toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.
O‘tgan davr mobaynida sud tizimi faoliyati samaradorligini oshirish, sudyalarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tartibini takomillashtirish, har bir ish bo‘yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarori chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi, sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, ma’muriy sudlar tashkil etildi, shuningdek, sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi joriy etildi.
Barcha toifadagi sud ishlarini sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqish amaliyotining kengaytirilganligi aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va sud hokimiyatining ochiqligini oshirish yo‘lida ko‘rilgan muhim chora bo‘ldi.
Shu bilan birga, sud hokimiyati organlari faoliyatining tahlili ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.
Xususan, sudlarning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlari qoniqarsiz darajada tashkil etilganligi sud faoliyatini lozim darajada yoritish imkonini bermayapti hamda aholining sud hokimiyatiga ishonchi pasayishiga olib kelmoqda.
Sudyalarni moddiy ta’minlash va ijtimoiy himoya qilishning amaldagi tizimi sud hokimiyatining alohida mavqeyi va obro‘siga, sudyalar mustaqilligi prinsiplariga muvofiq emasligi kasbiy o‘sishni yanada rag‘batlantirishga to‘sqinlik qilib, kadrlar qo‘nimsizligiga olib kelmoqda.
Odil sudlovni amalga oshirish sifatini yaxshilash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasining quyidagilar orqali sud organlari faoliyatining shaffofligini yanada ta’minlash, aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik rolini kuchaytirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi veb-saytida sud qarorlarini tizimli ravishda e’lon qilish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish;
qabul qilingan sud hujjati o‘qib eshittirilganidan so‘ng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirilishini sud amaliyotiga joriy etish;
sudlar faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida har chorakda viloyat sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan brifinglar o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari tomonidan sud ishlarini nazorat tartibida, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan sud ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish amaliyoti obzorlarini har chorakda e’lon qilish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalarni tanlash va lavozimga tayinlashning xolisligi va shaffofligiga ishonchni oshirish maqsadida har bir hududda sudyalar korpusini shakllantirishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tuzish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining sudlarga murojaat etishda davlat bojlarini to‘lash bo‘yicha amaldagi imtiyozlar va davlat bojlari stavkalarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
5. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-avgustdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-yanvardagi PF-6143-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 06/21/6143/0052-son)
malaka darajasi va mansab darajasiga ega bo‘lgan sudlar, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan 50 foiz miqdorida ustama to‘lanadi;
sudlar, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining ko‘p yillik xizmatlari uchun, lavozim maoshlariga (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) ustamalar hamda malaka darajasi va mansab darajasi uchun qo‘shimcha haq miqdorlari adliya organlari xodimlari uchun belgilangan miqdorlarga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda Oliy sud matbuot xizmati rahbari, Odil sudlov akademiyasi rektori va prorektorlariga alohida mehnat sharoitlari uchun ustama to‘lanmaydi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning amal qilishi davlat organlari va tashkilotlaridagi lavozimlarga belgilangan tartibda, shu jumladan, ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar saylangan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishi bilan tayinlangan, shuningdek, sudyalik malaka darajalariga ega sudyalarga ushbu davlat organlari va tashkilotlarida nazarda tutilgan barcha ustamalar va qo‘shimcha haqlarni saqlab qolgan holda tatbiq etiladi. Bunda ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlariga tatbiq etilmaydi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan sudyalarning davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimi lavozimida ishlagan vaqti ularning ushbu organ va tashkilotlardagi mehnat faoliyati boshlangan paytdan boshlab sudyalik stajiga kiritiladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ushbu Farmonning 5-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga Oliy sud va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentining yuqori malakali, tashabbuskor, xizmat majburiyatlarini halol va samarali bajarayotgan sudyalari va xodimlariga Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ravishda oylik mehnatga haq to‘lash fondining 100 foizigacha miqdorda ustama (pul ta’minoti) to‘lash huquqi berilsin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, maxsus unvon va darajalar mavjud bo‘lishi nazarda tutilgan nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlardan tayinlangan (saylangan) sudyalarga malaka darajalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 6-ilovaga muvofiq sudyalar malaka darajalarining boshqa organlar unvonlari va darajalariga nisbatini hisobga olgan holda, lekin egallab turilgan lavozim uchun nazarda tutilganidan yuqori bo‘lmagan holda beriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ikki oy muddatda:
a) Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sudyalar hayoti va sog‘ligini davlat tomonidan majburiy sug‘urtalash tartibi, shuningdek, ularning pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari va tartibi to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini kiritsin;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktabrdagi 879-sonli “Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
b) Markaziy bank bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtomobillar sotib olish uchun, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga esa uy-joy sotib olish uchun kreditlar taqdim etishni nazarda tutadigan takliflarni kiritsin;
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
v) Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi 164-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sud, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi nizomni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Sudyalar oliy kengashi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.F. Kamilov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-iyul,
PF-5482-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-sonli Farmoniga
6-ILOVA
Sudyalar malaka darajalarining boshqa organlar unvonlari va darajalariga
NISBATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Sudyalar malaka darajalari

