼlumotlar bazalari, elektron va virtual davlat xizmatlari tizimlarini “yagona darcha” tamoyili asosida rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
21. |
Yangi dasturiy mahsulotlar, maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarga elektron davlat xizmatlari koʻrsatishni keng joriy etish, jamiyat va biznes uchun ortiqcha maʼmuriy xarajatlarni bartaraf etish, hujjat ishlarini qisqartirish. |
Ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish |
2018-yil sentyabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
22. |
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirishga qaratilgan sharoitlarni tashkil etish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun davlat-xususiy sektor hamkorligi mexanizmlarini keng joriy etish, zamonaviy raqobatbardosh va eksportga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnoparklar va kovorking markazlari faoliyatini tashkil etishga qaratilgan seminarlar tashkil etish. |
Seminarlar rejasi |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
23. |
Milliy axborot tizimining axborot xavfsizligini taʼminlash, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish, tarmoqlarni himoya qilish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shaxsiy va biometrik maʼlumotlarni xavfsiz toʻplash |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil yanvar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari |
|
24. |
Qishloq xoʻjaligi sektorini raqamlashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, qishloq yoshlarining noqonuniy mehnat migratsiyasini qisqartirishga qaratilgan qishloq infratuzilmasi, qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga, innovatsiyalar, nanotexnologiyalarni qoʻllagan holda yangi ish oʻrinlari tashkil etishni targʻib etishga qaratilgan portal tashkil qilish va uni muntazam ravishda axborot-tahliliy maʼlumotlar, foto va video materiallar bilan boyitib borish. |
Portal tashkil qilish |
2018-yil |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, |
|
IV. Oʻzbekistonning tezkor “raqamli taraqqiyoti”, uning iqtisodiyoti, ijtimoiy, sotsial va gumanitar sohalarini biznes va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligida rivojlantirish uchun tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish | ||||
|
25. |
Qattiq va yumshoq raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni ishlab chiqish, ularni tarqatish va oʻlchash bosqichlarini aniqlash, davlat-xususiy hamkorlikning tegishli modellarini yaratish va zarur investitsiyalarni jalb qilish. |
Taraqqiyot dasturi |
2019-yil |
Iqtisodiyot vazirligi, |
|
26. |
Taʼlimni raqamlashtirishga qaratilgan taʼlim muassasalari va oʻquvchilarining umumiy foydalanishlari uchun interfaol va multimedia kontentini qoʻllab-quvvatlash orqali taʼlim resurslari va raqamli platformalarni, shu jumladan, taʼlim muassasalarining asosiy jarayonlari uchun avtomatlashtirish vositalarini yaratish; raqamli oʻquv muhitini yaratish uchun innovatsion kompyuter, multimedia va kompyuterga asoslangan oʻquv qoʻllanmalari va jihozlarini ishlab chiqish va joriy etish (multimedia sinflari, laboratoriya STEM-markazlari, inklyuziv sinflar, aralash sinflar); talabalar uchun barcha darajadagi oʻquv yurtlarida sinf xonalari va auditoriyalarda keng polosali Internet tarmogʻidan foydalanishni tashkil etish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori va chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
27. |
Sogʻliqni saqlash sohasini raqamlashtirishga qaratilgan axborot, aloqa va raqamli texnologiyalar yordamida bemorlar, tibbiyot xodimlari va muassasalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni taʼminlash, tibbiy hujjatlarni elektron shaklga oʻtkazish, tibbiy va tegishli xizmatlarni raqamlashtirish; Fuqarolarga masofadan tibbiy yordam koʻrsatish va shifokorlarning, ayniqsa, qishloq joylarda faoliyat yuritishini taʼminlash uchun teletizimlarni joriy etish; tibbiy yordam koʻrsatish tizimining sifati, samaradorligini oshirish, onlayn-diagnostikani tashkil etish, inson salomatligi holati doimiy monitoringini olib borishning datchiklar va sensorlari, Internet vositalarni rivojlantirish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori va chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil dekabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
|
28. |
Internetda, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritish odob-axloqi boʻyicha davlat organlarining axborot xizmatlari uchun tavsiyalar tayyorlash. |
Tavsiyalar tayyorlash |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
29. |
Ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlarining axborot xizmatlari faoliyati monitoringini olib borish va tegishli tahliliy maʼlumotlar tayyorlash. |
Tahliliy maʼlumot tayyorlash |
Har chorakda |
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, |
|
30. |
Davlat organlari faoliyati ochiqligi, axborot xizmatlarining davlat ichki va tashqi siyosatini keng ochib berishi boʻyicha faoliyat samaradorligini oshirish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyati ochiq va oshkoraligi, axborotdan erkin foydalanishni taʼminlash. |
Idoraviy dasturlar |
Doimiy |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari |
|
31. |
Internet va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan materiallarga (voqea-hodisalarga) davlat organlarining oʻz vaqtida javob qaytarishi mexanizmini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2019-yil mart |
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, |
|
32. |
