toggle_night_mode
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Jizzax shahrida kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Jizzax shahrining kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish yoʻli bilan shahardagi sanitariya-epidemiologik va ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 11-dekabrdagi PQ-2447-son qarori bilan “Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda — loyiha) texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangan, unda besh yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda 25 yil muddatda qaytarish sharti bilan 53,999 million maxsus qarz olish huquqlari (ekvivalenti 79,5 million AQSH dollariga teng) miqdorida qarz ajratilishi nazarda tutilgan;
2016-yil dekabr oyida Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) missiyasi tomonidan oʻtkazilgan loyiha amalga oshirilishining oʻrta muddatli kuzatuvi natijalari asosida OTB bilan oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandum imzolangan boʻlib, unda kanalizatsiya tozalash inshootlari maydonchasini koʻchirish maʼqullangan;
kanalizatsiya tozalash inshootlari maydonchasi koʻchirilishi munosabati bilan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga tuzatishlar kiritilib, uning natijalariga koʻra loyihaning OTB mablagʻlari qismidagi qiymati 17,608 million AQSH dollari miqdorida kamaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi ekvivalentda 11,719 million AQSH dollarini, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar taqdim etish tarzida 11,515 million AQSH dollarini tashkil etadi;
kanalizatsiya tozalash inshootlari maydonchasini koʻchirish masalasi Jizzax viloyati xalq deputatlari Kengashi majlisida koʻrib chiqilgan, uning yakuni boʻyicha 2018-yil 26-iyunda, shu jumladan loyihaning mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, uning amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazoratini oʻrnatish nazarda tutilgan tegishli qaror qabul qilingan.
2. Quyidagilar:
asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga “Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasining tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslanishi 1-ilovaga muvofiq;
“Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish sarf-xarajatlarini qoplashdagi ulushlarni taqsimlash prognozi 3-ilovaga muvofiq;
“Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyin oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov:
bir hafta muddatda Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Rahmonqulov) raisligida Loyihani amalga oshirishni va “Yoʻl xaritasi” bajarilishini muvofiqlashtirish boʻyicha komissiyani (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tashkil etsin, uning tarkibiga Jizzax shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlarini kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri hamda Jizzax viloyati hokimining loyiha amalga oshirilishi toʻgʻrisida har chorakda hisobotlari eshitilishini taʼminlasin;
loyiha doirasida ishlarni joylarga chiqib shaxsan nazorat qilsin hamda ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun zarur choralarni koʻrsin.
4. Belgilansinki, OTB qarzini qaytarish va qarz boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar 2021-yildan boshlab Jizzax viloyati “Suvoqava” DUKning oʻz mablagʻlari hisobidan, yetishmayotgan qismi esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 3-ilovaga muvofiq ulushlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ “Jizzax suv taʼminoti” MCHJ tomonidan OTB qarzi oʻz vaqtida qaytarilishi va qarz boʻyicha foizlar toʻlanishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida jamiyatda “Jizzax suv taʼminoti” MCHJning ushbu maqsadlar uchun zarur mablagʻlar jamlanadigan maxsus hisob raqami ochilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
6. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati raisi A.J.Ramatov zimmasiga — loyihani amalga oshirish doirasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarning samarali tashkil etilishi yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Jizzax viloyati hokimi E.A. Soliyev va Komissiya rahbari A.B. Rahmonqulov zimmasiga — loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi hamda “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi, shuningdek, “Jizzax suv taʼminoti” MCHJ mablagʻlarining “Oʻzsuvtaʼminot” AJ maxsus hisob raqamida jamlanishini taʼminlash yuzasidan;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori B.B. Qudratxoʻjayev zimmasiga — suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlari uchun toʻlovlarning toʻliq kelib tushishini, isteʼmolchilarning qarzdorligi kamaytirilishini taʼminlash yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi S. Saifnazarov zimmasiga — OTB qarzi va qarz boʻyicha hisoblangan foizlarning oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, zarur hollarda, OTB bilan Qarz bitimiga ushbu qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda loyiha doirasida oʻtkazilgan tender savdolari natijalariga koʻra OTBning tejab qolingan mablagʻlaridan Jizzax shahrining kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish uchun foydalanish toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflar tayyorlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 11-dekabrdagi PQ-2447-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi, 2-bandining toʻrtinchi xatboshi va 5-bandi, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Jizzax viloyati hokimi E.A. Soliyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-iyul,
PQ-3885-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PQ-3885-son qaroriga
1-ILOVA
“Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasining tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari

T/r

Koʻrsatkichlar nomlanishi

Oʻlchov birligi

Jami*

shu jumladan quyidagilar hisobiga:

Jizzax viloyati “Suvoqava” DUK mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi

OTB qarzi

1.

Loyihaning cheklangan qiymati

ming AQSH dollari

91 222,4

203,8

11 515,0

79503,6**

2.

Kapital mablagʻlar cheklangan summasi, jami

ming AQSH dollari

79 707,4

203,8

79 503,6

2.1.

mashina va uskunalar

ming AQSH dollari

9 132,6

9 132,6

erkin almashtiriladigan valyutada (EAV)

ming AQSH dollari

6 427,1

6 427,1

milliy valyutada

ekv. ming AQSH dollari

2 705,5

2 705,5

2.2.

qurilish-montaj ishlari

ekv. ming AQSH dollari

43 542,5

203,8

43 338,7

EAVda

ming AQSH dollari

5 981,7

5 981,7

milliy valyutada

ekv. ming AQSH dollari

37 560,8

203,8

37 357,0

2.3.

boshqa xarajatlar***

ekv. ming AQSH dollari

6 881,5

6 881,5

EAVda

ming AQSH dollari

4 086,7

4 086,7

milliy valyutada

ekv. ming AQSH dollari

2 794,8

2 794,8

2.4.

investitsiya davridagi moliyaviy chiqimlar

ming AQSH dollari

2 543,0

2 543,0

2.5.

zaxira mablagʻlari

ming AQSH dollari

17 607,8

17 607,8

3.

Soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish

ekv. ming AQSH dollari

11 515,0

11 515,0

4.

Rekonstruksiya qilinayotgan kanalizatsiya tizimi quvvati

30,0 ming. kub. m/sutka

5.

Band boʻlgan kishilarning taxminiy soni

82 nafar

6.

Loyiha xarajatlarining qoplanish muddati, yil

7.

Barpo etilayotgan ishlab chiqarish fondlari qiymati

ekv. 79 707,4 ming AQSH dollari

8.

Investitsiya davrining davomiyligi

64 oy

9.

OTB qarz mablagʻlari berilgan muddat

25 yil

shu jumladan imtiyozli davr

5 yil

* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash natijalariga qarab belgilanadi.
** Prognoz kursi 1 MQOH = 1,472316 AQSH dollari hisobida olingan.
*** Jismoniy shaxslarning daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash OTB krediti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PQ-3885-son qaroriga
2-ILOVA
“Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning
PROGNOZ JADVALI

OTB qarzi summasi

53 999000 MQOH **

(ekv. 79,5 mln AQSH dollari)