Harbiy unvonlar

Bojxona organlari maxsus unvonlari

Prokuratura organlari (shu jumladan harbiy prokuratura)
martaba darajalari

Adliya organlari martaba darajalari

Ichki ishlar organlari maxsus unvonlari

Milliy gvardiya organlari maxsus unvonlari

Sud organlari mansab darajalari

1.

Beshinchi malaka darajasi

Leytenant

Bojxona xizmati leytenanti

3-darajali yurist, adliya leytenanti

3-darajali yurist

Leytenant

Leytenant

3-darajali yurist

2.

Katta leytenant

Bojxona xizmati katta leytenanti

2-darajali yurist, adliya katta leytenanti

2-darajali yurist

Katta leytenant

Katta leytenant

2-darajali yurist

3.

To‘rtinchi malaka darajasi

Kapitan

Bojxona xizmati kapitani

1-darajali yurist, adliya kapitani

1-darajali yurist

Kapitan

Kapitan

1-darajali yurist

4.

Uchinchi malaka darajasi

Mayor

Bojxona xizmati mayori

Adliya kichik maslahatchisi,
adliya mayori

3-darajali adliya maslahatchisi

Mayor

Mayor

3-darajali adliya maslahatchisi

5.

Ikkinchi malaka darajasi

Podpolkovnik

Bojxona xizmati podpolkovnigi

Adliya maslahatchisi, adliya podpolkovnigi

2-darajali adliya maslahatchisi

Podpolkovnik

Podpolkovnik

2-darajali adliya maslahatchisi

6.

Birinchi malaka darajasi

Polkovnik

Bojxona xizmati polkovnigi

Adliya katta maslahatchisi,

adliya polkovnigi

1-darajali adliya maslahatchisi

Polkovnik

Polkovnik

1-darajali adliya maslahatchisi

7.

Oliy malaka darajasi

General-mayor

Bojxona xizmati general-mayori

3-darajali davlat adliya maslahatchisi, adliya general-mayori

3-darajali davlat adliya maslahatchisi

General-mayor

General-mayor

3-darajali davlat adliya maslahatchisi

8.

General-leytenant

Bojxona xizmati general-leytenanti

2-darajali davlat adliya maslahatchisi, adliya general-leytenanti

2-darajali davlat adliya maslahatchisi

General-leytenant

General-leytenant

2-darajali davlat adliya maslahatchisi

9.

General-polkovnik

Bojxona xizmati general-polkovnigi

1-darajali davlat adliya maslahatchisi

1-darajali davlat adliya maslahatchisi

General-polkovnik

General-polkovnik

1-darajali davlat adliya maslahatchisi

Izoh: boshqa organlar unvonlari va darajalarini sudyalarning oliy malaka darajasiga tenglashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PF-6230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-sonli Farmoniga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 2-avgustdagi “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4459-son Farmonida:
a) 1 — 4 ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 5-ilovaning “ustama haq miqdori” ustunida “35” va “10” raqamlari tegishli ravishda “50” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3240-son qarorida:
ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “16” raqami “40” raqami bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshida “24” raqami “40” raqami bilan almashtirilsin;
b) 5-band “sudlar, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Markaz binolari va xonalarini qurish va ta’mirlash” so‘zlaridan so‘ng “sudlarni transport vositalari bilan ta’minlash” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5482/1506-son; 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son; 21.01.2021-y., 06/21/6143/0052-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son; 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son; 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)