

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;09.05.2024
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-381931" id="onLBC-381931">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9632"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.11.00 Savdo uylari, vakolatxonalar va boshqalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-381931" id="onLS-381931">[<b>TSZ:</b><div id="LS3780"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-382031" id="-382031">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-382032" id="-382032">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-382034" id="-382034">XORIJIY TIJORAT TASHKILOTLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI VAKOLATXONALARINI AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBI VA ULARNING FAOLIYATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-382040" id="-382040"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6794799" id="-6794799">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-fevraldagi 76-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-6793062?ONDATE=09.05.2024 00#-6793609">qaroriga </a>asosan 2024-yil 9-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382044" id="-382044">Xorijiy firmalar, kompaniyalar, jamiyatlar, korporatsiyalar va boshqa tijorat tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibini va ularning faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382055" id="-382055">1. Xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-381931#-382070">Nizom </a>1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382057" id="-382057">2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="/mact/-381931#-382400">2-ilovaga </a>muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382060" id="-382060">3. Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda xorijiy firmalar, banklar va tashkilotlarning vakolatxonalarini ochish va ularning faoliyati toʻgʻrisida” 1989-yil 28-dekabrdagi 442-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382062" id="-382062">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-382063" id="-382063">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-382065" id="-382065">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-382068" id="-382068">2000-yil 23-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-382069" id="-382069">410-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-382070" id="-382070"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-382072" id="-382072">Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son <a href="/mact/-381931#-382055">qaroriga </a><br />1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-382073" id="-382073">Xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-382075" id="-382075">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-382076" id="-382076"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-382078" id="-382078">I. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382079" id="-382079">1. Ushbu Nizom xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini (keyingi oʻrinlarda “Vakolatxonalar” deb ataladi) akkreditatsiya qilish tartibini va ularning faoliyatini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382081" id="-382081">2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun xorijiy tijorat tashkilotlari deyilganda firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar, jamiyatlar, sheriklar va xorijiy davlat qonun hujjatlariga muvofiq chet elda vakolatxona ochish huquqiga ega boʻlgan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllari (keyingi oʻrinlarda “Xorijiy firmalar” deb ataladi) tushuniladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4266423" id="edi-4266423"><a href="/mact/-381931?ONDATE=23.10.2000 00#-382082">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4266423" id="-4266423">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-sonli <a href="/mact/-4251564?ONDATE=26.03.2019 00#-4258573">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382085" id="-382085">4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy banklar vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382086" id="-382086">5. Xorijiy firmalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz vakolatxonalarini Oʻzbekiston hududida oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida ochadilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3277950" id="-3277950"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3277951" id="-3277951">6. Vakolatxonalarni ochish ularni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida (keyingi oʻrinlarda “Akkreditatsiya qiluvchi organ” deb ataladi) akkreditatsiya qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3284630" id="-3284630">6-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-oktabrdagi 290-sonli <a href="/mact/-1889112">qaroriga </a>asosan oʻzgartish kiritilgan. 6-bandning <a href="/mact/382511#1897210">rus tilidagi </a>matniga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3277952" id="-3277952">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli <a href="/mact/-3276235?ONDATE=25.07.2017 00#-3276286">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382089" id="-382089">7. Vakolatxonalar yuridik shaxslar hisoblanmaydi, xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydilar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1920062" id="-1920062">7-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-oktabrdagi 290-sonli <a href="/mact/-1889112">qaroriga </a>asosan oʻzgartish kiritilgan. 7-bandning <a href="/mact/382511#1897214">rus tilidagi </a>matniga qarang. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382090" id="-382090">8. Vakolatxona soliq toʻlovchi hisoblanmaydi. Xorijiy firmaga, vakolatxonalarning xorijiy va mahalliy xodimlariga soliq solish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1920066" id="-1920066">8-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-oktabrdagi 290-sonli <a href="/mact/-1889112">qaroriga </a>asosan oʻzgartish kiritilgan. 8-bandning <a href="/mact/382511#1897218">rus tilidagi </a>matniga qarang. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6880324" id="-6880324"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6880330" id="-6880330">9. Akkreditatsiya qiluvchi organ akkreditatsiya qilingan vakolatxonalar toʻgʻrisidagi axborot bir kun muddatda axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi”ga kiritilishini taʼminlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6880334" id="-6880334">Bunda vakolatxona bir vaqtning oʻzida joylashgan joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organida hisobga qoʻyiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6880337" id="-6880337">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-382092" id="-382092">II. AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382093" id="-382093">10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz vakolatxonasini ochishdan manfaatdor boʻlgan xorijiy firma akkreditatsiya qiluvchi organga yozma ariza beradi, arizada quyidagilar koʻrsatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382094" id="-382094">a) xorijiy firma faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382097" id="-382097">b) Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari va tashkilotlari bilan amaliy va boshqa turdagi aloqalar, bajarilishiga vakolatxona koʻmaklashadigan tuzilgan shartnomalar va bitimlar toʻgʻrisida mufassal maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382101" id="-382101">v) hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382105" id="-382105">g) vakolatxonani ochishga ruxsatnoma soʻraladigan muddat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382108" id="-382108">11. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382111" id="-382111">a) tijorat tashkilotlari vakolatxonalari boʻyicha — xorijiy firma roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy firmaning taʼsis hujjatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382113" id="-382113">davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakolatxonalari boʻyicha — vakolatxona ochishni moʻljallayotgan organning maqomini va vakolatini belgilovchi meʼyoriy yoki boshqa hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382116" id="-382116">b) xorijiy firma joylashgan mamlakatda uning rasmiy ravishda roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi, tegishli davlat organi tomonidan berilgan hujjat (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki savdo reyestridan koʻchirma);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382119" id="-382119">v) vakolatxona boshligʻiga xorijiy firma tomonidan berilgan, pasporti maʼlumotlari va unga berilayotgan vakolatlar toʻliq koʻrsatilgan holdagi ishonchnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382122" id="-382122">g) xorijiy firma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan va firma muhri bilan muhrlangan vakolatxona toʻgʻrisidagi nizom.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1905294" id="-1905294"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1905295" id="-1905295">Yuqorida qayd etilgan hujjatlar xorijiy firma roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasida, u mavjud boʻlmagan taqdirda esa, xorijiy firma roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatning Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida belgilangan tartibda qonunlashtirilishi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasida tasdiqlanishi kerak. Agar hujjatlarga apostil qoʻyilgan boʻlsa, legallashtirish talab etilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1905296" id="-1905296">(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 307-sonli <a href="/mact/-1903558?ONDATE=17.11.2011 00#-1904272">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 47-son, 489-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382128" id="-382128">Hujjatlar notarial tasdiqlangan davlat yoki rus tilidagi tarjimasi bilan taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382130" id="-382130">Agar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning bir qismi xorijiy firma mamlakatining qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boʻlsa, xorijiy firma akkreditatsiya qiluvchi organga Tashqi ishlar vazirligining yoxud xorijiy firma taʼsis etilgan mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasining tasdiqnomasini taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382134" id="-382134">d) turarjoy boʻlmagan bino egasi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik yoki jismoniy shaxsining mazkur binoni vakolatxonaga ijaraga berishga yoki sotishga tayyorligini tasdiqlovchi (ijaraga berish yoki sotish shartlari va muddati koʻrsatilgan) kafolat xati. Agar koʻrsatilgan shaxslar berilayotgan binoning yollovchilari hisoblansa, u holda kafolat xati ushbu binoning egasi bilan kelishilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382145" id="-382145">Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatdagidan ortiqcha qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382150" id="-382150">Akkreditatsiya qiluvchi organning vakolatxonani akkreditatsiya qilish tartibi buzilishida aybdor boʻlgan xodimlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6882830" id="-6882830"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6882834" id="-6882834">12. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlov undiriladi, u xorijiy firma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-4680944">Qonunida </a>belgilangan miqdorda akkreditatsiya qiluvchi organ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6882839" id="-6882839">(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli <a href="/mact/-4940273?ONDATE=01.09.2020 00#-4942483">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382161" id="-382161">13. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish yuzasidan arizani va ilova qilinadigan hujjatlarni koʻrib chiqish hamda akkreditatsiya qilishga ruxsat berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish ariza berilgandan keyingi kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382164" id="-382164">Akkreditatsiya qiluvchi organ akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida bu haqda arizachiga yozma ravishda xabar qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382166" id="-382166">14. Quyidagilar vakolatxonani akkreditatsiya qilishni rad etish uchun asos hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382169" id="-382169">qasddan qalbaki hujjatlar taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382171" id="-382171">vakolatxona toʻgʻrisidagi nizomning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zidligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382173" id="-382173">taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga nomuvofiqligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382176" id="-382176">Rad etish arizachiga aniq fikr-mulohazalar roʻyxatini bayon qilgan holda maʼlum qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382178" id="-382178">Hujjatlarni takroriy koʻrib chiqishda akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan ilgari arizachiga yozma ravishda bayon qilinmagan yangi fikr-mulohazalarning bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382180" id="-382180">Arizachi akkreditatsiya qilishning rad etilishiga rozi boʻlmasa sudga murojaat qilishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382182" id="-382182">15. Vakolatxona uni ochishga ruxsatnoma (akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi sertifikat) berilgan kundan boshlab akkreditatsiya qilingan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382184" id="-382184">16. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganda akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi sertifikat akkreditatsiya qilish uchun toʻlov akkreditatsiya qiluvchi organ hisob raqamiga tushgandan keyin besh kun mobaynida beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382185" id="-382185">17. Akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan oʻzi belgilagan shaklda beriladigan akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi sertifikatda vakolatxona akkreditatsiya qilingan davr koʻrsatiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4982149" id="-4982149"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4982150" id="-4982150">18. Vakolatxona akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi sertifikat olingandan keyin oʻn kun muddatda akkreditatsiya qiluvchi organga oʻzining pochta manzili toʻgʻrisida yozma bildirishnoma taqdim etishga majburdir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4982151" id="-4982151">Akkreditatsiya qiluvchi organ vakolatxonaning pochta manzili toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgan kuni maʼlumotlar axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi”ga kiritilishini taʼminlaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4982152" id="-4982152">(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli<a href="/mact/-4980337?ONDATE=04.09.2020 00#-4981380"> qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382199" id="-382199">19. Vakolatxonani ochish yuzasidan ruxsatnoma akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan bir yildan uch yilgacha muddatga, xorijiy firma akkreditatsiya qiluvchi organga oʻz vaqtida murojaat qilgan taqdirda uni uzaytirish imkoniyati bilan beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382203" id="-382203">Oʻz funksiyalarini uzoq vaqt davomida amalga oshiradigan vakolatxonalar akkreditatsiya qiluvchi organga har uch yilda bir marta ushbu Nizomning <a href="/mact/-381931#-382108">11-bandida </a>koʻrsatilgan hujjatlarni yangilagan holda taqdim etadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382207" id="-382207">20. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vakolatxonaga ega boʻlgan xorijiy firma qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda vakolatxona akkreditatsiya qiluvchi organni bu haqda ikki hafta muddatda xabardor qilishga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382209" id="-382209">21. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish muddati uzaytirilgan taqdirda xorijiy firma akkreditatsiya qiluvchi organga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni topshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382212" id="-382212">a) akkreditatsiya qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimos qilingan yozma ariza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382215" id="-382215">b) xorijiy firma tomonidan vakolatxona boshligʻiga pasportining maʼlumotlari va unga berilayotgan vakolatlar toʻliq koʻrsatilgan holda berilgan ishonchnoma (akkreditatsiya qiluvchi organga ilgari berilgan ishonchnomaning muddati oʻtgan taqdirda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382219" id="-382219">v) oʻz pochta manzilini yozma ravishda tasdiqlovchi hujjat, ijara shartnomasining yoki egallab turilgan binoga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini ilova qilgan holda.