Foiz stavkasi

2,0%

OTB qarzini qaytarish muddati

25 yil, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr

MQOH hisobida

Toʻlov sanasi

Toʻlanadigan asosiy qarz summasi

Toʻlanadigan foizlar summasi

Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa

2015 y. — 2021 y. 30-aprel***

2021-y. 15-aprel

1 350 000,0

93 000,0

1 443 000,0

2021 y.15-oktabr

1 350 000,0

535 300,0

1 885 300,0

2022-y. 15-aprel

1 350 000,0

518 700,0

1 868 700,0

2022-y.15-oktabr

1 350 000,0

507 800,0

1 857 800,0

2023-y.15-aprel

1 350 000,0

491 400,0

1 841 400,0

2023-y.15-oktabr

1 350 000,0

480 400,0

1 830 400,0

2024-y.15-aprel

1 350 000,0

466 700,0

1 816 700,0

2024-y.15-oktabr

1 350 000,0

452 900,0

1 802 900,0

2025-y.15-aprel

1 350 000,0

436 800,0

1 786 800,0

2025-y.15-oktabr

1 350 000,0

425 500,0

1 775 500,0

2026-y.15-aprel

1 350 000,0

409 500,0

1 759 500,0

2026-y.15-oktabr

1 350 000,0

398 000,0

1 748 000,0

2027-y.15-aprel

1 350 000,0

382 200,0

1 732 200,0

2027-y.15-oktabr

1 350 000,0

370 600,0

1 720 600,0

2028-y.15-aprel

1 350 000,0

356 900,0

1 706 900,0

2028-y.15-oktabr

1 350 000,0

343 100,0

1 693 100,0

2029-y.15-aprel

1 350 000,0

327 600,0

1 677 600,0

2029-y.15-oktabr

1 350 000,0

315 700,0

1 665 700,0

2030-y.15-aprel

1 350 000,0

300 300,0

1 650 300,0

2030-y.15-oktabr

1 350 000,0

288 200,0

1 638 200,0

2031-y.15-aprel

1 350 000,0

273 000,0

1 623 000,0

2031-y.15-oktabr

1 350 000,0

260 800,0

1 610 800,0

2032-y.15-aprel

1 350 000,0

247 100,0

1 597 100,0

2032-y.15-oktabr

1 350 000,0

233 300,0

1 583 300,0

2033-y.15-aprel

1 350 000,0

218 400,0

1 568 400,0

2033-y.15-oktabr

1 350 000,0

205 900,0

1 555 900,0

2034-y.15-aprel

1 350 000,0

191 100,0

1 541 100,0

2034-y.15-oktabr

1 350 000,0

178 400,0

1 528 400,0

2035-y.15-aprel

1 350 000,0

163 800,0

1 513 800,0

2035-y.15-oktabr

1 350 000,0

151 000,0

1 501 000,0

2036-y.15-aprel

1 350 000,0

137 300,0

1 487 300,0

2036-y.15-oktabr

1 350 000,0

123 500,0

1 473 500,0

2037-y.15-aprel

1 350 000,0

109 200,0

1 459 200,0

2037-y.15-oktabr

1 350 000,0

96 100,0

1 446 100,0

2038-y.15-aprel

1 350 000,0

81 900,0

1 431 900,0

2038-y.15-oktabr

1 350 000,0

68 600,0

1 418 600,0

2039-y.15-aprel

1 350 000,0

54 600,0

1 404 600,0

2039-y.15-oktabr

1 350 000,0

41 200,0

1 391 200,0

2040-y.15-aprel

1 350 000,0

27 500,0

1 377 500,0

2040-y.15-oktabr

1 349 000,0

13 700,0

1 362 700,0

Jami

53 999 000,0

10 777 000,0

64 776 000,0

* Toʻlovlar summasi qarz oʻzlashtirilishining amaldagi sanalariga qarab aniqlashtiriladi.
** MQOH — maxsus qarz olish huquqlari. Prognoz kursi 1 MQOH = 1,472316 AQSH dollari hisobida olingan.
*** Ushbu davrda foizlarni OTB qarzi hisobiga kapitallashtirish koʻzda tutiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PQ-3885-son qaroriga
3-ILOVA
“Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish sarf-xarajatlarini qoplashdagi ulushlarni
TAQSIMLASH PROGNOZI

Yillar

Jizzax viloyati Suvoqava DUK ulushi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ulushi

