1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 505-1]
1. Pudrat ishlar va xizmatlarni eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (roʻyxat raqami 505, 1998-yil 20-oktabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining 2018-yil 30-iyundagi SS-V-02/09-2632-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 1998-yil 28-iyulda 34-01/06-4438-son, Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 29-iyulda 02/20-25-son, Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 30-iyulda 39-son va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 30-iyulda 98-107-son bilan tasdiqlangan Pudrat ishlar va xizmatlarni eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 505, 1998-yil 20-oktabr) davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyul,
368-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2018-y., 10/18/505-1/1501-son)