

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;13.07.2019
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3833511" id="-3833511">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3833514" id="-3833514">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3833516" id="-3833516">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3833522" id="-3833522"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-4424661" id="-4424661">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-4416955?ONDATE=13.07.2019 00#-4419071">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833526" id="-3833526">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son <a href="/mact/-3728051">qarori</a> ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833527" id="-3833527">1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-3832781#-3833546">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833531" id="-3833531">2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3833533" id="-3833533">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3833535" id="-3833535">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3833537" id="-3833537">2018-yil 23-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3833539" id="-3833539">566-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3833541" id="-3833541"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3833546" id="-3833546">Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-iyuldagi 566-son <a href="/mact/-3832781">qaroriga </a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3833555" id="-3833555">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3833556" id="-3833556"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3833560" id="-3833560"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3833563" id="-3833563">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833565" id="-3833565">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833567" id="-3833567">2. Inspeksiya xodimlarining mehnatga haq toʻlash fondi quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833570" id="-3833570">a) lavozim maoshi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833573" id="-3833573">b) quyidagi miqdordagi oylik ustamalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833576" id="-3833576">alohida mehnat sharoitlari uchun darajali unvonlarga ega boʻlgan xodimlarga lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 50 foizi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari, Inspeksiyaning boshqa xodimlariga lavozim maoshining 100 foizi miqdorida oylik ustama. Mazkur ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblashda Inspeksiya xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833579" id="-3833579">lavozim maoshining 40 foizi miqdorida ustama (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833581" id="-3833581">darajali unvon uchun lavozim maoshiga 20 foizdan 50 foizgacha miqdorda ustama;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833587" id="-3833587">darajali unvonlarga ega boʻlgan xodimlarga — koʻp yillik mehnati uchun lavozim maoshiga 5 foizdan 40 foizgacha miqdorda ustama.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833590" id="-3833590">Shuningdek, har oylik ustamalarga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833593" id="-3833593">Inspeksiyaning boshqa boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga koʻp yillik mehnati uchun ustama haq toʻlash prokuratura xodimlari uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Bunda, ustama miqdorini belgilashda xodimning umumiy ish staji inobatga olinadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833596" id="-3833596">oʻrnatilgan tartibda maxsus toifalar uchun lavozim maoshiga 10, 20 va 30 foizi miqdordagi ustama haq ham kiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833598" id="-3833598">v) darajali unvonlarga ega boʻlgan xodimlarga tasdiqlangan Yagona tarif setkasi tarif koeffitsentini bir yarim baravari miqdorida Inspeksiyani rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshiga haq toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833600" id="-3833600">g) quyidagilarni oʻz ichiga oladigan ragʻbatlantiruvchi va boshqa toʻlovlar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833604" id="-3833604">xodimlar faoliyatini individual baholash asosida xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun xodimlarni yilda ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofotlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833607" id="-3833607">bayramlar, muhim va yubiley sanalari, koʻp yillik hamda bekamu koʻst xizmati (mehnati) uchun, pensiyaga chiqishi munosabati bilan mukofotlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833610" id="-3833610">mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi hisobidan shakllantiriladigan Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari hisobidan shaxsiy ustamalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833612" id="-3833612">ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdordagi oylik toʻlovlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833615" id="-3833615">Inspeksiya xodimlariga — yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdordagi oylik toʻlovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833618" id="-3833618">yilda bir marta oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833620" id="-3833620">d) xodimning asoslangan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi bilan mehnatga haq toʻlash fondiga ajratilgan mablagʻlar doirasida quyidagi hollarda qoʻshimcha tarzda moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833624" id="-3833624">yaqin qarindoshlari vafot etganda — oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasiga asosan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833627" id="-3833627">alohida ehtiyoj tugʻilganda (baxtsiz hodisa, toʻy va boshqa marosimlar munosabati bilan, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sogʻliqni qayta tiklash uchun, shuningdek, oiladagi ogʻir moddiy ahvol sababli va boshqa holatlar). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833632" id="-3833632">Ovqatlanish va yoʻlkira xarajatlari uchun oylik toʻlovlarning eng kam oylik ish haqi ikki baravaridan yuqori miqdorini belgilash, shuningdek, moddiy ragʻbatlantirish fondi miqdorini koʻpaytirish Inspeksiyani rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashining qarori bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833644" id="-3833644">3. Inspeksiya xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833647" id="-3833647">mukofotlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833649" id="-3833649">lavozim maoshiga shaxsiy ustamalar toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833651" id="-3833651">moddiy yordam koʻrsatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833653" id="-3833653">Inspeksiya xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3833656" id="-3833656">2-bob. Inspeksiya xodimlarini mukofotlash tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833658" id="-3833658">4. Xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun shaxsiy bir martalik toʻlov shaklida Inspeksiya boshligʻini mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan, Inspeksiyaning boshqa xodimlarini — uning boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3833662" id="-3833662">3-bob. Lavozim maoshlariga oylik shaxsiy ustamalar toʻlash tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833691" id="-3833691">5. Lavozim maoshlariga oylik shaxsiy ustamalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833695" id="-3833695">Inspeksiya boshligʻiga — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833698" id="-3833698">Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosarlari, markaziy apparat xodimlari va hududiy boshqarmalar boshliqlariga — Inspeksiya boshligʻi tomonidan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833700" id="-3833700">Inspeksiyaning tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlariga — Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833701" id="-3833701">hududiy tuzilmalar xodimlariga nisbatan tegishli hududiy boshqarma (boʻlim) boshliqlari tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833703" id="-3833703">6. Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ijro intizomi buzilganda lavozim maoshiga belgilangan ustamalar bekor qilinishi yoki kamaytirilishi mumkin. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3833706" id="-3833706">4-bob. Moddiy yordam koʻrsatish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833707" id="-3833707">7. Mehnatga haq toʻlash fondini shakllantirishda yil hisobiga oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam koʻrsatish uchun mablagʻlar nazarda tutiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833708" id="-3833708">8. Xodim vafot etganda, moddiy yordam (agar xodim vafot etgan yilda bevosita unga moddiy yordam koʻrsatilmagan boʻlsa) uning turmush oʻrtogʻiga, turmush oʻrtogʻi yoʻqligida — u bilan birga yashovchi voyaga yetgan farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylar va homiylarga) yoxud voyaga yetmagan bolalarini (bolalikdan nogironlarni — yoshidan qatʼi nazar) farzandlikka olganlarga, shuningdek, agar xodimlar nikohda turmagan va farzandlari boʻlmagan hollarda, xodimning qaramogʻidagi shaxslarga yoki ota-onalariga teng ulushda toʻlab beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833711" id="-3833711">9. Xodimning asoslangan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi bilan xodimlarga mehnatga haq toʻlash fondiga ajratilgan mablagʻlar doirasida, quyidagi hollarda qoʻshimcha tarzda moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833713" id="-3833713">yaqin qarindoshlari vafot etganda — oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasiga asosan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833715" id="-3833715">alohida ehtiyoj tugʻilganda (baxtsiz hodisa, toʻy va boshqa marosimlar munosabati bilan, uzoq muddat kasallik sababli maxsus davolanish va sogʻliqni qayta tiklash uchun, shuningdek, oiladagi ogʻir moddiy ahvol sababli va boshqa holatlar). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833717" id="-3833717">10. Xodimlar xarajatlarini qoplash, moddiy yordam miqdori va uning toʻlanishi xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganligiga bogʻliq boʻlmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3833719" id="-3833719">5-bob. Inspeksiya xodimlarining ish haqi va ularni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish manbalari va hajmlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833721" id="-3833721">11. Inspeksiya xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833723" id="-3833723">xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833724" id="-3833724">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasining oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833726" id="-3833726">qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833728" id="-3833728">12. Inspeksiya xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan quyidagi mablagʻlar nazarda tutiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833730" id="-3833730">yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan razryadlarga muvofiq lavozim maoshi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833731" id="-3833731">xodimlarni mansab maoshlariga alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustamalar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833732" id="-3833732">40 foiz miqdorida mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833733" id="-3833733">darajali unvon uchun lavozim maoshiga 20 foizdan 50 foizgacha miqdorda ustama;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833734" id="-3833734">darajali unvonlarga ega boʻlgan xodimlarga — koʻp yillik mehnati uchun lavozim maoshiga 5 foizdan 40 foizgacha miqdorda ustama;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833735" id="-3833735">Inspeksiyaning boshqa boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga koʻp yillik mehnati uchun ustama haq toʻlash prokuratura xodimlari uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Bunda, ustama miqdorini belgilashda xodimning umumiy ish staji inobatga olinadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833737" id="-3833737">yilda ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833740" id="-3833740">yilda oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833742" id="-3833742">15 foizlik Moddiy ragʻbatlantirish fondi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3833746" id="-3833746">13. Inspeksiya xodimlariga boshqa toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3833519" id="-3833519">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 09/18/566/1562-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
