|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Ijro uchun masʼullar | |
|
I. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni psixologik va ijtimoiy moslashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish | ||||
|
1. |
Ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish shaklidagi jazoni oʻtagan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga koʻmaklashuvchi ixtisoslashtirilgan |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish: Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek, ushbu markazlar shtat birligini va xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlarini tasdiqlash; reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari faoliyati doirasiga nafaqat jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni, balki avval sudlangan ishsiz shaxslarni ham qamrab olishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish shaklidagi jazoni oʻtagan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga koʻmaklashish boʻyicha maxsus komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash; 2019 — 2022-yillarda ijtimoiy moslashtirish markazlarini bosqichma-bosqich jihozlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-apreldagi 180-son qarorini va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-sentabrdagi 357-f-son farmoyishini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblashni nazarda tutish. |
2018-yil |
IIV, Adliya vazirligi, |
|
II. Mahkumlarni tarbiyalash va ijtimoiy moslashtirishga tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||
|
2. |
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqish. |
1. Quyidagilarni nazarda tutgan holda jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirishni tanqidiy qayta koʻrib chiqish va bu borada yagona tizimni joriy etish: jazoni ijro etish muassasalariga kelib tushgan shaxslarni ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ijro etish boʻyicha inspeksiyalarda jinoyat sodir etishga moyilligi mavjudligi va joriy psixologik holati boʻyicha majburiy dastlabki oʻrganish; har bir mahkum bilan yakka tartibda maqsadli tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirish, ularni mahkumning axloqan tuzalishiga qarab moslashtirib borish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ozodlikka chiqarilgan kunidan boshlab bir yil davomida ijtimoiy moslashuv jarayonini oʻrganib borish. 2. Mahkumlarga mutaxassislar, psixologlar va mahkumlar orasidan murabbiylar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining boshlangʻich tashkilotlari vakillarini biriktirish orqali ular bilan manzilli ishlashni taʼminlovchi mexanizmni joriy etish. |
2018-yil |
IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
3. |
Mahkumlarda sodir etgan jinoyatidan chin koʻngildan pushaymon boʻlish hissini shakllantirish va ularni kelgusida ijtimoiy moslashuvga psixologik tayyorlashga qaratilgan tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish. |
1. Quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladigan mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlar tizimini qayta koʻrib chiqish: birinchi — mahkumning psixologik portretini, tuzalishga moyilligini aniqlash maqsadida, uni jazoni ijro etish muassasasiga kelib tushish bosqichida dastlabki oʻrganish; ikkinchi — mahkumlarning dunyoqarashini oʻzgartirish, ularda sodir etgan jinoyatiga nisbatan pushaymonlik hissini uygʻotishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazish; uchinchi — mahkumni doimiy yashash joyida talab katta boʻlgan ixtisosliklar boʻyicha oʻqitish va kelgusida ishga joylashtirish; 2. Mahkumlarni quyidagi toifalarga ajratishni nazarda tutgan holda tarbiyaviy ishlarni individuallashtirish: ogʻir tarbiyalanadiganlar — ularning axloqiy qiyofasini yaxshilash, sodir etgan jinoyatiga nisbatan pushaymonlik va ongli ravishda tuzalish yoʻlini tanlash, kelgusida qonunga itoatkorlik hayot tarziga oʻtish hissini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi; tuzalish yoʻliga oʻtganlar — mustaqil mehnat qilish koʻnikmalarini shakllantirish va ijtimoiy faol hayot pozitsiyasini rivojlantirish maqsadida ularga tarbiyachilar biriktiriladi; toʻliq tuzalganlar — toʻliq resotsializatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 3. Faol ijtimoiy-siyosiy fikrlash va ongli hayot pozitsiyasi, ijtimoiy, axloqiy-etik qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish, mustaqil mehnat qilish koʻnikmalarini singdirishga qaratilgan kompleks tushuntirish-targʻibot chora-tadbirlarini ishlab chiqish. 4. Mahkumlarni ozod qilishga qaratilgan, ularni talab katta boʻlgan ixtisosliklar boʻyicha oʻqitish va doimiy yashash joyida ishga joylashtirish masalalarini hal qilish, ularga psixologik yordam koʻrsatish hamda kelgusi hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan hujjatlarni olishda koʻmaklashishni nazarda tutuvchi kompleks tushuntirish chora-tadbirlarini tashkillashtirish. |