2021

1,0%

99,0%

2022

2,0%

98,0%

2023

2,0%

98,0%

2024

3,0%

97,0%

2025

2,0%

98,0%

2026

3,0%

97,0%

2027

4,0%

96,0%

2028

5,0%

95,0%

2029

7,0%

93,0%

2030

8,0%

92,0%

2031

10,0%

90,0%

2032

13,0%

87,0%

2033

16,0%

84,0%

2034

20,0%

80,0%

2035

24,0%

76,0%

2036

29,0%

71,0%

2037

36,0%

64,0%

2038

44,0%

56,0%

2039

53,0%

47,0%

2040

54,0%

46,0%

Izoh. Har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv asosida ushbu maqsadlarga sarflanadigan xarajatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ulushini tegishli ravishda oʻzgartirgan holda Jizzax viloyati “Suvoqava” DUKning moliyaviy holatidan kelib chiqib, OTBning moliyaviy mablagʻlariga xizmat koʻrsatishda ushbu korxonaning ulushi oʻzgartirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PQ-3885-son qaroriga
4-ILOVA
“Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tabdirlarning nomlanishi

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I.Tender hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash

1.

Tender hujjatlarini ishlab chiqish

2018-yil 5-avgustgacha

Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
“Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev)

2.

Tender hujjatlarini vakolatli organlar bilan kelishish

2018-yil 30-avgustgacha

Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
“Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
LBMA huzuridagi “Loyihalar va import shartnomalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazi” DUK (Paratov)

3.

Xarid komissiyasini shakllantirish

2018-yil 10-avgustgacha

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Bekenov),
Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
“Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev)

4.

Tender hujjatlarining OTB tomonidan koʻrib chiqilishi va kelishilishini taʼminlash

2018-yil 15-sentabrgacha

Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
“Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev)

5.

Tender hujjatlarining xarid komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishi

2018-yil 22-sentabrgacha

Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
“Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
xarid komissiyasi (Soliyev)

II. Tender savdolarini oʻtkazish va kontraktlar tuzish

6.

Pudrat tashkilotlarini saralash:

6.1.

Tender savdolari toʻgʻrisida OTB veb-saytida va Oʻzbekistonning ommaviy axborot vositalarida eʼlon chop etilishini taʼminlash

2018-yil 1-oktabr

Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
“Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

6.2.

Tender savdolarining qatnashchilari tomonidan takliflar tayyorlanishi

tender savdolari eʼlon qilingan kundan boshlab koʻpi bilan
60 kun ichida

Tender savdolarining qatnashchilari

6.3.

Takliflarni ochish va baholash

2019-yil 25-yanvargacha

Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
“Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

6.4.

OTB tomonidan tender savdolari natijalarining koʻrib chiqilishi va maʼqullanishini taʼminlash

Hisobotlar taqdim etilgandan soʻng koʻpi bilan
6 hafta ichida

Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
“Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev)

6.5.

Xarid komissiyasi tomonidan tender savdolari natijalarining koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishi

2019-yil 10-martgacha

Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
“Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
xarid komissiyasi (Soliyev)

6.6.

Muzokaralar olib borish va kontraktlar tuzish

2019-yil 20-martgacha

Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
“Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev), tender savdolari gʻolibi

7.

Shartnomalarni Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida roʻyxatga olish

2019-yil 30-martgacha

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Bekenov),
Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
“Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev)

III. Avans toʻlovlarini kelishish va toʻlash

8.

Avans toʻlovlari kafolatlarini olish

2019-yil 15-aprelgacha

Pudrat tashkiloti, “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev)

9.

Avans toʻlovlarini toʻlash

2019-yil 30-aprel

Pudrat tashkiloti, “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev)

IV. Qurilish-montaj ishlari

10.

Pudratchilarning qurilish maydonlaridagi safarbarlik ishlari

2019-yil aprel

Pudrat tashkiloti, “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

11.

Har kungi monitoringni yuritish uchun kanalizatsiya-tozalash inshooti maydonchasida zamonaviy videokuzatuv tizimlarini oʻrnatish

2019-yil aprel

Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Axmedxodjayev)

12.

Qurilish ishlarini bajarish:

12.1.

Jizzax shahridagi 30,0 ming kub. m/sut. quvvatga ega boʻlgan kanalizatsiya tozalash inshootlarini tayyor holda qurish

2019-yil aprel —

2021-yil aprel

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.

