1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.05.00 Bojxona rejimi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oʻzaro hamkorligi mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oʻzaro hamkorligi mexanizmi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-avgust,
617-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-avgustdagi 617-son qaroriga ILOVA
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.05.00 Bojxona rejimi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oʻzaro hamkorligi mexanizmi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish maqsadida davlat soliq va bojxona xizmatlari oʻrtasida axborot almashish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga muvofiq bojxona imtiyozlari berilgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda soliq toʻlovchilar deb ataladi) tatbiq etiladi.
3. Kameral nazorat soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan tartibda berilgan moliyaviy va soliq hisobotlari, bojxona yuk deklaratsiyalari, shuningdek, soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi oʻrtasida axborot almashish predmeti hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtadigan tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq taqdim qilinishi nazarda tutilgan bojxona yuk deklaratsiyalari, tovarlar toʻgʻrisidagi hujjatlar va maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirayotgan soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oʻzaro hamkorligi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan bojxona imtiyozlari berilgan soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qilish tartibi
6. Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan bojxona imtiyozlari berilgan soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasiga onlayn rejimda taqdim qiladi.
7. Bojxona imtiyozlari berilgan soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida olingan maʼlumotlar ushbu maʼlumotlardan kameral nazorat qilish jarayonida foydalanish uchun Davlat soliq qoʻmitasining yagona maʼlumotlar bazasiga avtomatik tarzda kiritiladi.
3-bob. Davlat soliq xizmati organlarining majburiyatlari
8. Kameral nazorat qilish jarayonida davlat soliq xizmati organlari:
kameral nazorat qilishda soliq toʻlovchilarni ularning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishga;
qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sir saqlanishiga rioya qilishga;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
kameral nazoratni tartibga solish boʻyicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilishga majburdir.
4-bob. Kameral nazorat qilish mexanizmi va uning natijalarini tahlil qilish
9. Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi va soliq toʻlovchilardan olingan maʼlumotlar asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan kameral nazorat qilinishi monitoringini olib boradi.
10. Davlat soliq xizmati organlari soliq toʻlovchilar tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarini, shuningdek, bojxona organlaridan olingan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bojxona yuk deklaratsiyalarini tahlil qilish asosida har chorakda bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllagan barcha soliq toʻlovchilar boʻyicha berilgan bojxona imtiyozlaridan foydalanishni ularning faoliyatiga aralashmasdan tahlil qilish asosida kameral nazorat qiladi.
11. Kameral nazoratni amalga oshirishda bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlardan foydalanishning maqsadi va olib kirilayotgan tovarlardan amalda foydalanish solishtiriladi, xususan, davlat soliq xizmati organlari tomonidan:
unga muvofiq bojxona imtiyozlari berilgan normativ-huquqiy hujjatning mavjudligi;
qoʻllanilgan imtiyozlarning buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishi va boʻshagan mablagʻlardan normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan maqsadda foydalanish;
tovar-moddiy zaxiralardan va asosiy vositalardan belgilangan maqsadlarda foydalanish va imtiyozli davrning bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilishiga muvofiqligi aniqlanadi.
12. Kameral nazorat qilishda davlat soliq xizmati organi xodimi bojxona xizmati organidan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashga taalluqli tegishli hujjatlarni soʻrashga haqli.
13. Kameral nazorat natijalari boʻyicha davlat soliq xizmati organi xodimi tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomada tafovutlar holatlari va bojxona imtiyozlaridan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanish sabablari koʻrsatiladi.
14. Dalolatnomaning bitta nusxasi shu kunning oʻzida bojxona imtiyozlaridan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanishga yoʻl qoʻygan soliq toʻlovchiga yuboriladi.
15. Kameral nazorat jarayonida soliq toʻlovchi aniqlangan tafovutlar boʻyicha yozma yoki elektron shakllarda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilgan holda asoslashni taqdim qilish huquqiga ega.
5-bob. Kameral nazorat natijalarini amalga oshirish mexanizmi
16. Davlat soliq qoʻmitasi berilgan bojxona imtiyozlaridan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanish boʻyicha aniqlangan holatlar va qoʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har choraklik asosida Davlat bojxona qoʻmitasiga yuboradi.
17. Davlat bojxona qoʻmitasi aniqlangan holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olinganidan soʻng uch ish kuni mobaynida ushbu maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun belgilangan tartibda hududiy bojxona organlariga yuboradi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oʻzaro hamkorligi mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oʻzaro hamkorligi
SXEMASI
Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oʻzaro hamkorligi mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Bojxona imtiyozlari berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar haqida
MAʼLUMOT
T/r
STIR
KTUT kodi
Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili)
U asosida imtiyozlar berilgan normativ-huquqiy hujjatning nomi, raqami va sanasi
YUBD
T/r
TIF TN boʻyicha tovarning nomi va kodi
Bojxona toʻlovlari turlari boʻyicha berilgan imtiyozlar summasi (soʻmda)
bojxona boji
aksiz
QQS
kuzat/hud. yigʻimi
jami
Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oʻzaro hamkorligi mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Berilgan bojxona imtiyozlaridan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanishni kameral nazorat qilishning _______ -son dalolatnomasi
____________________________ (dalolatnoma tuzilgan joy)
________________________________________________________________________________________________ (kameral nazorat qilgan organning nomi)
________________________________________________________________________________________________ (tekshiruvchilarning (tekshiruvchining) lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi)
________________________________________________________________________________________________ (tekshirilayotgan yuridik shaxsning joylashgan joyi va boʻysunuvi)
otasining ismi (mavjud boʻlsa) turar joyi, STIR raqami)
_______________________________________________________________________________________ davr uchun (kameral nazorat davri)
________________________________________________________________________________ masalalari boʻyicha (kameral nazorat masalalari roʻyxati)
________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________ kameral nazorat qilindi.
Tekshirish quyidagi hujjatlar asosida oʻtkazildi:
________________________________________________________________________________________________ (tekshirilgan aniq hujjatlar roʻyxati)
Tekshirish davomida quyidagi tadbirlar oʻtkazildi:______________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ (tekshirish chogʻida oʻtkazilgan bojxona nazorati shakllari, boshqa harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar)
Tekshirilayotgan yuridik shaxsning nomi yoki tekshirilayotgan xususiy tadbirkorning F.I.O.: ______________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
Xuddi shu masalalar boʻyicha tekshirilayotgan davr uchun oldingi bojxona tekshiruvlari _________________________ ________________________________________________________________________________________________(kim tomonidan va qachon) ________________________________________________________________________________________ oʻtkazildi.
Bojxona tekshiruvi oʻtkazilishi natijalari boʻyicha quyidagilar aniqlandi:
________________________________________________________________________________________________ (oʻrganish natijasi, qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar) ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
Ilova ________________ varaqda.
Kameral nazorat qilgan mansabdor shaxslar (mansabdor shaxs):
__________________(imzo)
____________________________________ (familiyasi, ismi va otasining ismi)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2018-y., 09/18/617/1619-son)