2018-yil
doimiy |
IIV, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|
4. |
Tarbiyasi ogʻir mahkumlarni tarbiyalash ishlarini kuchaytirish. |
1. Individual psixologik xususiyatlarini tuzib chiqish va tarbiyalash ogʻir boʻlgan shaxslarni aniqlash maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarning barchasini oʻrganib chiqish. 2. Quyidagilarni nazarda tutgan holda tarbiyasi ogʻir boʻlgan mahkumlar bilan ishlash boʻyicha individual rejalar ishlab chiqish: mahkumning psixologik xususiyatlaridagi oʻzgarishlarga muvofiq, zarur holatlarda dasturga tuzatishlar kiritib borish orqali tadbirlar va tarbiyaviy ishlarni har haftalik rejalashtirish; mahkumlarda ijtimoiy maqbul dunyoqarashni shakllantirishga mutaxassis-psixologlar, huquqshunoslar va din vakillarini jalb qilish; tarbiyalanayotgan shaxslarni mehnatga va boshqa jamoat tadbirlariga jalb qilish maqsadida xodimlar va astoydil pushaymon boʻlgan mahkumlar orasidan murabbiylar biriktirish; jamoatchilik kengashlari vakillari bilan birgalikda tarbiyalash ogʻir boʻlgan shaxslarni jamiyatning teng huquqli va ijtimoiy faol aʼzolariga aylantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish. 3. Jazoni ijro etish koloniyalari huzurida mahkumlarni tarbiyalash va ularda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishga koʻmaklashuvchi jamoatchilik kengashlari tuzish. |
2018-yil 2019-yil
|
IIV, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
5. |
Mahkuma ayollarni, fuqarolik jamiyati instituti vakillarini jalb qilgan holda, tarbiyalashning zamonaviy usullarini joriy etish. |
1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi hamda jazoni ijro etish 64/1-son muassasasi (Zangiota tumani) oʻrtasida quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni qabul qilish: jazoni ijro etish 64/1-son muassasasida (Zangiota tumani) Xotin-qizlar qoʻmitasining boshlangʻich tashkilotini tuzish; mahkuma ayollarni sodir etgan jinoyatiga astoydil pushaymon boʻlishi va oldingi turmush tarzidan voz kechishga undashga qaratilgan manzilli ishlarni oʻtkazish; muassasa maʼmuriyati va Xotin-qizlar qoʻmitasi vakillarining mahkumalarni faol hayotiy pozitsiya va ruhiy dunyoqarashini rivojlantirish, ularda ijtimoiy maqbul axloqiy xulq-atvor, koʻnikma va intilishlarni shakllantirish boʻyicha birgalikdagi ishni yoʻlga qoʻyish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ayollarga doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi boʻyicha ijtimoiy-maishiy, ruhiy, maslahat va boshqa yordamlar koʻrsatish. 2. Xotin-qizlar qoʻmitasi, uning jazoni ijro etish 64/1-son muassasasidagi (Zangiota tumani) boshlangʻich tashkiloti, shuningdek, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis oʻrtasida, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ayollarning ijtimoiy moslashuvini kuzatish mexanizmlarini joriy etishni koʻzda tutgan holda, yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 3. Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular bilan ruhiy, ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2018-yil dekabr |
IIV, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
6. |
Voyaga yetmagan mahkumlarni axloqan tuzatish boʻyicha ishlarga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini jalb etish. |
1. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda jazoni ijro etish boʻyicha tarbiya koloniyasi (Zangiota tumani) oʻrtasida, quyidagilarni hisobga olgan holda, oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum tuzish: voyaga yetmagan huquqbuzarlarning sodir etgan jinoyatiga astoydil pushaymon boʻlishiga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlarga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi vakillarini hamda mahkumlarning ota-onalarini jalb etish mexanizmini ishlab chiqish; tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan shaxslarga ijtimoiy faol pozitsiya va vatanparvarlik hissini singdirish boʻyicha kompleks dastur ishlab chiqish; zarur ijtimoiy-maishiy, ruhiy, maslahat va mutaxassislikka ega boʻlishga qaratilgan yordam koʻrsatish maqsadida Yoshlar ittifoqi faollari orasidan murabbiylar biriktirish. 2. Tarbiyalanayotganlarda zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik hissini, buzgʻunchi gʻoyalar va boshqa salbiy ijtimoiy hodisalarga jalb etishga nisbatan immunitetni shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
2019-yil mart |
IIV, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, |
|
7. |
Tuzalish yoʻliga oʻtgan hamda tarbiyasi ogʻir boʻlgan mahkumlar bilan jamoat ishlarida ishtirok etishga jalb qilingan mahkumlarni ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni tanqidiy koʻrib chiqish. |