“A” zonasi — 28,86 km shahar kollektorlari hamda nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish va qurish

2019-yil aprel —

2021-yil aprel

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.1.

“Xalqobod” KNS dan Mustaqillik koʻchasigacha diametri 1000 mm., uzunligi 380 metr boʻlgan muvaqqat tutashtiruvchi kollektor qurish

2019-yil aprel — iyun

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.2.

Shifokor koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 380 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2019-yil aprel

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.3.

Qulmatov koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 507 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2019-yil aprel

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.4.

Sayiljoyi koʻchasidan U. Toʻraqulov koʻchasigacha diametri 225 — 400 mm., uzunligi 2586 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2019-yil may — avgust

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
izzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.5.

1-Shifokor koʻchasi koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 668 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2019-yil may

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.6.

“Xalqobod” kanalizatsiya nasos stansiyasini qurish

2019-yil may

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.7.

Sil kasalliklari shifoxonasidan yangi “X. Nosirov” KNSgacha diametri 225 mm., uzunligi 879 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2019-yil iyun-iyul

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.8.

Navoiy koʻchasi boʻylab (6-maktab) diametri 225 mm., uzunligi 220 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2019-yil iyun

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.9.

“X. Nosirov” kanalizatsiya nasos stansiyasidan diametri 160 mm., uzunligi 1095 m boʻlgan bosim kollektorini qurish

2019-yil iyul

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.10.

“X. Nosirov” kanalizatsiya nasos stansiyasini qurish

2019-yil iyul — sentabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.11.

Diametri 315 — 400 mm., uzunligi 1216 metr boʻlgan “Firdavs” davolash markazi” kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2019-yil oktabr —
2020-yil yanvar

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.12.

Diametri 160 mm., uzunligi 228 metr boʻlgan Sayiljoy-3 kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2019-yil oktabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.13.

Diametri 225 mm., uzunligi 225 metr boʻlgan Sayiljoy-4 kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2019-yil dekabr —

2020-yil yanvar

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.14.

Diametri 160 mm., uzunligi 157 metr boʻlgan Sayiljoy-1 kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil yanvar-fevral

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.15.

Diametri 160 mm., uzunligi 165 metr boʻlgan Sayiljoy-2 kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil yanvar-fevral

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.16.

Travmatologiya shifoxonasidan 1-Xalqobod koʻchasigacha diametri 225 mm., uzunligi 692 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil yanvar-fevral

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.17.

Sh. Rashidov koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 77 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish va uni uylarga ulash

2020-yil fevral-mart

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.18.

Sh. Rashidov koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 179 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish va uni uylarga ulash

2020-yil fevral-mart

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.19.

Travmotologiya shifoxonasidan Xalqobod koʻchasigacha diametri 315 mm., uzunligi 931 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil fevral — aprel

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.20.

Xalqlar doʻstligi shoh koʻchasi boʻylab Toʻraqulov koʻchasidan Hamza koʻchasigacha (yigʻma liniya) diametri 630 mm., uzunligi 943 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2019-yil iyul — noyabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.21.

“Zilol” kanalizatsiya nasos stansiyasini qurish

2019-yil oktabr —
2020-yil yanvar

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.22.

“Zilol” kanalizatsiya nasos stansiyasidan diametri 160 mm., uzunligi 1594 metr boʻlgan bosim kollektorini qurish

2020-yil mart-aprel

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.23.

Loyiha-1 koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 432 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil mart

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.24.

Loyiha-2 koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 699 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil mart-aprel

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.25.

Loyiha-6 koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 884 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil aprel-may

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.26.

Loyiha-5 koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 866 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil aprel-may

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.27.

Loyiha-7 koʻchasi boʻylab diametri 160 mm., uzunligi 874 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil aprel-may

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.28.

Islomjon koʻchasidan Xalqlar doʻstligi shoh koʻchasigacha diametri 225 mm, uzunligi 420 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil aprel

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.29.

