1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining faoliyatini samarali tashkil etish va kadrlar salohiyatini oshirish, shuningdek, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatida (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb ataladi) xizmat intizomining yuqori darajasini saqlash, shuningdek, 2018 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash konsepsiyasini toʻliq va samarali amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan:
egallab turgan lavozimida ish staji 5 yildan ortiq boʻlgan DYHXX xodim va rahbarlari 35 foizining ichki rotatsiyasi amalga oshirilgani, shu jumladan ular ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlariga oʻtkazilgani va bu borada 2018-yil oxirigacha rotatsiya koʻrsatkichlarini 70 foizgacha yetkazish chora-tadbirlarini tizimli asosda amalga oshirish nazarda tutilgani;
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasida shaxsiy xavfsizlik boʻlimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarida shaxsiy xavfsizlik guruhlari tashkil etilib, kadrlar bilan toʻliq taʼminlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining yuridik shaxsni tashkil etmasdan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son)
3. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.11.00 Transportdagi, yoʻl xoʻjaligi va aloqa sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun DYHXX xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar summasining 10 foizi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.11.00 Transportdagi, yoʻl xoʻjaligi va aloqa sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasining (Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga ajratilishi belgilangan qismining) 1,5 foizi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.06.03ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berishdan tushadigan mablagʻlar.
Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari faqat quyidagilar uchun maqsadli sarflanadi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Maʼmuriy amaliyot markazi va hududiy maʼmuriy amaliyot markazlari xodimlarining mehnatga haq toʻlash fondini moliyalashtirish hamda ularni ragʻbatlantirish;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
DYHXX moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlarda foydalanish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki hafta muddatda:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Moliya vazirligi bilan birgalikda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda DYHXX xodimlarining lavozimlari roʻyxati, ularni ragʻbatlantirishning aniq shartlari va mezonlarini belgilashni nazarda tutsin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
DYHXX xizmatiga olinadigan nomzodlarning shaxsiy odob-axloq fazilatlariga nisbatan qatʼiy talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va tizimlashtirish]
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-iyul,
514-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyuldagi 514-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-avgustdagi 626-son qarorida:
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining quyidagilar uchun undiriladigan jarimalar summasidan ajratiladigan mablagʻlar miqdorini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari, yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun 8 foizdan 55 foizgacha;
maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun 8 foizdan 50 foizgacha”;
b) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/514/1480-son; 12.03.2019-y., 09/19/207/2754-son, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)