1. Mahkumlarni ragʻbatlantirishning amaldagi mexanizmlarini oʻrganish va tuzalish yoʻliga oʻtgan hamda tarbiyasi ogʻir boʻlgan mahkumlar bilan jamoat ishlarida ishtirok etishga jalb qilingan mahkumlarni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 2. Sudlangan shaxslarning, ularga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash nuqtai nazaridan, xulq-atvorini baholashning aniq mezonlarini ishlab chiqish, shu jumladan, qarindoshlari bilan uchrashuvlar tashkil etish, moddiy ragʻbatlantirish, qoʻshimcha telefon soʻzlashuvlari huquqini berish va hokazo. 3. Tarbiyasi ogʻir boʻlgan mahkumlar bilan jamoat ishlarida ishtirok etishga jalb etilgan mahkumlar, agar ularga biriktirilgan shaxslarni murabbiylik faoliyati davomida tuzatish yoʻliga oʻtkazish boʻyicha ijobiy natijalarga erishsa, ularni yashash joyi boʻyicha koloniyaga koʻchirish amaliyotini joriy etish. |
2019-yil aprel
may
sentyabr |
IIV, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilishga tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etish. |
Huquqni muhofaza qilish organlari va jamoatchilik bilan birgalikda mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilishga tayyorlash boʻyicha 2020 — 2022-yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish: mahkumlarning dunyoqarashini zamonaviy voqelikka moslashtirishga qaratilgan zamonaviy ijtimoiy munosabatlar va boshqa muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar mohiyatini ochib beruvchi qonunchilik normalarini yetkazish boʻyicha keng targʻibot ishlarini amalga oshirish; kelgusida bandlik masalasini hal qilgan holda mutaxassislik egallash boʻyicha mahkumlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini yoʻlga qoʻyish. |
2019-yil dekabr |
IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
III. Jazoni ijro e�ish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy va ish bilan taʼminlashda yordam koʻrsatish | ||||
|
9. |
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ish bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish: jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning reyestrini yuritish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar bandligi monitoringi boʻyicha yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish holati monitoringi tizimini shakllantirish, ularni ish bilan taʼminlash muammolarini hal etish hamda boshqa ijtimoiy yordam turlarini koʻrsatish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy va ish bilan taʼminlash boʻyicha faoliyatni prognoz qilish va rejalashtirish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, koʻrsatilgan shaxslarni muayyan kasblarga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni haq evaziga amalga oshiriladigan jamoat, shuningdek vaqtinchalik (mavsumiy) ishlarga jalb etish boʻyicha choralarni amalga oshirish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, shu jumladan, ish bilan taʼminlash masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik subyektlarining oʻzaro samarali hamkorligi mexanizmini yoʻlga qoʻyish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish jarayoniga jamoatchilik va xususiy sektorni keng jalb etish. |
2020-yil yanvar |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
10. |
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan muhtoj shaxslarni uy-joy bilan taʼminlash masalalarida yordam koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish. |
2020 — 2022-yillarga moʻljallangan, quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish: jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar orasidan uy-joyga muhtojlarini aniqlash, ularga uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq yordam koʻrsatish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va uy-joyga muhtoj shaxslar uchun qoʻshimchavaqtinchalik xonalar ajratilishini tashkillashtirish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni doimiy va vaktinchalik propiska qilish tizimini takomillashtirish. |
2020-yil fevral |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
11. |
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga tibbiy-profilaktik va maxsus tibbiy yordam koʻrsatishning samarali tizimini yoʻlga qoʻyish. |
2020 — 2022-yillarga moʻljallangan, quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish: jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, avvalambor, yuqumli kasalliklarga chalingan shaxslarni davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiy va laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazishni tashkil etish; tanosil kasalliklariga chalingan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida davolashni tashkil etish va boshqalar. |
2020-yil mart |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, |