Ravot koʻchasi boʻylab Mustaqillik koʻchasigacha diametri 225 — 400 mm., uzunligi 1108 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil may-iyun

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.30.

Ravot-1 koʻchasi boʻylab Mustaqillik koʻchasigacha diametri 315 — 400 mm., uzunligi 1283 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil may — iyul

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.31.

Bulvarnaya koʻchasidan Meliyev koʻchasigacha diametri 315 mm., uzunligi 618 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil iyun-iyul

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.32.

Loyiha-1 koʻchasi, Oʻratepalik mahallasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 353 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil iyun

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.33.

“Soʻgʻdiyona” shifoxonasidan Xalqlar doʻstligi shoh koʻchasigacha diametri 315 — 500 mm., uzunligi 349 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil iyul-avgust

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.34.

Loyiha-2 koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 443 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil avgust

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.35.

Bulvarnaya koʻchasi boʻylab Xalqlar doʻstligi shoh koʻchasigacha diametri 225 mm., uzunligi 332 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil sentabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.36.

O. Obidov koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 966 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil iyul-avgust

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.37.

S. Rahimov koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 912 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil avgust-sentabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.38.

B. Alamov koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 866 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil sentabr-oktabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.39.

Navroʻz koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 877 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil oktabr-noyabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.40.

Zarafshon koʻchasi boʻylab diametri 225 mm., uzunligi 874 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil noyabr-dekabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.2.41.

2 qavatli kottejlar uchun diametri 225 mm., uzunligi 332 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil noyabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.3.

“V” zonasi — 14,21 km shahar kollektorlarini rekonstruksiya qilish va qurish:

2019-yil aprel —

2021-yil aprel

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.3.1.

Toshkent koʻchasi boʻylab diametri 500 mm., uzunligi 1876 metr boʻlgan kanalizatsiya kollektori qurish

2019-yil aprel — iyul

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.3.2.

Rabochaya koʻchasidan Toshkent koʻchasigacha diametri 400 mm, uzunligi 611 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2019-yil iyun — avgust

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.3.3.

Toshkent koʻchasidan Politexnika institutigacha diametri 400 mm., uzunligi 1979 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2019-yil avgust — noyabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.3.4.

Xalqlar doʻstligi shoh koʻchasi boʻylab Kaliy koʻchasigacha diametri 315 mm., uzunligi 525 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2019-yil dekabr — 2020-yil fevral

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.3.5.

4-ATSdan Ittifoq mahallasining mavjud KNSgacha diametri 500 mm., uzunligi 291 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2019-yil dekabr —

2020-yil mart

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.3.6.

Qurilish-industrial bazadan “NUR” kompleksigacha diametri 315 mm., uzunligi 636 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil fevral — aprel

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.3.7.

3-kichik tumanda diametri 400 mm., uzunligi 281 metr boʻlgan kollektor qurish

2020-yil mart — may

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.3.8.

Toshkent koʻchasidan Politexnika institutigacha diametri 400 mm., uzunligi 1865 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil aprel — iyul

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.3.9.

Avtomaktabdan Toʻqimachilar koʻchasigacha diametri 315 mm., uzunligi 648 metr boʻlgan kanalizatsiya tarmogʻini qurish

2020-yil avgust-sentabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.3.10.

Doʻstlik mahallasidan sobiq avtobus saroyigacha diametri 400 mm., uzunligi 467 metr boʻlgan kollektor qurish

2020-yil iyun-iyul

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.3.11.

Qoʻshoqov koʻchasi boʻylab diametri 225 — 400 mm., uzunligi 1135 metr boʻlgan kanalizatsiya kollektorini qurish

2020-yil iyul — sentabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.3.12.

Navoiy koʻchasidan Toʻqimachilar koʻchasigacha diametri 500 mm., uzunligi 728 metr boʻlgan kanalizatsiya kollektorini qurish

2020-yil avgust-sentabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.3.13.

