1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi namunalarini, shuningdek, ularni tayyorlash, ishlatish, saqlash va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi namunalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i va farqlash belgisini tayyorlash, ishlatish, saqlash va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi o‘zi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-avgust,
630-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 630-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i
TAVSIFI
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i (keyingi o‘rinlarda bayroq deb ataladi) taraqqiyot va barqarorlikni ifoda etuvchi och yashil rangli to‘g‘ri burchakli mato ko‘rinishiga ega.
Bayroqning uzunligi — 250 sm, eni — 125 sm.
Bayroq markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona organlarining farqlash belgisi (keyingi o‘rinlarda farqlash belgisi deb ataladi) tasvirlangan.
Masofasi:
bayroqning tepa va pastki chekkasidan farqlash belgisigacha —10,25 sm;
bayroqning chap va o‘ng chekkasidan farqlash belgisigacha — 72,75 sm;
O‘lchami:
farqlash belgisining balandligi va eni — 104,5 sm;
farqlash belgisi oq halqaning eni — 1,2 sm;
farqlash belgisi och yashil rangli doirasimon chizig‘ining eni — 7,43 sm;
farqlash belgisining “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “DAVLAT BOJXONA XIZMATI” yozuvlarining hajmi — 3 sm;
globus diametri — 56,5 sm;
farqlash belgisi kartasining balandligi — 32,55 sm, eni — 49,64 sm;
farqlash belgisining Merkuriy tayog‘i qanotlari eni — 39,39 sm va tayoqning uzunligi — 44,6 sm;
farqlash belgisining sakkiz qirrali ikkita yulduzi diametri — 5,46 sm;
Bayroq boshqa o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin, ammo hamma hollarda bayroqning eni uning uzunligiga nisbati 1:2 ni tashkil etishi shart.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 630-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining farqlash belgisi
TAVSIFI
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining farqlash belgisi (keyingi o‘rinlarda farqlash belgisi deb ataladi) mustahkamlik va doimiylikni ifoda etuvchi kumush rangli sakkiz qirrali shaklga ega bo‘lib, uning ichki qismida sakkiz qirralikdan oq rangli halqa bilan ajratilgan yashil rangdagi doirasimon chiziq bilan o‘ralgan kumush rangli globus tasvirlangan.
Doirasimon chiziqning yuqori qismida oq rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, pastki qismida “DAVLAT BOJXONA XIZMATI” so‘zlari yozilgan. Yozuvlar sakkiz qirrali oltinsimon rangli ikkita yulduz bilan ajratilgan.
Globusning markazida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini birgalikda himoya qilishni va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashni, shuningdek, jahonning barcha mamlakatlari bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash ma’nosini anglatuvchi bronza rangidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi tasvirlangan, uning markazida o‘tkir tig‘i bilan pastga qaragan vertikal holatdagi tilla rangli ikki tomonidan ilonlar bilan o‘ralgan qanotli tayoq (Merkuriy tayog‘i) tasvirlangan.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 630-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i va farqlash belgisini tayyorlash, ishlatish, saqlash va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining (keyingi o‘rinlarda bojxona organlari deb ataladi) bayrog‘i va farqlash belgisini tayyorlash, ishlatish, saqlash va yo‘q qilish tartibini belgilaydi.
2. Bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi bojxona organlarining rasmiy ramzlari hisoblanadi.
3. Bojxona organlarining bayrog‘i o‘lchamidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaga aniq muvofiq bo‘lishi kerak.
4. Bojxona organlari farqlash belgilarining metall, gips va boshqa materiallardan tayyorlangan gravyura, zarb qilish shaklidagi tasviri hamda bojxona organlari farqlash belgisining tayyorlangan hajmining shakllari ularning o‘lchamidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaga aniq muvofiq bo‘lishi kerak.
2-bob. Bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisini tayyorlash va ishlatish
5. Bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisini tayyorlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Bojxona organlarining bayrog‘i doimiy ravishda:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti;
(6-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-apreldagi 296-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 09/19/296/2922-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi;
chegara bojxona postlarining ma’muriy binolarida;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti;
(6-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-apreldagi 296-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 09/19/296/2922-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi majlislar zallarida;
v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshliqlari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti boshlig‘i;
(6-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-apreldagi 296-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 09/19/296/2922-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi direktori;
bojxona postlari boshliqlarining xizmat xonalarida;
g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi muzeyi va bojxona organlarining ma’naviyat va ma’rifat xonalarida;
d) bojxona organlarining ixtiyoridagi daryo kemalarida ko‘tariladi.
7. Bojxona organlarining bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayroqlari bilan bir vaqtda ko‘tarilganda o‘ng tomondan ko‘tarilishi kerak (binoning fasad qismiga qarab turganda).
Bojxona organlarining bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayroqlari bilan bir tekis joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
8. Bojxona organlarining bayrog‘i binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul bo‘lgan boshqa joyda, yoxud tegishli tutqichi bo‘lgan dastada, yo bo‘lmasa flagshtokda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko‘pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda ko‘tariladi.