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-382224" id="-382224">III. VAKOLATXONA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382228" id="-382228">22. Vakolatxona uni tashkil etgan xorijiy firma tomonidan mol-mulk bilan taʼminlanadi va firma tasdiqlagan vakolatxona toʻgʻrisidagi Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382231" id="-382231">23. Vakolatxonaga xorijiy firma ishonchnomasi va oʻz vakolati bayon etilgan vakolatxona toʻgʻrisidagi Nizom asosida ish koʻruvchi vakolatxona boshligʻi rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382234" id="-382234">24. Vakolatxona boshligʻi akkreditatsiya qiluvchi organga belgilangan shaklda vakolatxona faoliyati toʻgʻrisida har yili bir marta axborot yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382239" id="-382239">25. Vakolatxona xodimlari ham xorijiy fuqarolardan, ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan iborat boʻlishi mumkin. Vakolatxonaga ishga qabul qilingan xorijiy fuqarolar akkreditatsiya qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382242" id="-382242">26. Xorijiy xodimlarni akkreditatsiya qilish boʻyicha ishlarni yuritish vakolatxona boshligʻi yoki berilgan ishonchnoma asosida u vakil qilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382245" id="-382245">27. Xorijiy xodimni akkreditatsiya qilish uchun vakolatxona akkreditatsiya qiluvchi organga vakil qilingan shaxs (vakolatxona boshligʻi yoki xorijiy firma rahbari) tomonidan imzolangan yozma ariza beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382247" id="-382247">28. Akkreditatsiya qilish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382251" id="-382251">a) oʻzbek va ingliz tillarida yozilgan ikki nusxadagi shaxsiy varaqa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382255" id="-382255">b) ikkita fotosurat (3x4 oʻlchamda);</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1905297" id="-1905297"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1905298" id="-1905298">v) mazkur Nizomning 11-bandi <a href="/mact/-381931#-1905294">yettinchi xatboshida</a> nazarda tutilgan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan holda vakolatli shaxs tomonidan imzolangan vakolatxonaga ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi xat;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1905299" id="-1905299">(28-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 307-sonli <a href="/mact/-1903558?ONDATE=17.11.2011 00#-1904275">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 47-son, 489-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382262" id="-382262">g) OIV (odamning immunitet tanqisligi virusi) kasalligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382265" id="-382265">d) milliy pasportning nusxasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382269" id="-382269">29. Akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan shaxsiy akkreditatsiya kartochkasini berish ariza berilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382272" id="-382272">30. Xorijiy xodimning akkreditatsiya kartochkasi shaxsiy akkreditatsiyani tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-382465" id="edi-382465"><a href="/mact/-381931?ONDATE=23.10.2000 00#-382275">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382465" id="-382465">31. Akkreditatsiya qilingan xorijiy xodimlar faqat akkreditatsiya qilingan vakolatxonada Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining ruxsatnomasini olmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-382472" id="-382472">(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli <a href="/mact/-312972?ONDATE=06.04.2001 00#-313905">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382278" id="-382278">32. Xorijiy xodimni akkreditatsiya qilish vakolatxona akkreditatsiya qilingan muddatga amalga oshiriladi, biroq u uning amalda boʻlish muddatini keyinchalik uzaytirish mumkinligi sharti bilan oʻn ikki oydan oshib ketmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382282" id="-382282">33. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari xorijiy xodimlarga ular akkreditatsiya qilingan muddatga beriladi, biroq u akkreditatsiya kartochkasiga asosan oʻn ikki oydan oshib ketmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382284" id="-382284">34. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini vakolatxonada ishga qabul qilishni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382287" id="-382287">35. Vakolatxona oʻz ehtiyojlari uchun qilingan xarajatlarni qoplash bilan bogʻliq hisob-kitoblarni amalga oshirishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382293" id="-382293">Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382295" id="-382295">— vakolatni amalga oshirish xarajatlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382299" id="-382299">— vakolatxona ehtiyojlari uchun tovar-moddiy boyliklar xarid qilish boʻyicha sarf-xarajatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382302" id="-382302">— vakolatxona xodimlarining ish haqi boʻyicha hisob-kitoblar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382305" id="-382305">— xizmat safari xarajatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382308" id="-382308">— ijara, kommunal toʻlovlar va boshqalar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6273526" id="-6273526"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6273532" id="-6273532">Xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni raqamli markirovkalash maqsadida markirovka kodlarini taqdim etish, shu jumladan bojxona omborlarda ushbu mahsulotlarni raqamli markirovkalash yuzasidan xizmatlar koʻrsatish uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishga haqlidir. Bunda mazkur hisob-kitoblar tijorat faoliyati sifatida qaralmaydi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6273533" id="-6273533">(35-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-sonli <a href="/mact/-6266709?ONDATE=02.11.2022 00#-6269877">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/631/0982-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382312" id="-382312">36. Vakolatxonalar hisob-kitoblarni xorijiy firma tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382316" id="-382316">37. Quyidagilar vakolatxonaning soʻmlardagi mablagʻlari manbalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382322" id="-382322">— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda erkin almashtirilgan valyuta;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382329" id="-382329">— xorijiy firmaning oʻz qaroriga koʻra vakolatxona ixtiyorida qoladigan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi mablagʻlar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1920070" id="-1920070">III-boʻlimiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-oktabrdagi 290-sonli qaroriga asosan oʻzgartish kiritilgan. Rus tilidagi <a href="/mact/1889109?ONDATE=28.10.2011 00#1889153">matnga</a> qarang. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-382337" id="-382337">IV. VAKOLATXONA FAOLIYATINI TOʻXTATISH </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382343" id="-382343">38. Vakolatxona faoliyati:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382349" id="-382349">— akkreditatsiya muddati tugashi bilan, agar xorijiy firma uni uzaytirish toʻgʻrisida iltimos qilmagan hollarda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382357" id="-382357">— xorijiy firma tugatilgan hollarda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382363" id="-382363">— xorijiy firma qaroriga koʻra;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382372" id="-382372">— sud qaroriga koʻra;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382376" id="-382376">— akkreditatsiya qilgan organning qaroriga koʻra, vakolatxonani ochish shartlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari qoidalari vakolatxona tomonidan buzilgan hollarda toʻxtatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382382" id="-382382">Akkreditatsiya qilgan organning vakolatxona faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaroriga rozi boʻlinmagan taqdirda xorijiy firma sudga murojaat qilishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382389" id="-382389">39. Akkreditatsiya muddati tugashi bilan, shuningdek, akkreditatsiya qilgan organning qaroriga koʻra vakolatxona faoliyati toʻxtatilgan hollarda akkreditatsiya qilgan organ vakolatxonani va xorijiy firmani qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4982153" id="-4982153"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4982154" id="-4982154">40. Akkreditatsiya qiluvchi organ vakolatxona faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror bir kun muddatda axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi”ga kiritilishini taʼminlaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4982155" id="-4982155">(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli <a href="/mact/-4980337?ONDATE=04.09.2020 00#-4981385">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-382400" id="-382400"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-382405" id="-382405">Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son <a href="/mact/-381931#-382057">qaroriga</a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-382408" id="-382408">Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarorlariga kiritilayotgan </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-382413" id="-382413">oʻzgartirish va qoʻshimchalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-382415" id="-382415"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-382487" id="edi-382487"><a href="/mact/-381931?ONDATE=23.10.2000 00#-382476">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-382487" id="-382487">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-oktabrdagi 368-sonli <a href="/mact/-321710?ONDATE=23.10.2002 00#-322367">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2002-y., 20-son, 159-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4880595" id="edi-4880595"><a href="/mact/-381931?ONDATE=23.10.2000 00#-382426">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4880595" id="-4880595">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli <a href="/mact/-4875657?ONDATE=27.06.2020 00#-4876271">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4880598" id="edi-4880598"><a href="/mact/-381931?ONDATE=23.10.2000 00#-382431">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4880598" id="-4880598">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli <a href="/mact/-4875657?ONDATE=27.06.2020 00#-4876271">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-382447" id="-382447">4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi 6-bandining <a href="/mact/-512233?ONDATE=21.11.1996 00#-512318">“a” kichik bandidagi </a>“xorijiy fuqaroni vakolatxona shtatiga kiritilganligini” soʻzlari “vakolatxona xodimining akkreditatsiya qilinganligini” soʻzlari bilan almashtirilsin.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-382039" id="-382039">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 8-son, 127-modda; 2001-y., 7-son, 36-modda; 2002-y., 20-son, 159-modda; 2011-y., 43-44-son, 466-modda, 47-son, 489-modda, 2017-y., 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/149/0263-son, 02.11.2022-y., 09/22/631/0982-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