“Jizzax” EIZ hududi boʻylab diametri 1200 mm., uzunligi 3112 metr boʻlgan kollektor qurish

2020 avgust — 2021-yil
aprel

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.4.

“S” zonasi — 18,1 km shahar kollektorlari va 1 nasos stansiyasini qurish:

2019-yil aprel —

2021-yil aprel

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.4.1.

“Uchtepa” kanalizatsiya nasos stansiyasidan Qoʻshbarmoq QFYgacha diametri 315 mm., uzunligi 3997 metr boʻlgan bosim kollektorini qurish

2019-yil aprel — oktabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.4.2.

Zilol mahallasidan Qoʻshbarmoq QFYgacha diametri 1000 mm., uzunligi 5582 metr boʻlgan oʻzi oquvchi kollektor qurish

2019-yil iyul —

2020-yil dekabr

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

12.4.3.

“Jizzax” EIZ hududidan Qoʻshbarmoq QFYgacha diametri 1200 mm., uzunligi 8717 metr boʻlgan oʻzi oqadigan kollektor qurish

2019-yil may —

2021-yil aprel

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev)

12.4.4.

“Uchtepa” kanalizatsiya nasos stansiyasini qurish

2020-yil aprel-iyul

Pudrat tashkiloti, Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

13.

Obyektlar qurilishini texnik nazorat qilish

2019-yil aprel —

2021-yil aprel

Konsultant, “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev)

14.

Loyiha amalga oshirilishining monitoringi

loyiha amalga oshirilishi davrida

Komissiya (Rahmonqulov), Vazirlar Mahkamasi ATD (Mahkamov), Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev),
“Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev)

15.

Loyihaning amalga oshirilishi toʻgʻrisida vaqti-vaqti bilan hisobotlarni taqdim etish

har oyda

Komissiya (Rahmonqulov), Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev), Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev), “Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev), Vazirlar Mahkamasi ATD (Mahkamov)

16.

Oʻz vaqtida OTB qarzining qaytarilishi va foizlar toʻlanishi ustidan nazoratni taʼminlash uchun zarur boʻlgan Jizzax viloyati “Suvoqava” DUK mablagʻlarini jamlash maqsadida “Kommunxizmat” agentligida maxsus hisob raqami ochish

2021-yil aprel

Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
Moliya vazirligi (Karimov),
“Kommunxizmat” agentligi (Tojiboyev)

17.

Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlari uchun toʻlovlarning toʻliq va oʻz vaqtida kelib tushishini taʼminlash, isteʼmolchilarning debitor qarzdorligini kamaytirish

doimiy asosda

Komissiya (Rahmonqulov),
Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

18.

Jizzax viloyati “Suvoqava” DUKni malakali kadrlar bilan toʻldirish, xodimlarning kasbiy koʻnikmalarini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy-amaliy tadbirlarni bajarish, tizimli oʻqitishni yoʻlga qoʻyish

doimiy asosda

Uyjoykomxizmat vazirligi (Soliyev),
Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev)

19.

Ishlab turgan kanalizatsiya-tozalash inshootida biologik hovuzning texnik holatini yaxshilash, jumladan:
oqava suvlarni “Ulqursoy” kollektoriga tashlashdan oldin zararsizlantirish;

biologik hovuzdagi suv oʻsimliklari miqdorini koʻpaytirish choralarini koʻrish.

2018-yil avgust —

2021-yil aprel

Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev),
Jizzax viloyati “Suvoqava” DUK (Mamarasulov)

20.

Oʻrnatilgan talablarga muvofiq, “Jizzax” EIZ hududida joylashgan sanoat korxonalarida birlamchi tozalash inshootlari qurilishini taʼminlash

2018-yil avgust —

2019-yil avgust

Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev),
Jizzax viloyati “Suvoqava” DUK (Mamarasulov),
“Jizzax” EIZ direksiyasi (Zoirov)

Izoh. Tadbirlar ijrosi muddatlari OTB bilan kelishuv natijalariga koʻra aniqlashtirilishi mumkin.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 07/18/3885/1588-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)