Ko‘tarib qo‘yilgan bojxona organlari bayrog‘ining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bo‘lishi kerak.
9. Bojxona organlarining farqlash belgisi tasviri:
a) doimiy ravishda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha va “Tashkent-AERO” ihtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqarmalari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti;
(9-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-apreldagi 296-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 09/19/296/2922-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi;
chegara bojxona postlarining ma’muriy binolarida;
b) doimiy ravishda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha va “Tashkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqarmalari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti;
(9-bandning “b” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-apreldagi 296-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 09/19/296/2922-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazining majlislar zalida;
v) doimiy ravishda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha va “Tashkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqarmalari boshliqlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti boshlig‘ining;
(9-bandning “v” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-apreldagi 296-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 09/19/296/2922-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi direktorining;
bojxona postlari boshliqlarining xizmat xonalarida;
g) hajmli belgi shaklida bojxona organlari mansabdor shaxslarining formali va maxsus kiyim-boshida;
d) bojxona organlari tasarrufidagi avtotransport vositalari va daryo, havo kemalarida (boshliqlar tarkibi va operativ bo‘linmalar avtotransport vositalaridan tashqari);
e) bojxona organlarining rasmiy veb-saytlari va nashrlarida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyurtmalari bo‘yicha chop etiladigan bosma mahsulotlarda hamda uning buyurtmasiga asosan chiqariladigan kino-, video- va fotomateriallarda;
j) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyurtmalari bo‘yicha tayyorlanadigan reklama-axborot va esdalik mahsulotlarida, shu jumladan, vimpellarda joylashtiriladi.
10. Bojxona organlari bayrog‘i va farqlash belgisining tasviridan:
o‘quv-tarbiya jarayonida;
bojxona organlari tizimida mukofotlar elementlari sifatida foydalanish;
bojxona organlariga tegishli ekanligini belgilash maqsadida buyumlarda joylashtirish mumkin.
11. O‘zbekiston Respublikasida bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisining tasviridan peshtaxta, blanka, hisob raqamlari va boshqa hujjatlarda, e’lonlar va reklamalarda, tovarlar va ularning o‘ramida, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tijorat faoliyatini amalga oshirishda bojxona organlarining nomlariga o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalanish taqiqlanadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarning belgisi va atributikasida bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi bilan o‘xshash elementlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3-bob. Bojxona organlari bayrog‘i va farqlash belgisini saqlash
12. Bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisini saqlash bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi hisobini yuritish, berish, ishlatish, saqlash uchun mas’ul bo‘lgan, bojxona organlari rahbariyati tomonidan tayinlanadigan bojxona organlari mansabdor shaxslari (keyingi o‘rinlarda mansabdor shaxslar deb ataladi) tomonidan ta’minlanadi.
13. Bojxona organlarining bayroqlari va farqlash belgilari keyinchalik foydalanish uchun yaroqsizligi aniqlanganda, mansabdor shaxs ularni almashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.
14. Binoning old tomonida bojxona organlari bayrog‘ini almashtirish eskirishiga qarab, biroq bir yilda ko‘pi bilan to‘rt marta amalga oshiriladi. Bino ichida va majlislar zallaridagi bayroq uch yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan muddatda almashtiriladi. Agar belgilangan muddat tamom bo‘lgandan keyin bojxona organlarining bayrog‘i qoniqarli holatda bo‘lsa, u almashtirilmaydi.
15. Bojxona organlarining farqlash belgisi ko‘pi bilan besh yilda bir marta almashtiriladi. Agar 5 yil o‘tgach belgi qoniqarli holatda bo‘lsa, u almashtirilmaydi.
4-bob. Bojxona organlari bayrog‘i va farqlash belgisini yo‘q qilish
16. Dastlabki ko‘rinishini yo‘qotgan yoki foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan bojxona organlarining bayroqlari va farqlash belgilari qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Dastlabki ko‘rinishini yo‘qotgan yoki foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan bojxona organlarining bayroqlari va farqlash belgilarini yo‘q qilish qayta foydalanishni istisno etish maqsadida yoqish, eritish va maydalash yo‘llari orqali amalga oshirilishi shart.
Foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan bojxona organlarining bayroqlari va farqlash belgilarini yo‘q qilish to‘g‘risida tegishli dalolatnoma tuziladi.
Bayroqlar va farqlash belgilarini yo‘q qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi arxivida saqlanadi.
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Bojxona organlari xodimlari bojxona organlari bayrog‘i va farqlash belgisini hurmat qilishlari shart.
19. Bojxona organlari bayrog‘i va farqlash belgisi butun hamda rangi buzilmagan holda ko‘tariladi va joylashtiriladi.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 203-moddasi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/630/1636-son; 11.04.2019-y., 09/19/296/2922-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)