Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-son qarori (roʻyxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 447-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“raqamli bank — innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda (kassa xizmatini koʻrsatmasdan) bank xizmatlarini masofaviy koʻrsatuvchi bank yoki uning tarkibiy boʻlinmasi. Raqamli banklar tomonidan bank xizmatlarini masofaviy koʻrsatish bankning ichki tartib qoidalariga asosan qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi;”;
2. 19-bandning
yettinchi xatboshisidagi “sof foyda va dividendlarni” degan soʻzlar “sof foydani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3.
28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Bankning rahbar xodimlariga quyidagilar kiradi:
bank kengashining raisi va aʼzolari;
boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari;
bosh bankning bosh buxgalteri;
bank filiallarining rahbarlari hamda ularning bosh buxgalterlari.
Ushbu bandda keltirilgan shaxslarga nisbatan (bank kengashi raisi va aʼzolaridan tashqari) Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga (roʻyxat raqami 2989, 2018-yil 30-mart) muvofiq malaka talablari belgilanadi.”.
4.
29-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5.
40-banddagi “va bankning” degan soʻzlar “, bank va raqamli banklarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
66 va
75-bandlardagi “Litsenziyalash departamenti” degan soʻzlar “Markaziy bank” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7.
67-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“67. Taqdim etilgan hujjatlar toʻplami toʻliq jamlansa va mazkur Nizom talablariga muvofiq kelsa, Bank nazorati qoʻmitasiga bankni ochish uchun dastlabki ruxsatni berish toʻgʻrisidagi masala kiritiladi, aks holda hujjatlar toʻplami qaytarish sababi va qancha muddat ichida hujjatlarni takroran taqdim etish mumkinligi koʻrsatilgan dastlabki ruxsatni berishni rad etish haqidagi xabarnoma yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda qaytariladi.”.