toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.08.2022
Hujjat 01.08.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari hamda Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati boʻyicha ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida nizomlarni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq:
davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati uchun litsenziya olish talab etilmaydi;
12 nafargacha bolani tarbiyalashni nazarda tutuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shaklidagi davlat-xususiy sherikchilik loyihasi qishloq joydagi xususiy sherikning tashabbusi bilan, tanlov oʻtkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida, ular bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida bitim tuman (shahar) hokimligi tomonidan taklif etiladigan ruxsat xususiy sherik tomonidan qabul qilingan kundan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati boʻyicha ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga 3-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-iyul,
595-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 595-son qaroriga
1-ILOVA
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, ularning faoliyatini tashkil etish, moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash, moliyalashtirish, ularni boshqarish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi imzolagan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitimga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faqat davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shakli asosida qishloq joylarda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi yakka tartibdagi tadbirkor shaklida faoliyat yuritadi va bank hisob raqamiga, oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining maqsadi va vazifalari
Keyingi tahrirga qarang.
5. Quyidagilar oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining maqsadi hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi oʻrinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
taʼlim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish.
6. Quyidagilar oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining vazifalari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlash;
bola shaxsini sogʻlom va yetuk, maktabda oʻqishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
bolalarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini taʼminlash;
bolalarda xalqimizning yuksak maʼnaviyati va insonparvarlik anʼanalariga sadoqat tuygʻularini shakllantirish.
7. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari:
Keyingi tahrirga qarang.
ota-onalar bilan kelishuv boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish (shu jumladan oʻqituvchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlarini taklif qilish);
Keyingi tahrirga qarang.
xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar hisobiga tarbiyachi va uning yordamchisi ishini qoʻshimcha ravishda ragʻbatlantirish;
foyda olish huquqiga ega.
3-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan beriladigan belgilangan shakldagi ruxsatnomani qabul qilib olgan vaqtdan boshlab taʼlim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining muassislari yakka tartibdagi tadbirkor boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga kirish joyida fuqarolarni oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi haqida maʼlumotlardan xabardor qilish maqsadida axborot peshlavhasi oʻrnatiladi.
Unda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ruxsatnoma nusxasi, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim nusxasi, pedagog va tibbiyot xodimlarining diplomlari nusxalari, Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining ish tartibi va boshqa hujjatlarning nusxalari joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan 7 — 12 nafar bolalarga tarbiya berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etilishi rejalashtirilayotgan uyda bolalarning sogʻlom oʻsishi va tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar boʻlishi, bino va inshootlar yongʻin xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologiya nazoratining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan belgilangan tartibda davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida bitim imzolagandan soʻng faoliyatini boshlaydi.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi tuzilgan bitimlarning yagona reyestri Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida taʼlim mazmuni maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi oʻz (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining oʻz (mualliflik) dasturlarida milliy, etnik va diniy adovatni targʻib etishga qaratilgan buzgʻunchilik gʻoyalarini aks ettirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada boʻlish vaqti ota-onalarning istak va talablaridan kelib chiqib muassis tomonidan belgilanadi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi kunlik ish tartibi joriy etiladi:
9 soatli;
4 soatli.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida bolalarning ovqatlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam koʻrsatish sogʻliqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish
Keyingi tahrirga qarang.
18. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish va muassasadan chiqarish tartibi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasidagi bolalar soni 7 nafardan kam boʻlmasligi va 12 nafardan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida oʻquv yili joriy yilning 2-sentabridan boshlanadi va keyingi yilning 1-iyuniga qadar davom etadi. 1-iyundan 1-sentabrgacha boʻlgan davr muassasada sogʻlomlashtirish davri hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Taʼlim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
20. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar taʼlim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi bolalarni qabul qilishda ota-onalarni oʻz ustavi, kun tartibi, taʼlim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi bilan ota-onalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar ushbu muassasaning ustavi hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu muassasada boʻlish vaqtini, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan tuzilgan bitimga asosan tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 70 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlarini oʻqitish, ular uchun kamida 3 yil davomida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz bolalari uchun taʼlim-tarbiya shakllarini, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida taʼlim berish tilini tanlash;
oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida bolalarga taʼlim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;
oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida oʻziga qulay boʻlgan vaqtda bolalarni maktabgacha taʼlim muassasasidan olib ketish;
ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
25. Quyidagilar ota-onalarning majburiyatlari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
oilaviy nodavlat taʼlim muassasasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ota-onalar badalini oʻz vaqtida toʻlash;
oilaviy nodavlat taʼlim muassasasida bolaga berilgan taʼlim-tarbiyani mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
26. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari oʻrtasidagi munosabatlar oʻzaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida tegishli oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik maʼlumotli shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik maʼlumotga ega boʻlmagan (tegishli hududlarda oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik maʼlumotli talabgorlar mavjud boʻlmagan holatlarda) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qayta tayyorlovdan oʻtkazilgan shaxslar ham pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shugʻullanishi taqiqlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
28. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar shaʼni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qoʻllanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini boshqarishda ushbu muassasa ustavida belgilangan tartibda qatnashish;
oʻz kasbiy shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
32. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining pedagog xodimlari quyidagilarga majbur:
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlarini tatbiq etish;
ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish boʻyicha oʻziga yuklangan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada taʼlim-tarbiya berish orqali maktabgacha taʼlim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
oʻzining kasbiy koʻnikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
6-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini boshqarish muassis tomonidan amalga oshiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari har chorakda kamida bir marta oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga taqdim etadi.
34. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
35. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablarining va taʼlim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
36. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish, ularning faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turish va toʻxtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash
Keyingi tahrirga qarang.
37. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga mol-mulk qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi oʻziga biriktirilgan mol-mulkni va oʻziga ajratilgan mablagʻlar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy organlari tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati uchun zarur boʻlgan jihozlar, asbob-uskunalar va oʻquv materiallari beriladi. Mazkur jihozlar va oʻquv materiallaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va ularning saqlanishiga oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq muassisning mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan subsidiyalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga quyidagi maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladi:
tarbiyachi va yordamchi xizmatlariga tegishli toifa boʻyicha qisqa muddatli yoki 9-soatlik davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan mehnatga toʻlanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda ish haqi toʻlash;
davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlar boʻyicha ovqatlanish, yumshoq inventar, anjomlar va dori-darmonlarga ajratilayotgan miqdorlarda xarajatlarni qoplash;
Keyingi tahrirga qarang.
41. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida maktabgacha taʼlim muassasasining asosiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan tashkilotlarning, shu jumladan, siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasidagi taʼlim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi, tugatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining xalqaro hamkorligi, pedagog kadrlarning amaliyot oʻtashi va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 595-son qaroriga
2-ILOVA
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati boʻyicha ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati boʻyicha ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati boʻyicha ruxsatnoma berish tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ruxsatnoma — vakolatli organ tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorga beriladigan, tadbirkorlik faoliyati sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan hujjat;
talabgor — yakka tartibdagi tadbirkor yoxud ularning ruxsatnoma olish uchun tegishli ariza bilan belgilangan tartibda orqali murojaat qiladigan vakolatli shaxsi.
4. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati boʻyicha mazkur nizomga ilovadagi shaklga muvofiq ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) cheklanmagan muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Talabgor arizasiga koʻra, ruxsatnoma muayyan muddatga berilishi mumkin.
5. Ruxsatnoma yakka tartibdagi tadbirkorga oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyatini yuritish huquqini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga ruxsatnoma berish talablari va shartlari
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar ruxsat berishga doir qoidalarga muvofiq oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyatini amalga oshirish boʻyicha talablar va shartlar hisoblanadi:
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilish;
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarida mulkka egalik qilish huquqi yoki boshqa mol-mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan binolar, inshootlar va sharoitlarning mavjudligi;
oʻquv va tarbiya jarayonini davlat talablariga, oʻquv rejalariga va taʼlim dasturlariga muvofiq tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ruxsatnoma berish uchun mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan boshqa talab va shartlar belgilanishi mumkin emas.
3-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati boʻyicha ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ruxsatnomani berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi
9. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati boʻyicha ruxsatnoma olish uchun talabgor tomonidan tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimiga ariza bilan murojaat qilinadi va arizada yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi, otasining ismi koʻrsatiladi va unga quyidagilar ilova qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
pasportining koʻchirma nusxasi;
oilaviy nodavlat taʼlim faoliyatini amalga oshirish joyining manzili;
bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami;
oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan talabgor oʻrtasida belgilangan tartibda imzolangan davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida bitim nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
yongʻin va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari nusxalari;
oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik maʼlumotiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat (tegishli hududlarda oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik maʼlumotli talabgorlar mavjud boʻlmagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qayta tayyorlovdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat) nusxasi.
10. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati boʻyicha ruxsatnoma olish uchun talabgor tomonidan hujjatlar tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimiga bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati boʻyicha ruxsatnoma olish uchun hujjatlar tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimining masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda arizachiga yuboriladi (taqdim etiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun ruxsatnoma talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
4-bob. Arizalarni koʻrib chiqish va ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
13. Ruxsatnoma talabgorining arizasi koʻrib chiqilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
14. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati boʻyicha ruxsatnoma berish boʻyicha tuman (shahar) hokimligi huzurida komissiya tuziladi va u tuman (shahar) moliya boʻlimi, iqtisodiyot boʻlimi, adliya boʻlimi, qurilish boʻlimi hamda maktabgacha taʼlim boʻlimi boshliqlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Komissiya toq sonli aʼzolardan va kamida yetti kishidan iborat boʻlishi kerak. Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi boshligʻi komissiya kotibi hisoblanadi.
Komissiyaning ishchi organi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi hisoblanadi. Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi qabul qilingan hujjatlarni haqqoniyligini oʻrganib chiqib, Komissiya yigʻilishi muhokamasiga kiritadi.
16. Komissiya yigʻilishida talabgor tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati boʻyicha ruxsatnoma olish yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar muhokama qilinadi va yigʻilish natijasida talabgorga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish masalasi bayonnoma bilan uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati boʻyicha ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi tuman (shahar) hokimining qarori talabgorning arizasi olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati boʻyicha ruxsatnoma berishni rad etish komissiya bayonnomasida asoslangan holda talabgorga komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ushbu bayonnomaning nusxasi taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Tuman (shahar) hokimligi ruxsatnoma berish boʻyicha qaror qabul qilganda talabgorga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Ruxsatnoma ikki nusxada — talabgor va tuman (shahar) hokimligi uchun bir nusxadan tuziladi.
19. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:
murojaat etuvchi tomonidan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi.
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
20. Ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan holatlarda murojaat etuvchiga yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va murojaat etuvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran murojaat qilishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan rad etish haqidagi xabarnoma yuboriladi (taqdim etiladi).
21. Ruxsatnoma berishda rad uchun asos boʻlgan sabablar murojaat etuvchi tomonidan bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uning berilishini rad etish tuman (shahar) hokimligi tomonidan murojaat etuvchining rad etish sabablarini bartaraf etganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
22. Mazkur Nizomning qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob berishadi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati boʻyicha ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati boʻyicha ruxsatnoma berish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati boʻyicha ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA

_____________ tuman/shahar hokimligi tomonidan berilgan Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish va taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun
‎RUXSATNOMA
‎ (namunaviy shakl) ‎‎

201___ yil “______” “______”

‎‎ ____________tumani (shahri)

‎Mazkur ruxsatnoma ____________________manzilida joylashgan _______________tuman/shahar hokimligidan ________-son bilan roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkor _____________________________________ga Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish va oilaviy nodavlat taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun berildi.

‎‎Oilaviy nodavlat taʼlim faoliyatini amalga oshirish manzili (pochta manzili, telefon raqami):______________________________________________

‎Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan yakka tartibdagi tadbirkor oʻrtasida imzolangan davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisidagi bitimning sanasi va raqami:____________________________________________

‎‎Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami:_________________________________
Bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami:_________________________‎‎

‎‎Vakolatli shaxs imzosi

Muhr oʻrni
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 595-son qaroriga
3-ILOVA
Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatining IV boʻlimiga quyidagi mazmundagi 551-band qoʻshilsin:

551

davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati



.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/595/1598-son; 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)