Turizm sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, sayyohlar, ayniqsa, yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratish; mintaqaviy va hududiy miqyosda “aqlli” sayyohlik yoʻnalishlari (Smart Tourist Destination)ni joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish; virtual turlarni yaratish, 3D-modellash, sayyohlik obyektlariga veb-kameralar joylashtirish, QR-kodlar, RFID-belgilar, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish, sayyohlarning toʻgʻrilik va elektron kartochkalar dasturini kiritish; sayyohlik joylari va dam olish maskanlarida sayyohlik uchun mobil ilovalar (qatnov yoʻnalishi xaritasi, audiogid, geolokatsiya) yaratish; muzeylarni raqamlashtirish (koʻp tilli elektron kataloglar, virtual va kengaytirilgan voqeliklar, audio va video qoʻllanmalar)ga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori va chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, |
|
V. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makondagi mavjudligini taʼminlash, aholining axborot va raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishni nazarda tutuvchi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni tashkil etish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish | ||||
|
33. |
Internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirish, ijtimoiy tarmoqlarda axloq qoidalari boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari tayyorlash, turli axborotlarni toʻgʻri qabul qilish qobiliyati boʻyicha qoidalarni ishlab chiqish, Internet jahon axborot tarmogʻida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tahdidlarning oldini olish. |
Seminarlar va amaliy chora-tadbirlar rejasi |
Har yili |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, |
|
34. |
Davlat organlari axborot xizmatlari mutaxassislariningaxborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli texnologiyalardan foydalanish, virtual dunyo imkoniyatlaridan keng foydalangan holda jamoatchilik bilan aloqalarni samarali tashkil etish boʻyicha malakalarini muntazam oshirishni tashkil etish. |
Oʻquv kurslarini tashkil qilish |
Doimiy ravishda |
Bosma OAV fondi, |
|
35. |
Yosh dasturchilar maktablari, xususan, AKT maktabi faoliyatiga koʻmaklashish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori va chora-tadbirlar rejasi |
Har yili |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, |
|
36. |
Shaharlar va aholi punktlarida aqlli shaharlar modelini (raqamli texnologiyalar, Internet tarmogʻidan foydalanish, “yashil” texnologiyalar, “smart-tarmoqlar” va boshqalardan foydalangan holda) yanada rivojlantirishga qaratilgan tegishli shaharlar “yoʻl xaritalari”ni shakllantirish va shaharlar loyihalarini raqamlashtirishni qoʻllab-quvvatlashning asosi sifatida milliy “yoʻl xaritalari” va raqamli transformatsiyalash freymvorkini ishlab chiqish; dunyoning rivojlangan mamlakatlari, “aqlli” shaharlari tajribalaridan kelib chiqib, aqlli shahar konsepsiyasining milliy platforma-katalogini tashkil etish; aqlli shaharlarni boshqarishning xalqaro standartlarini joriy qilish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori va chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |
|
37. |
Diniy va maʼrifiy mazmundagi axborot resurslarini koʻpaytirish va ommalashtirish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
Doimo |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, |
|
38. |
Istiqbolli texnologiyalar va mahsulotlarni kiritish boʻyicha iqtisodiyot va sanoat ishlab chiqarishida 4.0 sanoati texnologik konsepsiyasi modelini ishlab chiqish maqsadida tadqiqotlar oʻtkazish. |
Tadqiqotlar oʻtkazish |
Doimo |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, |
|
VI. Global virtual va raqamli makonni shakllantirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro axborot makonida Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish, mamlakatning milliy manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish | ||||
|
39. |
Internet axborot tarmogʻining milliy segmentida axborot mahsulotlarini tarqatishda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilishning samarali mexanizmlarini yaratish va qoʻllash. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Doimo |
Adliya vazirligi, |
|
40. |
Raqamli sanoatni rivojlantirish, soliq sohasini raqamlashtirish, milliy qonunchilikni naqd pulsiz toʻlovlar va hisob-kitoblar sohasida xalqaro qonunchilik normalariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash |
Doimo |
Iqtisodiyot vazirligi, |
|
41. |
Oʻzbekistonning xalqaro nufuzi va imijini oshirish, shu jumladan, Internet va raqamli texnologiyalarni keng qoʻllash orqali Oʻzbekistonning milliy brendini jahon bozorida faol ragʻbatlantirish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori va amaliy rejasi |
Doimo |
Tashqi savdo vazirligi, |
|
42. |
Mahalliy mahsulotlarning jozibadorligini oshirish, eksportni ragʻbatlantirishni hisobga olgan holda uni tashqi bozorlarga olib chiqish, shu jumladan, “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida oʻzbek mahsulotlarining virtual koʻrgazmalarini oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilish. |
Vazirlar Mahkamasi yigʻilish bayoni |
2019-yil |
Tashqi savdo vazirligi, |
|
43. |
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qonunchilik, institutsional va boshqa toʻsiqlarni bartaraf etish, biznes tuzilmalar va fuqarolar tomonidan raqamli texnologiyalardan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, talab va ehtiyojlarni shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash |
2019-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |